SINTAKSIS BOʻLIMINING TADQIQI VA UNING TASNIFLANISHINING TADRIJIY TARAQQIYOT BOSQICHLARI
Abstract
Ushbu maqolada oʻzbek tili grammatikasining bir boʻgʻini sanalgan sintaksis boʻlimining davriy taraqqiyoti, rivojlanish bosqichlari, Oʻrta Osiyo tilshunosligiga kirib kelgan holatidan toki hozirgi oʻzbek tili grammatikasining asosiy va ajralmas boʻlagi boʻlib taraqqiy etib kelayotganligi xususida, shuningdek sintaksis boʻlimini oʻrganish boʻyicha lingvistik tadqiqotlar va ilmiy izlanishlar olib borgan jahon va oʻzbek tilshunoslari va ayrim tadqiqot masalalari haqida soʻz yuritiladi.
Full text
128 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) SINTAKSIS BOʻLIMINING TADQIQI VA UNING TASNIFLANISHINING TADRIJIY TARAQQIYOT BOSQICHLARI Rustamova Sevinch Termiz davlat universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti amaliy filologiya ta’lim yoʻnalishi talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17711617 Annotatsiya. Ushbu maqolada oʻzbek tili grammatikasining bir boʻgʻini sanalgan sintaksis boʻlimining davriy taraqqiyoti, rivojlanish bosqichlari, Oʻrta Osiyo tilshunosligiga kirib kelgan holatidan toki hozirgi oʻzbek tili grammatikasining asosiy va ajralmas boʻlagi boʻlib taraqqiy etib kelayotganligi xususida, shuningdek sintaksis boʻlimini oʻrganish boʻyicha lingvistik tadqiqotlar va ilmiy izlanishlar olib borgan jahon va oʻzbek tilshunoslari va ayrim tadqiqot masalalari haqida soʻz yuritiladi. Kalit soʻzlar: grammatika, sintaksis, tadrijiy taraqqiyot, jahon tilshunosligi, soʻz birikmasi, gap, lisoniy qarash, lingvistik qarash, predikativlik, nopredikativlik, aloqa munosabat shakllari, obyektiv til, sintaktik aloqa, sintaktik munosabat. Biz bilamizki, tilshunosligimizning paydo boʻlishi, tarixi, uning shakllanish davri, vaqtlar oʻtib zamon va ijtimoiy muhit bilan bir qatorda ma’lum darajada oʻsib borishi deyarli inson paydo boʻlishidan to hozirgacha boʻlgan davrni qamrab oladi. Barcha fanlar singari tilshunoslik ham falsafa fanining yirik boʻgʻini sifatida ajralib shakllanib kelgan. Buning qadimgi eng muhim manbalari, ta’limotlari, oqimlari, ilk bor, qadimgi Hindiston, qadimgi Yunoniston va qadimgi Rim mamlakatlarida maydonga keldi. Oʻrta va yangi asrlarda esa til haqidagi fan Ovrupoda, Arabiston va Oʻrta Osiyoda taraqqiy qildi. Tilshunoslik alohida, mustaqil fan sifatida XIX asrning birinchi choragida (1816 yilda) fanlar olamiga kirib keldi. U turli maktablar, oqimlar, ta’limotlar ta’sirida boʻldi, olimlar tomonidan lisoniy hodisalar haqida aytilgan fikrlar qarama qarshiligiga, til hodisalari haqida yaratilgan juda koʻplab manbalarga «guvoh boʻldi», shakllandi. Koʻrinib turganimiz dek, bu juda katta davrni bosib oʻtib, ijtimoiy muhit bilan birga shakllanib hozirda ajralmas holga keldi va tilshunoslik fani ham jahon fanlari sistemasida oʻziga xos va oʻziga mos doimiy mustahkam oʻrin egalladi. Tilshunoslik muammolarini oʻrganish dastlab Qadimgi Hindistonda boshlangan. Qadimgi Hind tilshunosligi mil. avv. 6-asrdan oldin yaratilgan vedalarni til nuqtai nazaridan sharhlash natijasida vujudga keladi va mil. avv. 5-4-asrlarda yashagan Paninining grammatikasi tufayli yuksaklikka koʻtarildi. Bu asar nazmda yozilgan 3996 ta qoidadan iborat boʻlib, unda sanskrit fonetikasi va grammatikasi tavsif etilgan. Panini grammatikasi sof empirik va tasviriy xarakterga ega boʻlib, unda Sanskrit tilining fonetikasiga, morfologiyasiga, soʻz yasalishi va sintaksisiga oid fikrlar jamlangan. Ushbu tadqiqot tili - undagi qoidalar nihoyatda ixcham va qisqa boʻlganligi, oʻziga xos lugʻatlar va terminlarga egaligi tufayli Panini tadqiqoti uzoq vaqtgacha yevropalik olimlarga tushunarli boʻlmadi. Birinchilardan boʻlib bu asarning ilmiy tadqiqot tilini va undagi gʻoyani rus tilshunos olimi Otto Byotling izohlab berdi. Ya’ni, Panini oʻsha vaqtdayoq tilga Sistema sifatida qaragan, va soʻz turkumlarini farqladi, sistema sifatida soʻz tarkibini va bogʻlanish jarayonlarini aniq koʻrsatib berganligini aytadi. Paninining 8 boʻlimdan iborat klassik sanskrit masalalariga oid grammatikasi Hindistonda deyarli ikki ming yil davomida eng asosiy va eng muhim qoʻllanma boʻlib xizmat qildi.
129 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) Arab Tilshunosligining rivojlanishida Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Koshgʻariy, Zamaxshariy, Javhariy singari oʻrta osiyolik olimlarning ham hissasi katta boʻlgan. Maxmud Koshgʻariy va Zamaxshariy oʻzlarining “Devonu lugʻotit-turk”, “Muqaddimat uladab” asarlari bilan turkiy lahjalarni hamda boshqa-boshqa oilalarga mansub tillarni qiyoslash va chogʻishtirish bilan tilshunoslikda qiyosiy-tarixiy metod va tipologiyadan foydalangan dastlabki tilshunoslar sifatida nom qozonganlar. Arab tilshunosligida sintaksis masalalari hind va yunonlardagi kabi grammatikaning bosh boʻlimi hisoblangan. Shunga qaramasdan, asosiy oʻrganish obyekt sifatida sintaksisni chuqur tajlil quilganlar. Ular gapning kamida ikki soʻzdan – ikki otdan yoki ot va fe’ldan iborat boʻlishini, bu soʻzlar oʻrtasidagi subyekt - predikat munosabatining oʻrganilishini toʻgʻri ta’kidlaydi. Gaplarning tuzilishiga koʻra otli, fe’lli va holli turlarga boʻlishini qayd etdilar. Otli gaplarning ot soʻzdan boshlanishini (M: Zayd turibdi), fe’lli gaplarning esa fe’l bilan boshlanishini (M: turgan Zayd) boshlanishini aytadilar. Otli gapning egasi mubtado, kesim esa xabar deb nomalanadi. Gapning ikkinchi darajali boʻlaklari sifatida 1) toʻldiruvchi, 2) hol, 3) izohlovchilar koʻrsatiladi. Soʻzlar oʻrtasidagi sintaktik munosabatga xizmat qiluvchilar sifatida moslashuv, boshqaruv va bitishuv olinadi. Shuningdek, arab olimlari, otli gaplarda ega kesim bilan birga butunlikni, bogʻlanishni hosil qilishi shart, lekin ular oʻrtasidagi munosabatni moslashuv, boshqaruv yoki bitishuvli birikmalar sirasidaga bogʻlanishga olib boʻlmasligini qat’iy ta’kid sifatida kiritib oʻtadi. Izoh sifatida aytmoqchimanki, arab tilshunosligi oʻz davrining eng yetuk, mukammal shakllangan tili deb qarayman. Ular yaratgan grammatik qoidalar va uning boʻlimlari haqidagi qarashlari oʻsha davrgacha yechilmagan masalalardan biri edi. Bu ilmiy qarashlar, fikrlar natijasi sistem tilshunoslik uchun haqiqiy ‘’uygʻonish davri’’ boʻldi desam adashmagan boʻlaman. Hozirgi kunda ham tilga sistema sifatida qarash va bu davr tilning sistem-struktur davri deya ta’kidlanishi, oʻzbek tili grammatikasining, qoidalarining shakllanishi uchun ‘’poydevor’’ boʻldi. Rossiyada tilshunoslik XV-XVI asrlardan boshlab taraqqiy qildi. Rus tilshunoslari juda koʻplab dunyo tillarini puxta oʻrganganligi bilan, lisoniy hodisalarni chuqur tahlil qilganliklari, lingvistikaning ilmiy-nazariy muommolariga jiddiy e’tibor berganliklari, yangi ta’limotlarni, nazariyalarni ‘’ishlab chiqqanligi’’ bilan ajralib turadi. Aynan rus tilshunoslik maktabining taraqqiyoti va tadqiqoti boʻyicha oʻzbek tilshunosligining grammatik, sintaktik, uslubiy umuman olganda lingvistik qoidalari asoslandi. Chunki tilshunoslik boʻyicha juda koʻp nazariyalar rus tilshunosligi va olimlarning qarashlari natijasida oʻzbek tiliga kirdi. Aniqroq qilib aytganimizda, grammatikaning asosi boʻlgan morfologiya va sintaksis boʻyicha eng ishonchli tadqiqotlar rus tilshunosligi orqali kirib kelgan, Bu qoidalar asosida esa oʻzbek tili grammatikasining boyishiga asos boʻldi. Quyida fikrimizning dalili sifatida ayrim ilmiy faktlarni keltirib oʻtmoqchiman: Tilshunos, professor N. Mahmudov va A.Nurmonovning “Oʻzbek tilining nazariy grammatikasi. Sintaksis.’’ monografiyasida olim bu haqida shunday ta’kidlaydi: ‘’Sintaksis predmeti yuzasidan tilshunoslikda xilma xil qarashlar mavjud. Oʻzbek tili sintaksisiga doir barcha adabiyotlarda sintaksisning ikki birligi: soʻz birikmasi va gap haqida fikr yuritiladi va bu ikki birlik sintaksisning tekshirish obyekti ekanligi aytiladi. Bu qarash rus tilshunosligi ta’sirida kirib keldi.
130 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) Rus tilshunosligida sintaksisning ikkita oʻrganish obyekti mavjud ekanligini A.A.Shaxmatov bayon qilgan edi. Bu fikr V. Vinogradov tomonidan rivojlantirildi. Vinogradov fikriga koʻra, faqat soʻz birikmasi va gapgina emas, balki qoʻshma gap ham sintaktik birlik sifatida tan olinadi. Bu qarashga muvofiq, sintaksis uch birlik: soʻz birikmasi, gap va qoʻshma gap haqidagi ta’limotdir’’. Qismlari oʻzaro sintaktik aloqa bilan bogʻlangan soʻz shakllarining nopredikativ sintaktik birligi – soʻz birikmasi; soʻz shakllarining bir necha sintaktik aloqasidan tashkil topgan predikativ sintaktik birlik – gap; qismlari oʻzaro sintaktik munosabatga kirishgan gaplardan iborat boʻlgan sintaktik birlik – qoʻshma gap sanaladi. Bir guruh olimlar hozirgi kunda matn sintaksisi e’tirof etilishi munosabati bilan matn ham sintaksisning alohida oʻrganish obyekti deb hisoblaydilar. Shu tariqa, mavjud adabiyotlarda sintaksisning 4 ta oʻrganish obyekti koʻrsatiladi va oʻz navbatida sintaksis quyidagi turlarga boʻlib oʻrganiladi: 1) soʻz birikmasi sintaksisi, 2) gap sintaksis, 3) qoʻshma gap sintaksisi, 4) matn sintaksisi. Tabiiyki, ilm cheksiz uni chegarasi yoʻq. Fandagi har bir fakt olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Mahmudov yuqoridagi tasnifni ma’qullamaydi, qoʻshma gapni gapga qaramaqarshi qoʻyish mumkin emasligini, u gap doirasida – gapning bir turi sifatida tasniflanishi maqsadga muvofiqligini aytib oʻtadi. Biz ham bu oʻrinda N.Mahmudovning fikriga qoʻshilamiz. Chunki hozirgi tilshunoslikda gap bu tugallangan fikr va mazmun yaxlitligiga ega boʻlishi va bosh boʻlaklar asosida tuzilgan boʻlishi kerak. Gap boʻlishi uchun har doim kesim ya’ni WPmkesimlik shakllariga ega boʻlishi lozim. Sintaksisni oladigan boʻlsak, uning tarkibida soʻz birikmasi ham oʻrganiladi. Ular oʻrtasida bogʻlanishlar, fikrlar tahlilda gap bilan tubdan farq qiladi. Shuning uchun sintaksisni gapdan kengroq mazmunga egadir. Gap esa oʻz tasnifi boʻyicha alohida guruh sifatida qaralishi kerak. Yana bir qancha olimlar soʻz birikmasini tasnif qilishda koʻp mulohazalarni qoʻllabquvvatlaydi. Ya’ni tilshunoslar soʻz birikmasini, asosan, obyektiv til birligi deb qaraydilar. Boshqalari esa soʻz birikmasini mustaqil til (lisoniy) birligi deya fikr yuritadi. Jumladan, V.P Malashenko va Y.Bagachevlar soʻz birikmasi shu birikmani tashkil egan hokim soʻzning bogʻlanish imkoniyatining (valentlik xususiyati) gap tarkibida yuzaga chiqishi, deb qaraydi, shuning uchun ham soʻz birikmasi obyektiv til birligi hisoblaydi. Ularning fikricha, har qanday soʻz birikmalari nutq jarayonida yuzaga keladi. Ammo bu semantik-sintaktik birlik ma’lum tilda gaplashuvchilar ongida qoliplashgan birikma asosida tarkib topadi. Bu modellar xuddi gap modellari singari nutqiy reallashuvgacha tayyor holda mavjud boʻladi. Shuning uchun ham erkin soʻz birikmasi kommunikatsiyagacha mavjud boʻladigan birlik boʻlib, nutqqa tayyor holda foydalaniladi. Soʻz birikmasi - bu soʻz shaki bilan birga gap uchun yoki gapning kengayishi uchun shu sathda paydo boʻladigan qurilish vositasidir. Y. F. Fomenko fikri esa biz gapni ma’lum tushuncha tugalligiga ega birlik deb qaraymiz, soʻz birikma esa bir tushunchani emas, tushunchalar birikmasini ifodalaydi. Agar biz soʻz birikmasini tushuncha bildiradi, gap uchun qurilish materiali’’ desak, demak soʻz birikmasi doirasida ikki tushunchaning birikish hodisasi roʻy beradi degan fikrni tasdiqlagan boʻlamiz. Xulosa qilib aytganda, soʻz birikmasi “takrorlanish’’ xususiyatiga ega emas. Tilga tayyor holda olib kirilmaydi, balki nutq jarayonida yaratiladi. Sintaksis (grek. Suntaxis soʻzidan olingan boʻlib, “yopishtirmoq”, “birlashtirmoq” demakdir) u bir tomondan soʻz shakllarini bogʻlanish qoidalarini, ikkinchi tomondan, tarkibida bu qoidalar roʻyobga chiqadigan butunlik-gapni oʻrganadi.
131 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) Demak, sintaktik sathning asosiy birligi va sintaksisning asosiy oʻrganish obyekti gap hisoblanadi. Gap bir butunlik sifatida gap boʻlaklari va soʻz boʻlaklaridir. Sintaksis boʻlimi ma’lum sintaktik birliklarga ega boʻladi va oʻz navbatida ular sintagmatik va paradigmatik munosabatda boʻladi. Muayyan sintaktik birlikning boshqa sintaktik birlik bilan ketma-ket munosabati sintagmatik munosabatni hosil qiladi. Rus tilshunosi A.M.Peshovskiy sintaksisda sintagmatik munosabatlar haqida quyidagicha fikr bildiradi: ma’lum sintaktik shaklning (gap boʻlagi shaklining) boshqa sintaktik shakl bilan ketma-ket munosabati shakily sintagmatik munosabat sanaladi. An’anaviy tilshunoslikda “sintaktik munosabat’’ va “sintaktik aloqa’’ terminlari bitta ma’noda tushunish notoʻgʻri. “Sintaktik munosabat’’ termini sintaktik birliklar oʻrtasidagi mazmuniy sintagmatik munosabatni, “sintaktik aloqa’’ termini esa shakliy sintagmatik munosabatning ifoda tomonini bildiradi. Masalan, ega va kesimning shakliy munosabatidan tashkil topgan men keldim sintaktik qurilmasi subyekt va predikatning mazmuniy munosabatini ifoda etadi. Shakliy sintagmatik munosabat ikki xil boʻladi: a) teng munosabat (tenglanish) b) tobe munosabat (tobelanish). Ayrim mualliflar oʻzaro teng munosabatda boʻlgan sintaktik birliklar oʻrtasida shakliy bogʻlanishning mavjudligini inkor qiladilar. Lekin rus olimi, Peshovskiy Salim, Karim, Halim kelishdi kabi qurilmalarda Salim, Karim, Halim boʻlaklari bitta keldi boʻlagi ustidan hokimlik qilishi tufayli ma'no jihatdan bir-biriga tobe munosabatdaligini ta'kidlaydi. Aslida esa uyushiq boʻlaklar oʻrtasida shakliy bogʻlanish yoʻq, ular birgalikda keldi boʻlagi bilan aloqaga kirishadi deb N.Mahmudov oʻzbek tili qoidasi boʻyicha ilmiy asoslarni keltirib oʻtadi. Oʻzbek tilining qonun-qoidalari asosida ma’lum bir soʻz yoki soʻzlar guruhini bogʻli nutqning mustaqil (sodda, qoʻshma gaplar va matn) va nomustaqil (gap boʻlagi va soʻz birikmasi) xususiyatga ega boʻlgan birligi sifatida shakllantiruvchi va ularni bogʻlovchi vositalar sintaktik aloqa vositalari sanaladi. Ular quyidagilardan iborat: a) kelishik, egalik shakllari; b) yordamchi soʻzlar; c) ayrim hollarda mustaqil soʻzlar asosan olmoshlar; d) gap va matnda gap boʻlaklarining yoki boshqa qismlarning tartibi; e) ohang. Sintaksisning asosiy birligi gapdir. Gap boshqa sintaktik birliklardan predikativlik belgisi bilan farqlanib turadi. Gapni kommunikativ birlik sifatida shakllantiruvchi vosita bu predikativlik ya’ni gapning bosh boʻlaklari – ega va kesim oʻtasidagi munosabati. Rus professori N.Y. Shvedova “Predikativlik gapning grammatik ma’nosi. Uni gap tarkibidagi shakllar tizimiga ajratolmaymiz, u butunligicha bir ma’nodir’’ fikrini ilgari suradi. Predikativlikka mantiqiy nuqtayi nazardan yondashishga mashhur rus tilshunosi V. V. Vinogradov birinchi marta chek qoʻydi. U prediktivlikni faqat gap boʻlaklari oʻrtasidagi predikativ aloqa bilan bogʻliq emasligini, bu hodisa ayrim boʻlaklarga boʻlinmay, butun bir gapa xos ekanligini koʻrsatadi. Jim! Issiq! tipidagi sintaktik qurilmalarda ham predikativlik mavjudligini, bunday gaplarda u modallik, zamon va shaxs sintaktik kategoriyalari orqali ifodalanishini ta’kidlaydi. Lingvistik tadqiqotlarda esa Vinogradov fikrining toʻliq isbotini koʻrgan olim, rus tilshunosi T. P. Lomtev gapning 7 ta grammatik kategoriyasini koʻp izlanishlar davomida ajratib, asoslab beradi. Ular: 1) tasdiq/inkorlik 2) aloqa turi [darak, soʻroq, buyruq ] 3) zamon, 4) modallik, 5) shaxs [aniqlik, noaniqlik, umumlashganlik] 6) nofaollik, 7) faollik [shaxsli va shaxssiz shakllar munosabati]. Qadimgi turkiy til va soʻnggi davrlar tilining sintaktik tuzilishi bilan hozirgi zamon tili sintaktik tuzilishini qiyoslar ekanmiz, oʻzbek tili sintaksisida ham jiddiy oʻzgarishlar boʻlganligi aytishimiz mumkin.
132 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) Shuni aytib oʻtmoqchimanki, bu oʻzgarishlar koʻpincha morfologiya va leksikada boʻlgan oʻzgarishlar tufayli va oʻzbek tiliga boshqa tillarning ta’siri natijasida samarali oʻzgarishlarning guvohi boʻlamiz. Misol uchun, vosita kelishigining iste’moldan chiqishi soʻzlarning boshqaruv munosabatini oʻzgartirib, hol doirasini kengaytirdi. Boshqa til ta’sirida esa oʻzbek tiliga fors-tojik tilidan yangi soʻz birikmalari, ergash gaplar tasnifi va qoidalar tizimi vujudga keldi. Oʻzbek tilshunosligida sintaksisni yanada chuqqurroq oʻrganish boʻyicha ham juda koʻp tadqiqotlar va izlanishlar olib borilgan. Bunda xususan, A.Berdialiyev, R.Sayfullayeva, A. Nurmonov, N. Mahmudov, A.Ahmedov, S.Solixoʻjayeva, M.Abduzolova, A.Gʻulomov, M.Asqarova kabi olimlarning tadqiqotlarini koʻrsatib oʻtishimiz lozim. Bu tadqiqotlarda gapning bosh boʻlaklari xususida ham yangicha qarashlar paydo boʻldi. bu, ayniqsa, N. Mahmudov, A. Nurmonov, M.Abduazimovalarning ishlarida oʻz aksini topdi. Bu yangi tadqiqotga koʻra oʻzida predikativlikni aks ettiradigan, gapni uyushtiruvchi va shakllantiruvchi boʻlak – kesim. Kesim gapning markaziy boʻlaagi boʻlganligidan butun tavsifi – grammatik kategoriyalari: tasdiq/inkorlik, shaxs, zamon, kommunikativ maqsad va hakazolar kesimga qarab belgilanadi. Toʻgʻri, kesim haqidagi bunday mulohazalar an’anaviy tilshunoslikda ham bor. Jumladan A. Gʻulomov fikrining davomida shunday xulosa qiladi: “Kesim ega bilan oʻzaro bogʻlangan boʻlib, gapning uyushtiruvchi markazlaridan biridir: u hukmni ifodalovchi, gaplikning asosiy belgilarini (modallik, zamon va shaxsni) – predikativlikni koʻrsatuvchi eng zaruriy boʻlak boʻlganligi uchun gapning strukturasini, xarakterini belgilashda katta rol oʻynaydi. Ega esa faqatgina nutq predmetini, ya’ni gapning nima toʻgʻrisida borishini aniqlaydi’’. (Gʻulomov. A, Asqarova. M ‘’Hozirgi zamon oʻzbek tili. Sintaksis. T., 1987) Bu sintaksisni oʻrganishda til uchun katta tadqiqot masalasi edi. Oʻzbek tilining qonun qoidalar tizimi ham aynan shu shaklda tuzilgan. “Gap tushunchasi kesim tushunchasi bilan juda zich bogʻlangandir. Predikativ aloqaning koʻrsatkichlari faqatgina kesimda boʻladi. Bu boʻlakning ayrim boʻlaklar singari ifodalanmay qolishi mumkin emas.’’ (Gʻulomov. A, Asqarova. M “Hozirgi zamon oʻzbek tili. Sintaksis. T., 1987) Mulohazalarimiz soʻnggida aytib oʻtish joizki, tilshunoslik paydo boʻlgan davrdan toki hozirgi kungacha jahon tilshunosligida fanning taraqqiy etishi, ijtimoiy muhit bilan birga shakllanib boyib borishi har bir tilning xalqaro darajaga chiqishi uchun eng zarur vosita hisoblanadi. Tilshunoslikning rivojlanishida olimlarning nazariyalari “ustun’’ vazifasini oʻtagan. Har bir olim oʻzining ilmiy nuqtayi nazaridan tilni turli jihatdan tahlil qilgan. Tilshunoslik fanining shakllanishi va taraqqiyoti, uning turli bosqichlari va ilmiy maktablari tarixiy jarayonlar bilan bogʻliq boʻlib, insoniyatning tilni oʻrganishga boʻlgan qiziqishining natijasidir. Bu fan tarixan diniy va falsafiy qarashlardan ajralib, mustaqil ilmiy sohaga aylandi. Tabiiyki, bu nazariy va amaliy qarashlarning mahsuli. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. R. Rasulov. Umumiy tilshunoslik. T.2010 2 N. Mahmudov, A.Nurmonov. Oʻzbek tilining nazariy grammatikasi. T. 1995 3 I. Rasulov. Soʻz birikmasi masalasi. 1978 4 А л и е в У. Б. Синтаксис карачаева-балкарского язьша', 1972, с. 28 5 Ғуломов А. Асқаров М. Ҳозирги ўзбек тили. Синтаксис.: Тошкент, 1961 6 Ўзбек тили грамматикаси. II том. Сицтаксис. Тошкент^ Фан, 1970 7 Абдураҳмонов Ғ., Суяаймонов А.. Холиѐров X., Омонтурдисв Ж. Ҳозирги ўзбек адабнй тили. Синтаксис. Тошкент: Ўқитувчи, 1979
133 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) 8 Ҳ о ж и е в А., М а ҳ м у д о в Н. Семантика ва сиитактик позиция. — «Ўзбек тили ва адабиѐти», 1983, 2-соп 9 М а ҳ м у д о в Н. М. Қайта қуриш ва ўзбек морфологиясн" нинг айрим масалалари. «Ўзбек тили ва адабиѐти», 1988 10 Mirzayev M., Usmonov S., Rasulov I. Oʻzbek tili. ”Tilshunoslikdan umumiy ma’lumot”bobi.- 11 С.Усмонов. Умумий тилшунослик. -Т., 1972 12 В.В.Виноградов. История русских лингвистических учений.- М., 1978.