NEMIS TILIDAGI AKKUZATIV KELISHIGI VA QORAQALPOQ TILIDAGI TABÍS KELISHIKLARI
Full text
117 NEMIS TILIDAGI AKKUZATIV KELISHIGI VA QORAQALPOQ TILIDAGI TABÍS KELISHIKLARI Abishova G.M., PhD, Qoraqalpoq davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17712653 Annotaciya. Nemis va qoraqalpoq tillarida, ularning turli tillar oilasiga mansub bo‘lishiga qaramasdan, otlarda kelishiklarning mavjudligi tipologik qiyoslanayotgan tillar orasidagi o‘xshashlik bo‘lsa, ularning son jihatidan farqlanishi har birining o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatidan kelib chiqadigan nomutanosiblik bo‘lib hisoblanadi. Ushbu maqolada nemis tilidagi akkuzativ va qoraqalpoq tilidagi tabıs kelishiklarining qiyosiy tipologiyasi o’rganilgan. Unda akkuzativ va tabıs kelishiklarining o’xshash va o’ziga xos jihatlari solishtirilib, nemis tilidagi misollar qoraqalpoq tilida taqqoslab ko’rsatilgan. Kalit so’zlar: Qardosh va qardosh bo‘lmagan tillar, nemis va qoraqalpoq tillari, qiyosiy tipologiya, akkuzativ kelishigi, tabıs kelishigi. Аннотация. В немецком и каракалпакском языках, несмотря на принадлежность к разным языковым семьям, наличие винительного падежа у существительных является сходством между типологически сопоставляемыми языками, в то время как их количественное различие – дисбалансом, обусловленным спецификой каждого из них. В данной статье изучается сопоставительная типология винительного падежа в немецком языке и табысного падежа в каракалпакском языке. Сравниваются сходные и специфические аспекты винительного и табысного падежей, а также сравниваются примеры из немецкого и каракалпакского языков. Ключевые слова: Родственные и неродственные языки, немецкий и каракалпакский языки, сопоставительная типология, винительный падеж, табысный падеж. Abstract. In German and Karakalpak, despite belonging to different language families, the presence of the accusative case in nouns is a similarity between typologically comparable languages, while their quantitative difference is an imbalance caused by the specifics of each of them. This article examines the comparative typology of the accusative case in German and the tabys case in Karakalpak. Similar and specific aspects of the accusative and tabys cases are compared, as well as examples from German and Karakalpak. Keywords: Related and unrelated languages, German and Karakalpak languages, comparative typology, accusative case, tabys case Tilshunoslikning barcha sohasi qiyosiy metodga suyanadi va shu asosda o‘rganiladi. Aksariyat hollarda mutaxassislar qiyosiy metodni til o‘rganish va til materiallarini tadqiq qilish uchun universal usul deb hisoblaydilar. Haqiqatdan ham, bu fikr isbot talab qilmaydigan aniq isbot ekanligi o‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdi. Sababi qiyosiy metod faqatgina nazariy emas, balki amaliy ahamiyatga ham egadir. Metodistlar (uslubiyatchilar) va tarjimonlar uchun uning amaliy ahamiyati beqiyosdir. Qardosh bo‘lmagan tillar tuzilishini bir-biri bilan qiyoslab o‘rganishning kengayib borish sabablarini professor R.Yu.Barsuk beshta omil bilan bog‘lasa [1],
118 professor J.B. Bo‘ronov sakkizta omilini asos qilib ko‘rsatadi [2]. Ushbu omillar fikrlarining o‘xshash tamonlari shundaki, ularning ikkalasida ham oxirgi orınlarda xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishning ortib borayotganligiga alohida e’tibor beriladi va asosiy omillardan biri deb ko‘rsatiladi. Lingvistika sohasida ikki yoki undan ortiq tillarni o‘rganishga oid (ingliz va o‘zbek, ingliz, o‘zbek va rus, ingliz va rus, ingliz va qoraqolpoq, nemis va qoraqalpoq, fransuz, o‘zbek va rus hamda boshqalar) ilmiy ishlar mavjud. Har xil oilaga mansub tillarni, shu jumladan, nemis va qoraqalpoq tillarini qiyosiy o‘rganishning nazariy ahamiyati: “qiyoslanayotgan tillar tizimini chuqur anglab yetish, qiyoslanayotgan tillarga oid bilimlarning ortishi hisoblanib, gipotetik universiyalarning to‘g‘ri ekanligini isbotlashdan iboratdir” Nemis va qoraqalpoq tillari orasida ma‘lum bir mushtaraklik bo‘lmasa ham ularni qiyosiy o‘rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega. Chunki, mazkur tillar ustida qiyosiy tipologik tadqiqotlar juda kam. Ayniqsa bu fikr tillarning grammatik qurilishida asosiy o‘rinlardan birini egallaydigan ot kategoriyasiga ham tegishlidir. Qoraqalpoq tilida kelishiklar kategoriyasi to‘g‘risida e’tiborga loyiq tadqiqotlar yurgizilgan. Qoraqalpoq tilshunos olimlaridan biri A.Qidirboev 1944 yili o‘zining nomzodlik dissertatsiyasini qoraqalpoq tilida kelishik kategoriyasiga bag‘ishlagan. Ilmiy izlanishlarining natijasida, olim qoraqalpoq grammatikasida oltita emas, balki yetti kelishik mavjud ekanligiga ishontirishga harakat qilgan. Yettinchi kelishikni yordamchi (kómekles) deb atab, uning grammatik shakllari sifatida menen, benen, penen (qálem menen, at penen, joldas penen) yordamchi so‘zlarini ko‘rsatadi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, nemis tilidagi instrumentalist, shuningdek, qoraqalpoq tilidagi, A.Qidirboev ko‘rsatganidek, ko‘makdosh (kompleks) kelishiklari shakli va funktsiyalari tamonidan bir-biriga juda o‘xshash. Demak, yuqorida aytilganlarga xulosa sifatida shuni aytish joizki, hozirgi zamon nemis tilida to‘rtta, qoraqalpoq tilida esa oltita kelishik mavjud [3] Ular qo‘yidagilar: Nemis tilida Qoraqalpoq tilida 1.Nominativ - Nominativ. I. Grammatik kelishiklar. 1. Ataw - (bosh) kelishigi 2. Genitiv - Genitiv. 2. Iyelik - (qaratqich) kelishigi. 3. Dativ - Dativ. 3. Tabıs - (tushum) kelishigi. 4. Akkusativ - Akkuzativ. II. Makon kelishiklari 1. Barıs - (yo‘nalish) kelishigi. 2. Shıǵıs - (chiqish) kelishigi. 3. Orın - (o‘rin-payt) kelishigi. Akkuzativ – Wenfall nemis tilida, ya’ni to‘rtinchi kelishik bo‘lsa, qoraqalpoq tilidagi analogi – tabıs kelishigi ham shunday o‘rinni egallaydi.
119 Tabıs kelishigidagi otlar hozirgi qoraqalpoq tilida kuyidagi hollarda qo‘llaniladi: 1. Tabıs kelishigidagi otlar o‘zining aniqlovchisiga ega bo‘lganda, affiksli qo‘llaniladi. Masalan: Sen ana attı ákelip shanaǵa jek. (K.Sultanov). 2. Tabıs kelishigidagi ot egalik affiksini olgan bo‘lsa, ilmiy ma’nolarda affiks bilan bog‘liq bo‘lgani uchun buni morfologik faktor deb yuritadi. Gúnamdı keshirińler, ólsem xanlar qábiristanına jerleńler -dep ótinish qıladı (T. Qayıpbergenov «Qaraqalpaqnama») Siz qolıńızǵa sumkańızdı alıńız. Al, jaqpasa zorlama, súygenin tapsın. (О.Ayjanov «Aral qushaǵında») 3. Inson yoki jonli jonivorlarning tana a’zolarini bildiruvchi so‘zlar tabıs kelishigida kelsa, unda ham otlar egalik affiksini qabul qilgan bo‘lishi mumkin: Olar jetip ekew ara bir ǵazdıń kózlerin shaqtı. (T.Qayıpbergenov «Qaraqalpaqnama»). Qazan balıq dep azannan berli basımızdı sen - aq qatırdıń ǵoy. Ne aytadı eken dep awzımdı ashıp otırman-aw júdá. (О.Ayjanov «Aral qushaǵında») 4. Tabıs kelishigidagi ot bilan kesim (feyl) orasida boshqa so‘zlar kelganda: - Bári bir, biziń awır jaslıǵımız adamlardı baxıtlı qılǵanı ushın heshteńege ókinbeymiz, - deytuǵın edi. 5. Otlashgan boshqa so‘z turkumlari tabıs kelishigida kelsa: - Ullı xanımız, qulaq salsańız bir baqlawımdı aytıp keteyin. (T.Qayıpbergenov «Qaraqalpaqnama») 6. O‘zakdosh so‘zlar takrorlanib, ulardan ikkinchisi vositasiz to‘ldiruvchi bo‘lib kelsa, o‘sha tabıs kelishigining affiksini qabul qiladi: Balıqshı balıqshını Tabıs kelishigi doim belgisiz ishlatiladigan konstruktsiyalar turg‘un bog‘lanmalarga, frazeologik birliklarga to‘g‘ri keladi: at qoyıw, nan jew, sóz salıw, dálil keltiriw, qas qaǵıw, kóz jumıw, awız bastırıw, shay ishiw, duz tatıw, telefon qurdırıw, pal ashıw, leksiya oqıw, daw sheshiw, soraw beriw, zat soraw, namıs etiw, jol beriw, jol kórsetiw, wáde etiw, ant ishiw. Masalan: Oyda joq jerden Ernazar túrgelip sóz soradı – da: Bekimbet oǵan sóz berdi. (О.Ayjanov «Aral qushaǵında»). Professor O.Moskalskaya akkuzativ obyektini ikki turga bo‘lib qaraydi. 1. Tashqi yoki ta’sir etuvchi ob’ekt (lotincha «afficere» – birovga yoki biror narsaga ta’sir ko‘rsatish): das Brot schneiden, einen Brief erhalten, einen Brief lesen kabilar. Ma’no ottenkasi ifodolanishi uchun harakat shu predmetda, shu predmet bo‘ylab amalga oshadi, ammo predmet bu harakatga tobe bo‘lmagan, ya’ni mustaqil holda mavjud bo‘ladi.
120 2. Ikki yoki hosil qiluvchi ob’ekt (lotincha efficere – hosil qiluvchi, paydo qiluvchi, ishlab chiqaruvchi kabi ma’nolarni anglatadi): einen Brief schreiben, ein Hochhaus bauen kabilar. Er trat ein, den Hut in der Hand – Ol kirip keldi, shlyapası qolında. Er wandte sich um die Hand in der Türklinke – Ol oylanıp qaradı, qolı qapınıń tutqıshında. E.Schendels absolyut akkuzativning uchta modelini ko’rsatadi [4]. Ular quyidagilar: 1. Akkuzativdagi ot +predlog bilan kelgan ot (ko‘pincha dativda) (SAK + P r + Sd): Sie betrachtete ihn gerührt, Tränen in die Augen. Hayal oǵan tásirlenip qaradı, kózlerinde jas. 2. Akkuzativdagi ot+ sifat (sifatdosh II) (SAK + Adj / Part II) Er stand vor uns, weiβlich verstaubt das Gesicht und die Lippen von der ewigen Hitze rissig und wund. Ol biziń aldımızda turdı da, júzi appaq shań, erinleri bolsa udayı ıssıdan jarılıp hám qanap ketken. Yuqorida berilgan nemischa gaplarni biz iloji boricha strukturasini o‘zgartirmasdan qoraqalpoqchaga tarjima qilishga harakat qildik. Strukturaning qoraqalpoq tilidagi varianti tabıs emas ataw kelishigida kelgan. Bunday gaplar qoraqalpoq tilida ko‘pincha boshqacha strukturada uchiraydi: Hayal oǵan tásirlenip, kózlerinde jas penen qaradı. Qoraqalpoq tilida tabıs kelishigiga bunday xususiyat xos emas. Gaplarda so‘zlarining sintaktik funktsiyalari o‘zgarib ketadi. Nemis tilida ataw kelishikda kelgan olmosh (shuningdek ot ham bo‘lishi mumkin), iyelik kelishigida, akkuzativda kelgan so‘z ham ataw kelishigida keladi. Gaplarda ma’no to‘laligicha saqlangan, biroq gaplarning tuzilishi, ulardagi har bir so‘zning gapdagi ma’nosi qiyoslanayotgan tillar orasidagi farqlanishga sabab bo‘ladi. Xullas, nemis tilidagi akkuzativ qoraqalpoq tilidagi tabıs kelishiklari orasida tipologik uxshashliklar, har bir tilning o‘z xususiyatidan kelib chiqadigan farqlanishlari mavjud. Adabiyotlar 1. Барсук Р.Ю. Основные проблемы обучения иностранным языком в национальной школе. – Баку, 1970. 2. Буронов Ж.Б. Инглиз ва ўзбек тилларининг қиёсий грамматикаси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1973. 3. Қыдырбаев А. Ҳәзирги қарақалпақ тилинде сеплик категориясы: Филол. илим. кан... дисс. – Нөкис, 1944. – 130 б. 4. Schendels E. Deutsche Grammatik. – Moskau, 1988. 5. Schmidt W. Grundlagen der deutschen rammatik. Eine Einführung in die funktionale Sprachlehre. – Berlin, 1967.