scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

CO₂ STRIPER QURILMASINI TAKOMILLASHTIRISH

Pо'latov, Nodirbek Rashid о'g'li

Abstract

Ushbu magistr tadqiqoti CO₂ striper qurilmasi asosiy xom ashyo uglevodorod kondensati tarkibidan karbonat angidridni (CO₂) ajratib olish jarayonida, kolonndagi qilingan о‘zgartirishlar bilan kolonna ustki qismidan chiquvchi CO₂ gazining tarkidan suv miqdorini kamaytirish asosiy bо‘g‘ini sanalgan. CO₂ striper qurilmasi konstruktiv va texnologik jihatdan takomillashtirilishiga bag‘ishlangan. Tadqiqot davomida mavjud striper tizimlarida uchraydigan asosiy kamchiliklar — tarelkalarda massa va issiqlik almashinishi shuningdek energiya sarfining yuqoriligi, chiqindi gaz tarkibida suv kо‘payishi, gaz–suyuqlik fazalari о‘rtasida massa almashinishning yetarli emasligi hamda bosim yо‘qotishlarining ortishi — chuqur tahlil qilindi.

Full text

RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 4 | ISSUE 10 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 16 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17718414 CO₂ STRIPER QURILMASINI TAKOMILLASHTIRISH Pо‘latov Nodirbek Rashid о‘g‘li Islom Karimov Nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti ANNOTATSIYA Ushbu magistr tadqiqoti CO₂ striper qurilmasi asosiy xom ashyo uglevodorod kondensati tarkibidan karbonat angidridni (CO₂) ajratib olish jarayonida, kolonndagi qilingan о‘zgartirishlar bilan kolonna ustki qismidan chiquvchi CO₂ gazining tarkidan suv miqdorini kamaytirish asosiy bо‘g‘ini sanalgan. CO₂ striper qurilmasi konstruktiv va texnologik jihatdan takomillashtirilishiga bag‘ishlangan. Tadqiqot davomida mavjud striper tizimlarida uchraydigan asosiy kamchiliklar — tarelkalarda massa va issiqlik almashinishi shuningdek energiya sarfining yuqoriligi, chiqindi gaz tarkibida suv kо‘payishi, gaz–suyuqlik fazalari о‘rtasida massa almashinishning yetarli emasligi hamda bosim yо‘qotishlarining ortishi — chuqur tahlil qilindi. Kalit sо‘zlar CO₂ striper; gaz tozalash; issiqlik va massaalmashinish; energiya samaradorligi; HC texnologiyalari; kolonna qurilmalari; ekologik xavfsizlik; texnologik optimallashtirish. Kirish: CO₂ stripper qurilmasining ishlash printsipi asosan qurulmaga kiruvchi uglevodorod kondensati bilan uning ichidagi tarelkalarida gaz va suyuq fazalarning kontaktlashishi natijasida, uglevodorod kondensati tarkibidagi CO₂ va kam miqdrodagi suvni ajratib olishdan iborat bо‘lib. Qurulmalarning pastki qismida qaynatuvchi (reboiler) bilan jihozlangan. Ushbu qurulmadan hozirgi kunda dunyoda va yurtimizdagi barcha neft va gazni qayta ishlash korxonlarida keng foydalanib kelinmoqda, ishlash printsiplari bir xil bо‘lsada ammo ularda turli xil muammolar uchrab turadi. Jumladan yurtimizdagi zavodlarda ham ushbu qurulmadan uglevodorod kondensati tarkibidan CO₂ gazini tozalashda ishlatilmoqda. CO₂ stripper qurilmasi ishlashidagi muammolar, ustki qismidan chiquvchi CO₂ gaz tarkibida suv miqdori kо‘paygan. Bu gaz aslida zavodning yoqilg‘i gaz tizimiga berilishi kerak bо‘ladi lekin CO₂ gaz tarkibida suv miqdori kо‘paygani uchun bu gaz vaqtincha korxona fakel RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 4 | ISSUE 10 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 17 tizimiga tashlanadi va buning natijasida korxona fakel tizimiga tashlanma gazni kо‘payadi. Bu esa fakelda kо‘p gaz yonishi natijasida yoqilg‘i gazni isrof bо‘lishi va qayta yoqilg‘i gazni olishga sabab bо‘ladi. Bu korxonaga iqtisodiy va texnalogik muammolarni keltirib chiqaradi. Shu bilan birga bu yо‘nalishda turli texnalogik va iqtisodiy, tо‘sqinliklar ham uchraydi. Ushbu maqolada bu masalalar tahlil qilinadi va amaliy takliflar shakllantirilib boriladi. Maqolaning tuzilishi quyidagilardan: avvalo muammolarning umumiy kо‘rinishi kо‘rib chiqiladi, mavjud texnologiyalar va ularni tadbiq etishdagi tо‘sqinliklar muhokama qilinadi, yakunda xulosa va takliflar beriladi. Zamonaviy ishlab chiqarishning eng dolzarb yо‘nalishlaridan biri neft va gazni qayta ishlash sanoatida chiqindisiz texnologiyalaridan foydalanish. Ishlab chiqarish jarayonlarida uglevodorod resurslaridan oqilona foydalanish, chiqindi gazlarni kamaytirish va ularni qayta ishlash muammosi tobora dolzarb bо‘lib bormoqda. Ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida xom ashyo va energiyadan maksimal darajada foydalanish, hosil bо‘lgan chiqindi gazlarni ikkilamchi xom ashyo sifatida boshqa jarayonlarda qо‘llash kerak. Muammoning dolzarbligi: CO₂ tarkibidagi suv miqdorini ortib borishi yoqilg‘i gaz parametrlari о‘zgarishining asosiy omillaridan biri bо‘lib, korxona yoqilg‘i gaz tizimida noqulayliklar pechkalarning о‘chib qolishi va fakelga tashlanadigan gaz miqdori ortib borishiga olib kelmqoda. Striper texnologiyasi CO₂ va suvni zavoddagi uglevdorod kondensati tarkibidan samarali ajratib olish bо‘yicha eng keng qо‘llaniladigan usullardan biridir, ammo mavjud striper qurilmalarida energiya sarfi yuqoriligi, issiqlik yо‘qotishlari, massaalmashinish samaradorligining yetarli emasligi kabi muammolar mavjud. Takomillashtirilgan CO₂ Stripper Dizayni Qurilmaning modul strukturasini yaratish, uni turli о‘lchamdagi sanoat sharoitlariga moslashtirish imkonini beradi. Striper qurilmasing modernizatsiya qilingan modeli uchun matematik modellar ishlab chiqildi, kolonna asosiy xom ashyo kirish tarelkasi va mо‘rili suv ajralish tarelkalarida, xom ashyo harorati va uglevdorod kondensati aylanish sarfi bо‘yicha optimal qiymatlar aniqlandi. Tadqiqot natijalari takomillashtirilgan qurilma yordamida, CO₂ stripper kolonna ustki qismidan chiquvchi yoqilg‘i gazining tarkidan suv miqdorini kamaytirish, CO₂ ajralish koeffitsiyentini oshirish hamda sanoat miqyosida barqaror va tejamkor gaz tozalash jarayonini ta’minlash mumkinligini kо‘rsatadi. Matematik modellashtirish asosida kolonnadagi issiqlik va massa balanslari hisoblab chiqildi. Tajriba-sinov natijalari quyidagi kо‘rsatkichlarni berdi: RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 4 | ISSUE 10 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 18 — striper energiya sarfi 12–20 % gacha kamaydi; — chiqindi gaz tarkibidan suv 10–0,94 oralig‘ida bо‘ldi; — fakelga tashlandi gaz miqdori kamaydi; — CO₂ chiqarilishi sezilarli darajada kо‘paydi; — bosim yо‘qotishlari optimallashtirildi; — umumiy gaz tarkibidan suvni tozalash tizimi samaradorligi oshdi; — mо‘rili tarelkadan chiquvchi suv miqdori sezilarli kо‘paydi. Iqtisodiy va Ekologik Samaradorlik Iqtisodiy Foyda: Energiya sarfining kamayishi va suv miqdorining pasayishi CO₂ stripper qurilmasidan chiquvchi umumiy yoqilg‘i gaz operatsion xarajatlarini 25-35% ga qisqartirdi. Bu esa CO₂ va suvni ajratib olish loyihalarining iqtisodiy jozibadorligini oshiradi Ekologik Foyda: CO₂ Qurulmasi ustki qismidan chiquvchi yoqilg‘i gaz tarkibidan suv va uglevodorodlarning kamaytirish orqali atrof muhitga ta’sir minimallashtiriladi, bu esa yoqilg‘i gazni fakel tizimiga emas balki yoqilg‘i gaz tizimiga tashlash orqali biz, zavod fakel tizimiga kam gaz yoqiladi. Bu yо‘l bilan global isishga qarshi kurashga hissa qо‘shiladi va havoning tozaligini ta’minlaydi. Kichikroq ekologik iz qoldirildi. Modulli Yechimlar: Modulli dizayn kichikroq sanoat korxonalariga ham CO₂ ni ajratib olish texnologiyalarini joriy etish imkoniyatini beradi, shu bilan CO₂ gazlarining atmosferaga tashlashni umumiy hajmini kamaytirishga va korxonalarda qо‘shimcha yoqilg‘i gaz olishni kamaytirishga yordam beradi. Xulosa va Kelajakdagi Tadqiqot Yо‘nalishlari Tadqiqot natijalari CO₂ striper qurilmasini takomillashtirish korxonaning yoqilg‘i gaz tarkibini suvsizlantirish jarayonida muhim rо‘l о‘ynashini kо‘rsatadi. Taklif etilgan yechimlar energiya tejamkorligi, ekologik xavfsizlik va iqtisodiy samaradorlikni oshirish orqali sanoat uchun yangi chiqindisiz texnalogiyalarni ishlab chiqishda katta amaliy ahamiyatga ega. RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 4 | ISSUE 10 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 19 ADABIYOTLAR RО‘YXATI 1. G. T. Rochelle, CO2 tutilishi uchun aminlarni tozalash. Fan, 2009, 325, 1652– 1654. 2. C.M. Vang, H. M. Luo, X. Y. Luo, H. R. Li. va S.Dai, imidazolium asosidagi ionli suyuqliklar va superbase, tizimlar bilan ekvimolyar CO2 ni olish. Green Chem., 2010, 12, 2019–2023. 3. C. M. Vang, S.M.Mahurin, H. M. Luo, G. A. Beyker, H. R. Lia va S. Dai, ekvimolyar vazifaga xos ionli suyuqlik-superbaza aralashmalari orqali qaytariladigan va mustahkam CO2 ni olish. Green Chem., 2010, 12, 878. 4. Nurmuhаmеdоv H.S., Babayev Z.K., Kаrimоv K.F., Matchonov Sh.K., Mavlanov E.T., Аbdullаyеva S.Sh., Abdurahimova A.U. Nеft-gaz vа kimyo sаnоаtlаri qurilmаlаrini tа’mirlаsh vа mоntаj. –T.: «Fan va texnologiya», 2014, 236 bet. 5. Molokanov Yu.K. Neft va gazni qayta ishlash jarayonlari va uskunalari. - Moskva: Kimyo, 1980. - 407 p. 6. Berlin M.A., Gorechenkov V.G., Volkov N.P. Neft va tabiiy gazlarni qayta ishlash. - Moskva: Kimyo, 1981. - 472 p. 7. Fuks I.G., Xolodov B.P. Neft, gaz va ularni qayta ishlash mahsulotlari. Moskva: Neft va gaz, 1994, 163 p.