scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YER OSTI MUHANDISLIK TARMOQLARINI REJALASHTIRISHNING SHAHARSOZLIK VA IQTISODIY YECHIMLARI

Usmonov Q T, Orazbaeva N M, Usmonova M Q

Abstract

Ushbu maqola O‘zbekiston shaharlaridagi mavjud shahar hududidagi yer osti muhandislik tarmoqlarinjing joylashishi va zamonaviy shaharlarda keng qo‘llarilayotgan kollektorlar tarmog‘ini joriy etish haqida so‘z yuritilgan. Kollektorlar tarmog‘ini qo‘llashda iqtisodiy jihatdan talab qilinadigan mablag‘lar va materiallar haqida ham malumotlar keltirilgan. Tavsiya etilaetgan kollektr tizimining shaharlarimiz uchun barcha avfzalliklarining shaharsozlik taxlillari maqolada keltirilgan.

Full text

THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 129 YER OSTI MUHANDISLIK TARMOQLARINI REJALASHTIRISHNING SHAHARSOZLIK VA IQTISODIY YECHIMLARI 1Usmonov Q T, 2Orazbaeva N M, 3Usmonova M Q 1,2Toshkent arxitektura qurilish universiteti, Toshkent, O‘zbekiston 3Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti, Toshkent, O‘zbekiston https://doi.org/10.5281/zenodo.17725693 Annotatsiya. Ushbu maqola O‘zbekiston shaharlaridagi mavjud shahar hududidagi yer osti muhandislik tarmoqlarinjing joylashishi va zamonaviy shaharlarda keng qo‘llarilayotgan kollektorlar tarmog‘ini joriy etish haqida so‘z yuritilgan. Kollektorlar tarmog‘ini qo‘llashda iqtisodiy jihatdan talab qilinadigan mablag‘lar va materiallar haqida ham malumotlar keltirilgan. Tavsiya etilaetgan kollektr tizimining shaharlarimiz uchun barcha avfzalliklarining shaharsozlik taxlillari maqolada keltirilgan. Kalit so‘zlar: yer osti muhandislik tarmoqlari, gaz, elektr, suv ta’minoti, oqova (kanalizatsiya) suv shaharsozlik, tarmoqlari eskirganligi, aqlli tarmoqlar, tranzit kommunikatsiyalari, magistral liniyalar, korroziyaga chidamlimlilik , Polietilen yoki polimer quvurlar. Abstract. This article examines the location of underground utility networks in the existing urban development of cities in Uzbekistan and the implementation of a collector network, which is widely used in modern cities. Information is provided on the economically necessary means and materials when using a collector network. The article presents an urban planning analysis of all the advantages of the proposed collector system for our cities. Keywords: underground engineering networks, gas, electricity, water supply, wastewater (sewerage), urban development, network obsolescence, smart networks, transit communications, trunk lines, corrosion resistance, Polyethylene or polymer pipes. Kirish. Bugungi kunda ko‘plab shaharlarimizda yer osti muhandislik tarmog‘larining teztez buzilish (avariya) holatlarini ko‘plab uchramoqdamiz. Buning asosiy sababi, tarmoqlarning eskirishi tamir talabligi, shahar aholi sonining muntazam o‘sib borishi, shaharlarning kengayishi hamda qurilish binolari zichligining oshib borishidir. Shaharning yer osti kommunikatsiya tizimining sanitariya-gigiena talablarini ta’minlaydigan va aholi uchun yuqori darajadagi qulaylik yaratadigan manba bu, shaharsozlikda asosan muhandislik jihozlari va obodonlashtirish eng muhim element hisoblanadi[3]. Shahar urbanizatsiyaning jadal rivojlanishi bilan, yer osti muhandislik inshootlari loyihalash va qurilish keng tarqaladi. Ular orasida ko‘plab zamonaviy standartlardan oldin qurilgan shahar yer osti quvurlari ko‘pincha normativ loyiha kodlarini ishlab chiqishdan oldin mavjud bo‘lgan. Yer osti muhandislik tarmog‘i taxminan yarim asrlik xizmatdan so‘ng, bu quvurlar eskirishi, atrof-muhit ta'siri va noto‘g‘ri texnik xizmat ko‘rsatish tufayli turli darajadagi strukturaviy buzilishlarni yuzaga keladi[2]. Ko‘pgina quvurlar 20-30 yillik ekspluatatsiyadan keyin deformatsiya va shikastlanish belgilarini ko‘rsatib, shahar infratuzilmasi uchun katta xavf tug‘diradi. THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 130 Shuni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yildagi PQ204-son qarori yer osti muhandislik tarmoqlarini joylashtirish uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirishga qaratilgan. Bu qarorda sohada foydalanilayotgan yer uchastkalaridan foydalanishda innovatsion yondashuvlarni joriy etishga etibor qaratilgan[1]. Shahar va qishloq aholi punktlarida yer osti muhandislik tarmoqlarining asosiy turlari quyidagilardan iborat: elektr, gaz, issiq suv, sovuq suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda drenaj tizimlaridan iborat. Elektr tarmogi asosan yuqori va past kuchlanishli (signalizatsiya, telefon, telegraf aloqalari, radio, internet) tizimlardan tashkil topib, gaz tarmogi esa yuqori va past bosimli quvirlar tarmog‘ini o‘z ichiga oladi. Issiqlik ta’minoti bino va inshootlarga issiqlik va issiq suv ta’minotiti bilan ta’minlash, sovuq suv tarmogi aholi ichimlik va gigienik talablarini qondirish uchun toza suvi bilan ta’minlaydi. Oqava suv tarmog‘i (kanalizatsiya) aholining xayot faoliyati davomida kelib chiquvchi oqava suvlarni shahar yer osti tizimlari orqali tozalash inshootlariga olib chiqish kabi muhum vazifalarni bajarib, xozirgi zamon insonlariga qulay xayot faoliyatini ta’minlovchi muhum ta’minot tarmog‘idir. Bundan tashqari drenaj tizimi, yer osti sizot suvlarini chetlashtirish va atmosfera infiltratsiya suvlarini jamlash kabi muhum vazifalarni drenaj tizimlari turli ko‘rinishlarda amalga oshiradi. Bugungi kunda shaharlarimizda yer osti muhandislik tarmoqlari, shaharning gigenik xolatini ta’minlashda va rivojanish faoliyatida muxim o‘rin egallaydi. Materiallar va usullari. shahar yer osti muhandislik tizimlari aholining normal yashash sharoitlarini ta’minlaydigan aholi punktlari hayotini ta’minlash tizimi hisoblanadi. Muhandislik tizimlari va uskunalarini loyihalash muammolarini to‘g‘ri hal qilish shaharlarning rivojlanish darajasini, shuningdek, energiya resurslaridan (yonilg‘i, suv, elektr energiyasi va boshqalar) oqilona foydalanishni belgilaydi. Aholi punktlarida muhandislik tarmoqlari barcha yer osti, yer usti va yer usti tarmoqlarini birlashtiruvchi kompleks tizim sifatida, ularning hisob-kitob davrida foydalanish, rivojlantirishni hisobga olgan holda loyihalashtiriladi va amalga oshiriladi[4]. Shahar kommunikatsiyalari rivojlanish jarayonida shaharning butun hududini qamrab olgan murakkab tizimni ifodalaydi. Yer osti tarmoqlarini xudud bo‘yicha taqsimlash (tarqatish), tranzit va magistral usullarga bo‘linadi. Tarqatish tarmoqlari ta'minlovchi aloqadir shaharning asosiy tarmoqlaridan va inshootlaorga yo‘naltiriladi. Tranzit kommunikatsiyalari - bu butun shahar bo‘ylab o‘tadigan va shaharni ta'minlashda ishtirok etmaydigan va foydalanilmaydigan, masalan, yuqori bosimli gaz quvurlari, suv quvurlari, qazib olish joyidan qayta ishlash maydonchasigacha bo‘lgan neft quvurlari. Magistral liniyalar - shahar kommunikatsiyalari bo‘lib, ular orqali shahardagi energiya manbalarining asosiy turlari yetkazib beriladi yoki shaharni ta'minlash uchun yo‘naltiriladi. Mavjud shaharlarimizdagi mikrorayon uchun yer osti kommunal tarmoqlarini loyihalashda, birinchi navbatda, uni suv, issiqlik, elektr energiyasi, umumiy shahar (ko‘cha) magistrallari va kollektorlardan gaz bilan ta'minlashning mumkin bo‘lgan manbalarini aniqlash, ularga mikrorayon ichidagi kommunikatsiyalarni ulashning mumkin bo‘lgan joylarini belgilash va temir yo‘llarni burish uchun joylarni belgilash kerak [5]. Shaharlarda mikrorayon yer osti tarmoqlari (tarqatish kommunikatsiyalari) quyidagilarni o‘z ichiga oladi: • suv ta'minoti tarmoqlari va iste'molchilarni suv bilan ta'minlash uchun binolarga kirish yo‘llari; • mikrorayonga xizmat ko‘rsatuvchi kanalizatsiya tarmoqlari, shu jumladan shahar tarmoqlariga chiqish joylari; THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 131 • turar-joy va jamoat binolari va shahar iste'molchilarini gaz bilan ta'minlash uchun past bosimli gaz quvurlari; • mikrorayonga xizmat ko‘rsatuvchi drenaj tarmog‘i; • markaziy issiqlik punktlaridan (IES) binogacha bo‘lgan issiqlik tarmoqlari, shu jumladan abonentlar kirishlar; • past kuchlanishli tarmoqlar ( transformator podstansiyalaridan (TS) iste'molchilarga eng pasti 1 kVt gacha quvvatga ega kabel liniyalari); • telefon va internet kabel liniyalari tarqatish platalaridan binolargacha; Mikrorayon tarmoqlari kirish va chiqishlar yordamida shahar (ko‘cha) kommunikatsiyalariga ulanadi. Mikrorayonda yer osti muhandislik tarmoqlari qurilishi iste’molchilarni barcha turdagi kommunal xizmatlar bilan to‘liq ta’minlash vazifasiga javob berishi kerak. Tarmoq marshrutini binolarning texnik yer osti bo‘shliqlaridan maksimal darajada foydalangan holda eng qisqa marshrutlar bo‘ylab eng iqtisodiy tarzda hal qilish kerak. Hududni muhandislik va iqtisodiy rivojlantirish jarayonida suv toshqini jarayonlarini o‘rganish juda dolzarb vazifadir. Matematik modellashtirish usullari va zamonaviy GIS texnologiyalari uni to‘g‘ri hal qilishga yordam beradi. Masalan, ular Toshkent shahri hududida gidrogeologik va muhandislik-geologik sharoitlardagi mintaqaviy va mahalliy o‘zgarishlarni shakllantirishda texnogenezning rolini baholashga imkon beradi, bu esa tabiiy resurslarni boshqarish va atrof-muhitning ekologik holatini nazorat qilish sohasida maqbul qarorlar qabul qilishni osonlashtiradi. Ko‘cha-yo‘l tarmog‘i ostidagi kanalizatsiya quvurlari tiqilib qolishi yoki yorilishi (avariya) xolatlari yo‘l yuzasida ifloslanish va yo‘l poydevorining yemirilishiga olib keladi. Kanalizatsiya oqishi atrof-muhitni ifloslantiradi, suv resurslariga zarar yetkazadi va salomatlik xavfini oshiradi. Quvurlarini ta’mirlash uchun yo‘lni yopish va maxsus uskunalar talab qilinadi, bu tirbandlikka sabab bo‘ladi. Ko‘pgina shaharlarda kanalizatsiya tizimlari eskirishi okibatida ko‘plab (avariya) xolatlarini keltirib chiqaradi natijada xududlarda nosozliklarni ko‘paytiradi[6]. Natijalar va muhokama Toshkent shahri uchun kollektir tizimining optimal yechimini ishlab chiqishda Dubaiy, Singapur va Rossiya kabi davlati misolida ko‘rsak bo‘ladi. Kollektor tarmoqlarini joylashtirishning iqtisodiy samaradorligi kollektor-drenaj tarmoqlari gaz, elektr, suv ta’minoti, oqova (kanalizatsiya) suvlarni boshqarish uchun muhim bo‘lib, ularning iqtisodiy samaradorligi quyidagi omillarga bog‘liq kuzatiladi. Kuzatish tadkikotlari natijasida, eskirgan tarmoqlarda suv yo‘qotilishi 20–40% ni tashkil qiladi. Bizning taklif etayotgan kollektor tizimlari bu ko‘rsatkichni 5–10% gacha kamaytiradi, bu esa kommunal xizmatlar uchun yillik daromadni oshiradi. Yer osti suvlarining ifloslanishini oldini olish orqali ekologik jihatdan atrof-muhitni muhofaza qilish va sog‘liqni saqlash xarajatlari kamayadi. Aholi uchun barqaror suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari sifatini oshirishdan iborat. Qurilish va o‘rnatish xarajatlari tuproqning loyli tuzilishi va seysmik xavf tufayli mustahkam poydevor va gidroizolyatsiyani talab qiladi [9]. Zich qurilish tufayli qazish ishlari murakkab bo‘ishi va ketadigan harajat miqdori yuqori bo‘ladi. Eski tarmoqlarni ta’mirlash yoki qisman yangilash arzonroq bo‘lishi mumkin, lekin uzoq muddatga samara bermaydi. Materiallar: Polietilen yoki polimer quvurlardan foydalanish eski sovet davridagi beton quvurlarga nisbatan ancha chidamli. Qazish ishlari: Zich qurilish va loyli tuproq tufayli qazish xarajatlari yuqori. THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 132 Geologik sharoitlar: Sayoz yer osti suvlari gidroizolyatsiya va drenaj tizimlarini talab qiladi. Seysmik xavf: Zilzilaga chidamli konstruktsiyalarni qo‘llash qo‘shimcha xarajatlarni keltirib chiqaradi. O‘zbekiston qurilish standartlari va “Yangi Toshkent” loyihasi ma’lumotlariga asoslanib 1 km. kollektor tarmoqlarini o‘rnatish xarajatlari quyidagicha baholanadi[6]: 1-jadval Materiallar (politilen, quvirlar, armatura, gidroizolyats iya ) Qazish va o‘rnatish ishlar (zich qurilish tufayli) Drenaj tizimlarini loyihalash (Bo‘zsuv kanali yaqinligi uchun) Seysmik mustahkaml ash Loyiha va nazorat xarajatlari Umumiy xarajat ($) 100,000150,000/km 80,00120,000/km 20,00030,000/km (10,00020,000/km) 10,00015,000/km 220,000335,000/ km Ushbu ma’lumotlarga tayanib Toshkent shahridagi aholisi zich hududlardan biri bo‘lgan Muqimiy ko‘chasi uchun misol qilib olganimizda, 1 km. kollektor tarmoqlarini joylashtirish uchun maksimal va minimal umumiy xarajatlar: $220,000 × 2.5 = $550,000 (~6.9 milliard so‘m. km.( 2025-yil kursi bo‘yicha 1 USD = ~12,500 so‘m). Yuqori chegara: $335,000 × 2.5 = $837,500 (~10.5 milliard so‘m.km.)ni tashkil etadi. Ushbu yuqorida keltirilgan ma’lumotlar tadkikotlar asosida 1 km. kollektor tarmoqlarini joylashtirish uchun sarf xarajatlar bugungi kun xisobida keltirildi. Kollektor tarmoqlari uchun materiallarning umumiy talablari sifatida kollektor-drenaj tarmoqlari, suv ta’minoti, kanalizatsiya va oqova suvlarni boshqarish uchun ishlatiladi. Xududining tabiiy omillarni geologik-gidrogeologik va boshka sharoitlarini hisobga olgan xolda, (loyli tuproq, sayoz yer osti suvlari (2–3 m), seysmik xavf (7–9 ball), Bo‘zsuv kanali yaqinligi) va Muqimiy ko‘chasining zich qurilish xususiyatlarini hisobga olgan holda, materiallar quyidagi talablarga javob berishi kerak[10]: Yer osti suvlarining sho‘rlanishi va namlik tufayli materiallar korroziyaga bardoshli bo‘lishi kerak; Loyli tuproqning past yuk ko‘tarish qobiliyati (0.1–0.2 MPa) va seysmik xavf tufayli materiallar moslashuvchan va mustahkam bo‘lishi lozim; Materiallar kamida 30–50 yil xizmat qilishi kerak; O‘rnatish va xizmat ko‘rsatish xarajatlari o‘rtacha bo‘lishi kerak; Materiallar yer osti suvlarini ifloslantirmasligi va atrof-muhitga zararsiz bo‘lishi shart. Toshkent shahri, Muqimiy ko‘chasida kollektor tarmoqlari uchun quyidagi materiallar tavsiya etiladi. THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 133 2-jadval Mateiallar Xizmat muddati (yil) Korroziyaga chidamlimlil ik Seysmik chidamlilik Narx($/ m) Muqimiy ko‘chasi uchun umumiy narx (2,5km) HDPE 50-70 Yuqori Yuqori 50-150 125,000375,000 PVC 40-50 Yuqori Past 30-100 75,000250,000 Temirbeton 50-70 O‘rtacha (gidroizolyats iya) Past 100-300 250,000750,000 Polipropile n(PP) 50-60 Yuqori O‘rtacha5015 40-120 100,000300,00 Kompozit (GRP) 60-80 Yuqori Yuqori 150-400 375,0001,000,000 Yuqori zichlikdagi polietilen (HDPE) quvurlar. HDPE quvurlar plastik materiallardan tayyorlanadi, engil, moslashuvchan va korroziyaga chidamli. Polivinilxlorid (PVC) quvurlar. PVC quvurlar plastik materiallardan ishlab chiqariladi, asosan kanalizatsiya va drenaj tizimlari uchun ishlatiladi. Temir-beton quvurlar (mustahkamlangan beton) beton va po‘lat armatura kombinatsiyasidan tayyorlanadi, katta diametrli kollektorlar uchun ishlatiladi. Polipropilen (PP) quvurlar PP quvurlar plastik materiallardan tayyorlanadi, kanalizatsiya va drenaj tizimlari uchun ishlatiladi. Kompozit materiallar (shisha tolali quvurlar, GRP) Shisha tolasi va polimer qatronlardan tayyorlanadi, yuqori chidamlilik va engil vazn bilan ajralib turadi. Xulosa Yer osti kollektori uchun xandaksiz mustahkamlash usulini taklif qiladi, bu esa qazilmasdan tez qurish imkonini beradi. Samaradorlikni tekshirish uchun to‘liq miqyosli toshli drenaj tizimi qurildi. Keyinchalik statik yuk ko‘tarish qobiliyatini tekshiriladi. Armaturar uchastkalarda tuplangan yuklar asosida sinovlari orqali amalga oshirildi. Sinov tom plitasining yuk ko‘taruvchi kobiliyatidir bu haqiqiy tizmida kuzatilgan jiddiy buzilishlarga mos keladi. Mavjud yon devorlarning samarali uch o‘lchovli cheklovi dinamik kuchlar ostida strukturaning yiqilishiga yo‘l qo‘ymadi, bu usulning xavfsizligini, ishonchliligini va original struktura ish faoliyatini sezilarli darajada yaxshilanishni ko‘rsatdi. Cheklangan elementlar simulyatsiyalari maydon o‘lchovlari bilan yuqori imkoniyatga ega ekanligini ko‘rsatdi. Asosiy kollektor tizimining kurinishi quyidagicha turlari umumlashtiriladi: THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 134 1-rasm.Aylana shaklidagi kollektorning ko‘ndalang kesimi. 2-rasm. To‘rtburchak shaklidagi kollektorning ko‘ndalang kesimi. Umumiy xulosa qilib quyidagilarni tavsiya etaman. Tahlil qilish natijasida bizning hududimizda aylana va torburchak shaklidagi kollektor tarmoqlarini loyihalash tavsiya etiladi. Toshkent va Farg‘ona shaharlarida ushbu kollektor tizimi turlari joriy qilindi. THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 135 Ushbu maqolada taklif qilingan xandaqsiz tezkor mustahkamlash usuli eski qutili trubani yo‘l harakatiga ta'sir qilmasdan tezda ta'mirlash yoki qurish imkoni tekshirildi, bu usul juda katta iqtisodiy samaraga ega. Tavsiya etilgan konstruktiv shakli oqilona dizayn va mukammal yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lib, kollektorning ko‘ndalang va bo‘ylama kеsimlaridan suv o‘tkazmaydigan va korroziyaga chidamliligini oshiradi va umr boqiyligini ta’minlaydi. 2-rasm. Kollektor tizimida muhandislik tarmoqlarini ko‘mpleks joylashtirish 3-rasm. Kollektor tizimida quvur va kabel tarmoqlarini alohida joylashtirish. THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 136 Ushbu maqoladagi simulyatsiya ishi shuni ko‘rsatadiki, grunt qatlamining qalinligi kichik bo‘lsa, strukturaning qattiqligi va kuchli cheklovlari asosida, grunt materialini tanlash strukturaning kesimida ichki kuchlar taqsimoti deformatsiyasiga ta'sir qiladi, shuning uchun grunt qatlamining qalinligi va asl strukturaning qattiqligini tahlil qilish lozimligini ko‘rsatadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yildagi PQ-204-son qarori 2. Li, C.; Wang, L.; Jing, H.; Liu, Q. Protection Control Scheme and Evaluation of Effects on Pipeline Crossing beneath Landslide Area. J. Pipeline Syst. Eng. Pract. 2013, 4, 41–48. [Google Scholar] [CrossRef] 3. Xotamov A.T., Usmonov Q.T. «Shahar hududini kompleks obodonlashtirish». O‘quv qo‘llanma. O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent, TAQI, 2014y. 160bet. 4. Xotamov A.T., Shaxidov A.F. “Shahar ko‘chalari, yo‘lari va transport” darslik, O‘zR OO‘MTV. Toshkent-2019y. 5. Shukurov I.S., Xotamov A.T., “Shahar hududini injenerlik tayyorlash” Darslik. Toshkent., 2014. - 240 bet. 6. Yangi Toshkent loyihasi hisobotlari (O‘zbekiston Qurilish vazirligi, 2024) 7. Usmonov Q.T., Orazbayeva N.M Shahar ko‘cha-yo‘llari ostida muhandislik tarmoqlarini rejalashtirishdagi kamchiliklarni optimallashtirish yo‘llari. Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 5 SJIF5.8, Researchbib 9.1 ISSN: 2181-3639 8. Usmonov Q.T., Orazbayeva N.M Bugungi kunda shaharlarimizdagi yer osti muhandislik tarmoqlari xolatining shaharsozlik tahlili Arxitektura, qurilish va dizayn ilmiy amaliy jurnali. TAQU, 3-son, 2024 sentabr. 9. ShNQ 2.07.01-23 “Aholi punktlarining hududlarini rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida 10. ShNQ 2.01.01-22 “Loyihalash uchun iqlimiy va fizikaviy-geologik ma’lumotlar” 11. Zenagebriel, G.; Li, J.; Qiao, G. Experimental and Finite Element Analysis of Precast Reinforced Concrete U-Shaped Box Culvert. Iran. J. Sci. Technol. Trans. Civ. Eng. 2021, 45, 2133–2143. [Google Scholar] [CrossRef] 12. Chang, J.; Lin, H. Underground Pipeline Management Based on Road Information Modeling to Assist in Road Management. J. Perform. Constr. Facil. 2016, 30, C4014001. [Google Scholar] [CrossRef].