5 YALPI MAJLIS TAʼLIM TIZIMIDA KORRUPSIYANI BARTARAF ETISHDA USTUVOR YOʻNALISHLAR Arabov Baxtiyor Isomiddinovich, Oriental universiteti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori
[email protected] Annotatsiya. Korrupsiya muammosi bugungi kunda nafaqat Oʻzbekiston, balki jahonning barcha mamlakatlari uchun dolzarb masalaga aylangan. Bu illatga qarshi kurashda davlat va jamiyat institutlari hamkorligining ahamiyati beqiyosdir. Ushbu maqolada taʼlim tizimida siyosiy madaniyatning korrupsiyaga qarshi kurashdagi oʻrni atroflicha oʻrganilgan. Siyosiy madaniyat – bu jamiyatda shakllangan siyosiy qarashlar, eʼtiqodlar, anʼanalar va xulq-atvor qoidalari tizimi boʻlib, u korrupsiyaga qarshi kurashda birlashtiruvchi kuch sifatida namoyon boʻladi. Maqolada siyosiy madaniyatning fuqarolarda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish, davlat va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarining samaradorligini oshirish borasidagi roli tahlil qilingan. Kalit soʻzlar: korrupsiyaviylik, siyosiy madaniyat, siyosiy ong, murosasizlik, mansab vakolati, axloq meʼyorlari, jinoyat, uyushgan jinoyatchilik, poraxoʻrlik, imtiyoz, manfaat, javobgarlik. Abstract. The problem of corruption has become an urgent issue not only for Uzbekistan, but also for all countries of the world. The importance of cooperation between state and public institutions in the fight against this evil is incomparable. This article comprehensively studies the role of political culture in the fight against corruption in the educational system. Political culture is a system of political views, beliefs, traditions and rules of conduct formed in society, which is manifested as a unifying force in the fight against corruption. The study analyzes the role of political culture in creating an atmosphere of intolerance towards corruption among citizens, strengthening cooperation between state and civil society institutions, and increasing the effectiveness of anti-corruption mechanisms. Keywords: corruption, political culture, political consciousness, intolerance, official authority, moral standards, crime, organized crime, bribery, privilege, benefit, responsibility. Korrupsiya muammosi dunyoning barcha davlatlarida turli darajalarda mavjud boʻlib, unga qarshi kurashish tizimli yondashuvni talab etadi. Korrupsiyaga qarshi kurashishda faqatgina qonunchilik va institutsional mexanizmlarni takomillashtirish bilan chegaralanib qolmasdan, jamiyatdagi siyosiy madaniyatni rivojlantirish orqali korrupsiyaning oldini olish va uni bartaraf etish muhim ahamiyat kasb etadi. Siyosiy
6 madaniyat – bu jamiyatning siyosiy tizimga, siyosiy institutlarga, siyosiy jarayonlarga boʻlgan munosabatlari, qadriyatlari va qarashlari tizimidir. Korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonida jamiyatning siyosiy madaniyatini yuksaltirishda taʼlim tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Taʼlim tizimi orqali yoshlarda korrupsiyaga nisbatan salbiy munosabat shakllantirilishi mumkin. Bu yoʻnalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Sh.Mavlyanov taʼkidlaganidek: «Yoshlar globallashuv jarayonida zamon talablarini ilgʻash va ularni amalga oshirish, turli soha va tashabbuslarni olgʻa surishda katta tayanch, bebaho xazina va kuchdir. Shunday ekan, bugun biz fuqarolik jamiyati shakillantirish jarayonida turar ekanmiz, aholining, ayniqsa, yoshlarning siyosiyxukukiy savodxonligi va madaniyati mustahkamlash katta axamiyat kasb etadi. Yoshlarning siyosiy-xukukiy savodxonligi fukarolik oʻzligini anglashining asosiy mezonidir» 1 . Zero, tadqiqotchilarning fikricha «“Halollik vaksinasi” inson ongi va qalbida shakllanadigan korrupsiyaga qarshi nafrat tuygʻusi va faol qarshiligida namoyon boʻladi. Har qanday inson ongiga “halollik vaksinasi” yoshligidan singdirib borilmogʻi lozim. U tarbiya va taʼlim koʻrinishida amalga oshiriladi. Demak, har bir odam oʻz ishini halol, davlat xizmatini xolis bajarsa, u “hallollik vaksinasi” bilan emlangan boʻladi. Ana shunday immunitetni shakllantirish vazifasi, avvalo, ota-onalar, maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim muassasalari xodimlari, turli darajadagi rahbarlar, shuningdek, xalqimizning ziyoli, maʼnaviyatli qismi zimmasiga yuklanadi» 2 . Shunday ekan, taʼlim tizimining oʻzini korrupsiyadan holi etish ham dolzarb masala hisoblanadi. «Xalq taʼlimi sohasidagi korrupsiyani oʻz vaqtida oldini olmaslik mamlakatning ertangi taqdirini tamomila barbod boʻlishiga olib keladi, deb yozadi M.Abdullaeva - Sifatsiz taʼlim berilishi oqibatida bilimsiz kadrlar shakllanib, eng yomoni taʼlim sohasi esa rivojlanmay korrupsiyaning botqogʻiga botishiga sabab boʻladi” 3 . Taʼlim tizimida korrupsiyaning oldini olish uchun imtihon jarayonlarini shaffof tashkil etish, taʼlim muassasalariga qabul qilish tizimini takomillashtirish, oʻqituvchilar va professor-oʻqituvchilarning oylik maoshlarini oshirish kabi choratadbirlarni amalga oshirish lozim, deyu hisoblaymiz. Oʻzbekistonda taʼlim tizimi orqali korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha quyidagi yoʻnalishlarda ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq: 1. Maktabgacha taʼlim muassasalaridan boshlab korrupsiyaga qarshi tarbiya berish. Yosh avlodga halollik, adolat, oʻzgalar huquqlarini hurmat qilish kabi axloqiy qadriyatlarni singdirish orqali korrupsiyaning oldini olish. 2. Oʻrta va oliy taʼlim tizimida «Korrupsiyaga qarshi kurashish» va «Siyosiy madaniyat» fanlarini joriy etish. Bu fanlar doirasida talabalarga korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy taʼsiri, uning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy oqibatlari haqida bilimlar berilishi lozim. 1 Mavlyanov Sh. Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish omili sifatida, mamlakat yoshlarining siyosiy va huquqiy madaniyatini yanada oshirishning o‘ziga xos jihatlari// Academic Research In Educational Sciences, Volume 2 | Issue 5 | 2021. -B.987-994. 2 Korrupsiyaga qarshi kurashish.// Mas’ul muharrir: A.Sh. Bekmurodov: – Toshkent: “Akademiya”, 2022. – B.34 b. 3 Abdullaeva M. Xalq ta’limi sohasida korrupsiyaning oldini olish tushunchasi, maqsad va vazifalari// Jamiyat va innovatsiyalar – Obщestvo i innovatsii – Society and innovations. Special Issue – 06 (2023).-B.211-221.
7 3. Oʻqituvchilarni korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malakasini oshirish. Pedagoglarning bu sohada bilim va koʻnikmalarini takomillashtirish uchun maxsus treninglar tashkil etish. 4. Taʼlim muassasalarida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash. Imtihonlar jarayonini shaffof oʻtkazish, baholash tizimini takomillashtirish orqali korrupsiyani kamaytirish. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, korrupsiyaga qarshi taʼlim dasturlari joriy etilgan mamlakatlarda yoshlar oʻrtasida korrupsiyaga murosasiz munosabat shakllangan. Bunday dasturlar orqali yoshlar nafaqat korrupsiyaning salbiy oqibatlari haqida bilim oladilar, balki korrupsiyaga qarshi kurashish usullari bilan ham tanishadilar. Masalaning yana bir muhim jihati shundaki, xalqaro tajriba korrupsiyaga qarshi taʼlim va tarbiya sohasida samarali natijalarga erishish uchun uzoq muddatli va tizimli yondashuv lozimligini koʻrsatmoqda. Bu borada taʼlimning roli faqatgina nazariy bilimlar berishdan iborat emas, balki amaliy koʻnikmalarni shakllantirishdan ham iborat. Yoshlarga korrupsiyaning oqibatlarini tushuntirish bilan birga, korrupsiyaga duch kelganda qanday harakat qilish kerakligi haqida ham bilim berish lozim. Taʼlim tizimida siyosiy madaniyatni rivojlantirish va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribalarini oʻrganish va ularning ijobiy jihatlarini Oʻzbekiston sharoitida amaliyotga joriy etish katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda demokratiya va adolat tamoyillarini mustahkamlash, korrupsiyaning oldini olish maqsadida taʼlim muassasalarida yoshlarning siyosiy ongi va madaniyatini yuksaltirish talab etiladi. Xususan, boshqa mamlakatlar tajribasi shundan dalolat beradiki, erta yoshdan fuqarolik taʼlimiga alohida eʼtibor qaratilgan jamiyatlarda korrupsiyaga qarshi immunitet kuchli boʻladi, aholida xolislik, ochiqlik va masʼuliyat kabi fazilatlar shakllanadi. Bu nuqtai nazarni AQShlik tadiqotchilar O.Dincher va M.Jonstonlar oʻz tadqiqotlarida quyidagicha taʼkidlaydi: «Taʼlim fuqarolik ongi va korrupsiyaga bardoshli siyosiy madaniyatni shakllantirishda muhim oʻrin tutadi. Agar jamiyatda fuqarolik taʼlimi bolalikdan boshlansa va halollik, oshkoralik va hisobot berish kabi qoidalarga alohida eʼtibor berilsa, fuqarolarda korrupsiyaga qarshi ustuvor qadriyatlar shakllanadi va ular butun umrgi faoliyatida shu qadriyatlarga amal qiladi» 1 . Ikkinchidan, fuqarolik jamiyati institutlari hukumat faoliyatini nazorat qilish, jamoatchilik fikrini shakllantirish orqali korrupsiyaga qarshi kurashda muhim rol oʻynaydi. Korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish uchun quyidagi yoʻnalishlarda ishlarni amalga oshirish zarur. fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi kurashdagi roli haqida D.Xolmanova quyidagilarni taʼkidlaydi: «Korrupsiyaga qarshi samarali kurashishda nafaqat davlat organlarining oʻzi balki fuqarolik jamiyati institutlari ham oʻziga xos oʻringa ega. Zero, bunday institutlarning keng qamrovli faoliyati “ijroiya hokimiyati organlari ustidan jamoatchilik nazoratining oʻrnatilishini taʼminlash korrupsiya va boshqa byurokratik illatlarni barham topishiga imkon yaratadi» 2 . 1 Dincer O. & Johnston M. Political Culture and Corruption Issues in State Politics: A New Measure of Corruption Issues and a Test of Relationships to Political Culture.// Publius: The Journal of Federalism. 2016. – Р.47. 2 Xolmanova D. Fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmining tashkiliy-huquqiy asoslari// O‘zbekiston qonunchiligi tahlili. 2016 №3.-B.9-11.
8 Shuningdek, ommaviy axborot vositalari korrupsiyaga qarshi kurashishda kuchli qurol hisoblanadi. Ular korrupsiya holatlarini fosh etish, jamoatchilik fikrini shakllantirish orqali korrupsiyaga qarshi kurashishda muhim rol oʻynaydilar. Bu borada jurnalistlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, ularga korrupsiya holatlarini yoritishda erkinlik berish lozim. Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishda milliy va umuminsoniy qadriyatlardan samarali foydalanish jamiyatimizda ushbu illatga qarshi kurashning muhim maʼnaviy asosini tashkil etadi. Tarixan oʻzbek xalqi adolat, halollik, poklik, mehr-oqibat, vijdonlilik kabi yuksak axloqiy qadriyatlarni eʼzozlab kelgan. Bu qadriyatlar xalqimizning mental xususiyatlariga chuqur singib ketgan boʻlib, asrlar davomida avloddan-avlodga oʻtib kelmoqda. Adabiyotlar roʻyxati 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PF–4947-son Farmoni. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–6013-son Farmoni. 3. Mavlyanov Sh. Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish omili sifatida, mamlakat yoshlarining siyosiy va huquqiy madaniyatini yanada oshirishning oʻziga xos jihatlari// Academic Research In Educational Sciences, Volume 2 | Issue 5 | 2021. -B.987-994. 4. Korrupsiyaga qarshi kurashish.// Masʼul muharrir: A.Sh. Bekmurodov: – Toshkent: “Akademiya”, 2022. – B.34 b. 5. Abdullaeva M. Xalq taʼlimi sohasida korrupsiyaning oldini olish tushunchasi, maqsad va vazifalari// Jamiyat va innovatsiyalar – Obщestvo i innovatsii – Society and innovations. Special Issue – 06 (2023).-B.211-221. 6. Алмонд Г., Верба С. Гражданская культура. Политические установки и демократия в пяти странах. — М.: Мысль, 1992. — 416 с. 7. Хантингтон С. Политический порядок в меняющихся обществах. — М.: Прогресс, 2004. - 480 с. 8. Dincer O. & Johnston M. Political Culture and Corruption Issues in State Politics: A New Measure of Corruption Issues and a Test of Relationships to Political Culture.// Publius: The Journal of Federalism. 2016. – Р.47. 9. Xolmanova D. Fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmining tashkiliy-huquqiy asoslari// Oʻzbekiston qonunchiligi tahlili. 2016 №3.-B.9-11.