Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 683 O‘ZBEK FALSAFIY TAFAKKURIDA HAYOT MOHIYATI VA SHAXSNING O‘RNI Shakarov Bobur Husniddinovich Abruyeva Gulxumor Husniddin qizi Akbarova Gulruxbegim Ibrohimjon qizi 1.TDTU Falsafa fan oʻqituvchisi. 2.TDTU Fundamental tibbiyot fakulteti talabasi. 3.TDTU Fundamental tibbiyot fakulteti talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17727607 Annotatsiya. Inson va jamiyat munosabatining ijtimoiy-falsafiy mazmuni, inson hayotining ma’nosi hamda shaxsning jamiyatdagi o‘rni falsafiy nuqtai nazardan tahlil etilgan. Inson tabiatining murakkabligi, uning ma’naviy-axloqiy kamolotga intilishi va shaxs shakllanishida jamiyat, madaniyat, ijtimoiy muhit hamda tarbiyaning o‘rni asoslab berilgan. Shuningdek, milliy ijtimoiy-falsafiy tafakkur namoyandalari, jumladan, E.Yusupov, T.Jurayev, A.Choriyev, A.Sher kabi olimlarning qarashlari o‘rganilib, hayot mazmuni tushunchasining tarixiy-madaniy va ma’naviy ildizlari yoritilgan. Insonning ma’naviy barkamolligi, axloqiy qadriyatlar tizimi, mehr-shafqat, adolat, halollik kabi umuminsoniy tamoyillarning jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy totuvlikka ta’siri ilmiy asosda ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalarida zamonaviy jamiyatda insonparvarlik, ma’naviy uyg‘onish va ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirish zarurligi asoslangan. Kalit so‘zlar: Inson, jamiyat, falsafa, hayot mazmuni, ma’naviyat, axloqiy qadriyatlar, ma’naviy kamolot, dunyoqarash, ijtimoiy ong, shaxs shakllanishi, tarbiya, ta’lim, madaniyat, an’ana, urf-odat, ma’rifat, insonparvarlik, ezgulik, adolat, halollik, mehr-muruvvat, burch, mas’uliyat, ijtimoiy muhit, ijtimoiy munosabatlar, shaxs erkinligi, ong va tafakkur, milliy qadriyatlar, jamiyat taraqqiyoti, milliy o‘zlik, madaniy meros, ijtimoiy falsafa, axloq falsafasi, hayot mohiyati, qadriyatlar tizimi, vorislik, avlodlar davomiyligi, dunyoqarash evolyutsiyasi. СМЫСЛ ЖИЗНИ И МЕСТО ЛИЧНОСТИ В УЗБЕКСКОМ ФИЛОСОФСКОМ МЫШЛЕНИИ Аннотация. В работе анализируются социально-философское содержание взаимоотношений человека и общества, смысл человеческой жизни и место личности в обществе с философской точки зрения. Обосновывается сложность человеческой природы, стремление индивида к духовно-нравственному совершенствованию, а также роль общества, культуры, социальной среды и воспитания в формировании личности. Кроме того, изучены взгляды представителей национальной социальнофилософской мысли, таких как Э.Юсупов, Т.Жураев, А.Чориев, А.Шер, и раскрыты историко-культурные и духовные корни понятия «смысл жизни». Научно показано влияние духовной зрелости человека, системы нравственных ценностей и общечеловеческих принципов — милосердия, справедливости, честности — на развитие общества и обеспечение социальной гармонии. В заключение обоснована необходимость усиления гуманизма, духовного возрождения и социальной ответственности в современном обществе. Ключевые слова: Человек, общество, философия, смысл жизни, духовность, нравственные ценности, духовное совершенствование, мировоззрение, социальное
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 684 сознание, формирование личности, воспитание, образование, культура, традиция, обычай, просвещение, гуманизм, добродетель, справедливость, честность, милосердие, долг, ответственность, социальная среда, социальные отношения, свобода личности, сознание и мышление, национальные ценности, развитие общества, национальная идентичность, культурное наследие, социальная философия, философия морали, сущность жизни, система ценностей, преемственность поколений, эволюция мировоззрения. THE ESSENCE OF LIFE AND THE ROLE OF THE INDIVIDUAL IN UZBEK PHILOSOPHICAL THOUGHT Annotation. This study analyzes the socio-philosophical nature of the relationship between the individual and society, the meaning of human life, and the role of the individual within society from a philosophical viewpoint. The complexity of human nature, the individual’s aspiration toward spiritual and moral perfection, and the role of society, culture, the social environment, and upbringing in the formation of personality are substantiated.Furthermore, the views of representatives of national socio-philosophical thought — including E. Yusupov, T. Jurayev, A. Choriyev, and A. Sher — are examined, highlighting the historical, cultural, and spiritual roots of the concept of the “meaning of life.”The research scientifically demonstrates the impact of human spiritual maturity, moral values, and universal principles such as compassion, justice, and honesty on social development and social harmony.The study concludes that in modern society, strengthening humanism, spiritual awakening, and social responsibility is of great importance. Keywords: Human, society, philosophy, meaning of life, spirituality, moral values, spiritual perfection, worldview, social consciousness, personality formation, upbringing, education, culture, tradition, custom, enlightenment, humanism, kindness, justice, honesty, compassion, duty, responsibility, social environment, social relations, individual freedom, consciousness and thinking, national values, social development, national identity, cultural heritage, social philosophy, moral philosophy, essence of life, value system, continuity, generational succession, evolution of worldview. Kirish Falsafa inson hayotining eng murakkab va chuqur masalalarini o‘rganadigan fan sifatida qadimdan o‘rganilgan. Uning asosiy maqsadi insonning mohiyati, hayotdagi roli, qadriyatlari va jamiyat bilan munosabatini tahlil qilishdir. Falsafaga oid kitoblar va ilmiy badiy manbalarda inson ko‘pincha ezgu tuyg‘ular bilan qurollangan, ezgulikka moyil va mangulikka intiluvchi mavjudot sifatida tasvirlanadi. Shu nuqtai nazardan, insonning odamiyligi uning hayvoniy tanasidan emas, balki ruhiy va ma’naviy fazilatlaridan izlanadi. Insonning birinchi va eng muhim vazifasi — o‘zini bilishdir. O‘zini bilmagan odam hayotdagi maqsadlarini aniqlay olmaydi, xazinalarini anglamaydi va o‘z harakatlarining natijasini his qilmaydi. Bunday inson hayot yo‘lida yo‘lovchidek yashaydi, ichki dunyosini rivojlantira olmaydi va hayotning haqiqiy mazmunini anglay olmaydi. Shu sababli har bir insonning xatti-harakati uning qalbining ko‘zgusi hisoblanadi. Harakatlarini ruhga bo‘ysundira olgan inson doimo ezgulik va insoniylik yo‘lidan og‘ishmaydi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 685 Uning aql-zakovati, kuch-g‘ayrati, shijoati va matonati ichki dunyosini yoritar ekan, bu nur uning irodasini mustahkamlab, yanada yuksak cho‘qqilarga yetaklaydi. Inson tabiat va atrofdagi hodisalar bilan qanchalik uyg‘un munosabatda bo‘lsa, donolikni shunchalik chuqur his eta boshlaydi. Shuningdek, hayotning mazmuni faqat nafs va jismoniy ehtiyojlar bilan cheklanmaydi. Falsafiy nuqtai nazardan qaraganda, inson o‘zining ichki dunyosi, ruhiy fazilatlari va ma’naviy qadriyatlari orqali hayotning haqiqiy mohiyatini anglaydi. Hayotning mazmunini anglay olgan inson o‘zining mashaqqatli hayotidan oshib, qalbi va ruhiy dunyosi bilan yashagandagina cheksiz o‘tmish va kelajak bilan muloqot qilishi mumkin. Insondagi eng qimmatli xazina — uning insoniyligi, odob-axloqi, kamtarligi, takabburlikdan yiroqligi va ezgulikka intilishi. Ba’zi odamlar his-tuyg‘ularining nozikligi yoki hayotga bo‘lgan hissiyotlarining kuchliligi tufayli ulkan yutuqlarga erishishga tayyor ekanligi seziladi. Shu nuqtai nazardan, insonni inson qiladigan narsa — nafaqat uning biologik tabiati, balki ruhiy va ma’naviy boyliklaridir. Asosiy qism Falsafa va antropologiya sohasida insonni o‘rganish nafaqat uning biologik tabiati, balki ruhiy va ma’naviy fazilatlarini tahlil qilish orqali amalga oshiriladi. Shu nuqtai nazardan, ba’zi olimlar inson xatti-harakatlarini, uning fazilatlarini va hayotiy qarorlarini o‘rganishga katta e’tibor qaratadi. Masalan, Maks Shelerning irrasional yondashuvi asosida inson tabiatidagi eng muhim jihatlar ruhiy xususiyatga ega deb hisoblanadi. Shelerning “ruhiy yurak” tushunchasi insonning markaziy ruhiy fazilatlarini tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi. G‘arb olimlari insonning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash maqsadida o‘simliklar va hayvonlar dunyosi bilan inson faoliyati o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganadi. Zamonaviy falsafiy antropologiya vakillaridan biri Odo Markvard esa insonni “Homo compensator” deb ataydi. Unga ko‘ra, “inson hayvonot olamidan ajralib chiqqan nomukammal biologik mavjudot bo‘lib, o‘z aqli tufayli kamchiliklarini to‘ldirishga harakat qiladi”. Shu nuqtai nazardan inson boshqa mavjudotlardan farqli o‘laroq hayotga nisbatan nisbatan zaif bo‘lsa-da, aql, ong, iroda va ma’naviy bilimlar orqali o‘zini rivojlantiradi. Insonning shaxsiyati uning ma’naviy va moddiy tabiatining uyg‘unligida namoyon bo‘ladi. Oilaviy tarbiya va jamiyat hayoti inson fazilatlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Inson “temir bilan bog‘langan duradgor” kabi o‘z baxtini yaratishi, aqli va san’ati orqali baxtli hayot qurishi mumkin. Shu bilan birga, u o‘z bilim va qadriyatlarini avlodlarga meros qilib qoldiradi. Inson ongida o‘tmish va kelajak doimo jonlanadi, bu esa uning ichki dunyosini yoritingan asosiy omil hisoblanadi. Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, umrini ilm-fanga bag‘ishlagan olimlar va mutafakkirlar o‘z mehnatlari samarasini ko‘rmagan bo‘lsalar ham, insoniyat farovonligi yo‘lida qimmatli hissa qo‘shganlar. Agar ular o‘z ilmiy va madaniy merosini qoldirmaganida, bugungi kunda insoniyat taraqqiyoti va madaniy rivojlanish haqida gapirish qiyin bo‘lardi. Shu sababli, inson — ulug‘vor mavjudot bo‘lib, jamiyatdagi barcha siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy tizimlar uning baxti va farovonligiga xizmat qilishi lozim. Falsafa va fan faoliyatining eng muhim mavzusi insondir. Insonning harakatlari uning qalbining ko‘zgusi sifatida qaraladi, bu esa ichki dunyo bilan tashqi faoliyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ko‘rsatadi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 686 Kuch, shijoat, matonat kabi fazilatlar inson ichki dunyosini yoritsa, uning nurli iradasi yanada yuksak cho‘qqilarga yetaklaydi. Shu bilan birga, boshqalarni sevish, jamiyatda sevgi va mehrni his qilish ham insonning ma’naviy o‘sishiga xizmat qiladi. “Avesta”dagi “Ashi alqovi” matnida aytilganidek, ezgu o‘y, ezgu so‘z va ezgu amallarni tarbiyalash insoniy fazilatlarni shakllantiradi. Komil inson siymosi shamga o‘xshab, boshqalarga nur sochadi, sayohatchi sifatida esa u dunyoni o‘rganish, kitoblar bilan tanishish, bilimini oshirish va insoniylik cho‘qqilariga chiqish imkoniga ega bo‘ladi. San’at esa insonni zamon va makondan uzilib, qushdek uchishga, yulduzdek o‘z yo‘lini tanlashga undaydi. Gyote bir paytlar shunday degan edi: “Erkak bo‘lish — kurashchi bo‘lishdir.” Shu nuqtai nazardan inson bo‘lish, xato qilish va undan ibrat olish orqali donolikni egallashdir. Hayotda “yaxshilik” va “kelajakka ishonch” shaklini yaratib yashash, insonning mazmunli va qadrli hayot kechirishiga xizmat qiladi. Mixael Landman fikricha, inson faoliyatida ob’yektiv ruhning ta’siri katta bo‘lib, ruhiy va biologik jihatlar iyerarxiyasi asosida shakllanadi. Hozirgi zamonaviy falsafa insonni o‘rganishda 20 tagacha oqimni qamrab oladi, ular asosan inson mohiyati, mazmuni va nihoyasini tadqiq qiladi. Shu bilan birga, hozirgi sivilizasiya qadriyatlarini hisobga olish ham insonni chuqurroq tushunishga yordam beradi. Inson – ijtimoiy mavjudot bo‘lib, uning individualligi va o‘ziga xosligi har qanday faoliyat sohasida namoyon bo‘ladi. Bu faollik mehnat, oila, jamiyat, san’at, ilm-fan va boshqa sohalarda o‘zini ko‘rsatadi. Shu sababli inson o‘z qarorlarini qabul qilish, izlanish va yangilik kiritish orqali jamiyatni yangilashga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bunday jarayon esa, stereotiplar va o‘tmishdan qolgan cheklovlarni bartaraf etmasdan amalga oshirilishi qiyin. Har bir insonning o‘z hududi, mas’uliyati va vazifalari mavjud bo‘lib, ular jamiyatning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Hayotning mazmun-mohiyati insonning imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, ularni maqsadli tarzda amalga oshirish va natijalarni keyingi avlodlarga yetkazish bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu nuqtai nazardan hayot mazmunini tahlil qiluvchi asosiy tushunchalar quyidagilar: 1. Inson faoliyati – faol tamoyil sifatida insonning ijtimoiy va ma’naviy hayotini belgilaydi. 2. Jamiyat va ijtimoiy muhit – insonning hayotiy qarorlarida va shaxsiy rivojlanishida asosiy platforma hisoblanadi. 3. Haqiqiy dunyo – inson yashaydigan va harakat qiladigan haqiqiy sharoitlar, tabiiy va ijtimoiy muhit bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu uch komponent bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, hayotning mazmuni shaxs va jamiyat o‘rtasidagi dialektik qarama-qarshiliklarda namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, har bir muhit o‘ziga xos ijtimoiy va ma’naviy ta’sir ko‘rsatadi, insonning shaxsiy fazilatlarini shakllantiradi. O‘zbekiston tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, o‘zbek xalqining madaniy va ijtimoiy rivojlanishi doimo milliy an’ana va qadriyatlar bilan chambarchas bog‘langan. Ular orqali insonning shaxsiy fazilatlari, jamiyatdagi o‘rni va mas’uliyati shakllangan. O‘zbek madaniyati qadimdan odamni kurashchi, bilimli, mehnatkash va faol shaxs sifatida tarbiyalashga intilgan.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 687 Bu tarbiya tizimi, ayniqsa, ma’naviy-ma’rifiy harakatlar orqali yosh avlodni shakllantirishga xizmat qilgan. O‘zbek olimlari va faylasuflari hayotning mazmuni va shaxsning shakllanishida quyidagi jihatlarga e’tibor qaratgan: E.Yusupovning fikricha, axloq ijtimoiy munosabatlar zaminida shakllanadi va insonning ma’naviy kamoloti darajasini ko‘rsatadi. A.Sherning ta’kidlashicha, axloqiy qadriyatlar patriarxal-feodal jamiyatda shakllangan bo‘lsa-da, ular insoniyat tarixi uchun ijobiy namuna bo‘lishi mumkin. T.Jurayev, A.Choriyev, Q.Nazarov, A.Ochildiyev, O.Musayev, Sh.Madayeva kabi olimlar shaxsning ijtimoiy fazilatlari, tanlash erkinligi va mustaqil harakat qilish jarayonida shakllanishini tahlil qilgan. Shuningdek, axloqiy qadriyatlar insonning universal ijtimoiylashuvini belgilaydi. U rahm-shafqat, yordam, intilish, iroda, boshqalarni tushunish va o‘z harakatlari uchun javobgarlikni o‘z ichiga oladi. Axloq shaxsning ijtimoiy tabiatining eng bevosita namoyonidir va insonning hayotdagi ma’nosini belgilovchi asosiy omildir. Shu bilan birga, insonning jamiyatdagi o‘rni uning bilim, tarbiya, ma’naviy rivojlanishi va ijtimoiy faoliyati bilan belgilanadi. Jamiyat va shaxs o‘rtasidagi uyg‘unlik insoniyat farovonligini ta’minlaydi, ijtimoiy adolat va ma’naviy qadriyatlarning mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Inson, Jamiyat va Tarixiylik: Sotsial Falsafa Konsepsiyasi Inson borliq sifatida tabiat bilan uzviy bog‘liqdir. Chunki inson kosmosning faol qismi sifatida mavjud bo‘lib, u bilan doimiy o‘zaro ta’sirda yashaydi. Shu bilan birga, inson tabiat evolyusiyasining ajralmas qismi sifatida o‘ziga xos ijtimoiy evolyusiyani tashkil etadi. Insonlar bir-biri bilan uzviy aloqada bo‘lib, jamiyatni tashkil qiladi.Jamiyat moddiy va ma’naviy omillar birligidan iborat. Tarix davomida adabiyotlarda ko‘pincha moddiy va ma’naviy hayot alohida ko‘rib chiqilgan, moddiy hayotga ko‘proq e’tibor qaratilgan. Biroq jamiyat mohiyati uni tashkil etuvchi insonning mohiyati bilan uzviy bog‘liqdir. Xuddi inson tanasini uning ruhidan ajratib bo‘lmaydiganidek, jamiyatning moddiy va ma’naviy jihatlarini ham bir-biridan ajratish mantiqqa zid. Sotsial falsafa jamiyatning mohiyati va uning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi. Falsafa tarixini tahlil qilganda, jamiyat sirlarini ochishga qaratilgan yo‘nalishlarni ko‘ramiz. Masalan, Platon o‘zining “Davlat” asarida jamiyatni g‘oyalar dunyosi bilan bog‘liq holda o‘rgangan, Abu Nasr Forobiy esa “Fozil odamlar shaxri” asarida insonlar o‘rtasidagi munosabatlar, birgalikda yashash va tinchlikni «hamkorlik, moddiy va ma’naviy totuvlik jamiyatning asosini tashkil etadi» deb ta’kidlaydi. O‘rta asr G‘arb falsafasida jamiyatni tushunishda teotsentrik nazariya hukmron bo‘lgan bo‘lsa, yangi zamon falsafasi vakillari, masalan Hobbs va Lokk, davlat va ijtimoiy shartnoma konsepsiyasini ishlab chiqdilar. Gegel esa jamiyat va madaniyatning ilmiy-falsafiy asoslarini tadqiq qilib, ijtimoiy hayot ob’ektiv qonunlarga ega ekanligini ko‘rsatdi. Marks jamiyatni ijtimoiy munosabatlar yig‘indisi deb belgiladi, lekin Gegel va Marks jamiyatdagi qonunlarni mavhum tarzda, konkret shaxs faoliyatidan ajralgan holda o‘rgandilar. Pozitivizm (Kont, Spenser) ijtimoiy fanlarni tabiat fanlaridan ajratdi va jamiyatning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish uchun sotsiologiyani asos soldi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 688 Hayot falsafasi va fenomenologiya (Gusserl, Shyus) esa kundalik hayot sotsiologiyasini o‘rgandi. Zamonaviy sotsial falsafa esa jamiyatni ma’naviy birlik, inson faoliyati va mahsuldorligi nuqtai nazaridan tahlil qiladi. Xulosa Inson va jamiyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik zamonaviy sotsial falsafaning markaziy masalalaridan biridir. Inson tabiatning faol elementi sifatida mavjud bo‘lib, uning hayotiy faoliyati va ma’naviy rivojlanishi jamiyatning shakllanishi va rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Jamiyat esa moddiy va ma’naviy jihatlarning uyg‘unligi bilan ifodalanadi; bu uyg‘unlik shaxslarning faoliyati, o‘zaro aloqalari va ma’naviy qadriyatlar orqali barqarorlik kasb etadi.Turli davrlardagi falsafiy qarashlar jamiyatni talqin qilishda turlicha yondashuvlarni taklif qilgan. Platon g‘oyalar olami bilan, Abu Nasr Forobiy esa hamkorlik va totuvlik printsiplari bilan bog‘lagan bo‘lsa, Yevropa faylasuflari Hobbs, Lokk va Gegel ijtimoiy shartnoma hamda ob’ektiv qonunlar orqali jamiyatni tushuntirishga harakat qilgan. XIX va XX asr sotsial nazariyalari esa shaxsning ongli va maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatini, insonlarning bir-biri bilan bo‘lgan munosabatlarini, shuningdek, ularning tarixiy va madaniy kontekstini o‘rganishga asoslangan. Insonning ijtimoiylashuvi jamiyatning barqaror rivojlanishi va tizimli tuzilishini ta’minlaydi. Bu jarayon shaxsning boshqa odamlar bilan o‘zaro ta’siri, rol va vazifalarni bajarishi hamda turli tizimlar – til, madaniyat, san’at va fan orqali namoyon bo‘ladi. Shaxsiy faoliyat va ong, hissiyot va qadriyatlar jamiyatdagi umumiy tartib va barqarorlikka hissa qo‘shadi, shu bilan birga tarixiy jarayonlarning uzluksizligini ta’minlaydi. Tarixiylik va sotsial amaliyot o‘rtasidagi uzviylik, shuningdek, har bir avlodning avvalgisi bilan bog‘lanishi, ularning ma’naviy hamkorligi va tajribasini kelajak avlodlarga yetkazishi jamiyatning rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shaxslar o‘z qobiliyati va iste’dodini amalga oshirib, ijtimoiy va madaniy qadriyatlarni saqlash orqali tarixiy jarayonlarning barqarorligini kafolatlaydi. Ratsionallik va ongli faoliyat insonlarning jamiyatdagi o‘zaro ta’sirini tartibga soladi. Qattiq hayajon, an’anaviylik va maqsadli-ratsional harakatlar ijtimoiy hayotning murakkab mexanizmlarini shakllantiradi, shaxslarning qarorlari va harakatlari tizimli va maqsadga muvofiq amalga oshiriladi. Shu orqali jamiyatda tartib, barqarorlik va taraqqiyot ta’minlanadi, insonlarning rivojlanish imkoniyatlari kengayadi. Natijada, shaxs va jamiyat, tarix va madaniyat bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Jamiyat shaxslarning birgalikdagi faoliyati, ma’naviy qadriyatlar va ijtimoiy tajriba orqali shakllanadi, insonlar esa o‘z faoliyati bilan tarixiy jarayonlarni davom ettiradi. Shunday qilib, insonning ongli harakati, sotsial aloqalar va tarixiy xotira jamiyat barqarorligini, taraqqiyotini va madaniy merosning uzluksizligini ta’minlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. 2. Yusupov E. Falsafa asoslari. – Toshkent: Universitet, 2017. 3. Xojayev M. Falsafa tarixi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2010. 4. Nazarov Q. Falsafa va mantiq. – Toshkent: Fan, 2015. 5. Ochildiyev A. Inson va jamiyat falsafasi. – Toshkent: Akademiya, 2019. 6. Jurayev T. Madaniyat falsafasi. – Toshkent: Akademiya, 2016.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 689 7. Choriyev A. Falsafiy tafakkur va ong muammolari. – Toshkent: Universitet, 2013. 8. Otamurodov S. Axloq falsafasi. – Toshkent: Ma’naviyat, 2012. 9. Sher A. Inson va axloq tarixi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2014. 10. Platon. Gosudarstvo (Davlat). – Moskva: Eksmo, 2021.