SUN'IY INTELEKTNING AXBOROT-KUTUBXONA FAOLIYATIDAGI ROLI
Abstract
Maqolada axborot-kutubxonalarda innavatsiyon texnologiyalarning ahamiyati, elektron ma’lumotlar bazasi, elektron katologlar, virtual xizmatlar, elektron kutubxonalar tizmlari, sun’iy intelektning kutubxona faoliyatdagi o‘rni haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, sun’iy intellektning hozirgi kundagi ahamiyati, sun’iy intellektga asoslangan turli usullar haqidagi fikrlar bayon etilgan.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 710 SUN’IY INTELEKTNING AXBOROT-KUTUBXONA FAOLIYATIDAGI ROLI Mannonov Yusup Otaxonovich O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Kutubxona - axborot faoliyati fakulteti. Kutubxona-axborot faoliyati kafedrasi dotsenti v. b. [email protected]. Mob. Tel: 93-562-26-28. https://doi.org/10.5281/zenodo.17727970 Annotatsiya. Maqolada axborot-kutubxonalarda innavatsiyon texnologiyalarning ahamiyati, elektron ma’lumotlar bazasi, elektron katologlar, virtual xizmatlar, elektron kutubxonalar tizmlari, sun’iy intelektning kutubxona faoliyatdagi o‘rni haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, sun’iy intellektning hozirgi kundagi ahamiyati, sun’iy intellektga asoslangan turli usullar haqidagi fikrlar bayon etilgan. Kalit so‘zlari: Axborot-kutubxona, innavatsiyon texnologiyalar, intellektual tizim, sun’iy intellekt. РОЛЬ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА В ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ИНФОРМАЦИОННОЙ БИБЛИОТЕКИ Аннотация. В статье представлена информация о значении инновационных технологий в информационных библиотеках, электронных базах данных, электронных каталогах, виртуальных сервисах, электронных библиотечных системах, роли искусственного интеллекта в библиотечной деятельности. Также рассматривается современное значение искусственного интеллекта и различных методов, основанных на искусственном интеллекте. Ключевые слова: Информационная библиотека, инновационные технологии, интеллектуальная система, искусственный интеллект. THE ROLE OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN THE ACTIVITIES OF THE INFORMATION LIBRARY Abstract. The article provides information about the importance of innovative technologies in information libraries, electronic databases, electronic catalogs, virtual services, electronic library systems, the role of artificial intelligence in library activities. It also presents the current importance of artificial intelligence, and various methods based on artificial intelligence. Keywords: Information library, innovative technologies, intelligent system, artificial intelligence. Bugungi kunda hamdo‘stlik davlatlari orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan rivojlanib boraytgan Yangi O‘zbekiston taraqiyotida yoshlarga katta e’tibor berilmoqda. Ularning ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, ularda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish,Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, fidoyillik, mehnatsevarlik, kasbga yo‘llantirish, halollik kabi fazilatlarini sihgdirishda axborot - texnologiyalarning roli va ahamiyati benazirdir.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 711 XXI-asr axborot asrida shaxsni tarbiyalash, uning tafakkurini oshirish, shaxsning fikrlash tarzini shakllantirish va uning erkin shaxs bo‘lib voyaga yetishida yangi texnologiyalar katta ro‘l o‘ynamoqda. Ayniqsa axborot – kutubxonalarda innavatsiyon texnologiyalarning ahamiyati kundan – kun ortib bormoqda. Bugungi foydalanuvchi “Istalgan axborot, istalgan joyda va istalgan vaqtda” shiori ostida virtual xizmatlarda foydalanishi kutubxona veb – saytlar orqali yo‘lga qo‘yilmoqda. Kitobxon o‘z kompyteridan kutubxonaga “tashrif buyurishi” va masofafiy xizmatlardan foydalanishi mumkin. Kutubxonalarda axborot resurslari bilan ishlash tubdan o‘zgardi. Elektron ma’lumotlar bazasi, elektron katologlar, virtual xizmatlar, elektron kutubxonalar tizmlari ishga tushirildi. Zarur axborotlarni masofadan mustaqil qidirish, elektron katologlardan foydalanib buyrtma berish, kutubxona resurslaridan foydalanish imkoni yaratildi. Eng muhimi foydalanuvchilar uchun ularning so‘rovlari tezlikda bajarilishi, axborotning to‘liqligicha etkazilishi katta ahamiyatga egadir. Masofadan ochiq kirish, bepul kutubxona resurslardan foydalanish, IPmanzilli kompyterlari yordamida masofaviy axborot resurslaridan foydalanish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Asosiy maqsadaga erishish uchun foydalanuvchilar qo‘ytgan talablarni bajarish, axborot-kutubxona resurslaridan ochiq foydalanishlarini ta’minlash, milliy va jahon resurslariga virtual kirish intigrasiyani amalga oshirish, buning uchun doyimiy ravishda elektron kataloglarni to‘ldirib borish, raqamli texnologiyalar jarayonini jadallashtirish, elektron kutubxonalar sonini ko‘paytirish, kutubxona veb – saytlarida virtual xizmat turlarini ko‘paytirish, Internet tizimlarini uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadga muvofiqdir. Suningdek, bugungi kunda axborot - kutubxonalarda sun’iy intellekt platformasi foydalanish amaliyoti yo‘lga qo‘yilmoqda. Sun’iy intellekt-informatikaning alohida sohasi bo‘lib, odatda inson ongi bilan bog‘liq imkoniyatlar: tilni tushunish, o‘rgatish, muhokama qilish, masalani yechish, tarjima va shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratish bilan shug‘ullanadi. Hozirda sun’iy intellekt turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan algoritm hamda dasturiy tizimlardan iborat va u inson ongi bajarishi mumkin bo‘lgan bir qancha vazifalarning uddasidan chiqa oladi. Sun’iy intellekt atamasi 1955-yilda Jon Makkarti (John McCarthy) tomonidan kiritilgan. 1956-yilda Makkarti va boshqalar Sun’iy intelekt bo‘yicha “Yozgi Dartum” tadqiqot loyihasi konferensiyasini tashkil etishdi. Ushbu tashabbus mashina o‘rganishi, chuqur o‘rganish, bashoratli tahlillar kabi ko‘p ixtirolar qilinishiga olib keldi. Undan tashqari, bu tashabbus yangidan-yangi sohani -ma’lumotshunoslikni (data science) keltirib chiqardi. 1990-yillarda sun’iy intellekt taraqqiyotida yangi sahifa ochildi. 1997-yilda Deep Blue nomli IBM kompyuteri shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Garri Kasparovni yenggan tarixdagi ilk kompyuter bo‘ldi. Sun’iy intellekt - tezkor hisoblash muhitida algoritmlar yaratish va qo‘llash orqali insonning aql-idrok jarayonlariga taqlid qilishga asoslanadi. Sodda qilib aytganda, sun’iy intellekt kompyuterlarni odam kabi o‘ylash va ulardek yechim topishga yo‘naltiradigan texnologiyadir. Ushbu maqsadga erishish uchun uchta asosiy tarkibiy qism talab qilinadi: hisoblash tizimlari (katta quvvatli kompyuterlar);
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 712 katta ma’lumotlar va ularni boshqarishda ko‘nikmalar; SI algoritmlari (dasturiy kod); Sun’iy intellekt inson aqliga qanchalik yaqin bo‘lsa, uni yaratish shunchalik ko‘p ma’lumot va hisoblash resurslarini talab qiladi. So‘nggi yillarda sun’iy intellektning (AI) meteorik yuksalishi jamiyatni iqtisodiy va madaniy darajada hayratda qoldirdi. E-pochta kabi hamma joyda blishga tayyor bo‘lib ko‘rinadigan bu tez rivojlanayotgan texnologiya kundalik hayotning ko‘p jihatlarini, jumladan, biz qanday o‘rgatish va o‘rganishimizni o‘zgartirmoqda. Axborot - kutubxonalarda sun’iy intellektdan foydalanishning afzalligi - bu uning katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilishidir. Bundan tashqari, intellektual tizim foydalanuvchilarga maqbul bo‘lgan axborot olish usullarining qaysi biri eng samarali ekanligini va qaysi axborot resurslaridan foydalanishni aniqlay oladi. Bu o‘z navbatida foydalanuvchilarga o‘z dasturlarini moslashtirish va ulardan qulayroq foydalanish imkonini yaratadi. Mustaqil ishlarni bajarish jarayonida katta hajmdagi yangi ma’lumotlarni tahlil qilishlari va ularni o‘zlashtirishlari lozim bo‘lgan taqdirda, intellektual tizimlardan didaktik vosita sifatida foydalanish yaxshi samara beradi. Bundan tashqari, sun’iy intellekt algoritmlari ta’lim dasturlari va platformalarida baholash, tarkibni tavsiya qilish va foydalanuvchilarning fikr-mulohazalarini yaratish kabi vazifalarni avtomatlashtirish uchun amalga oshiriladi. Tabiiy tilni qayta ishlash algoritmlari foydalanuvchilarning so‘rovlari va yozma javoblarini tushunish va ularga javob berishga qodir bo‘lgan aqlli repetitorlik tizimlarini rivojlantirishga imkon beradi. Misol uchun SMODIN intellektual tizimdan foydalangan holda istalgan mavzuda maqolalar, hikoyalar, esseylar yaratish mumkin. Ular har qanday antiplagiat platformalar xizmati tomonidan tekshirilganda o‘zining takrorlanmas ma’lumotlarini saqlab qoladi, ishonchli, yuqori sifatli ma’lumotlarga asoslanib ish ko‘radi. Suningdek ChatGPT – sun’iy intellektning ushbu versiyasi bugungi kunda eng ko‘p foydalaniladigan platformalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib ChatGPT platformasidan foydalanuvchilar soni dunyo bo‘yicha 100 milliondan ortiq kishini tashkil etadi. Ushbu universal chatbot talabalarning mustaqil bilim olishlari uchun assistent-yordamchi vazifasini bajaradi va turli matnlarni yozish, asosiy dastur kodini yaratish, moliyaviy tahlilni o‘tkazish, texnik maqolalar yoki ilmiy tushunchalar bo‘yicha xulosalar chiqarish, berilgan g‘oya asosida tasvirlar va videolarni yaratish hamda aniq mavzular bo‘yicha g‘oyalarni shakllantirish imkonini beradi. Sun’iy intellektning DEEPL - platformanini Google translyatorga munosib raqobatchi deyish mumkin. Unda tarjimalar juda aniq va moslashuvchandir. Uning yordami bilan ta’lim oluvchi ingliz tilini yetarlicha bilmagan taqdirda, boshqa neyron tarmoqlar uchun qidiruv so‘rovlarini yaratishi va foydalanishi mumkin. DEEPL funksiyasi har xil turdagi barcha fayllarni, shu jumladan - pptx, docx, pdf formatlarni darhol tarjima qilish imkonini beradi. Mazkur platforma katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Sun’iy intellekt, kutubxonalarda maxsus dasturlarini yaratish va muvofiqlashtirishda yordam beradi. Ushbu shaxsiy yondashuv har bir foydalanuvchining shaxsiy ehtiyojlariga mos axborotlarni olishini ta’minlaydi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 713 Shu bilan birga sun’iy intellekt, har bir foydalanuvchinig yuqori samarali va shaxsiy o‘rganish yo‘nalishlarini aniqlashda yordam beradi. Bu foydalanuvchilarning qiziqtirgan sohalar va maqsadlarga moslashtirilgan tizmni taqdim etadi. Ushbu dinamik moslashuv foydalanuvchilarni jalb qilish imkonini beradi. Sun’iy intellekt foydalanuvchilarning o‘rganish jarayonida ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va baholash imkonini beradi. Bu foydalanuvchilarning rivojlanishini kuzatib borish imkoniyatini yaratadi. Axborot-kutubxonalarda sun’iy intellekt avtomatlashtirilgan dasturlarini yaratish va bajarish imkonini beradi. Foydalanuvchilarga konsultatsiyalar maslahat berish shaxsiy yordamni taqdim etish orqali o‘rganish jarayonini ko‘rib chiqish va takomillashtirishga yordam beradi. Xulosa qilib shuni aytish lozimki, kutubxonalarda sun’iy intellekt tizimlaridan foydalanishni amalga oshirish katta imkoniyatlarni yaratadi, jahon tajribasi asosida Axborotkutubxona xizmatlari sifatini oshirish jarayonlarini takomillashtirish imkonini beradi. Foydalangan adabiyotlar: 1. “UNIVERSAL” xalqaro ilmiy jurnali maxsus soni: “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”, 2024-yil 17-aprel. - A.: Andijon. - 2024. 2. Бессмертный И.А. Искусственный интеллект: Учебное пособие. / И.А. Бессмертный. - Санкт-Петербург.: - 2010. - 288 с Internet saytlari: 3. www.google.uz 4. www.educationnext.org