MILLIY MA'RIFATPARVAR MAHMUDXO'JA BEHBUDIY MILLAT QAHRAMONI
Full text
109 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc MILLIY MA’RIFATPARVAR MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY MILLAT QAHRAMONI Nasullayeva Shahnoza Muxtor qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 3-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17732006 Annotatsiya: Mazkur maqolada Turkiston jadidchilik harakatining eng yirik namoyondasi, Turkiston jadidlarining otasi va rahnamosi, milliy mustaqillik g‘oyasining asoschisi, millat qahramoni Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti, ilmiy va siyosiy faoliyati hamda fojiali vafoti xususida so‘z yuritiladi. Shuningdek, Behbudiyning maorif va madaniyatimiz tarixidagi o‘rni, milliy ozodlik kurashidagi xizmatlari, umuman o‘zbek xalqi tarixida qoldirgan izlari muhim hisoblanadi. U o‘z davrida ilm-ma’rifat, yangi ta’lim tizimi, sahna san’ati va matbuot orqali xalqni uyg‘otishga, mustaqillik va taraqqiyot sari yo‘naltirishga xizmat qilgan buyuk jadid ma’rifatparvaridir. Kalit so‘zlar: Jadidchilik, Turkiston, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Ismoil Gaspirali, Baxshitepa, Аннотация: В статье рассматриваются жизнь, научная и общественная деятельность, а также трагическая гибель Махмудходжи Бехбуди, величайшего представителя туркестанского джадидского движения, отца и лидера туркестанских джадидов, основоположника идеи национальной независимости, народного героя. Место Бехбуди в истории нашего образования и культуры, его заслуги в борьбе за свободу и в целом, след, оставленный им в истории узбекского народа, имеют огромное значение. Он – просветитель-джадид, служивший пробуждению народа своего времени посредством науки и просвещения, новой системы образования, исполнительского искусства и печати, и ведший его к независимости и развитию. Ключевые слова: джадидизм, Туркестан, Махмудходжа Бехбуди, Исмаил Гаспрали, Бахшитепа, Abstract: This article discusses the life, scientific and public activities and tragic death of Mahmudkhodja Behbudi, the strongest representative of the Turkestan Jadid movement, the father and leader of the Turkestan Jadids, the founder of the idea of national independence, the hero of the nation. Behbudi's place in the history of our education and culture, his services in the struggle for freedom, and the traces he left in the history of the Uzbek people in general are important. He is a Jadid enlightener who served the people to awaken it in his time through science and enlightenment, a new education system, performing arts and the press, and to lead them towards independence and development. Keywords: Jadidism, Turkestan, Mahmudkhodja Behbudi, Ismail Gaspirali, Bakhshitepa, Kirish: Tariximizning qaysi davrini olmaylik, yurtimizda ilm-ma’rifat va ma’naviyatga bo‘lgan intilish hech qachon to‘xtamaganini ko‘rishimiz mumkin. Xususan, sovet mustamlakasi davrida ham madaniy hayotning barcha sohalarida iste’dodli siymolar yetishib chiqqan. XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida milliy ong, tafakkur va ma’naviy uyg‘onish davri boshlandi. Bu davrda xalqni jaholat uyqusidan uyg‘otish, millatni ilm-ma’rifat sari yetaklash, zamonaviy ta’lim tizimini yaratish yo‘lida fidoyilar sahnaga chiqdi. Ana shunday ulug‘ zotlardan biri — Mahmudxo‘ja Behbudiy edi. U butun umrini xalqni jaholat va qoloqlikdan chiqarish va ma’rifatga chorlash, milliy o‘zlikni anglash va mustaqil fikrni shakllantirishga bag‘ishlagan. Behbudiy Turkistonda yangi usul maktablarining ochilishi, milliy matbuotning yuzaga kelishida faol ishtirok etibgina qolmay, teatr san’atining yuzaga kelishiga ham zamin yaratdi, xalq va jamiyatni ma’rifatlashtirish orqali milliy mustaqillikka erishish g‘oyasini dadil olg‘a surgan. Mahmudho‘ja Behbudiy millatga najot yo‘lini ko‘rsatuvchi qalb, isyon kamoli bo‘lib dunyoga kelgan edi. Vaqtiki kelib, bu najot yo‘li butun mintaqaning istiqbol, istiqol yo‘liga aylandi. Taniqli davlat arbobi Fayzulla Xo‘jayevning so‘zlari
110 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc bilan aytganda, siyosiy, ijtimoiy faoliyati va bilimining kengligi jihatidan Turkistonning o‘sha vaqtdagi jadiddari orasida unga teng keladigan kishi bo‘lmagan. Behbudiy millatga nafaqat uyg‘onish, ma’rifat, taraqqiyot, hurriyat yo‘lini ko‘rsatib berdi, balki bu yo‘lga o‘zini baxshida etdi, shu maqsad bilan yashadi, nafas oldi. Garchi bu yo‘l taxlikali, xatarli ekanligini bilsa-da, uni qanday og‘ir sinov va qismat kutib turganligini anglasa-da u bu muqaddas va sharafli yo‘ldan chekinmadi. Chekinmadigina emas, bu yo‘lda bir zumga bo‘lsa-da ikkilanmasdan, qat’iy qadamlar qo‘ydi. U vatanni sevmoqni, uning ozodligi yo‘lida kurashmoqni eng ulug‘ murodi, deb bildi. Uning uchun bu yo‘l iymon va vijdon yo‘li edi. Asosiy qism. Mahmudxo‘ja Behbudiy 1875-yil 19-yanvarda Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog‘ida dunyoga kelgan. Otasi Behbudxo‘ja Solihxo‘ja o‘g‘li Ahmad Yassaviy avlodidan bo‘lib, imom-xatiblik bilan shug‘ullangan. Ona tomondan bobosi Niyozxo‘ja urganchlik bo‘lib, Buxoro amiri Shohmurod davrida Samarqandga kelib qolgan.[1.6-bet] Mahmudxo‘ja tog‘asi qozi Muhammad Siddiq tarbiyasi va qaramog‘ida o‘sib voyaga yetdi. Arab tili grammatikasini kichik tog‘asi Mulla Odildan o‘rgandi. Buxoro madrasalarida tahsil olib yurgan paytlarida dastlab onasi (1893-y.), so‘ng otasi (1894-y.) vafot etgach, moddiy qiyinchiliklar sabab o‘qishni nihoyasiga yetkaza olmadi. Samarqandga qaytib, Muhammad Siddiq qozixonasida mirzalik qila boshladi. Tez orada qozilikdan mufti darajasiga ko‘tarildi. O‘sha davrda Behbudiy dunyoqarashining shakllanishida Ismoil Gaspiralining hissasi katta bo‘lgan. Ismoil Gaspirali Turkiston o‘lkasiga tashrif buyurib, bu yerda yangi usul maktablarini tashkil etadi. Keyinchalik bu maktablar yopilib ketsa ham, Ismoil Gaspirali va Behbudiyning ustoz shogirdlik an’anasi samimiy do‘stlikka aylanadi. Behbudiy o‘z xotiralarida u bilan bo‘lgan uchrashuvlarni ixlos bilan esga oladi. 1899-1900-yillarda Behbudiy buxorolik do‘sti Hoji Baqo bilan haj safariga chiqadi.[2. 9-bet] Sakkiz oylik sayohati davrida ozodlik uchun kurash yo‘llarini izladi. Jahonda bo‘layotgan voqeahodisalar, jumladan, milliy ozodlik harakatlari va ularning sabablari, mohiyatini millat manfaati nuqtai nazaridan tafakkur chig‘irig‘idan o‘tkazadi. Sharqning Yevropa davlatlari mustamlakasi ostida bo‘lgan boshqa mamlakatlari ahvoli haqida ma’lumot to‘plab, ularning hurriyat yo‘lidagi harakatlarini o‘rgandi. Vataniga qaytgan mutafakkir tariximizning tanazzul bosqichlari, sabablarini taftish qildi, bu masalalar borasida maslakdoshlari Hoji Baqo, Ho‘qandboy Abduxoliq o‘g‘li, Badriddin singari dunyoqarashi keng insonlar bilan munozaralar o‘tkazdi. Ana shu bahslar, fikr almashuvlar natijasida xulosalar chiqarib, Turkistonning mustamlakaga tushib qolishi sabablarini ko‘rsatib, yurtni ozod qilish bo‘yicha rejalarini ishlab chiqadi. Ammo buni amalga oshirish yo‘lida bir-biridan kuchli to‘siqlar bor edi. Ularning eng og‘iri xalq ommasining parokandaligi, ijtimoiy va huquqiy ongining pastligi edi. Shuning uchun ham Mahmudxo‘ja Behbudiy va uning safdoshlari hurriyat uchun kurashning dastlabki va zaruriy bosqichi - millatni ma’rifat bilan “qurollantirish”ni tanlaydi. Uning tashabbus va g‘ayrati bilan 1903-yilda Samarqand atrofidagi Halvoyi (S.Siddiqiy), Rajabamin (A.Shakuriy) qishloqlarida yangi maktablar tashkil topadi. Behbudiy maktablar faoliyatini tashkil etish bilan birga, ular uchun “Risolai asbobi savod” (1904-y.), “Risolai jug‘rofiyai umroniy” (1905-y.), “Risolai jug‘rofiyoyi Rusiy” (1905-y.), “Kitobat ul-atfol” (1908-y.), “Amaliyoti islom” (1908-y.), “Tarixi islom” (1909y.) kabi darslik va qo‘llanmalar yozadi.[3. 9-bet] Behbudiy o‘z faoliyatini 1908-yilda “Qiroatxonayi Behbudiya“ kutubxonasini ochish bilan davom ettiradi. Hattoki, bir maqolasida kutubxonada 600 ta kitob va undan ham ko‘proq risola, gazeta va jurnal bo‘lganini yozadi. Kutubxonaga bo‘lgan e’tiborning oshishi keyinchalik unda kitob savdosi bilan shug‘ullanish imkonini ham yaratdi. Behbudiy samarqandlik taraqqiyparvar kishilarning xorijda nashr etilgan va nashr etilayotgan kitoblarga bo‘lgan qiziqishlarini va ularning iltimoslarini e’tiborga olib, Kavkaz, Qrim, Turkiya va
111 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc boshqa mamlakatlarga sayohatga borganida, u yerdan kutubxona uchun kitoblar olib kelishga ahd qildi. [4. 28-bet] Mahmudxo‘ja Behbudiy yangi usul maktablari faoliyatini tashkil etish, darsliklar yozish, kutubxona ochish bilan cheklanib qolmagan. Zamon va dunyo voqealari bilan tanishib borish, millat va Vatan ahvolidan, kundalik hayotidan ogoh bo‘lish uchun 1913-yildan matbuot ishlarini yo‘lga qo‘yadi va shu yilning aprelidan “Samarqand” gazetasi hamda avgust oyidan “Oyina” jurnalini chiqara boshlaydi. “Samarqand” gazetasi o‘zbek va tojik tillarida, haftada ikki marta, dastlab ikki, so‘ng to‘rt sahifada chop etilgan. 1913-yil 17-sentabrda gazetaning 45-soni chiqqach, bir tomondan, mustamlakachilar senzurasi, ikkinchi tomondan, yetarli mablag‘ bo‘lmagani sabab to‘xtatiladi. Haftalik “Oyina” jurnali obunachilari nafaqat Turkiston, balki Kavkaz, Tatariston, Eron, Afg‘oniston, Hindiston va Turkiyada ham bor edi. 1915-yilgacha nashr qilingan jurnalda Turkiston aholisining haq-huquqi, tarixi, til-adabiyot masalalariga bag‘ishlangan g‘oyat muhim maqolalar, bahslar berib borilgan. Ayniqsa, til masalasi muharrirning hamisha diqqat markazida turgan. Mahmudxo‘ja Behbudiy millat taraqqiysi uchun bir necha tilni bilishni shart, deb hisoblagan.[5. 7-bet] Rossiyada 1917-yil Fevral inqilobining ro‘y berishi Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonni tezlashtirib yuboradi. “Inqilob davrida mufti Mahmudxo‘ja,-deb yozgan edi Hoji Muin,- Jahon muhorabasining so‘nggi yillarida asabiy xastaligi shiddatlanib, ishlay olmaydigan bir holga kelib edi. Fevral inqilobi bilan yana yangi ruh, yangi quvvat olib ishga kirishdi.[6.135-bet] 1917-yil Behbudiy va uning maslakdoshlarida erk va hurriyat uchun kurash orzusini uyg‘otdi. “Haq olinur, berilmaydur”, degan shiorni o‘rtaga tashlagan Behbudiy o‘sha yil oktabr oyida mustamlakadan mustaqillik tomon qo‘yilgan jildiy va jasoratli qadam bo‘lgan Qo‘qonda Turkiston Muxtoriyat hukumatining tashkil etilishida faol ishtirok etdi. 1917-yil oktabrda hokimiyatni to‘liq egallagan bolsheviklar yeng shimarib mustamlakachilik siyosatini kuchaytirishga kirishadi. Millat oydinlari yangi hukumatdan muxtoriyat talab qila boshlaydi. 1917-yil 26noyabr kuni Qo‘qon shahrida o‘lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi chaqiriladi va Turkiston muxtoriyati tashkil etilgani e’lon qilinadi. Yangi Turkiston asoschilaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiy bo‘lib, millat fidoyisining ozodlikka bo‘lgan intilishi, uni intiqib kutganini “Hurriyat” gazetasining 1917-yil 22dekabr sonidagi “Turkiston muxtoriyati” sarlavhali maqolasidagi quyidagi fikrlaridan bilib olish mumkin: “27-noyabrda Ho‘qandda Turkiston muxtoriyati Umumiy musulmon s’yezdida e’lon qilindi.[7. 19-bet] Biroq oradan ko‘p vaqt o‘tmay, bolsheviklar Muxtoriyatga qarshi chiqadi va 1918-yil fevralida uni butunlay tugatishadi. Shunday vaziyatda ham Mahmudxo‘ja Behbudiy taslim bo‘lmay millat manfaati yo‘lida xizmat qilishda davom etadi. Natijada u 1919-yilda Shahrisabz bekligida Favqulodda komissiya ayg‘oqchilari yordamida qo‘lga olinadi. Oradan ikki oy o‘tgach Qarshiga olib kelinib zindonga tashlanadi va bir necha kundan so‘ng Qarshi begi Tog‘aybekning buyrug‘i bilan yordamchisi Nuriddinxo‘ja Og‘aliq Ahmadxo‘ja o‘g‘li tomonidan o‘ldiriladi. Shu tariqa milliy ma’rifatparvar Behbudiy hayoti fojiali tarzda yakunlanadi. Xulosa. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘z xalqining milliy mustaqilligi,taraqqiyoti va ma’naviy yuksalishi yo‘lida jonini fido qilgan millat qahramonidir. U biz uchun ilmga, vatanparvarlikka va adolatga sadoqat namunasi bo‘lib qolgan. Bugungi kunda uning faoliyatini o‘rganish bo‘yicha jamiyatimizda olib borilayotgan islohotlar yosh avlodni ma’rifatli, vatanparvar va mustaqil fikrlaydigan insonlar sifatida kamol topishi uchun nihoyatda muhim hisoblanadi.
112 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Adabiyotlar, References, Литературы: 1. ”Yangi O‘zbekiston” gazetasi. D.Jamolova “Millat fidoiysi” 2022-yil 19-yanvar 12-son. 2. ”Zarafshon” gazetasi. Hoji Muin .Mahmudxo‘ja Behbudiy.1923-yil 25-mart. 3. Tanlangan asarlar. Mahmudxo‘ja Behbudiy 3-nashr. Toshkent “MA’NAVIYAT” 2006. 4. Mahmudxo‘ja Behbudiy. Naim Karimov.Toshkent-2010. 5. .”Yangi O‘zbekiston” gazetasi. D.Jamolova “Millat fidoiysi” 2022-yil 19-yanvar 12-son. 6. Ma’rifat libosidagi ozodlik. Saidov H. Toshkent.”Sharq” 2000. 7. “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati gazetasi” Ibrohim G‘afur “Amir nega Behbudiyga qo‘l bermadi ?” . 1994-yil 6-may 16-17-sonlar. 8. Tanlangan asarlar. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Toshkent “MA’NAVIYAT” 1999.