Full text
140 OʻZBEK VA KOREYS MAQOLLARIDA SABR VA MEHNAT QADRIYATLARINING QIYOSIY TAHLILI Azizabonu Karimjonova Shuhratjon qizi, Oriental universiteti talabasi Ilmiy rahbar: Xudayberdiyeva Svetlana Vladimirovna, Oriental universiteti oʻqituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada koreys va oʻzbek xalqlarining ogʻzaki ijodida muhim oʻrin tutadigan sabr va mehnat mavzusiga oid maqollarni birgalikda chuqur tahlil qilamiz. Maqollar – bu har ikki xalqning dunyoqarashi, maʼnaviy qadriyatlari hamda ijtimoiy hayot tajribasini aks ettiruvchi bebaho manba sifatida koʻriladi. Tadqiqot davomida sabr-toqat, mehnatsevarlik, matonat va bardoahlilik tushunchalari oʻzbek va koreys maqollarida qanday talqin etilishi, ularning oʻxshash va farqli jihatlari, tarbiyaviy ahamiyati yoritib beriladi. Ayniqsa, xalq maqollarining yosh avlodni mehnat qilishga, sabrli boʻlishga, hayotdagi qiyinchiliklarnj yengishga undashdagi oʻrni alohida tahlil qilinadi. Shuningdek, maqollarning zamonaviy hayotda qoʻllanishi va ularning qadriyatlarini avloddan-avlodga yetkazishdagi vazifasi ham yoritiladi. Ushbu maqola tilshunoslik, folklorshunoslik va madaniyatshunoslik sohalarida izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar uchun muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Kalit soʻzlar: sabr, mehnat, maqol, koreys tili, oʻzbek tili, ogʻzaki ijod, tarbiya, qadriyat, qiyosiy tahlil, xalq donishmandligi. Abstract: This article privides an in-depth analysis of proverbs related to patience and hard work in the oral traditions of both korean and uzbek peoples. Proverbs are viewed as a valuable source reflecting the worldview, moral values, and social experiences of nations. The study examines how concepts such as patience, diligence, perseverance and endurance are interpreted in korean and uzbek proverbs, highlighting their similarities and differences. Special attention is given ti the educational significance of these proverbs, particularly their role in encouraging younger generations to be hard working, petient and resilient in the face of lifeʼs challenges. Futhermore, the article emphasizes the continued relevance of proverbs in modern society and their function in transmitting cultural values across generations. The findings od this research may serve as a useful resource forscholars in linguistics, folklore and cultural studies. Keywords: patience, hard work, proverb, korean language, uzbek language, oral tradition, education, values, comparative analysis, folk wisdom. “Har bir xalq maqollar orqali sabr, mehnat, halollik kabi qadriyatlarni avloddanavlodga yetkazadi.” Har bir xalqning ogʻzaki ijodi uning tarixiy tajribasi, dunyoqarashi va maʼnaviy qadriyatlarini ifodalovchi bebaho meros hisoblanadi. Xususan, maqollar
141 xalq donishmandligining eng torqin namoyonidir. Ular asrlar davomida jamiyat hayotini, ijtimoiy munosabatlarni, insoniy fazilatlarni va turmush tarzini ifodalab kelmoqda. Koreys va oʻzbek xalqlarining maqollari mazmun jihatidan boy boʻlib, ularning koʻplab oʻxshashliklari va ayrim farqli jihatkari mavjud. Ayniqsa, sabr va mehnat mavzusidagi maqollar ikki xalqning qadimdan shakllangan hayotiy tajribasini, qadriyatlarini va turmuah falsafasini yaqqol ifodalaydi. Maqol – xalq ogʻzaki ijodining eng qadimiy va boy janrlaridan biridir. 1 U qisqa, loʻnda, obrazli shaklda xalqning hayotiy tajribasi, donoligi va qadriyatlarini ifodalaydi. Maqollar koʻpincha ikki qismdan iborat boʻlib, oʻzaro qarama-qarshi fikr yoki xukosa orqali maʼno beradi. Ular tarbiya, maslahat, nasihat, taqqoslash maqsadida ishlatiladi. Maqollarning xususiyatlari: Qisqaligi – kam soʻz bilan katta maʼno beriladi. Umumiyligi – shaxsga emas, balki butun hayotiy holatlarga tegishli boʻladi. Tarbiya vazifasi – yosh avlodni sabr, mehnat, halollikka oʻrgatadi. Maqollarning hayotimizda ahamiyati katta. Til boyligini oshiradi. Milliy madaniyat va mentalitetni aks ettiradi. Tarbiyaviy kuchga ega – otaonalar, ustozlar nasihat sifatida qoʻllaydi. Nutq bezagi – yozuvchi, shoir va notiqlar fikrni kuchaytirishda ishlatadi. Koreys xalq maqollari – ogʻzaki ijodining qadimiy janri boʻlib, ular jamiyatning turmush tarzi, qadriyatlari va mentalitetni ifodalaydi. Koreys tilida maqol “ 속담” (sokdam) deb ataladi 2 . U maʼlum vaziyatlarda, toʻgʻri joyda ishlatilganda taʼsirli boʻladi. Kundalik hayotda suhbat paytida maslahat yoki ogohlantirish uchun ishlatiladi. Ota-ona va kattalar nasihatida – yoshlarga odob, sabr va mehnat haqida saboq berishda ishlatiladi. Adabiy va sheʼriy bezak sifatida - sheʼriyat, hikoya, darslik va maqolalarda fikrni kuchaytirish uchun ishlatiladi. Qiyos va taqqoslashda – ikki vaziyatni solishtirish, xulosa chiqarishda ham ishlatiladi. Rasmiy va norasmiy nutqda – rasmiy nutqda odatda maʼruzalar, ilmiy maqolalarda xalq donoligini asos sifatida ishlatiladi. Norasmiy nutqda esa hazil, maslahat yoki nasihat sifatida qoʻllaniladi 3 . Maqollar, avvalo, tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlib, insonlarni sabr, mehnatsevarlik, halollik, odoblilik va hayotiy donolikka chorlaydi. Shu bilan birga, ular nutqiy-estetik vazifani ham bajaradi, yaʼni suhbat yoki matnni mazmunan boyitib, taʼsirchanligini kuchaytiradi. Lingvistik jihatdan maqollar maqollar qisqa, loʻnda boʻlib, koʻpincha qofiya, parallelizm va obrazli ifodalardan foydalaniladi. Masalan, oʻzbek xalq maqollarida dehqonchilik, mehnat, oilaviy hayot va ijtimoiy munosabatlar koʻproq aks etsa, koreys maqollarida tabiat manzaralari, hayvonot olami va jamiyatdagi odob-axloq qoidalari keng oʻrin egallaydi. Oʻzbek va koreys maqollarining bir nechtasini birgalikda qiyosiy tahlil qilamiz: I. “고생 끝에 낙이 온다”. 4 Oʻzbek tilida esa “Mehnatning - tagi rohat” maqoliga toʻgʻri keladi. Lugʻaviy maʼnosi: 고생 – mashaqqat, qiyinchilik, 긑에 – oxirida, 낙 - huzur, rohat, mehnat – qiyinchilik, kuch sarflash, tagi – natijasi, oxiri, rohat – tinchlik, 1 ICH of Uzbekistan. Proverbs and Sayings. (n.d.) 01.04 2 Wikipedia. Korean Proverbs (속담) . (2023). 203-209 page. 3 Rank, J. (2003). Native Proverbs as Condensed Culture and Keys to Mentality. Global Business Languages, Vol. 6, Article 12. Purde University. 4 Gogohanguk. Korean Proverbs (속담). (2021). Gene Aw
142 huzur. Maʼno va gʻoya jihatdan oʻxshashliklar: 1) İkkala maqolda ham hayotdagi mashaqqatli mehnat yoki qiyinchiliklardan keyin albatta yaxshi natija boʻlishi taʼkidlangan. 2) Har ikkisi ham odamni sabrli va bardoshli boʻlishga undaydi. 3) Oʻzbek va koreys madaniyatida ham “qiyinchilik – sinov, sabr esa baxtga eltuvchi yoʻl” degan qarash mavjud. Koreyscha maqokda asosan “qiyinchilikning tugashi” taʼkidlanadi. Yaʼni azoblar tugashi bilan rohat oʻzi keladi. Oʻzbekcha maqol esa “ mehnat qilish zarurligini” ochiq koʻrsatadi. Yaʼni, mehnat qilgan odam albatta rohat topadi. II. “티끌 모아 태산” 1 . Oʻzbek tilida esa “Toma toma koʻl boʻlur” maqoliga toʻgʻri keladi. Lugʻaviy maʼnosi: 트끌 – chang, juda kichik narsalar, 모아 – yigʻsang, 태산 – katta togʻ ( Xitoydagi mashhur Taesan togʻi), toma – suv tomchisi, koʻl – katta suv havza. Maʼno va gʻoya jihatdan oʻxshashliklar: 1) Ikkala maqolda ham, kichik narsalar yigʻilib, katta natija beradi degan hayotiy haqiqat ifodalangan. 2) Har ikkisi ham insonni tejamkorlikka, sabr va izchillikka undaydi. 3) Koreya va oʻzbek madaniyatida ham “kichik qadamlar katta muvaffaqiyatga eltadi” degan tushuncha muhim oʻrin tutadi. Koreyscha maqolda asosiy obraz chang va togʻ. Bu tasvir orqali “juda arzimas narsalarning yigʻilishi ham katta natijaga olib keladi” degan maʼno taʼkidlanadi. Oʻzbekcha maqolda esa, tomchi va koʻl obraziga asoslangan. Suv oʻzbek xalq hayotida dehqonchilik, sugʻorish, hosil kabi juda muhim boʻlganj uchun u orqali, “doimiy sabr” gʻoyasi ifodalanadi. III. “콩 심은 데 콩 나도 팥 심은 데 팥 난다”. Oʻzbek tilida esa “Nima eksang, shuni oʻrasan” maqoliga toʻgʻri keladi. Lugʻaviy maʼnosi: 콩 – loviya, 심 – eksang, 팥 – noxat, 나다 – chiqadi, oʻrmoq – hosilni yigʻib olmoq. Maʼno va gʻoya jihatdan oʻxshashliklar: 1) Ikkala maqolda ham, har bir inson qilgan ishi, qilgan amali yoki tanlovining natijasini koʻradi. 2)Yaxshi ish qilsa - yaxshi natija, yomon ish qilsa – yomon natija boʻladi. Bu maqolda sabab – natija bogʻliqligi va adolatli hayot qonuni ifodalanadi. 3) Koreyscha maqolda asosiy obraz loviya va noxat. Bu orqali “inson nima qilsang natijasi ham shuning mevasi boʻladi” degan maʼno taʼkidlanadi. Oʻzbekcha maqolda esa, “ kelajaging hozirgi ishlaringga bogʻliq ”degan maʼnolarda qoʻllaniladi. IV. “구슬이 서 말이라도 꿰어야 보배다”. 2 Oʻzbek tilida esa, “Mehnat qilmasang, natijasi boʻlmaydi” maqoliga toʻgʻri keladi. Lugʻaviy maʼnosi: 구슬 – marvarid, 서 말이 – juda koʻp, 꿔 - ipga tizmoq, 보배 -xazina . Maʼno va gʻoya jihatdan oʻxshashliklar: 1) Ikkala maqolda ham, mehnatning ahamiyatini taʼkidlaydi. 2) Insonsa bilim va qobiliyat boʻlsa ham , uni mehnat orqali amalda qoʻllamasa, undan foyda yoʻq. 3) Koreyscha maqolda asosiy obraz marvarid. Yaʼni “marvarid koʻp boʻlsa ham, uni ipga tizsanggina xazina boʻladi”. Oʻzbekcha maqolda esa, “mehnatsiz hech qanday yutuq boʻlmasligini” taʼkidlaydi. 1 한국어 속담 한자성어 (2015) 17 bet 011 2 한국어 속담 한자성어 (2015) 74 bet 094
143 V. “전 리 길도 한 걸음부터”. Oʻzbek tilida esa, “Katta ishlar kichik qadamlardan boshlanadi” maqoliga toʻgʻri keladi. Lugʻaviy maʼnosi: 전 – ming, 길 – yoʻl, 한 – bir, 걸음부터 – qadamdan. Maʼno va gʻoya jihatdan oʻxshashliklar: 1) Ikkala maqol ham, boshlash muhim ekanligini anglatadi. 2) Har ikkisi ham maqsad sari sabr bilan davom etish kerakligi ilgari surilgan. 3) Koreyscha maqolda “ming chaqirim yoʻl bosish uchun ham bir qadamni tashlash kerak” deb taʼkidlanadi. Oʻzbekcha maqolda esa, “katta ishlar ham kichik ishlardan boshlanadi” deb taʼkidlaydi. VI. “참으면 복이 온다” 1 . Oʻzbek tilida esa, “Sabrning tagi sariq oltin” maqoliga toʻgʻri keladi. Lugʻaviy maʼnosi: 참 – sabr, 복 – baxt, 오다 – kelmoq, tagi – oxiri. Maʼno va gʻoya jihatdan oʻxshashliklar: 1) Ikkala maqol ham, sabrning natijasi yaxshi boʻlishini taʼkidlaydi. 2) Har ikkisi ham sabrning natijasini xudiki oltinga qiyoslashgan. 3) Koreyscha maqolda, “ sabrning oxirida baxt keladi” deb aytiladi. Oʻzbekcha maqolda esa “ sabrning oxirini oltindek qadrlanadigan natija beradi” deb taʼkidlanadi. VII. “돌다리도 두들겨 보고 건넌다” 2 . Oʻzbek tilida esa, “Shoshgan qochadi, sabr qilgan yetadi” maqoliga toʻgʻri keladi. Lugʻaviy maʼnosi: 돌 – tosh, 다리 – koʻprik, 두들겨 – taqillatib koʻr, 건너다 – kesib oʻtmoq. Maʼno va gʻoya jihatdan oʻxshashliklar: 1) İkkala maqolda ham, shoshqaloqlikning yomon oqibatini koʻrsatadi. 2) Har ikkisida ham “ishni shoshmasdan qilish kerakligini, sabr va ehtiyotkorlik bilan ham yaxshi sifatga ham yaxshi natijaga erishiladi” degan maʼno ilgari surilgan. Yaʼni har ishni sinab, oʻylab korib bajarsang, manzilingga yetib olasan. VIII “세 번 꺽어야 대나무다” 3 . Oʻzbek tilida esa, “Sinovlardan oʻtgan odamgina pishadi” maqoliga toʻgʻri keladi. Lugʻaviy maʼnosi: 세 – 3, 번 – marta, 꺽다 – bukmoq, 대나무 – bambuk, pishmoq – chidamli. Maʼno va gʻoya jihatdan oʻxshashliklar: 1) İkkala maqolda ham, sinov va qiyinchilikning ahamiyatini koʻrsatgan. 2) Har ikkisida ham sinovlarsiz mustahkam yoki yetuk boʻla olmasligi haqida aytilgan. Yaʼni “insonni kamolotga olib boradigan narsa – sinov va sabr bilan yengib oʻtilgan qiyinchiliklar” deb taʼkidlanadi XULOSA. “고생 끝에 낙이 온다”– koʻproq sabrga urgʻu beradi. “Mehnatning tagi rohat – koʻproq mehnat va harakatga urgʻu beradi. Ammo ikkisi ham bir maʼnoda: “ Qiyinchilikdan kwyin rohat, mehnatdan keyin baxt boʻladi” degan hayotiy hikmatni ifodalaydi. “티끌 모아 태산” - İkkala maqol ham.bir xil gʻoyani ifodalaydi: “Kichik narsalarni eʼtiborsiz qoldirma, ularni toʻplasang, katta natija boʻladi. Farqi shundaki, koreyscha ibira togʻ va chang obraziga, oʻzbekcha ibora esa suv va tomchi obraziga asoslanadi. 1 한국어 속담 한자성어 (2015) 17 bet 011 2 한국어 속담 한자성어 (2015) 18 bet 014 3 한국어 속담 한자성어 (2015) 33 bet 035
144 “콩 심은 데 콩 나도 팥 심은 데 팥 난다”- maqoli bizga shuni eslatadiki, hayotga qanday ish qilsak, qanday niyat va mehnat qilsak, natijasi ham shunga yarasha boʻladi. Yaxshi niyat, halol mehnat va yaxshi xulq – yaxshi natija va baraka keltiradi. Yaʼni “mehnat qilgan inson oʻz hosilini koʻradi, niyat qilgan narsasiga yetadi” degan hayotiy haqiqatni xulosa qilsak boʻladi. “구슬이 서 말이라도 꿰어야 보배다” – bu maqolda shunday hayotiy haqiqat bor: odamda bilim qobiliyat yoki imkoniyatlar koʻp boʻlsa ham, agar ular mehnat va amaliyot bilan birlashtirilmasa, foyda bermaydi. Yaʼni mehnat qilmasang, natijasi boʻlmaydi. “전 리 길도 한 걸음부터” – bu maqolda shunday hayotiy haqiqat bor: “ har qanday yutuqning kaliti – kichik qadamlardan boshlanadi” deb taʼkidlaydi. “참으면 복이 온다” – bu maqolda shunday hayotiy haqiqat bor: “sabr qilgan odam oxirida yaxshi natijaga erishadi, baxt va omadga muyassar boʻladi” degan. Yaʼni sabrning natijasi albatta omadli tugaydi. “돌다리도 두들겨 보고 건넌다” – bu maqolda shunday hayotiy haqiqat bor: har qanday ishni shoshmasdan, tekshirib, ehtiyotkorlik bilan qilish kerak. Hatto mustahkam koʻrinadigan narsa ham, sinab koʻrilmasa, xato boʻlishi mumkin. “세 번 꺽어야 대나무다” – bu maqolda shunday hayotiy haqiqat bor: inson hayotda koʻplab qiyinchilik va sinovlardan oʻtishi kerak. Faqat sinovlardan oʻtgan insongina chinakam kuchli va pishiq boʻladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Kim, Seon Jeong; Kim, Sung-soo; Lee, So-hyeon; Jung, Jae-young. Living Korean Language with Proverbs. Language Plus. 2. Kim, Yong-chol (compiler). Proverbs, East and West: An Anthology of Chinese, Korean, and Japanese Sayings with Western Equivalents. Hollym, 1998. 3. Seon Jeong Kim. Living Korean Language with Chinese Proverbs. Language Plus. 4. Min Jin-young, Park So-young, Lee Jee-yoon. 1000 Key Korean Idioms and Proverbs. 다락원 Darakwon, 2022. 5. Jeyseon Lee; Youseon Lee. Essential Korean Proverbs: 200 Proverbs to Upgrade Your Korean ( 속담을 알면 한국어가 쉬워진다 ). Kong & Park, 2021. 6. Won Eun Young; Lee Kyung-a. Learn Korean thru Idioms and Proverbs. CHAM Korean. 7. 한국어 속담 한자성어.2015.