UCHINCHI KENGASH. OʻZBEKISTON TARIXINING DOLZARB MASALALARI
Abstract
Ushbu maqolada Sulton Husayn Mirzoning 1470 yildagi katta tezlikka asoslangan harbiy taktikasi birinchi marta oʻrganib, tahlil qilib chiqildi. Ushbu taktikani qayta bajarishga uringan Abo Bakr Mirzo, Badiuzzamon mirzo harkatlari va ularning yurishlarining magʻlubiyatga uchrash sabablari koʻrib chiqildi. Bobur Mirzoning Samarqand shahrini olishda ham shu harbiy usuldan foydalanganligi hamda Bobur mirzo tahlillari oʻrganib chiqilidi.
Full text
182 UCHINCHI KENGASH. OʻZBEKISTON TARIXINING DOLZARB MASALALARI SULTON HUSAYN MIRZONING 1470 YILDAGI HARBIY TAKTIKASI Sherzod Joʻrayevб\, Oriental universiteti, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi ORCID: 0009-0005-7697-0710 Annotatsiya: Ushbu maqolada Sulton Husayn Mirzoning 1470 yildagi katta tezlikka asoslangan harbiy taktikasi birinchi marta oʻrganib, tahlil qilib chiqildi. Ushbu taktikani qayta bajarishga uringan Abo Bakr Mirzo, Badiuzzamon mirzo harkatlari va ularning yurishlarining magʻlubiyatga uchrash sabablari koʻrib chiqildi. Bobur Mirzoning Samarqand shahrini olishda ham shu harbiy usuldan foydalanganligi hamda Bobur mirzo tahlillari oʻrganib chiqilidi. Kalit soʻzlar: Bobur, Husayn Boyqaro, Abo Bakr Mirzo, Maymana, Foryob, Xondamir, Yodgor Mirzo, Hirot, Amir Xusravshoh, Sulton Maʼsud Mirzo, Marv, Murgʻob, Abdurazzoq Samarqandiy. Abstract. This article examines and analyzes for the first time Sultan Husayn Mirzaʼs military tactic based on high speed in 1470. It also discusses the attempts of Abu Bakr Mirza and Badiʼ al-Zaman Mirza to apply this tactic, as well as the reasons behind the failure of their campaigns. Furthermore, it explores Babur Mirzaʼs use of the same method in capturing the city of Samarkand and analyzes his reflections on this strategy. Keywords: Babur, Husayn Bayqara, Abu Bakr Mirza, Maymana, Faryab, Khwandamir, Yadgar Mirza, Herat, Amir Khusrawshah, Sultan Masʼud Mirza, Marv, Murghab, Abdurazzoq Samarqandi. 1469 yilda Sulton Husayn Mirzo Hirot taxtini egallagach, oradan qisqa vaqt oʻtmasdan Uzun Hasan bilan ziddiyatga boradi, natijada Yodgor mirzoga katta yordam bergan turkmanlarning aralashuvi bilan Sulton Husayn taxtdan ajralib Marv atrofidagi arlot qabilalari ichiga chekinadi. 1470 yil 5 iyulda Hirotda Yodgor Muhammad Mirzo nomiga xutba oʻqiladi. Amir Hasan Shayx Temurni Marv atrofidagi Murgʻob suvi boʻyiga qoldirib, Yodgor Mirzo Hirot taxtiga bemalol oʻtiradi. Turkmanlar yoʻlboshchisi Amir Hasanbek qoʻshinlari Hirot atrofida qoladi. Shunday ham tinimsiz urushlardan xarob boʻlgan aholining ahvoli battar yomonlashadi. Uning ustiga Yodgor Mirzoning ichkilikka berilganligi, davlat ishlari tashlab qoʻyganligi haqidagi xabarlar kela boshlaydi. Boburning aytishicha bu xabarlarni Mirali miroxoʻr yetqazib turgan 1 . Hasan Shayx Temur murgʻob suvi yoqasini himoyasini tashlab Jarmakon viloyatiga 1 Zahiriddin, Muhammad Bobur. Boburnoma. -Hozirgi o’zbek tiliga tabdil qilganlar: Vahob Rahmonov, Karomat Mullaxo’jayeva.- Toshkent: “O’zbekiston” HMIU, 2019.-440-b. 189-b.
183 ketib qoladi. 1 Aynan shu holat Sulton Husayn Mirzoga qoʻl keladi. Sulton Husayn Mirzo Arlot eli orasida turganda Sulton Abusaid Mirzo farzandlari Sulton Mahmud, Abobakr Mirzo, Mirzo Ulugʻbeklar arlotlar ustiga yurish qiladi. Sulton Husayn ularni chekintirib qiyin vaziyatda Hirotga ilgʻor qilishga qaror qiladi. Maymana va Faryob viloyatidan bir kecha-kunduzda katta yoʻl bosib mingga yaqin kishi bilan Hirotga qarab yuradi. 2 1470 yil 21 avgustda Xoja Abdulla Ansoriy mozoriga yetib keladi. Amir Ali Jaloyir gʻaflatda boʻlib, askarlar tarqalib ketgan edi. Yodgor Mirzo ikkita xodim va bir xodima bilan koʻshk tomida qoʻlga olinadi. Manbada Abdurazzoq Samarqandiy shunday keltiradi “ Bu shunday bir voqeadirki, tiriklik varaqlariyu, kecha kunduz sahifalarida nomdor sultonlar va Jamshid qudratli xoqonlar haqida hech bir yaratilgan bandaning xush qulogʻi bundayini eshitgan emas va kitoblarda hech bir ziyrak soʻzamolning koʻzi bunga oʻxshashini koʻrgan emas. Negaki, Mirzo Yodgor Muhammad dorussaltana Hirotda maqomu orom topgan vaqtda bir necha ming mukammal yaroq-aslahali badaviy otliqlar ertadan kechgacha unga mulozimlik qilar edilar, Hirotdan Bogʻdod sarhadigacha ( boʻlgan yerlardan) paydar-pay koʻmak olib turar edi, mirzo Sulton Husayn oltmish farsang masofadan ilgʻor qilib kelib,andak odami bilan shunday jasoratli ish qiladi, deb hech kimning xotiri yaqiniga ham kelmagan edi.” 3 Manbaning boshqa bir oʻrnida shunday yozadi:” Yigirma uchinchi safar(21 avgust 1470 ) bomdod namozidan oldin bu xabar barcha ogʻizlarga tushdi, harchand va har zamon minglab tillarda takrorlanmasin, bu xabar gʻoyat nodirligi tufayli goʻyo hech kim bovar qilmas edi.” 4 Xondamirni yozishicha bu kutilmagan yurishni amalga oshirish rejasi dastlab Alisher Navoiy bilan muhokama qilingan, Alisherbek esa bu tadbirni sir saqlashni qattiq talab qilgan. Maymanadan qoʻzgʻalib, Murgʻobdan oʻtib Boʻkan degan manzilga toʻxtalganda majlis qilib, ilgʻor tarzda Hirotga yurish rejasi aytiladi. 5 Xondamir ham kutilmaganda bir kecha -kunduzda Hirotga yetib kelinganligini yozadi. Masofa 60 farsax bir farsax 6 km atrofida boʻlganligidan, taxminan 360 km masofa bir kechakunduzda bosib oʻtilgan. Bobo Hokiy langariga toʻxtalganda hech kimni qabul qilmaydigan bu avliyo oʻzi peshvoz chiqadi, Sulton Husayn mirzoni mehmon qilib, hatto bir qoʻy, bitta oʻq-yoy tortiq qiladi. Bu askarlarni maʼnaviy ruhlantirgani shubhasiz. 6 Xondamir shunday yozadi:” Bu gʻaroyib xabar va ajoyib hodisa shov-shuvi bir qismi Bogʻi Nav bogʻida, yana bir boʻlagi esa Zubayda bogʻida istiqomat qilib oʻtirgan turkman amirlari qulogʻiga yetgach, oʻsha kechasiyoq ayanch jilovini yoʻl koʻrsatuvchilik qoʻli bilan qochish yoʻliga toʻgʻrilab “ Oʻsha jamoat yengilib,ortlariga 1 Абдураззоқ Самарқандий МАТЛАИ САЪДАЙН ВА МАЖМАИ БАҲРАЙН. II ЖИЛД иккинчи қисм. Т. “ O’zbekiston”, 2008 y. 660-b. 2 Xondamirda 850 kishi keltiriladi. 3 Абдураззоқ Самарқандий МАТЛАИ САЪДАЙН ВА МАЖМАИ БАҲРАЙН. II ЖИЛД иккинчи қисм. Т. “ O’zbekiston”, 2008 y. 664-b. 4 O’sha asar 665-b. 5 Ғиёсиддин ибн Ҳумомиддин Хондамир Ҳабиб ус -сийар фи ахбори афроди башар. Тошкент “O’zbekiston” 2013. 730-бет. 6 O’sha asar 731-b.
184 qarab qochib qolurlar”( Qurʼoni karim, Qamar surasi, 45-oyat) mazmuni ular holining vasfi boʻldi.” 1 Sulton Abusaid Mirzoning oʻgʻli Abo Bakr Mirzo Sulton Husayn bilan aloqa bogʻlaydi. Badaxshondan kelib Sulton Husayn oilasidan bir qizga oʻylanib qarindoshlik va doʻstlik aloqalarini bogʻlashga kirishadi. Badaxshonda turgan Abo Bakr Mirzo Hisori Shodmonga Sulton Maxmud mulklariga koʻz olaytiradi, natija chiqara olmagach, Xurosonga yurish qiladi. Bu shahzoda Bayrambek Turkman, Pir Ali Turkman va boshqa amirlar va qoʻshin ahli bilan maslahatlashib Sulton Husaynning harbiy taktikasini takrorlashga va oʻziga qarshi ishlatishga harakat qiladi. Xondamir shunday yozadi; “ Barchasining oʻy-fikridagi xayol xuddi mansur xoqon Maymana va Foryobdan ilgʻor solib kelib, Yodgor Muhammad Mirzoni oʻlim kamandiga ilintirgani kabi ular ham hazrat xoqonni ushlab olish va qoʻlga kiritish panjasi bilan ranju azob bandiga mubtalo qilish boʻldi. Ammo yirtqich yoʻlbars notavon tilkining hiylasi bilan tuzoqqa tusha qolmasligini bilmadilar” 2 . Aynan bu paytda Sulton Husayn qasal boʻlganligi va uning oldida 500 askar borligini Abo Bakr Mirzo bilar va bu gʻalaba keltiradi deb ishonardi. Kasal boʻlishiga qaramasdan 500 askar bilan mahofada askarlar koʻtarib olgan Sulton Husayn yoʻlga tushadi. Isfizor qasabasiga yetganda, Sulton Husayn xodimlaridan biri Jon Ahmad Choʻli oʻz mulklaridan xabar olish maqsadida Hirotdan tashqariga chiqadi va Abo Bakr Mirzo askarlari tomonidan qoʻlga olinadi. Shahzoda oldiga olib borilgan Jon Ahmad Sulton Husayn Hirot shahri atrofida oʻnoʻn besh ming kishi bilan pistirma qoʻyib, sizni kutib turibdi, Sulton Abusaid Mirzoning yaxshiliklari hurmati oldingizga keldim deydi. Abo Bakr Mirzo bu xabarga toʻliq ishonib Xof va Baxarz tarafga yura boshlaydi, Hirotga yurish rejasidan qaytadi. Aslida Jon Ahmad hiylasi Sulton Husaynni saqlab qoladi. Abo Bakr Mirzodan ajralgan Jon Ahmad voqeani Sulton Husayn Mirzoga aytgach uning orqasidan quvishga tushadilar. Abo Bakr Mirzo Astrobodga qarab qochadi yoʻlda har manzilda askarlari qochib keta boshlaydi, koʻplari Sulton Husayn qoʻshiniga kelib qoʻshilaveradi. Taʼqib kuchaygach, orada bir chaqirim masofa qoladi. Abo Bakr Mirzo Gurgon daryosidan oʻtib, charchoq va yomgʻir koʻpligidan daryodan oʻtiboq dam olishga tushadi. Husayn Mirzo tunda dam olishdan tiyilib tong mahali Gurgon daryosidan oʻtib, uxlab yotgan Abo Bakr Mirzo askarlari ustiga tashlanadilar. Abo Bakr Mirzo bosqindan qochib chiqadi, orqadan quvlab keladiganlardan oʻzib ketadi, yaqinlashib kelgan Amir Haydarni yakkama -yakka olishuvda yengib oʻsha atrofdagi mahalladan bir kishining oʻyiga kiradi. Oʻy egasidan qutilib ketish uchun ot soʻraydi, oʻy egasi xizmatga bir necha kishini qoʻyib, shahzodani Sulto n Husaynga katta sovgʻa ilinjida sotadi. Qanbar Ali Jallod bir necha kishi bilan borib Abo Bakr Mirzoni oʻldirishadi, soʻngra oʻz oʻyiga tushirib sotqinlik qilgan qishloq kishisini ham uning ketidan joʻnatadilar. Bu voqea 1479 yilda boʻlib oʻtadi. Buni qarangki Sulton Husaynning oʻsha mashhur tezlikka asoslangan taktikasi oradan 9 yil oʻtib Abo Bakr Mirzo tomonidan takrorlanadi. Abo Bakr Mirzoning Sulton Husayn Miroz odamlari orasida aygʻoqchilari yoʻqligi, Jon Ahmadga ishonganligi rejani yoʻqqa chiqaradi. Abo Bakr Mirzo Husayn Mirzo taktikasini toʻliq oʻrganib chiqmaganligi shunda koʻrinadiki podsho dushmandan 1 O’sha asar 734-b. 2 Ғиёсиддин ибн Ҳумомиддин Хондамир Ҳабиб ус -сийар фи ахбори афроди башар. Тошкент “O’zbekiston” 2013. 767-бет.
185 qochganda doim oʻta xafsiz boʻlmaguncha tinimsiz qochgan, Abo Bakr Mirzo orada bir chaqirim masofa boʻlsada daryodan oʻtib uxlashga tushadi. Sulton Husayn Astrobodda Abusaiddan qochganda yomgʻir loy boʻlishiga qaramasdan qochishga tushadi, Abusaid taʼqibidan bir necha bor chidam va matonat evaziga qutilib ketadi. Ikkinchi holat 1498 yilda yuz beradi. Sulton Husayn Mirzoning tezkorlikka asoslangan taktikasini oʻgʻli Badiuzzamon Mirzo takrorlamoqchi boʻladi.Nishin tekisligida Xoja Nizomulmulk va uning oʻgʻillarini musodaraai bilan band boʻlib turganda askarlarning bir qismi Astrobodga ketganligi qolganlari tarqalib ketganligi haqida Garmser viloyatida turgan Badiuzzamon Mirzo va Amir Zunnun Argʻunga maʼlum boʻladi. Xondamir shunday yozadi: “ Ular fursatni gʻanimat bilib, uch-toʻrt ming xanjar urar, nayza sanchar otliq bilan qutlugʻ oʻrdu sari ilgʻor solmoq va kutilmaganda zafar alomatli lashkar ustiga bostirib borib, jasurlik va mardonalik qoʻli bilan fathu gʻalaba eshiklarini ochmoqqa qaror qildilar. Shu qaror bilan oy yurishli otlarga oʻtirib va doimo kezuvchi falak singari biror lahza yurishdan toʻxtamay, besholti kun ichida Sabzavor shahri atrofiga yetib oldilar.” 1 Sulton Husayn Mirzo bu xabarni eshitgach tashvishga tushadi va Hirotga elchi joʻnatib askarlardan Hirotda borini toʻplab yuborish haqida boʻyruq beradi. Amir Alisher shaxsan oʻzi askar toʻplashga kirishadi. Sulton Badiuzzamon Miro ham katta tezlikda Isfizor qalʼasigacha keladi va koʻzi oʻyquga ketadi. Aynan shu holat katta yutqazish boʻladi. Chunki shu kuni Astrobodga ketgan katta qoʻshin Amir Muhammad Valibek, Amir Umarbek va Bobo Ali boshchiligida Astroboddan qaytib keladi. Amir Xusravshoh isyoni tufayli Sulton Maʼsud Mirzo besh yuz janchisi bilan Sulton Husayn oʻrdasiga kutilmaganda kelib qoladi. Oʻyqudan turgan Sulton Badiuzzamon va amirlari lashkargohga kelib katta qoʻshinni koʻrib taʼjjubga tushadilar. Sulton Badiuzzamon Mirzo askarlari yengilib zoʻrgʻa qochib qutiladilar. Amir Shujobek ham qochib qoladi. Bu voqea 1498 yil 15 iyunda boʻlganligi haqida maʼlumot beriladi. Bobur Mirzo ham 1500 yilda 240 kishi bilan xuddi shu taktikani amalga oshiradi. U Samarqandni egallagandan soʻng Boburnomada Sulton Husayn taktikasining barcha jihatlarini tahlil qiladi. Bobur Mirzo Samarqand shahriga bildirmasdan hujum qilib kiradi va shaharni egallaydi. Bu qilgan ishini Sulton Husaynni Yodgor mirzo ustiga bildirmasdan kelib 850 kishisi bilan katta qoʻshin orasiga kelib Hirotni olgan voqeasiga qiyoslaydi. Boburnomada qoʻyidagicha tahlil qilinadi; “ Sulton Husayn mirzo ham Hirotni ushbu yoʻsinda yov gʻofilligida olgan ekan. Lekin ish biladigan ravshan va insofli kishi nazarida ayondirki, bu voqea bilan u hodisa orasida koʻp farq bordir. Avval buki, Sulton Husayn mirzo koʻp ish koʻrgan, koʻp tajribalar kechirgan ulugʻ yoshli podshoh edi.. Ikkinchisi buki, gʻanimi Yodgor Muhammad Nosir mirzo-on yetti-oʻn sakkiz yoshli tajribasiz oʻgʻlon edi. Uchinchisi buki, gʻanimning ichidan qayfiyat va holatni bilgan kishi Mirali miroxoʻr Husayn mirzoga kishilar yuborib, uni gʻanim gʻofil paytda dushman ustiga keltirdi. Toʻrtinchidan dushman qoʻrgʻonda emas, Bogʻi Zogʻonda edi. Sulton Husayn mirzo Hirotni olgan paytda Yodgor Muhammad mirzo va yaqinlari shunday ichkilikka tushgan edilarki, oʻsha kecha Yodgor Muhammad 1 Ғиёсиддин ибн Ҳумомиддин Хондамир Ҳабиб ус -сийар фи ахбори афроди башар. Тошкент “O’zbekiston” 2013. 864-бет.
186 mirzoning eshigida uch kishi boʻlib, oʻzi ham, ular ham mast edilar. Beshinchidan, Sulton Husayn mirzo oʻshanda gʻanim gʻofilligida keldi va uni qoʻlga oldi. Men Samarqandni olganimda oʻn toʻqqiz yoshda edim. Na koʻp ish koʻrib edim, na tajribam bor edi. Ikkinchisi buki, mening gʻanimim Shayboqxondek tajribali, koʻp ish koʻrgan va ulugʻ yoshli kishi edi. Uchinchisi buki, bizga Samarqanddan hech kim koʻmakka kelmasdi. Agarchi shahar xalqi menga nisbatan koʻngillik boʻlsalar-da, biroq Shayboqxonning qoʻrqinchidan hech kishi bu hayolni qila olmas edi. Toʻrtinchisi buki, mening gʻanimim qoʻrgʻonda edi: ham qoʻrgʻon olindi, ham gʻanim qochirildi. Beshinchisi buki, bir martaba Samarqandni olish maqsadida kelib, gʻanimga sezdirib qoʻyib, ikkinchi martaba kelganda Tangri ishimni toʻgʻriladi: Samarqand olindi. 1 Yurtimiz tarixida koʻplab sarkardalar oʻtgan, ularning harbiy salohiyati yetarlicha oʻrganilmagan. Sulton Husayn Mirzo kabi yuzlab sarkardalarning jang qilish usullari, harbiy harakatlarda ishlatgan yangi taktikalarini oʻrganish bugunki kunda tarix fani oldida turgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. Zahiriddin, Muhammad Bobur. Boburnoma. -Hozirgi oʻzbek tiliga tabdil qilganlar: Vahob Rahmonov, Karomat Mullaxoʻjayeva.- Toshkent: “Oʻzbekiston” HMIU, 2019.-440-b. 189-b 2. Восифий, Зайниддин Маҳмуд. Бадоеъул вақоеъ – Нодир воқеалар. / Форсийдан Н.Норқулов таржимаси. – Т.: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1979. – 216 б. 3. Абдураззоқ Самарқандий. Матлаи саъдайн ва мажмаи баҳрайн / Форс тилидан таржима ва изоҳлар муаллифи А.Ўринбоев. Ж. II. Қ. II‐III. 1429‐1470 йил воқеалари. – Т. : «Oʻzbekiston». 2008. – 832 б. 4. Хондамир Ғиёсиддин бин Ҳумомиддин. Буюклик хислати: «Ҳабиб ус‐ сиғар фи ахбори афроди башар» китобининг Заҳириддин Муҳаммад Бобур ҳаёти ҳақидаги боблари. / Форс тилидан таржима, кириш сўзи ва изоҳлар муаллифи И. Бекжонов. – Т.: «Sharq», 2011. ‐ 304 б. 1 Zahiriddin, Muhammad Bobur. Boburnoma. -Hozirgi o’zbek tiliga tabdil qilganlar: Vahob Rahmonov, Karomat Mullaxo’jayeva.- Toshkent: “O’zbekiston” HMIU, 2019.-440-b. 94-b.