FAYZULLA XO'JAYEV – MILLIY UYG'ONISH DAVRINING YETUK ISLOHOTCHISI
Full text
152 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc FAYZULLA XO‘JAYEV – MILLIY UYG‘ONISH DAVRINING YETUK ISLOHOTCHISI Ro‘ziyeva Mohichehra Rustam qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17732337 Annotatsiya: Ushbu maqolada XX asr boshlarida Turkistonda shakllangan jadidchilik harakatining yirik namoyandalaridan biri — Fayzulla Xo‘jayevning islohotchilik faoliyati tahlil etiladi. Unda muallifning jadidchilik g‘oyalarini targ‘ib etish, xalqni ilm-ma’rifat va taraqqiyot sari yetaklash yo‘lidagi xizmatlari yoritilgan. Maqolada Xo‘jayevning ta’lim tizimini isloh qilish, milliy maktablar ochish, matbuot va nashriyot ishlarini rivojlantirish, ayollar erkinligini qo‘llab-quvvatlash kabi tashabbuslari alohida o‘rin olgan. Shuningdek, uning siyosiy faoliyati orqali Turkiston jamiyatida milliy o‘zlikni anglash, mustaqillik va yangicha dunyoqarashni shakllantirishdagi hissasi ko‘rsatib o‘tiladi. Maqola Xo‘jayev shaxsini jadidchilik harakatining faol arbobi sifatida yoritib, uning o‘z davri ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga qo‘shgan beqiyos hissasini ilmiy-nazariy jihatdan asoslaydi. Kalit so’zlari: Islohot, Turkiston, milliy uyg‘onish, ta’lim tizimi, yangi maktablar, matbuot, siyosiy faoliyat, taraqqiyot, milliy g‘oya, yangilanish. Annotation: This article analyzes the reformist activity of Fayzulla Khodjaev, one of the prominent representatives of the Jadid movement that emerged in Turkestan at the beginning of the 20th century. It highlights his efforts in promoting the ideas of Jadidism and leading the people toward education, enlightenment, and progress. The article emphasizes Khodjaev’s initiatives in reforming the education system, establishing national schools, developing the press and publishing activities, and supporting women’s emancipation. In addition, his contribution to the formation of national identity, independence, and modern worldview in Turkestan society through his political activity is discussed. The article presents Khodjaev as an active figure of the Jadid movement and scientifically substantiates his invaluable contribution to the socio-political processes of his time. Keywords: Reform, Turkestan, national awakening, education system, new schools, press, political activity, progress, national idea, renewal. Аннотация: В данной статье анализируется реформаторская деятельность Файзуллы Ходжаева — одного из видных представителей джадидского движения, сформировавшегося в Туркестане в начале XX века. Освещаются его усилия по распространению идей джадидизма, просвещению народа и продвижению его к знаниям и прогрессу. В статье рассматриваются инициативы Ходжаева по реформированию системы образования, открытию национальных школ, развитию печати и издательского дела, а также поддержке женского равноправия. Кроме того, показан его вклад в формирование национального самосознания, независимости и нового мировоззрения в обществе Туркестана через политическую деятельность. Статья раскрывает личность Ходжаева как активного деятеля джадидского движения и научно обосновывает его неоценимый вклад в социально-политические процессы своего времени. Ключевые слова: Реформа, Туркестан, национальное возрождение, система образования, новые школы, печать, политическая деятельность, прогресс, национальная идея, обновление. Kirish: XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida ilm, ma’rifat va taraqqiyotga intilish kuchaygan bir paytda jadidchilik harakati shakllandi. Ushbu harakatning maqsadi — xalqni jaholatdan chiqarish, eski tuzumni isloh qilish va zamonaviy ta’limni joriy etish edi. Shu jarayonda Fayzulla Xo‘jayev Buxoro jadidlarining eng faol va ta’sirli vakillaridan biriga aylandi. U xalqni uyg‘otish, bilimga
153 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc chorlash, milliy o‘zlikni tiklash yo‘lida fidokorona xizmat qildi. Fayzulla Xo‘jayevning jadidchilik faoliyati, eng avvalo, ta’lim tizimini isloh qilishdan boshlandi. U eski usuldagi madrasalarning o‘rniga yangi, dunyoviy fanlarni o‘qitadigan maktablar tashkil etishni yoqladi. Uning tashabbusi bilan Buxoroda ko‘plab yangi usul maktablari ochildi, yoshlar o‘qishga, savod chiqarishga undadi. Shuningdek, u ayollar ta’limi va erkinligini ham qo‘llab-quvvatlagan. O‘sha davrda bu g‘oyalar juda dadil va yangilik edi. Xo‘jayev ayollarni jamiyatning teng huquqli a’zosi sifatida ko‘rishni istagan, ularning o‘qish va ishlash huquqini himoya qilgan. Fayzulla Xo‘jayev (1896-yil 1-aprel – 1938-yil 13-mart) — o‘zbek xalqining buyuk ma’rifatparvari, siyosiy arbobi va jadidchilik harakatining yirik namoyandalaridan biridir. U Buxoro shahrida boy savdogar oilasida tug‘ilgan. Yoshligidan ilmga, yangi bilim va madaniyatga katta qiziqish bilan qaragan. U dastlab Buxoroda eski maktabda tahsil olgan, keyinchalik esa rus-tuzem maktabida o‘qigan. Shu yerda u o‘sha davrning ilg‘or g‘oyalari — yangilik, taraqqiyot, erkinlik, milliy uyg‘onish g‘oyalari bilan tanishadi. Bu esa uning dunyoqarashini tubdan o‘zgartirib, jadidchilik yo‘lini tanlashiga sabab bo‘lgan. Buxoroi sharif qadim asrlardan beri ilm beshigi, ta’lim va tarbiya o‘chog’i bo‘lib kelgan. Eng qadmgi davrlardan to hozirgi kunga qadar ilm-ma’rifat sohasida yetakchilar qatoridan tushgani yo‘q. Bu zaminda ne-ne allomalar, olimlar va ma’rifatli kishilar yetishib chiqishgan. Bularga Imom al-Buxoroiy, Abu Ali ibn Sino, kabi qadim ajdodlarimiz, F.Xo‘jayev, Fitrat, Qori Yo‘ldosh Po‘latov, S.Ayniy kabi jadid ma’rifatparvarlarini ham misol qilib keltirishimiz mumkin. 1 Ana shu muhitda shakllangan yangi davr ziyolilari xalqni uyg‘otish, yangilanish, erkin fikrlash va taraqqiyot yo‘lida xizmat qilgan. Ular jadidchilik g‘oyalarini ilgari surib, millatni ma’rifat va zamonaviy bilimlar sari yetaklagan fidoyi insonlar sifatida tarixda o‘chmas iz qoldirganlar. Asosiy qism: Yosh buxoroliklar va xivaliklar ham o’z mamlakatlarini qoloqlikdan chiqarish va taraqqiyot yo’liga kirgizish uchun kurashdilar. Bu yo’lda ular Turkiston jadidlarining g’oyalariga tayandilar. Behbudiy ular uchun g’oyaviy rahnamo hisoblanar edi. O’zlarining ijtimoiy-siyosiy rejalarini Behbudiy maslahatiga amal qilgan holda tuzardilar. Biroq Buxora va Xiva jadidlarining faoliyati feodal-xonlik tuzumi hukmronlik qilgan sharoitda o’tdi. Bu hol buxorolik va yosh xivaliklar harakatining siyosiy dasturlarini o’ziga xos xususiyatlarini belgilar edi. 1917 yil Fevral inqilobining ta’siri ostida yosh buxorilik va yosh xivaliklarning siyosiy faoliyati ancha jonlanib bordi. Yosh buxoroliklarni amirning cheklanmagan hokimiyatini cheklash talablari bilan chiqa boshladilar. 2 1917-yil Fevral inqilobining ta’siri ostida Markaziy Osiyoda milliy uyg‘onish jarayonlari yanada faollashdi. Ayniqsa, Buxoro amirligi va Xiva xonligida faoliyat yuritgan “Yosh buxoroliklar” va “Yosh xivaliklar” harakatlari siyosiy sahnaga faol kirib keldi. Ularning asosiy maqsadi — mavjud mutlaq monarxiya tizimini isloh qilish, xalqni zamonaviy ma’rifat, adolat va konstitutsiyaviy boshqaruv asosida yashashga olib chiqish edi. Shunday vaziyat yirik jadid arboblarini yuzaga kelishiga olib keladi. Ulardan biri Fayzulla Xo’jayevdir, yuqorida ta’kidlab o’tilganidek Fayzulla Xo’jayev 1896 yil iyulida Buxora shahrida badavlat savdagor Ubaydullaxo’ja Qosimxo’ja o’g’li oilasida tug’ilgan. Otasi Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan keng miqyosda qorako’l savdosini olib borgan. Yosh Fayzulla Buxorada oldi. 1907 yili otasi uni Moskvaga olib bordi, Fayzulla besh yil mobaynida uy sharoitda, taklif etilgan rus muallimlaridan bilim oladi. Shundan so’ng u Buxoraga 1 Buxora jadidlar va ularning ilm-ma’rifat taraqqiyotidagi o’rni (monografiya) BUXORO-2023, “BUKHARA HAMD PRINT” nashriyoti Sobirov Ulug’bek G’afurovich 2 Turkistonda jadidchilik harakatini vujudga kelishi va jadid harakatida milliy ziyolilarning o’rni (ilmiy maqola) mavzu jadidilarning siyosiy va huquqiy qarashlari
154 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc qaytib keladi va 1913 yildan jamiyatni yangilash uchun kurash yo’liga qadam qo’yadi. U mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida turg’unlikdan demokratik va taraqqiyot yo’liga olib chiqishni o’zining asosiy maqsadi qilib qo’yadi. Fayzulla Xo’jayev Buxorada hukm surgan turg’unlikning asosiy sababini o’sha paytda mavjud bo’lgan amir mustabidligida deb bildi; 3 unga qarshi kurashni buxoroliklar jadidlar safida boshladi va tez orada uni ko’zga ko’ringan yo’lboshchilaridan biri sifatida tanildi. Mamlakatda ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy sharoitni e’tiborga olib, Buxoro jadidlari dastlabki paytlarda monarxiya tuzumini yo’qotish vazifasini oldinga surmadilar, yuqorida islohot orqali amirlikni kapitalistik yo’lga yo’naltirishga intildilar. 4 Ular diniy (konfessional) maktablar o’rniga dunyoviy yangi usuldagi, yevropacha namunadagi maktablarni, bir qadar erkin matbuotni yaratish, tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun biron-bir huquqiy kafolatni ta’minlash, Buxorada yosh turkchilar namunasi bo’yicha konstitutsiyani kiritishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yishdi. Buxoro jadidlarining 1917 yilgacha bo’lgan amaliy faoliyatni esa, keyinchalik F.Xo’jayev ta’kidlaganidek, asosan ma’rifatparvarlik – yangi usuldagi maktablar va hokazolarni tashkil etishga qaratilgan edi. 5 Jadidchilik harakati amirlikdagi xalqlar manfaatini ifodalardi, u o’sha davrda hukmron tuzumga nisbatan yagona qarama-qarshi siyosiy kuch bo’lib, Buxoro jamiyati istiqboli yo’lini izlaydi va shu bois uning demokratik, taraqqiyparvar kayfiyatdagi barcha qatlamlarni birlashtirishga va jipslashtirdi. 6 Shundan keyin jadidchilarning harakatlarini turli xil yo’llar bilan to’xtatish va umuman xalq orasida ommalashib ketmasligini oldini olish uchun harakat qilishadi. Buxoroda “Tarbiyayi atfol”, “Adabiyot”, “Yangi Buxoro” kabi jamiyatlar tashkil etilib, ular xalqni bilim va zamonaviy tafakkur sari yetaklashda muhim o‘rin tutdi. Fayzulla Xo‘jayev ta’kidlaganidek, Buxoro jadidchiligining dastlabki bosqichida asosiy e’tibor ma’rifatparvarlik — yangi usuldagi maktablar, ilm-fan markazlari va kutubxonalarni tashkil etishga qaratilgan edi. Keyinchalik esa bu harakat siyosiy mazmun kasb etib, yosh turkchilar ta’siri ostida Buxoroda konstitutsion monarxiya g‘oyasini ilgari surish yo‘nalishiga o‘tdi. Shundan so‘ng jadidlarning faoliyati amirlik tomonidan cheklab qo‘yildi. Ularning nashrlariga senzura o‘rnatildi, ayrim faollari quvg‘inga uchradi. Shunga qaramay, jadidlar o‘z harakatini to‘xtatmadilar — xalq orasida g‘oyalarini yashirin ravishda targ‘ib qilishni davom ettirdilar. Ular jamiyatni uyg‘otish, milliy o‘zlikni anglash va mustaqillikka tayyorlash yo‘lida kurash olib bordilar. Sharqona qadriyatlar va tamoillar ideallari hamda islohotlar yo’lini tanlab kelgan yosh buxoroliklar, shu qatorda F. Xo’jayevning siyosiy mavqei 1917 yil Rossiyadagi bolshevikcha to’ntarish, xususan 1918 yil mart oyidagi Kolesevning Buxoroga qilgan hurujidan keyin o’zgarishga yo’l tutdi. Ularga nisbatan ko’rsatilgan tazyiq natijasida Buxoro davlatiga nisbatan kuch, zo’rlik ishlatib undagi siyosiy tuzumni ag’darish siyosati ilgari surildi. Buxoro xalqining tub manfaatlarini, undagi ijtimoiy-siyosiy sharoitini oqilona idrok etib ish tutmoqchi bo’lgan yosh buxoroliklar fikri inobatga olinmadi. 7 O’sha davrda Fayzulla Xo’jayev Buxoro Respublikasining Bosh noziri sifatida faoliyat yuritardi. Fayzulla Xo’jayev faoliyati davomida ayniqsa, 20 yillarning ikkinchi yarmidan toki umrining oxirigacha diniy aqidalar, sinfiylik, iqtisodiyot, taqsimot, madaniyat boshqalarni sotsialistik asosda tuzish uchun faoliyat olib boradi. 3 Fayzulla Xo’jayev. Tanlangan asarlar. 1-tom Toshkent, 1976, 314 bet. 4 Buxoro jadidlar haqida ushbu to’plamdagi D.A. Alimova maqolasiga qarang 5 Fayzulla Xo’jayev. Ko’rsatilgan asar – 93-101 bet 6 F. Xo’jayev. Fayzulla Xo’jayev hayoti va faoliyati haqida yangi mulohazalar. Buxoro inqilobidaning tarixiga matriallar. Toshkent. O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ,,FAN” nashriyoti. 1997. 25 bet 7 F. Xo’jayev. Fayzulla Xo’jayev hayoti va faoliyati haqida yangi mulohazalar. Buxoro inqilobidaning tarixiga matriallar. Toshkent. O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ,,FAN” nashriyoti. 1997. 10 bet
155 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Machit madrasalar, maktablar, vaqflar faoliyati davom etgan, shuningdek yangi madaniyat o’chog’lari – o’quv yurtlari, klublar, matbuotni yo’lga qo’yib borilgan. Yoshlar 20-yillar boshida chet ellarga o’qishga yuborilgan. Fayzulla Xo’jayev 1922 yil oxiri va 1923 yil boshida Germaniyada tabobatda bo’lganida ularning yashash joyi va moddiy ta’minoti masalalarini hal qilgan, uning ishtirokda Moskvada Buxora respublikasining o’quv yurti tashkil qilingan. 8 Shu davrda Fayzulla Xo’jayev asosiy e’tiborini yoshlarni ta’limi va Respublika boshqaruviga qaratadi. Xo‘jayev ta’lim mazmunini ham o‘zgartirish tarafdori edi. U diniy fanlar bilan bir qatorda dunyoviy bilimlarni ham o‘quv dasturiga kiritishni taklif qildi. Shuningdek, o‘zbek tilida yangi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini yaratish, ularni xalq o‘rtasida tarqatish ishlariga rahbarlik qilgan. 1925 yilning kuzida xalq komissarlari va boshqa rahbarlarda iborat qator hodimlar (18 lar guruhi ) O’zbekistonda faoliyat ko’rsatish sharoitlaridan norozi bo’lib bayonet e’lon qiladilar. F. Xo’jayev bundan xabardor bo’lib, O’rta Osiyo byurosiga tushuntirish xati yozgan, xatda kadrlar siyosati noto’g’ri olib borilgani to’g’risida bir necha bor gapirganini, 18 larning bayonoti ham kadrlar siyosatidan norozilik tufayli kelib chiqqanini o’qtirgan. 9 O’sha davrlarda 18 lar guruhi qattiq tanqid etilsada F. Xo’jayevning ularni qo’llab-quvvatlaydi. Keyinchalik ham F. Xo’jayevning hayrihoh bo’lganligi inkor etilmaydi. 1929 yilda F. Xo’jayev O’rta Osiyo respubliklarini federatsiyalarini tashkil qilish hamda kompartiya O’rta Osiyo yurosini tugatib uning o’rniga o’lkaning saylab qo’yiladigan partiya organini tuzish taklifini qo’llab chiqdi. Mavjud bo’lgan ,,murakkab siyosiy va xo’jalik muommolari, jiddiy qiyinchiliklar” bu choralarni amalga oshirishni talab qiladi deb o’qtirdi. 10 O’sha davrda O’zbekistondagi ahvol ham murakkab va chigal edi. Bundan tashqari markazdan ko’rsatma va tazyiqlar, o’zgarishlar o’ta sinfiy siyosatlarni amalga oshirilishi va mahalliy sharoitlarni yanada yomonlashtirib yuboradi. Fayzulla Xo’jayev badarg’a qilingan 10 minglab dehqonlar oilalariga sovet hokimiyatini dushmandek munosabatlariga qat’iy e’tiroz bildiradi. Bundan tashqari F. Xo’jayev bir necha marta shovinizm g’oyalarini keskin tanqid etadi. Lekin 30 yillarda bu g’oyani qoralanishi qat’iy man etiladi. Ma’lum 1937 yil qatag’onlari ancha oldindan boshlanib ketgan. F. Xo’jayev tobora kengayib borgan qonunbuzarliklarga befarq qarab turgan emas, ularning oldini olish kerakligini qayta-qayta takrorlagan, shunga davat qilgan. 1936 yil yanvar oyida O’zkompartiya Plenumida ,,bizda qonunlarga yetarli ahamiyat bermayapti” o’zi qaytanashgan voqean gapirgan: Rometan rayon paxta punktiga kelib, unda 14 kishining qamalganini va uni boshqalarga ibrat bo’lsin uchun sud qilmoqchi bo’lganlarini ko’rgan. O’zi, ramkompartiya sekretari va opersektor boshlig’i uyushtirgan 5 daqiqalik so’roq bu odamlarni batamom gunohsiz ekanligini ko’rsatgan va ular ozod qilib yuborilgan. 11 Sud qaroriga binoan, Fayzulla Xo‘jayev 1938-yil 13-mart kuni otib o‘ldirilgan. Uning nomi faqat 1966-yilda oqlanib, tarixiy adolat tiklandi. Bugungi kunda Fayzulla Xo‘jayev o‘zbek xalqining ma’rifatparvar siyosatchisi, mustaqil fikrli davlat arbobi sifatida ehtirom bilan eslanadi. Xulasa: Fayzulla Xo‘jayev o‘zbek xalqining XX asr boshlaridagi siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotida chuqur iz qoldirgan shaxsdir. U jadidchilik harakatining ilg‘or vakili sifatida xalqni ma’rifat, ilm-fan va taraqqiyot yo‘liga yetaklashni o‘z hayotining bosh maqsadi deb bildi. O‘zbekiston Sovet Respublikasining dastlabki rahbarlaridan biri sifatida u mamlakatda sanoat, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida muhim islohotlarni amalga oshirishga intildi. Ammo 1930yillarda Stalinning siyosiy repressiyalari natijasida u asossiz ravishda “xalq dushmani” sifatida 8 . Xo’jayev. Fayzulla Xo’jayev hayoti va faoliyati haqida yangi mulohazalar. Buxoro inqilobidaning tarixiga matriallar. Toshkent. O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ,,FAN” nashriyoti. 1997. 12 bet 9 Зайченко Ж. Из истории одного заявления // Человек и политика. 1991, № 1, с. 93. 10 ,,Правда Востока”, 10 февраля 1929 г 11 O’zR MDA, R-837 -fond, 15 – ro’yxat, 160-ish, 8-varaq.
156 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc ayblanib, 1938-yilda otib o‘ldirildi. Fayzulla Xo‘jayevning nomi mustaqillik davrida oqlanib, uning tarixiy xizmatlari qayta baholandi. Bugun u o‘z xalqining ma’naviy uyg‘onishi, milliy davlatchilik va ma’rifat yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, jasorat va vatanparvarlik timsoli bo‘lib qolmoqda. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Buxora jadidlar va ularning ilm-ma’rifat taraqqiyotidagi o’rni (monografiya) BUXORO-2023, “BUKHARA HAMD PRINT” nashriyoti Sobirov Ulug’bek G’afurovich 2. Turkistonda jadidchilik harakatini vujudga kelishi va jadid harakatida milliy ziyolilarning o’rni (ilmiy maqola) mavzu jadidilarning siyosiy va huquqiy qarashlari 3. Fayzulla Xo’jayev. Tanlangan asarlar. 1-tom Toshkent, 1976, 314 bet. 4. Buxoro jadidlar haqida ushbu to’plamdagi D.A. Alimova maqolasiga qarang 5. Fayzulla Xo’jayev. Ko’rsatilgan asar – 93-101 bet 6. F. Xo’jayev. Fayzulla Xo’jayev hayoti va faoliyati haqida yangi mulohazalar. Buxoro inqilobidaning tarixiga matriallar. Toshkent. O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ,,FAN” nashriyoti. 1997. 25 bet 7. F. Xo’jayev. Fayzulla Xo’jayev hayoti va faoliyati haqida yangi mulohazalar. Buxoro inqilobidaning tarixiga matriallar. Toshkent. O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ,,FAN” nashriyoti. 1997. 10 bet 8. Xo’jayev. Fayzulla Xo’jayev hayoti va faoliyati haqida yangi mulohazalar. Buxoro inqilobidaning tarixiga matriallar. Toshkent. O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ,,FAN” nashriyoti. 1997. 12 bet 9. Зайченко Ж. Из истории одного заявления // Человек и политика. 1991, № 1, с. 93. 10. ,,Правда Востока”, 10 февраля 1929 г 11. O’zR MDA, R-837 -fond, 15 – ro’yxat, 160-ish, 8-varaq.