scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MUSTAQILLIK YILLARIDA MADANIY YODGORLIKLARNING HOLATI, ULARNI OʻRGANISH BORASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR

U.A.Sattorov

Abstract

Mazkur maqola madaniy yodgorliklarning holati, ularni tarixini oʻrganish, ta'mirlash va qayta tiklash borasida amalga oshirilgan ishlarni oʻrganishga qaratilgan. Tadqiqotda mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan soʻng barcha sohalarda boʻlgani singari madaniy sohada ham tub islohotlar amalga oshirilganligi, mazkur sohaga oid huquqiy tizim mustahkamlanganligi, tariximizga, ajdodlarimiz merosiga holis baho berish imkoniyati paydo boʻlganligiga hamda qadimiy shaharlarimiz va u yerda joylashgan madaniy yodgorliklar, ularni ta'mirlash va tiklash ishlariga oid tadqiqotlar tahliliga qaratilgan. Mavzuni yoritishda tegishli me'yoriy hujjatlar, ilmiy tadqiqotlar, adabiyot va davriy matbuot materiallaridan foydalanilgan.

Full text

217 MUSTAQILLIK YILLARIDA MADANIY YODGORLIKLARNING HOLATI, ULARNI OʻRGANISH BORASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR U.A.Sattorov, Oriental universiteti oʻqituvchisi Annotatsiya. Mazkur maqola madaniy yodgorliklarning holati, ularni tarixini oʻrganish, taʼmirlash va qayta tiklash borasida amalga oshirilgan ishlarni oʻrganishga qaratilgan. Tadqiqotda mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan soʻng barcha sohalarda boʻlgani singari madaniy sohada ham tub islohotlar amalga oshirilganligi, mazkur sohaga oid huquqiy tizim mustahkamlanganligi, tariximizga, ajdodlarimiz merosiga holis baho berish imkoniyati paydo boʻlganligiga hamda qadimiy shaharlarimiz va u yerda joylashgan madaniy yodgorliklar, ularni taʼmirlash va tiklash ishlariga oid tadqiqotlar tahliliga qaratilgan. Mavzuni yoritishda tegishli meʼyoriy hujjatlar, ilmiy tadqiqotlar, adabiyot va davriy matbuot materiallaridan foydalanilgan. Kalit soʻzlar: Oʻzbekiston, YUNESKO, moddiy madaniy meros, nomoddiy madaniy meros, turizm, xalqaro aloqalar, restavratsiya. Abstract. This article is devoted to the study of the condition of cultural monuments, their history, restoration, and reconstruction works carried out in this regard. The research focuses on the fact that, after our country gained independence, fundamental reforms were implemented in all spheres, including the cultural sphere; that the legal framework in this field was strengthened; that opportunities arose to give an objective assessment of our history and the heritage of our ancestors; as well as on the analysis of studies concerning our ancient cities and the cultural monuments located there, their restoration, and reconstruction works. In covering the topic, relevant regulatory documents, scientific research, literature, and periodical press materials were used. Keywords: Uzbekistan, UNESCO, tangible cultural heritage, intangible cultural heritage, tourism, international relations, restoration. Bugungi kunda YUNESKO bilan hamkorlikda yurtimizdagi madaniy yodgorliklarni asrash va ularni muhofaza qilish boʻyicha hamkorlik aloqalari jadallashib bormoqda. Mamlakatimizda madaniy yodgorliklarni saqlash va muhofaza qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu bilan bir qatorda, bugungi kunda madaniy yodgorliklarimiz mamlakatimiz ichki va tashqi sayyohlik koʻsatkichlarini oshiruvchi muhim omil deb qaralmoqda. Yurtimizdagi mavjud tarixiy-madaniy yodgorliklarni taʼmirlash va ularni asl holaticha saqlab qolish bugungi kunda dolzarblik kasb etmoqda hamda uning ilmiy ahamiyatini oshirmoqda. Jumladan, yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni muhofaza qilish Xalqaro Kengashi va Xalqaro Madaniyat Tashkiloti tashabbusi bilan har yili 18-aprel “Xalqaro yodgorliklar va tarixiy joylarni asrash kuni” sifatida keng nishonlanishi ham moddiy-madaniy yodgorliklarga boʻlgan munosabat dunyoda qay darajada muhimligini koʻrsatadi. 218 Mustaqillik yillarida mamlakatimiz tarixidan darak beruvchi hamda tariximizda muhim oʻrin tutuvchi madaniy va tarixiy yodgorliklarga boʻlgan eʼtibor ijobiy tomonga oʻzgarganligini eʼtirof etishimiz darkor. Bugungi kunda viloyatda joylashgan noyob tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish, ularni tiklash, restavratsiya qilish ishlarida asl holatni saqlab qolish, tarixiy-madaniy yodgorlik hududlarida turizmni tashkil qilish va rivojlantirish, ularda anʼanaviy faoliyat shakllarini tatbiq qilishda innovatsion yechimlarni joriy etish, kabi masalalar ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizda ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, muqaddas qadamjolarni obodonlashtirish va ularning turistik salohiyatidan unumli foydalanishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar oʻtkazilib, mamlakatimizda turizm yanada rivojlantirish yuzasidan anchagina amaliy tadbirlar ham amalga oshirilmoqda. Qashqadaryo vohasida Mustaqillik yillarida eng katta tadbirlardan biri sifatida 1993-yil 5-yanvarda Amir Temur va Mirzo Ulugʻbek nomlari bilan bogʻliq meʼmoriy yodgorliklar taʼmiri boʻyicha hamda Jahongir maqbarasi qoldiqlarini gidrogeologik sharoitini oʻrganish, uni muhofaza etish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilganini 1 koʻrishimiz mumkin. Bugungi kunda Qashqadaryo viloyatida jami 1321 ta moddiy-madaniy meros obyektlari mavjud boʻlib, shundan 1043 ta arxeologiya, 210 ta arxitektura, 43 ta monumental, 35 ta diqqatga sazovor joylar mavjud 2 . Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-dekabrdagi “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida Madaniyat vazirligi huzurida Madaniy meros departamenti va hududlarda uning boshqarmalari tashkil etilgan 3 . Shu bilan birga, 2019–2021-yillarda moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, ilmiy tadqiq etish, targʻib qilish va ulardan oqilona foydalanishni tubdan takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ham tasdiqlangan 4 . 1994-yil 29-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash toʻgʻrisida qarori qabul qilindi 5 . Shu munosabat bilan 1995-yilning 29-mart kuni Qashqadaryo viloyati hokimligida Amir Temurning voha aholisi tarixida tutgan oʻrnini oʻrganishga bagʻishlangan ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi. Mazkur konferensiyada viloyat madaniy-maʼrifiy sohasi vakillari, tarixchi olimlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-dekabrdagi qarorining 5-bandiga asosan viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Amir Temur nomi bilan bogʻliq obidalar va qadamjolarni taʼmirlash, 1 O‘zMA, M-7-fond, 1-ro‘yxat, 58-ish, 18-varaq. 2 Ўзбекистoн Республикаси Президенти ҳамда Вазирлар Маҳкамаси томонидан тасдиқланган қарор ва фармонлар ижроси юзасидан Қашқадарё вилоятининг туризм соҳасида эришилган натижалар тўғрисида маълумот // Қашқадарё вилояти маданий мерос бошқармаси маълумоти, 2022 йил 14 март. 3 Allayev.M Qashqadaruo viloyati tarixiy-madaniy meros obyektlarini ta’mirlash va muhofaza qilish tarixi (1991-2021 yy.). Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – Qarshi. 2024. – B 16. 4 Бозорова Ш. Таъмирга муҳтож сардоба // Қашқадарё, 2020 йил 25 февраль. 5 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 1994 йил 29 декабрдаги “Амир Темур таваллудининг 660 йиллигини нишонлаш тўғрисида”ги 630-сонли қарори // https://lex.uz/docs/2329020. 219 konservatsiyalash va obodonlashtirish tadbirlari belgilandi 1 . 1995-yil 26-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “1996 yilni “Amir Temur yili” deb eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi Farmoni eʼlon qilindi 2 . 1996-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasining Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilindi. BMTning ixtisoslashgan tashkiloti YUNESKO Bosh konferensiyasi 32-sessiyasi Qarshi shaharsozlik madaniyatini ham eʼtirof etib, uning 2700 yilligini ulkan bayram sifatida nishonlash haqida qaror qabul qildi 3 . YUNESKO ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-sentabrda “Qarshi shahrining 2700 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi va keng koʻlamda tadbirlar rejasi belgilanib, bunyodkorlik ishlari boshlab yuborildi. Qarshi shahridagi Koʻkgumbaz masjidi (XVI asr) oʻz mahobati bilan ajralib turadi. Amir Temur tavalludining 670 yilligi oldidan Koʻkgumbaz jome masjidi taʼmiri uchun davlat tomonidan 2 mlrd. 900 mln. soʻm mablagʻ ajratildi 4 . Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 1-noyabrdagi “2013–2015-yillar davrida Qashqadaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan viloyatdagi yodgorliklarni restavratsiya qilish uchun 17 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ ajratilgan. 2013-yilda mazkur qaror asosida Qarshi shahridagi Odina, Bekmir madrasalari, oʻzbek hammomi va Qarshi qalʼasida 567 million soʻmlik taʼmirlash ishlari olib borildi 5 . Viloyatning qadimiy shaharlaridan biri hisoblangan Shahrisabz shahrida 1993-yil 5-yanvarda Amir Temur va Mirzo Ulugʻbek nomlari bilan bogʻliq meʼmoriy yodgorliklar taʼmiri boʻyicha hamda Jahongir Mirzo maqbarasi qoldiqlarining gidrogeologik sharoitini oʻrganish, uni muhofaza qilish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Shahrisabz shahri tarixiy-meʼmoriy yodgorliklari uchun ajratilgan mablagʻ 106,4 mln soʻmni tashkil etgan va ular Shamsiddin Kulol maqbarasi, Koʻkgumbaz masjidi, Dorut-tilovat, Gumbazi Sayidon maqbarasi taʼmiriga sarflangan 6 . 2001-yili Shahrisabz shahrining 2700 yillik yubileyi tadbirlariga tayyorgarlik davomida Xiva, Samarqand, Buxoro va Qoʻqon shaharlaridan kelgan eng mohir ustalar shahardagi qadimiy obidalarda taʼmirlash va mustahkamlash ishlarini olib borishdi. Shular jumlasiga, Oqsaroy meʼmoriy obidasida 119 million soʻmlik taʼmirlash ishlari bajarilib, uni Shahrisabzdagi “Meros” hissadorlik jamiyati ustalari amalga oshirdi 7 . Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-fevraldagi “Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga binoan qisqa fursat ichida shaharda 20 ta tarixiy-madaniy meros obyektlari qaytadan taʼmirlandi 8 . 1 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 1995 йил 26 декабрдаги “Амир Темур таваллудининг 660 йиллигини нишонлаш тўғрисида”ги қарори // https://lex.uz/docs/2329020. 2 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1995 й., 12-сон, 303-модда. 3 Чориев А. Ўзликни англаш воситаси // Қашқадарё, 2006 йил 1 сентябрь. 4 Қашқадарё вилояти маданий мерос бошқармаси маълумоти, 2022 йил 14 март. 5 Темиров Т. Обидалар ўзлигимиз ифодаси // Қашқадарё, 2014 йил 17 апрель 6 Ўз МА, М-7-фонд, 1-рўйхат, 60-иш, 35-варақ. 7 Шаҳрисабзда тўй тараддуди // Қашқадарё, 2002 йил 7 сентябрь. 8 Ражабова Х. Тарихий обидалар ўтмишдан дарак беради // Кеш, 2016 йил 15 апрель. 220 Ushbu qarorga muvofiq, hududni meʼmoriy rejalashtirish, qiyofasini yaxshilash maqsadida 36 ta obyektda bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Jumladan, Oqsaroy majmuasini Dorut-tilovat va Dorus-saodat majmualari bilan birlashtiruvchi xiyobondagi beton qilingan maydonlar oʻrnida gulzorlar bilan oʻralgan yashil hudud barpo qilindi 1 . Qashqadaryo vohasida meʼmoriy obidalar tarixini oʻrganish, taʼmirlash va qayta tiklash borasida amalga oshirilgan ishlar va ularning koʻlami yildan-yilga ortib borayotganiligini eʼtirof etishimiz lozim. Bir soʻz bilan aytganda, mamlakatimizda madaniy yodgorliklar tarixini oʻrganish, ularni saqlash va kelajak avlodga asl holatida yetkazish, ularni taʼmirlash va qayta tiklash, ushbu sohaga oid qonunchilik tizimini mustahkamlash, fuqarolarda mazkur soha boʻyicha daxldorlik va majburiyat hissini oshirish, xalqaro hamkorlik koʻlamini kengaytirish, shuningdek, turizm sohasini rivojlantirish bugungi kunning qilinayotgan va qilinishi kerak boʻlgan muhim vazifalaridir. Madaniy yodgorliklarni saqlash va muhofaza qilishda xalqaro hamkorlik aloqlari ham mustahkamlanib bormoqda. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Бозорова Ш. Таъмирга муҳтож сардоба // Қашқадарё, 2020 йил 25 февраль. 2. Oʻzbekiston milliy arxivi. 3. Allayev.M Qashqadaruo viloyati tarixiy-madaniy meros obyektlarini taʼmirlash va muhofaza qilish tarixi (1991-2021 yy.). Tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – Qarshi. 2024. 4. Ўзбекистoн Республикаси Президенти ҳамда Вазирлар Маҳкамаси томонидан тасдиқланган қарор ва фармонлар ижроси юзасидан Қашқадарё вилоятининг туризм соҳасида эришилган натижалар тўғрисида маълумот // Қашқадарё вилояти маданий мерос бошқармаси маълумоти, 2022 йил 14 март. 5. Чориев А. Ўзликни англаш воситаси // Қашқадарё, 2006 йил 1 сентябрь. 6. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1995 й., 12-сон. 7. Қашқадарё вилояти маданий мерос бошқармаси жорий архиви, 1996 йилги ҳисобот папкаси маълумотлари. 8. Темиров Т. Обидалар ўзлигимиз ифодаси // Қашқадарё, 2014 йил 17 апрель 9. Қашқадарё вилояти маданий мерос бошқармаси маълумоти, 2022 йил 14 март. 10. Саидов А. Соҳибқирон вояга етган замин // Кеш, 2016 йил 1 апрель 11. Ражабова Х. Тарихий обидалар ўтмишдан дарак беради // Кеш, 2016 йил 15 апрель. 12. Шаҳрисабзда тўй тараддуди // Қашқадарё, 2002 йил 7 сентябрь. 1 Саидов А. Соҳибқирон вояга етган замин // Кеш, 2016 йил 1 апрель.