P.I DEMEZON QARASHLARIDA BUXORO SHAHRI HAMDA KARVONSAROYLARI
Abstract
Ushbu maqolada P.I. Demezonning XIX asrning I yarmida Oʻrta Osiyoga qilgan sayohati davomida Buxoro shahri topografiyasiga doir toʻplagan qimmatli xulosalari, xususan sharif shaharning karvonsaroylari toʻgʻrisida keltirgan ma'lumotlari yoritilgan va tahlil qilingan.
Full text
230 P.I DEMEZON QARASHLARIDA BUXORO SHAHRI HAMDA KARVONSAROYLARI Oʻtanov Xurshid Sheraliyevich, Sarbon universiteti katta oʻqituvchisi Annotatsiya. Ushbu maqolada P.I. Demezonning XIX asrning I yarmida Oʻrta Osiyoga qilgan sayohati davomida Buxoro shahri topografiyasiga doir toʻplagan qimmatli xulosalari, xususan sharif shaharning karvonsaroylari toʻgʻrisida keltirgan maʼlumotlari yoritilgan va tahlil qilingan. Kalit soʻzlar: Demezon, karvonsaroy, masjid, verst, fut, Miyonqol, Registon, esdalik, hammom, qamoqxona. Abstract. This article discusses and analyzes Demezonʼs valuable insights into the topography of Bukhara during his travels to Central Asia in the first half of the 19th century, in particular about the caravanserais of the city. Keywords: Demezon, caravanserai, mosque, verst, foot, Miyankol, Registan, memorial, bath, prison. XIX asrlarda Buxoro xonligi, keyinchalik esa amirligidagi chet el tadqiqotchilarining esdalik, qayd, hamda asarlari alohida tadqiqot obyekti sifatida hozirga qadar oʻrganilmagan boʻlsa-da, oʻlkadada faoliyat yuritgan xorijlik ayrim tadqiqotchilar asarlari diqqat markazida turgan. Bu manbalarda asosiy urgʻu oʻz mamlakatlari manfaatiga berilgan boʻlib, Buxoro amirligining ichki siyosatini, iqtisodiyotini, mavjud harbiy qudratini oʻrganishdangina iborat boʻldi deyish asosli emas. Zero, har bir tashrif buyurgan elchi, sayyoh va savdogar eng avvalo oʻlkani real va haqqoniy tadqiq etishga kirishgan. P.I Demezon 1807-yilda Shamsiya shahrining Sardiniya qirolligida, shifokor oilasida tugʻilgan. P.I. Demezon dastlab Qozon universitetida tahsil olgan, bilimdon talaba sifatida “Xalq taʼlimi vazirligi” tomonidan sharqshunos G.M.Vlangalidan sharq tillarni oʻrganish uchun Rossiyaga, Sankt-Peterburgga yuborilgan. 1830-yil 6-avgustda Sharq adabiyotida nomzodlik darajasi bilan taqdirlangan. Ushbu nom bilan universitetda 1831-yilning 26-fevraligacha, yaʼni Orenburgda xizmat qilish uchun yuborilguniga qadar faoliyat olib borgan. 1831-yilda, P.I.Demezon Orenburg harbiy gubernatoriyasiga olti yil muddatga xizmat qilishga yuborilgan[1.204-bet]. Orenburgga kelgan P.I.Demezon 1-apreldan faoliyatini boshlagan. Bundan tashqari, 1831-yil 4-sentabrdan boshlab u “Orenburg chegara komissiyasining tarjimoni” sifatida roʻyxatga olingan. Oʻqituvchi va tarjimon sifatida faoliyat yuritish Piter Ivanovichga sharqiy tillar, sharqiy urf-odatlar va sharqona axloq haqidagi bilimlarini boyitishga yordam bergan. P.I. Demezon xavfsizligi uchun oʻzini tatar mullasi Mirza Jafar deb tanishtirgan [2. 78-bet]. P.I.Demezon 1831 yil ning 29-dekabr sanasida buxoroga yetib keldi ayni shu vaqtdan boshlab uning asosiy tadqiqot ishi boshlanadi[3.10-bet]. P.I Demezonning Buxoro shahri haqida, “Buxoro shimoliy kenglikning 41 dan 37 gradusigacha va sharqiy uzunlikning 61 va 66 daraja oraligʻida joylashgan boʻlib,
231 taxminan 10 ming kvadrat mil maydonni egallaydi”. P. I. Demezon oʻzining (“Записки о Бухарском ханстве”) esdaligida garchi Buxoroni yetti viloyatga boʻlingan deya taʼkidlasada, jami 9 viloyat nomlarini va keyinroq esa 10-viloyat sifatida Maymanani keltirib oʻtgan. Jumladan: 1. Qorakoʻl, 2. Buxoro, 3. Karmana, 4. Miyonqol yoki Kattaqoʻrgʻon, 5. Samarqand, 6. Jizzax, 7. Qarshi, 8. Sabiya (Sabiab) - Oksus daryosi boʻyida, 9. Janubiy okruglari bilan Balx. Buxoro shahri dengiz sathidan 1200 fut balandlikda joylashgan. 30 fut balandlikdagi va 26 fut kenglikdagi 11 ta qalin devor bilan oʻralgan [4.56-bet]. (Buxoro dastlab toʻrtburchak devor bilan oʻralgan. Shaharning dastlab toʻrt, keyinroq yetti darvozasi qurilgan. VIII asrda shahriston kengaytirilib, atrofi oʻn bir darvozali devor bilan oʻrab olingan[5.152-bet]). Olim keltirishicha: 1. Vobkentga olib boradigan - Hazrati Imom; ularning orqasida seshanba va payshanba kunlari ishlaydigan ot bozorlari mavjud. 2. Shergiron - amirning bogʻiga va Xiva yoʻliga olib boradi 3. Chorbaxga olib boradigan - Talipoch; 4. Chorjoʻyga olib boradigan – Oʻgʻlon; 5. Qorakoʻl; 6. Shayx Jalol; 7. Namozgoh va Kobul yoʻllariga olib boradigan - Namozgoh; 8. Qarshiga olib boradigan - Qarshi; 9. Buxorodan 12 vers ( Verst - taxminan 1.1 km ga teng uzunlik oʻlchov birligi) uzoqlikdagi Bahouddinning qabriga olib boradigan - Mozori Sharif; 10. Samarqand. P.I.Demezonning fikricha, ushbu darvozalarning har biri uchun qabriston mavjud. Eng katta qabriston Mozori Sharif darvozasi orqasida joylashgan. “Shahar 366 kvartalga boʻlingan boʻlib, ularning har birida uncha katta boʻlmagan masjid, imom, muazzin va oqsoqol mavjud. Oqsoqolshayx yoki tuman oqsoqoli, odatda, ular eng avvalo donoligi va halolligiga ishonadigan eski savdogarlar orasidan tanlangan. Uning oldiga oʻz kvartalidagi savdogarlar oʻrtasidagi minglab kichik mojarolarni hal etish vazifasi qoʻyilgan. Agar oqsoqol tomonlarni murosaga keltira olmasa, ish qoziga oʻtadi va murakkab holatlarda qoʻshbegiga yetkaziladi, uning qaroridan deyarli hech qachon shikoyat qilinmaydi”[6. 57-bet]. Buxoro koʻchalari tor. Odatda koʻchalar 5-8 fut (futingliz, rus masofa oʻlchov birligi, 30,48 santimetrga teng.) kenglikda. Eng keng koʻchalar odatda 10-12 futdan oshmaydi. Baʼzi koʻchalar 4 futdan kengroq emas. Ushbu son-sanoqsiz qiyshiq va loyli koʻchalarning nomlari yoʻq. Buxoroning bosh maydoni - Registon saroy darvozasi qarshisida joylashgan. Bu maydon garchi juda katta boʻlsa-da, odamlar, tuyalar, otlar, eshaklar, kichik chodirlar, mollar va har xil oziq-ovqat bilan shunchalik gavjumki, harakatlanish uchun atigi ikkita tor oʻtish joyi qolgan. Ulardan biri saroy eshiklaridan qarama-qarshi suv omboriga, ikkinchisi Dor-ush-shifo madrasasidan Tukumduzi bozoriga olib boradi. Registon ortida, iflos maydonda qullar bozori joylashgan. Ushbu bozor faoliyati dushanba va payshanba kunlari tongda, odatda uch soatdan oshmaydi. Bu yerda faqat qullar namoyish etiladi va savdo bitimlari deyarli har doim Buxoroga kelganlarning bu baxtsizlarni sotish uchun toʻxtab turgan karvonsaroylarida tuziladi.
232 Registonda katta suv ombori atrofida quyidagilar joylashgan: Bazari Qagʻoz (qogʻoz bozori) - qogʻoz, patlar (qamish) va baʼzan eski kitoblarni topishingiz mumkin boʻlgan shahardagi yagona joy[7. 57-bet]. 1. Churchinfurush nomi bilan mashhur boʻlgan bozor; baqqollar, maishiy texnika doʻkonlari, poyabzal ishlab chiqaruvchilar va boshqalar mavjud. Bundan tashqari, masjid yonida paxta iplari, fors va yunon gilamchalari sotiladi. Aynan shu maydonda qatl etish Mir Haydar davridan beri amalga oshirilgan. Ammo hozirgi xon davrida bu ishlar yo oʻtin bozori maydonida yoki Devonbegi suv ombori yonida sodir boʻlmoqda. “Buxoroda boʻlishim davomida ikkita jinoyatchi osildi, ulardan biri oʻgʻrilik, ikkinchisi esa qotillik qilgan edi. Odatda, qatl oldidan jinoyatchining tomoqlari kesiladi. Ammo, baʼzan xon qatldan oldin “Boʻgʻilmish” (Boʻgʻish) deb buyruq beradi va jinoyatchining tomogʻi kesilmasdan osiladi. Ayniqsa, ogʻir holatlarda, xon odamlarda qatl orqali qoʻrqinchli taʼsurot qoldirishni xohlaganda, jinoyatchi Mir Arabning katta minorasidan tashlanadi. Masalan, 1830yilda buxorolik odam qotillik va qarindoshlararo nikohda ayblanib, minoradan tashlab yuborilgan. Ammo haqiqiy dahshat boshqa, aybdor “Bit xana” (yoki Kana xona) deb nomlanuvchi qamoqxonada chiriydi. Bu dahshatli qamoqxona chayonlar va zaharli hasharotlar bilan toʻlib-toshgan, uning oxiri ogʻriqli va oʻlimdir. U yerda tashlab ketilgan baxtsiz odam ikkinchi yoki uchinchi kuni dahshatli qiynoqlarda vafot etadi. Uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar uchun odatda jinoyatchining yelkalariga yoki tovoniga tayoq yoki qamchi bilan darralab uriladi”, - deb yozadi muallif oʻz esdaliklarida. Bundan koʻrinib turibdiki, sodir etilgan jinoyatlar uchun uning turiga qarab keskin jazo choralari koʻrilgan. Bu kabi qimmatli maʼlumotlardan Buxoro amirligidagi qonunchilik tizimi haqida ham yorqin tasavvurga ega boʻlish mumkin. P.I. Demezon, shuningdek Buxorodagi mavjud zindonlar haqida ham fikr yuritgan. “Buxoroda faqat ikkita qamoqxona bor. Ulardan biri saroyda. Ushbu qatʼiy qoʻriqlanadigan qamoqxona davlat jinoyatchilari uchun moʻljallangan. ikkinchisi esa saroyning orqasida, Mir Arab madrasasidan uncha uzoq boʻlmagan joyda [8. 58-bet]. Buxoroda Chorsu (chorraha) nomi bilan mashhur beshta yopiq bozor mavjud. Bu Chorsui Kalon (katta bozor), Chorsui Zargaron (kumush va oltin buyumlar sotuvchilari), Chorsui Sarrafon (pul almashtiruvchilar), Chorsui Berinj (guruch) va tuyalar uchun egarlar ishlab chiqariladigan Tukumdoʻzi kabilar mavjud. Ushbu yirik bozorlarning har birida kichik bozorlar ham bor. Shuningdek, tim deb nomlanuvchi boshqa ikkita yopiq bozor ham mavjud. Birinchi timda Buxoroda ishlab chiqarilgan adras, roʻmolcha va poyabzallar, ayollar poyabzali hamda turli ipak matolar sotiladi. Ikkinchisi esa Timi Safed (oq bozor) unda faqat rus va ingliz matolari sotiladi. Shaharning barcha bozorlarini roʻyxatga olish juda uzoq vaqt talab etadi. Biz oʻzimiz, bu katta bozorlardan tashqari, har bir chorrahada Seri Bazar nomi bilan mashhur boʻlgan kichik bozorlar borligini koʻramiz. Buxoroning koʻplab karvonsaroylari yagona reja asosida qurilgan. Ular katta kvadrat shakldagi ikki qavatli binolardir, ularning tashqi devorlarida shaharning deyarli barcha binolaridagi kabi derazalar yoʻq. Birinchi qavatda eshiklari hovliga ochiladigan tor chuqur omborxonalar joylashgan; ikkinchi qavatda savdogarlar, hunarmandlar, hindlar, buxoroliklar yoki tatarlar tashrif buyurishadi. Omborxonalarga, shuningdek, ikinchi qavatdagi xonalarga yorugʻlik eshik orqali yoki eshik ustiga
233 oʻyilgan kichik derazalar orqali kiradi. P. I. Demezon oʻzining (“Записки о Бухарском ханстве”) esdaligida Buxorodagi mavjud karvonsaroylarni 25 ta ekanligini taʼkidlagan boʻlsada, 23 ta karvonsaroy haqida maʼlumotlarni keltirgan [9. 58-bet]. Bu karvonsaroylar aholisi har qanday oʻyin-kulgilar taqiqlangan va mirshablar tomonidan kaltaklanish xavfisiz oʻynash, kulish, chekish mumkin boʻlmagan shaharda juda qimmatli boʻlib koʻrinadigan baʼzi imtiyozlardan foydalanadi. Hindlar, afgʻonlar bir soʻz bilan aytganda, barcha xorijliklar karvonsaroylarda chekishadi, lekin buxoroliklar bu yerda ham zavq olishga jurʼat etmaydilar. Ular oʻz vatandoshlari oldida juda koʻp va chet elliklarga qaraganda koʻproq ehtiyot boʻlishadi. Lekin bu oʻzbek zodagonlari va ularning xizmatidagi odamlarga taalluqli emas. Mirshablar ularning oʻz uylarida sodir boʻlayotgan narsalarga aralashishga jurʼat eta olmaydi. Buxoroda xorijliklarning eʼtiborini, albatta, koʻplab masjidlar tortadi. Eski masjidlar qurilishi bilan ham diqqatga sazovordir[10. 24-bet]. Butun shaharda faqat uchta katta masjid bor, u yerda juma kunlari umumiy namozlar oʻqiladi. Birinchisi, Kalon masjidi - Mir Arab minorasi yaqinida joylashgan va qizil Arslon xon tomonidan qurilgan. Ikkinchisi Gavkushon (qassoblar) masjidi, uchinchisi - saroyga juda yaqin. P.I.Demezon esdaligida keltirilishicha “bulardan tashqari, yana ikkita jome masjidi bor: Bozori Alar (tutatqi bozori) yaqinida joylashgan Magʻoki va Misgaron (qalay bozori) katta bozorlari yaqinida joylashgan masjid”. Buxoroda muazzinning chaqiruvi (azon) iymonlilarni namozga chorlaydi, kunda besh marta odamlarni harakatga keltiradi. Har bir inson qadamini tezlashtiradi va shoshma-shosharlik bilan hech boʻlmaganda, namozdan oldingi tahorat qilish uchun masjidga yoki suv omboriga shoshiladi. Turkiston va ayniqsa, Buxorodagi mozorlar yoki muqaddas qabrlar soni shahar va qishloqlar atrofi, katta yoʻllar bilan, bir soʻz bilan aytganda, ular yashaydigan barcha joylar bilan oʻrab olingan. Koʻpincha katta shaharlar yonida joylashgan mozorlar yaqinida madrasa va amirlar yoki dindor odamlar tomonidan qurilgan goʻzal masjidlarni koʻrishingiz mumkin. Buxorolik boy xonadon vakillari oʻz navbatida oʻzini nomdor va shu bilan birga eʼzozli avliyolar, shayxlar abadiy orom olayotgan qabristonda dafn etishlarini vasiyat qiladilar. Bu vasiyatlar har doim katta daromad keltirib chiqarmoqda, ular haqli ravishda xoʻjayinlarga, azizlarning avlodlariga tegishli boʻlib, ular sharafiga bu inshootlar qurilgan. Katta yoʻllar yoki aholi punktlaridan uzoqda dafn etilgan azizlarning qabrlariga kamroq tashrif buyurishadi[11. 62-bet]. Buxorodan 12 verst masofada joylashgan Bahouddin Naqshbandiyning qabri eng koʻp tashrif buyurilganlardan biridir18. Bu yerda har chorshanba kuni katta bozor ochiladi. Qabr terak va chinorlar bilan oʻrab olingan suv omborining yaqinidagi keng maydonda joylashgan. Bir tomondan, Xoʻja oilasining qabrlari va boy ehsonlar bilan bu huquqni sotib olgan boshqa odamlar joylashgan qabriston hisoblanadi. Boshqa tomonda uchta masjid bor. Ulardan biri ikki yil oldin hozirgi qushbegi tomonidan qurilgan. Qolgan ikki tomonni devor va kichik daraxtzor qoplaydi. Bu yer muqaddas va siz unga masjid singari, faqat poyabzalsiz kirishingiz mumkin. Kecha davomida bu erga tashrif buyuruvchilar soni juda koʻp. Bahouddin Naqshband ziyoratgohida masjid va qabrni oʻrab turgan keng bogʻlar buxoroliklar tomonidan juda muqaddas deb hisoblaniladi. Bu yerda hamma narsa diniy mazmunga ega va dindor odamlar bilan hamisha gavjum. Haftada bir marta xon avliyoning qabriga tashrif buyuradi, lekin bu
234 yerga bir kun oldin yoki bozor kuni paydo boʻlishdan qochadi. Mozori Sharifning oʻzida juda yaxshi bogʻ va u yerda joylashgan kichik hajmga ega hovli mavjud. Buxoro darvozasidan mozor qishlogʻiga kirish uchun 10 verst uzunlikdagi masofa mavjud. Seshanba kuni Mozori Sharif darvozasi yonida yuzlab eshaklar va otlar qator turadi. Ulardan birini 1 tanga evaziga sayohat qilish uchun yollashingiz mumkin. Sizga eshak yoki otni beradigan kishi sizni piyoda kuzatib boradi va siz oʻtirgan hayvonni quvib yuradi. Yaxshi tayyorgarlik koʻrgan bu odamlar 50-60 daqiqalik yoʻlni osongina bosib oʻtishadi. Boshqa Osiyo shaharlariga nisbatan, Buxoroda reja asosida qurilgan jamoat hammomlari juda koʻp va mashhurdir. Buxoroda 50 ga yaqin hammom bor. Ikkita eng katta hammom - Tukumdoʻzi va Misgaron. Hammomlarini (ularning egalari) isitish uchun shahar atrofidan ehtiyotkorlik bilan yigʻilgan har qanday oʻtin va axlatdan foydalanish mumkin, ular binoning ichki hovlisida quyoshda quritiladi. (Hammom orqa tomonidan goʻlax orqali isitilgan va xona harorati 30-45 darajaga yetgan[12. 45bet]). P.I.Demezon xotiralari Buxoro xonligi hayotining turli jihatlarini qamrab oladi. Esdaliklarida juda muhim ahamiyatga ega boʻlgan inshootlar - ziyoratgohlar, mozorlar, koʻchalar, uylar, maktablar, madrasa, masjidlar, hammomlar haqida maʼlumotlar keltirilgan. Umuman olganda, har bir narsa eng aniq va batafsil tarzda, aniq raqamlar va qiziqarli maʼlumotlar bilan tasvirlangan. P.I.Demezonning qaytishi bilan P.Saveliev, 1834-yilning iyulida esa K.K.Rodofinikin uning safariga eʼtibor qaratdi va ilmiy rejani yuqori baholadi.. Piter Ivanovichning kelajagi haqida qisqacha toʻxtalsak, Orenburgda xizmat qilganidan keyin, 1836-yilning bahorida SanktPeterburgga keldi. Shu yilning 18-aprelidan boshlab Tashqi ishlar vazirligi Osiyo boʻlimi Sharqshunoslik boʻlimi professori etib tayinlandi (uning ish haqi yiliga 4 ming rubl boʻlgan edi). P.I.Demezonning ilmiy hayoti diplomatik faoliyat bilan chambarchas bogʻliq. Misol uchun, u Rossiyadagi missiya tarkibida bir yil (1840-1841) Tehronda va 1841-yilning dekabrida “Osiyo departamentida ikkinchi oʻrinbosar” diplomatik lavozimiga tayinlangan. 1843-yilning boshida sharqiy tillar boʻlimi boshligʻi F.I. Adelung vafot etgandan soʻng P.I. Demezon 1872-yilda isteʼfoga chiqqunga qadar taʼlim boʻlimining rahbari lavozimida faoliyat yuritdi. Keyinchalik, 1843yilda Piter Ivanovich Rossiya fuqaroligini olgan. 1846-yilda N.Veselovskiyning soʻzlariga koʻra, u “Sharqshunoslik va Sharq sharqshunosligi mutaxassisi”, deb tan olingan[13. 68,105 betlar]. Tadqiqotchi Rossiya Arxeologiya jamiyati asoschilaridan biriga aylandi. P.Demezon 1857-yildan Parijda yashagan, u yerda XVII asrning Sharqshunoslik adabiyoti yodgorligi boʻlgan Xiva xoni Abulgʻoziy Bahodirxonning "KitobiShajarayi-turk" matnini va fransuz tarjimasini tanqidiy nashrga tayyorlay boshlaydi. Ushbu nashr Orenburgdagi xizmatida V.D. Dahl tomonidan sotib olingan va Fanlar akademiyasining Osiyo muzeyiga sovgʻa qilingan qoʻlyozma asosida tayyorlangan. Biroq, olim va diplomatning ogʻir ishi sababli uni tugatishga vaqti boʻlmagan (P.I.Lerh buni tugatgan). Piter Ivanovich Demezon 1873-yili Parijda vafot etgan. XULOSA VA TAKLIFLAR. P.I. Demezon esdaligining Buxoro amirligining XIX asrdagi meʼmoriy topografiyasini oʻrganishdagi oʻrni beqiyosdir. Ushbu esdalik rus tadqiqotchilari qiziqish doirasiga kiruvchi meʼmoriy obidalarni oʻrganish masalasini oʻz ichiga oladi.
235 Buxoro ijtimoiy munosabatlari tarixi doimo birinchi planda turishi barobarida, xorijiy tadqiqotchilar tomonidan meʼmoriy obidalarni tarixiy topografik, arxeologik, badiiy meʼmorchilik, maishiy-xoʻjalik, madaniy-maʼrifiy, diniy aspektda oʻrganish oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Qoʻyilgan muammo yuzasidan tarixiy adabiyotlarning qanchalik koʻp boʻlishidan qatʼi nazar, ularga tarixshunoslik jihatdan baho berish hali hamon amalga oshirilmagan. Maqolaning oʻziga xosligi ham shunda. Foydalanılgan adabıyotlar 1. Халфин Н.А. Россия и ханства Средней Азии (первая половина XIX в.). Москва.: “Наука”. 1974. 2. А. Р. Мухамеджанов, Т. Нигматов. Некоторие источники к истории взаимоотношений Бухары и Хивы с Россией. Тошкент 1957-г. 3. Записки о Бухарском ханстве (Отчёты П.И.Демезона и Виткевича). – М., Гл. редакция восточной литературы. Из-во «Наука».-1983 4. Записки о Бухарском ханстве (Отчёты П.И.Демезона и Виткевича). – М., Гл. редакция восточной литературы. Из-во «Наука».-1983 5. M.M. Vaxitov, SH.R. Mirzayev. “Meʼmorchilik. 1qism Meʼmorchilik tarixi” Tafakkur nashriyoti -Toshkent .: 2010. 6. Записки о Бухарском ханстве (Отчёты П.И.Демезона и Виткевича). – М., Гл. редакция восточной литературы. Из-во «Наука».-1983. 7. Записки о Бухарском ханстве (Отчёты П.И.Демезона и Виткевича). – М., Гл. редакция восточной литературы. Из-во «Наука».-1983. 8. Записки о Бухарском ханстве (Отчёты П.И.Демезона и Виткевича). – М., Гл. редакция восточной литературы. Из-во «Наука».-1983. 9. Записки о Бухарском ханстве (Отчёты П.И.Демезона и Виткевича). – М., Гл. редакция восточной литературы. Из-во «Наука».-1983. 10. Татаринова А. Семимесячный плен в Бухарии. Издание Маврикия Осиповича Вольфа. Санктпетербургь –Москва.: 1867. 11. Записки о Бухарском ханстве (Отчёты П.И.Демезона и Виткевича). – М., Гл. редакция восточной литературы. Из-во «Наука».-1983 12. Қиличев Р.Э. Қиличева М.Р. Марказий Осиёнинг тарихий-меъморий ва археологик ёдгорликлари, “Дурдона” нашриёти. 13. Веселовский Н.И. Прием в России и отпуск среднеазиатских послов в XVII и ХУШ столетиях. //Журнал Министерства народного просвещения. СПб., 1884. Кн.У.