356 OʻQUV JARAYONIDA FASILITATSIYANI SHAKLLANTIRISHNING KREATIV USULLARI Quchqorova Nargiza Mamajonovna, Uzluksiz taʼlim pedagogikasi kafedrasi professori,pedagogika fanlari doktori.
[email protected] Yoʻlchiyeva Shaxloxon Obidjon qizi, Fargʻona davlat universiteti tayanch doktoranti
[email protected] ORCID:0009-0003-3441-3145 Annotatsiya. Ushbu maqolada Oʻzbekiston taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va zamonaviy maktablarda oʻquv jarayonining shakllanishi hamda rivojlanish yoʻnalishlari ilmiy va nazariy asosda yoritiladi. Boshlangʻich taʼlimda kreativ yondashuvni joriy etish, taʼlimni ilgʻor pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish, oʻquvchilarning erkin fikrlash va mustaqil ishlash koʻnikmalarini shakllantirish jarayonlari tahlil qilinadi. Shuningdek, yangi avlod darsliklarining qiyosiy oʻrganilishi, ularning afzallik va kamchiliklari, taʼlim samaradorligini oshirishdagi oʻrni koʻrib chiqiladi. Maqolada tinglab tushunish, oʻqib anglash va yozma nutq kompetensiyalarini rivojlantirish, fasilitatsion yondashuvning uzluksiz taʼlim tizimidagi ahamiyati hamda taʼlimni nazariy va amaliy jihatdan yanada takomillashtirish imkoniyatlari keng yoritilgan. Mazkur tadqiqot kelgusida taʼlim jarayonini innovatsion yondashuvlar bilan boyitadi. Kalit soʻzlar: Fasilitatsiya, estetik tarbiya, “Ona tili soʻzlari” zamonaviy taʼlim “Bizsotuvchi, biz-xaridor”, taʼlim jarayoni, tushuntirish, tushunish, oʻrgatish, oʻrganish. Abstract. This article analyzes the large-scale reforms carried out in the education system of Uzbekistan and the development trends observed in modern schools. It examines the introduction of creative approaches in primary education, the organization of the learning process on the basis of advanced pedagogical technologies, and the development of studentsʼ independent thinking and problem-solving skills. In addition, a comparative study of the new generation of textbooks, their strengths and weaknesses, and their role in improving learning efficiency is presented. The article also highlights the formation of competencies such as listening comprehension, reading comprehension, and written speech, the significance of the facilitation approach in the system of continuous education, as well as theoretical and practical opportunities for further improvement of teaching. This research enriches the educational process with innovative approaches in the future. Keywords: Facilitation, aesthetic education, "Mother tongue words", modern education "We are the seller, we are the buyer", educational process, explanation, understanding, teaching, learning.
357 Taʼlim-tarbiya faoliyatining mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar oʻtishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari xam takomillashib bormoqda. Taʼlimni texnologiyalashtirish – bu keng koʻlamdagi mutaxassislarning nazariy va amaliy toʻplamlarini tadqiqot qiluvchi va taʼminlovchi pedagogika fanining yangi yoʻnalishi hisoblanadi. Uning ilmiy imkoniyatlari mamlakatimiz olimlarining ilmiy ishlarida kundan-kunga ortib bormoqda. Pedagogik amaliyotda taʼlimning yangi yoʻllari va vositalarini tez suratlarda yoʻlga qoʻyish kuzatilmoqda. Shubhasiz bunda faol taʼlimning ayrim shakl va usullari oʻrniga bir butun oʻqitish texnologiyalari kelishi lozim. Taʼlim jarayonini texnologik loyixalashtirish va rejalashtirishni faqatgina texnologik bilim, malaka va koʻnikmaga ega boʻlgan pedagoggina qilishi mumkin. Shu asosda taʼlim-tarbiya sohasida soʻnggi davrda yangi pedagogik texnologiya amal qila boshladi. Fasilitatsiya tushunchasi esa bugungi rivojlanayotgan zamonnig ilgʻor qarashlarining maxsuli hisoblanadi.Fasilitatsiya taʼlim jarayonini osonlashtiruvchi soddalashtiruvchi jarayonlardan biri sifatida tushuniladi. Oʻquv jarayonini oʻrganishning soddalashtirilgan tartibini quyidagicha bosqichlarda tushunish mumkin.: —tushuntirish — axborotning maʼno-mazmunini, undan foydalanish tartibini turli vosita va usullarni qoʻllab, tushuntiruvchining oʻzi tushungan darajada boshqalarga yetka-zish faoliyatidan iborat jarayon; —tushunish — axborotning maʼnomazmunini idrok qilish, undan koʻrsatilgan tartibda mustaqil foydalana olish; —oʻrgatish — axborotdan foydalanish va turli harakatlarni bajarish koʻnikmalarini oʻrgatuvchining oʻzi oʻrgangan darajada boshqalarning takrorlay olishini turli vosita va usullarni qoʻllab amalga oshirish faoliyatidan iborat jarayon; —oʻrganish — axborotdan foydalanish va turli harakatlarni koʻrsatilgan tartibda mustaqil bajarish koʻnikmalarini egallash; —oʻzlashtirish — tushunish, oʻrganish orqali axborotning maʼno-mazmuni, undan foydalanish yoki harakatlarni bajarish tartibi toʻgʻrisida bilim va koʻnikmalar hosil boʻlishi. Oʻzlashtirish shartli ravishda quyidagi uchta darajaga ajratiladi: “1) oʻrgatilgan bilim, koʻnikmalarni toʻgʻri takrorlash. 2) ularni amaliy faoliyatda qoʻllash; ulardan tegishli maqsadlarda foydalanish imkoniyatiga ega boʻlish; 3) ularni ijodiy taxlil qilish, qiyoslash, umumlashtirish, xulosalar chiqarish asosida takomillashtirish faoliyatini amalga oshirish imkoniyatiga ega.” 1 Ushbu qoʻllaniladigan jarayonlar bilan birga kreativ yondashuv asosida ish yuritilsa koʻzlangan natijaga erishish yoʻli yanada yaqinlashadi. Masalan qilib boshlangʻich sinflarda oʻtiladigan matematika darsligidagi iqtisodiy bilimlarni rivojlantirish uchun xizmat qiluvchi masalalar topshiriqlarga hayotiy munosabatlar ,oilaviy ehtiyojlardan kelib chiqqan holda maʼlumot berish va 1 Ochildiyeva Mushtariy ” boshlang‘ich ta’lim tizimiga zamonaviy yondashuvlar” ta’lim sifati -yangi o‘zbekiston taraqqiyotini yanada yuksaltirishning muhim omili. https://www.kokanduni.uz/uz
358 ularni amalda qoʻllashni oʻrgatuvchi “Bizsotuvchi, biz-xaridor” metodini qoʻllash ham katta samara keltiradi. Mashqlar oʻqish, yozish, soʻzlash, fikrlash, xisoblash, turli harakatlar bajarish, qurish-yasash, chizish, boʻyash, musiqa chalish, qoʻshiq aytish, misol, masala, testlar yechish, kompyuter bilan ishlash, asboblar, stanoklar, boshqa texnika vositalari bilan ishlash, jismoniy va sport mashqlari, ishchanlik oʻyinlari, musobaqa, koʻrik, tanlov va boshqalardan iborat. Mashgʻulot vaqtining koʻproq qismi mashqlar bajarishga sarflanishi albatta yaxshi natijalar beradi. Boshlangʻich maktab oʻquvchining umumiy taʼlim jarayonidagi eng muhim bosqichdir. Boshlangʻich sinf oʻqituvchisining masʼuliyati doimo eksklyuziv boʻlgan. Boshlangʻich maktabda olingan taʼlim keyingi taʼlim uchun asos, poydevor boʻlib xizmat qiladi. Boshlangʻich taʼlim boshlangʻich maktabning sifat jihatidan yangi shaxsga yoʻnaltirilgan rivojlanish modelini belgilaydi, u quyidagi asosiy maqsadlarga erishish uchun moʻljallangan: oʻquvchi shaxsini rivojlantirish, uning ijodiy qobiliyatlari, oʻqishga qiziqish, oʻrganishga intilish va qobiliyatni shakllantirish; maʼnaviy-axloqiy va estetik tarbiya; turli tadbirlarni amalga oshirishda bilim, koʻnikma, tajriba tizimini oʻzlashtirish; bolalarning jismoniy va ruhiy salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash; bolaning individualligini saqlash va qoʻllab-quvvatlash. Psixolingvistik tadqiqotlardan maʼlumki, insonning til qobilyati 4 xil kognitiv malakaning oʻzaro bogʻliqligida rivojlanadi: eshitib tushunish, fikrni ogʻzaki bayon qilish, oʻqib tushunish, fikrini yozma bayon qilish. Eshitib tushunish va gapirish ogʻzaki nutq shakli bilan bogʻliq, oʻqib tushunish va yozish esa tilning yozma shakli bilan, eshitib tushunish va oʻqib tushunish psixologik tomondan nutqni qabul qilish jarayoni, gapirish va yozish esa nutq jarayonidir. K.D. Ushinskiyning fikricha, bolaga taʼlim va tarbiya berishda tilning qimmati dastlab ijtimoiy hodisaning chuqur xalqchilligi bilan, uning milliy xarakteri bilan belgilanadi. U “tilda chuqur maʼnoli koʻpdan koʻp falsafiy fikrlar, chinakam nafis histuygʻular, nihoyatda toʻgʻri, koʻrkam did, fikrni bir yerga toʻplab, zoʻr diqqat bilan qilingan mehnat izlari, tabiat hodisalarini va ulardagi eng nozik rang-barangliklarni gʻoyat darajada ziyraklik bilan his etish, kuzatuvchanlik, zoʻr mantiqiylik ... bor”, deb taʼriflaydi. K.D.Ushinskiy oʻzining “Ona tili soʻzlari” maqolasida bolani ona tili, ona tilidagi soʻzlar orqali tarbiyalash masalasini qoʻydi. Chunki xalqchillik dastlab ona tilida oʻz ifodasini topadi. Bolaning shaxsiyati, bilimi, malakasi, maʼnaviy qiyofasi ana shu til taʼsirida shakllanadi. Zamonaviy boshlangʻich taʼlim uchun istiqbolli, ustuvor yoʻnalishlardan biri bu – oʻquvchilarning yetuk shaxs sifatida rivojlanishi hamda milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash asosidan iboratdir. Xulosa oʻrnida shuni aytishimiz mumkinki zamonaviy taʼlim Oʻzbekiston yoshlarini istibolli kelajakka eltadi. Taʼlim tarbiya – bu bizning kelajagimiz, hayotmamot masalasi. Shu bois, bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yoʻq. Qanchalik murakkab boʻlmasin, maktab taʼlimida poydevorni bugundan mustahkam qoʻyishimiz kerak.
359 Adabiyotlar (references) 1. Oʻzbekiston respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Oʻqituvchilar va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqi http://uza.uz/oz/documents/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat mirziyeevningituv-30-09-2020 (Speech by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Miromonovich Mirziyoyev at the solemn ceremony dedicated to the Day of Teachers and Mentors)rose or morality. – Tashkent: 2008. ) 2. A.Hakimov “yoshlar-tarbiyasi-jamiyatdagi-muhim-masala.” Nomli maqolasidan (A. Khakimov from his article “Youth-education-is-an-important-issuein-society.”) 3. Abu Ali ibn Sino “Tadbiri manzil” risola (Abu Ali ibn Sino “Tadbiri Manzil” treatise) 4. Musaev. M “Oʻqituvchining maqomi konstitutsiyada kafolatlanadi” Marifat gazetasi 2023-yil 26-aprel. № 17(9446). b-11. ( Musaev. M “The status of a teacher is guaranteed in the constitution” Marifat newspaper, April 26, 2023. № 17 (9446). b11.) 5. Kulchayeva D. Boshlangʻich sinflarda “Tarbiya” fanini oʻqitishning ilmiymetodik asoslari // Academic research in educational sciences. 2021. №11 (Kulchayeva D. Scientific and methodological foundations of teaching the subject “Education” in primary grades // Academic research in educational sciences. 2021. No. 11) 6. Olimov.Sh.SH “Maʼnaviy-axloqiy tarbiya asoslari” (Monografiya) Т.:“Fan va texnologiya”.(Olimov.Sh.SH “Fundamentals of spiritual and moral education” (Monography) T.: “Science and technology”.) 7. Саврасова, А.И. Оценка образовательных результатов в условиях модернизации образования. : учеб.-метод. пособие / Федер. агентство по образованию, Мурм. гос. пед. ун-т ; А. И. Саврасова. - Мурманск: МГПУ, 2008. - 168 с. 8. Quchqorova N.M, Otayeva.S.S, AmangaldiyevaA.R “PEDAGOGIK MAHORAT” “Bookmany print”nashriyoti, № 537233 2024-yil 11-mart. (Kuchqorova N.M, Otayeva.S.S, AmangaldiyevaA.R “PEDAGOGICAL SKILLS” “Bookmany print” publishing house, No. 537233 March 11, 2024.) 9. Yoʻlchiyeva Sh.O.“THE CONCEPT OF FACILITATION AND ITS SIGNIFICANCE IN PRIMARY CLASSES” “Sciens and innovation”,2024-yil 5son, № MG-2024-05-7267, 168-171 bet. (Yoʻlchiyeva Sh.O. “THE CONCEPT OF FACILITATION AND ITS SIGNIFICANCE IN PRIMARY CLASSES” “Sciences and innovation”, 2024, No. 5, No. MG-2024-05-7267, pp. 168-171.) 10. Djumanov J.X., Miryusupov Z.Z. Kompyuter tarmoqlari: Oʻquv qoʻllanma, Muhammad Al-Xorazmiy nom. TATU. - T. : Aloqachi, 2020.