scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INKLYUZIV TA'LIMDA TAHSIL OLAYOTGAN ALOHIDA TA'LIM EHTIYOJLARI BOʻLGAN OʻQUVCHILARNING KOMMUNIKATIV KOʻNIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA QOʻLLANILADIGAN SAMARALI METODLAR

Toyirova Madina

Abstract

Mazkur maqolada inklyuziv ta'lim muhitida tahsil olayotgan alohida ta'lim ehtiyojlari boʻlgan (ATEB) oʻquvchilarning kommunikativ koʻnikmalarini shakllantirish va rivojlantirish masalalari tahlil qilinadi. Kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishda qoʻllaniladigan metodlarning nazariy asoslari, amaliy yondashuvlari hamda samarali usullari yoritiladi. Shuningdek, metodlarni qoʻllash jarayonida pedagogning roli, ta'lim muhitining moslashtirilishi va oʻquvchilarning individual xususiyatlarini inobatga olish masalalari muhokama qilinadi.

Full text

367 INKLYUZIV TAʼLIMDA TAHSIL OLAYOTGAN ALOHIDA TAʼLIM EHTIYOJLARI BOʻLGAN OʻQUVCHILARNING KOMMUNIKATIV KOʻNIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA QOʻLLANILADIGAN SAMARALI METODLAR Toyirova Madina, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti mustaqil tadqiqotchisi Annotatsiya. Mazkur maqolada inklyuziv taʼlim muhitida tahsil olayotgan alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan (ATEB) oʻquvchilarning kommunikativ koʻnikmalarini shakllantirish va rivojlantirish masalalari tahlil qilinadi. Kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishda qoʻllaniladigan metodlarning nazariy asoslari, amaliy yondashuvlari hamda samarali usullari yoritiladi. Shuningdek, metodlarni qoʻllash jarayonida pedagogning roli, taʼlim muhitining moslashtirilishi va oʻquvchilarning individual xususiyatlarini inobatga olish masalalari muhokama qilinadi. Tayanch kalit soʻzlar. inklyuziv taʼlim, alohida taʼlim ehtiyojlari, kommunikativ koʻnikmalar, metodlar, ijtimoiylashuv, hamkorlik. Abstract. This article analyzes the issues of developing and enhancing the communicative skills of students with special educational needs (SEN) studying in an inclusive educational environment. It discusses the theoretical foundations, practical approaches, and effective methods used to develop communicative competence. The article also examines the teacherʼs role in the application of these methods, the adaptation of the educational environment, and the consideration of studentsʼ individual characteristics. Keywords: inclusive education, special educational needs, communicative skills, methods, socialization, collaboration. Globallashuv sharoitida taʼlim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalardan biri — barcha oʻquvchilarning, jumladan, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan (ATEB) bolalarning ham sifatli taʼlim olishlarini taʼminlashdir. Inklyuziv taʼlim — bu imkoniyati cheklangan bolalar bilan sogʻlom tengdoshlarini birgalikda oʻqitishga qaratilgan yondashuv boʻlib, unda asosiy eʼtibor bolalarning ijtimoiylashuvi, shaxsiy rivojlanishi hamda kommunikativ koʻnikmalarini shakllantirishga qaratiladi. Kommunikativ koʻnikmalar oʻquvchilarning jamiyatga moslashuvi, oʻz fikrini ifoda etishi, suhbat qurishi va muloqot madaniyatini egallashida muhim omil hisoblanadi. Shu sababli, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilar bilan ishlashda maxsus metodlardan foydalanish pedagoglar zimmasiga katta masʼuliyat yuklaydi. Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilarda kommunikativ koʻnikmalarni rivojlantirishning ahamiyati. Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilar, odatda, nutqiy rivojlanishda, ijtimoiy muloqotda, oʻz fikrini aniq ifoda etishda yoki tinglovchini tushunishda qiyinchiliklarga duch keladilar. Bunday oʻquvchilar uchun kommunikativ kompetensiyani shakllantirish, taʼlim jarayonida faol ishtirok etish, 368 sinfdoshlar va pedagoglar bilan samarali muloqot qilish, ijtimoiy moslashuv, kelajakda kasbiy faoliyatga tayyorlanish imkoniyatlarini kengaytiradi. Shu boisdan, kommunikativ koʻnikmalarni rivojlantirishga qaratilgan metodlar inklyuziv taʼlimning ajralmas qismi hisoblanadi. Inklyuziv taʼlim sharoitida oʻquvchilarning kommunikativ koʻnikmalarni rivojlantirishda quyidagi metodlarni qoʻllansh samarali hisoblanadi. Dialogik metod. Dialog asosida tashkil etilgan mashgʻulotlarda oʻquvchi oddiy savol-javoblardan boshlab, murakkab muloqot shakllarigacha oʻzlashtiradi. Pedagoglar savollarni soddalashtirishi, koʻmakchi soʻzlardan foydalanishi lozim. Bu metod oʻquvchilarda nutqiy faollikni oshiradi. Rolli oʻyinlar (dramatizatsiya). Rolli oʻyinlar orqali oʻquvchilar turli ijtimoiy vaziyatlarda oʻzini tutish, soʻzlashish va muloqot qilishni mashq qiladilar. Masalan: “Doʻkonda xarid qilish”, “Kutubxonada suhbat”, “Shifokor qabulida” kabi vaziyatli oʻyinlar. Bu usul ijtimoiy muloqot koʻnikmalarini mustahkamlaydi. Jamoaviy ishlash metodi. Kichik guruhlarda bajariladigan topshiriqlar — plakat chizish, loyiha yaratish, sheʼr oʻqish, suhbatlar tashkil qilish — oʻquvchilarni hamkorlikka undaydi. Guruh ichidagi muloqot kommunikativ kompetensiyaning rivojlanishiga zamin yaratadi. Vizual va multimediya vositalaridan foydalanish. Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilar uchun koʻrgazmali materiallar — rasmlar, piktogrammalar, videolar juda samarali hisoblanadi. Bu vositalar orqali ular soʻzlarni aniqroq tushunadi va oʻz fikrini ifoda qilishda yordamchi vositalardan foydalanadi. “Savol-javob” va “Intervyu” metodlari. Oʻquvchilar juftlikda yoki guruhda suhbat tashkil etish orqali savol berish va javob qaytarishni oʻrganadilar. Bu usul muloqot madaniyatini, suhbat qurishda navbat kutish, fikrni qisqa va aniq ifodalash koʻnikmalarini shakllantiradi. Musiqa va ritmik mashgʻulotlar. Nutqiy faoliyatida qiyinchiliklari boʻlgan bolalar uchun qoʻshiq aytish, sheʼr oʻqish, ritmik oʻyinlar ham samarali. Bunda bolalar tovushlarni aniq talaffuz qilish, intonatsiyani tushunish va his qilishni oʻrganadilar. Metodlarni qoʻllashda pedagogning roli muhim va ahamiyatlidir. Pedagog kommunikativ metodlarni qoʻllashda oʻquvchilarning individual rivojlanish xususiyatlarini hisobga olish, oʻquv muhitini qoʻllab-quvvatlovchi, ijobiy psixologik muhit yaratish, ragʻbatlantirish va motivatsiya berish, nutqiy faoliyatni sodda jumlalardan murakkabga qarab bosqichma-bosqich rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratishi zarur: Pedagogik kuzatishlar shuni koʻrsatadiki, inklyuziv sinflarda kommunikativ metodlardan tizimli foydalanilganda, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilarda nutqiy faollik oshadi, ularning ijtimoiylashuvi yengillashadi, oʻz-oʻzini ifoda etish qobiliyati rivojlanadi, sinf jamoasida tolerantlik va hamkorlik muhiti shakllanadi. Xulosa qilib aytganda, inklyuziv taʼlimda alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilarning kommunikativ koʻnikmalarini rivojlantirish ularning taʼlim jarayonida muvaffaqiyat qozonishlari, jamiyatga moslashuvlari va kelajakda mustaqil hayotga tayyorlanishlari uchun zarurdir. Dialogik metod, rolli oʻyinlar, guruhli ishlash, vizual vositalardan foydalanish, savol-javoblar va musiqiy-ritmik mashgʻulotlar eng samarali metodlar sirasiga kiradi. 369 Pedagoglarning metodlarni toʻgʻri tanlashi, moslashtirilgan muhit yaratishi va har bir oʻquvchining individual xususiyatini hisobga olishi kommunikativ kompetensiyani samarali rivojlantirishga olib keladi. Shu tariqa, inklyuziv taʼlim nafaqat bilim berish, balki jamiyatda muloqotga kirisha oladigan, oʻz fikrini erkin ifoda etadigan shaxsni shakllantirishga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-oktabrdagi “Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” gi 638-son qarori. 2. Vygotskiy L.S. “Pedagogik psixologiya.” – Moskva: Pedagogika, 1991. 3. UNESCO. (2020). Inclusion and Education: All means all. Global Education Monitoring Report. Paris: UNESCO Publishing. 4. D.Nazarova. Zaif eshituvchi bolalarni inklyuziv taʼlimga jalb etish jihatlari/ “Himoyaga muhtoj guruhdagi bolalar va ularning oilalariga majmuaviy yordamning samarali modeli-ularning jamiyatga ijtimoiylashuvini taʼminlash omili sifatida” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya/Samarqand. 2020 5. D.Nazarova. Inklyuziv taʼlim jarayonida qoʻllaniluvchi metodlar tavsifi / Zamonaviy uzluksiz taʼlim sifatini oshirish: innovatsiya va istiqbollar” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya/TDPU2020 6. Axmedova D., Joʻraeva M. Inklyuziv taʼlim metodikasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2021.