scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"MOTION CONTROL XR" INNAVATSION QURILMASINING KAR VA ZAIF ESHITUVCHI OʻQUVCHILAR DARS MASHGʻULOTLARI SAMRADORLIGIGA KOʻRSATADIGAN TA'SIRI

Xursanova Ruxsora Olimjon qizi

Abstract

Mazkur maqolada “motion control XR” innavatsion qurilmasining kar va zaif eshituvchi oʻquvchilar dars mashgʻulotlari samradorligiga koʻrsatadigan ta'siri hamda uning tahlili keltirilgan.

Full text

405 “MOTION CONTROL XR” INNAVATSION QURILMASINING KAR VA ZAIF ESHITUVCHI OʻQUVCHILAR DARS MASHGʻULOTLARI SAMRADORLIGIGA KOʻRSATADIGAN TAʼSIRI Xursanova Ruxsora Olimjon qizi, Oriental universiteti “Jismoniy madaniyat” kafedrasi katta oʻqituvchisi [email protected] Annotatsiya: Mazkur maqolada “motion control XR” innavatsion qurilmasining kar va zaif eshituvchi oʻquvchilar dars mashgʻulotlari samradorligiga koʻrsatadigan taʼsiri hamda uning tahlili keltirilgan. Kalit soʻz: “motion control XR” qurulmasi, tayyorgarlik, mashgʻulot, kar va zaif eshituvchi, umumiy va motor zichlik. Abstract: This article presents the impact of the innovative ʼMotion Control XRʼ device on the effectiveness of lessons for deaf and hard-of-hearing students, as well as its analysis. Keywords: Motion Control XR” device, preparation, training, deaf and hard-ofhearing, motor density. Maqolaning dolzarbligi. Dunyo miqyosida, bugungi kunda, eshitishida nuqsoni bor oʻquvchilarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish muhim va dolzarb masalalardan biri boʻlib qolmoqda. Eshitishida nuqsoni boʻlgan oʻquvchilarda harakatlar koordinatsiyasining yetarli darajada shakllanmaganligi va muvozanatni saqlashdagi qiyinchiliklar ularning jismoniy faollik darajasining pasayishiga olib kelmoqda. Maxsus mashqlar va metodikalar yordamida eshitishida nuqsoni bor oʻquvchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish nafaqat ularning jismoniy sogʻligʻini yaxshilash, balki ularning ijtimoiy muhitga moslashuvini osonlashtirmoqda. Eshitish organlarining funksional cheklanishi tufayli bu oʻquvchilar koʻplab sport turlari va jismoniy mashgʻulotlarda yetarlicha ishtirok eta olmaydilar. Shu bois, maxsus mashqlar yordamida bu toifa oʻquvchilarining jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish boʻyicha ilmiy izlanishlar va metodikalarni yaratish bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Adabiyotlar tahlili (Literature review). Respublikamiz miqyosida adaptiv jismoniy tarbiya hamda eshitishida nuqsoni bor shaxslarning jismoniy tayyorgarligi, sport mashgʻulotlari hamda ularning ijtimoiylashuvini tezlashtirish masalalari yaxshilash borasida zamonaviy nazariy va amaliy-ilmiy asoslangan metodlar ishlab chiqilmoqda hamda amaliyotga joriy etishda keng qoʻllanilib kelmoqda. Ushbu yoʻnalishda olib borilgan barcha tadqiqotlar oʻquvchilarning jismoniy tayyorgarligini yaxshilashga qaratilgan boʻlib olimlardan, R.S.Salomov, N.K.Svetlichnaya, M.X.Mirjamolov, L.B.Sobirova, Sh.A.Abdiyev M.A.Ibragimov va Sh.Z.Rajapovlar oʻzlarining ilmiy-uslubiy ishlarida sportchilarning tayyorgarligini optimallashtirish va rejalashtirish uslubiyatini ochib turli takliflar berishgan. 406 Zaif eshituvchi oʻquvchilarning jismoniy tarbiya mashgʻulotlarida umumiy va motor zichlikni aniqlash maqsadida xronametraj oʻtkazildi. Jismoniy tarbiya darslarida xronometraj darsning umumiy va motor zichligini aniqlash maqsadida olib boriladi. Darsning umumiy zichligi deb pedagog nuqtayi nazardan toʻgʻri foydalanilgan vaqtning butun dars davomidagi nisbatiga aytiladi. Darsning motor zichligi deb, oʻquvching bevosita harakat faoliyatiga, mashq bajarish uchun sarflangan vaqtga aytiladi. Xronometrajdan olingan maʼlumotlar darsning pedagogik taxlilini maʼlum darajada chuqurlashtiradi, chunki har xil faoliyat uchun ketadigan vaqtni ratsional sarflash imkonini beradi. Dars boshlanguncha tekshiruvchi xronometraj bayonnomasiga dars vazifalarini, shuningdek har xil boʻlimlarga yoki dars qismlariga belgilangan vaqtni aniqlab olishi kerak. Buning uchun tekshiruvchi dars oʻtuvchining dars rejasi bilan tanishishi shart. Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology). Mashgʻulot jarayonining uzviyligini, belgilangan vaqtdan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida biz tomonimizdan ishlab chiqilgan “Motion control XR” texnalogik qurulmasini tadqiqot jarayonida qoʻllashni taqozo etdi. “Motion control XR” qurilmasi haqida tavsif beradigan boʻlsak, U taʼlim jarayonida eshitishida nuqsoni boʻlgan oʻquvchilar uchun moʻljallangan boʻlib, uning asosiy funksiyasi vibratsiya signalini uzatish orqali mashq jarayonini boshqarishdan iborat. Ushbu qurilma quyidagi asosiy qismlardan iborat: Mobil ilova: Oʻqituvchi tomonidan mashgʻulot vaqtida buyruqlarni soat qurulmasiga yuborish vazifasini bajaradi. 1-rasm. “Motion control XR” mobil ilovasi 407 Ushbu mobil ilova 12 ta mashgʻulot jarayonida koʻp qoʻllaniladigan, shuningdek, dars davomida oʻqituvchi va oʻquvchilar oʻrtasidagi muloqot vositasi sifatida qoʻllaniladi. Rasmda koʻrib turganingizdek, har bir raqamga alohida buyruq yozilgan. Vibratsiya beruvchi soat: oʻquvchilarning qoʻllariga mos ravishda taqiladi hamda ularning vibiratsiyalarni qabul qiluvchi vositasi sifatida qoʻllanadi. 2-rasm. “Motion control XR” qurulmasining vibratsiya soati Simsiz ulanish tizimi: Qurilmaning mustaqil va qulay ishlashini taʼminlaydi. u bulyutus orqali ulanadi hamda 12 ta soatga ham bir vaqtning oʻzida signalni yuborish xususiyatiga ega. Shuningdek, u miyya ham hisoblanib qizil tugamasi orqali mobil ilovasiz ham viberatsiyalarni soatlarga yubora oladi. 3-rasm. “Motion control XR” qurulmasining miyasi Qurilmaning texnik imkoniyatlari oʻquvchilar uchun signalni aniq va tezkor qabul qilishni taʼminlashga imkon beradi, bu esa jismoniy tarbiya mashgʻulotlarida oʻzaro muloqotni sezilarli darajada soddalashtiradi. Ushbu qurilma yordamida mashgʻulotlarni tashkil qilish yanada qulay va samarali boʻladi. Bundan tashqari, signal orqali boshqaruv xavfsizlikni oshiradi va oʻquvchilar uchun qulay sharoit yaratadi. Vibratsion signal orqali mashqlarni boshqarish yangi pedagogik yondashuv hisoblanadi. Qurilma dars jarayonining umumiy sifatini yaxshilaydi va koʻproq 408 oʻquvchining darsga jalb qilinishiga yordam beradi. Mashgʻulot davomida signal orqali harakatlarni boshqarish travmalar xavfini kamaytiradi. Tahlil va natijalar (Analysis and results). Shu asosda ushbu texnalogik qurulma ishlab chiqilishidan oldin va keyin 45 daqiqalik dars mashgʻulotlarni xronametraj oʻtkazish orqali ularning umumiy va motor zichligi aniqlandi. Xronametraj har ikki nazorat va tajriba guruhlaridan olindi. Tadqiqot oxirida har ikki guruhning ham natijalari tahlil qilindi. 1-jadval Nazorat va tajriba guruhilarining xronametraj tahlili Guruh Тadqiqot boshi Таdqiqot oxiri TG NG TG NG Umumiy zichlik 77,5% 80,7% 85,5% 79 % Motor zichlik 38 % 40 % 56,6 % 42,4 % Ushbu jadvaldan koʻrinib turibdiki, oʻtkazilgan tajriba yaʼni “Motion control XR” texnologik qurulmasining belgilangan vaqtdan samarali foydalanishda yuqori samarasi mavjud ekan. Kar va zaif eshituvchi bolalar uchun dars mashgʻulotlarida motor zichlikni foizi yuqori boʻlishi murakkabroq boʻlgan holatdir. Ularning eshitmasligi har bir berilayotgan topshiriqlarni oʻz vaqtida qabul qilib, bajarishiga toʻsqinlik qiladi. Shuning uchun ham biz aynan “Motion control XR” texnologik qurulmasini ishlab chiqdik va amaliyotga tadbiq etdik. Bu aynan oʻquvchilarning mashgʻulot vaqtida buyruqlarni tez anglashi va vaqtdan samarali foydalanishga olib keldi. Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations). Xulosa qilib aytganda, “Motion Control XR” texnalogik qurilmasining qoʻllanilishi mashgʻulot vaqtining samarali taqsimlanishini taʼminladi, oʻquvchilarning mashqlar bajarishga boʻlgan eʼtiborini kuchaytirdi hamda dars jarayonini boshqarishni soddalashtirdi. Belgilangan vaqtdan samrali foydalanish darajasining tajriba guruhida nazorat guruhiga qaraganda ancha farqli darajada oʻsganligi biz tomonimizdan ishlab chiqilgan metodikalar hamda zamonaviy yondashuvlarning samarasi deb baholaymiz. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-oktabrdagi PF-6099-son “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qarori. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PQ – 5148 – son “Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori. 3. G.W. Ladd, H.L. Munson, J. K. Miller &"Social Integration of Deaf Adolescents in Secondary-Level Mainstreamed Programs" Exceptional Children, 1984, 50(5), 420–428. 4. Sari I., & Bayazit B. - The Relationship Between Perceived Coaching Behaviours, Motivation and Self-Efficacy in Wrestlers. Journal of Human Kinetics, 57(1), 2017. 5. Ibragimov M.A. - Imkoniyati cheklangan shaxslarga Yunon-rum kurashini 409 oʻrgatishning optimal nisbatlari \\ pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori.diss…, OAK Oʻz.Res. Chirchiq. OʻzDJTSU. 2024-100 b. 6. Salamov R.S. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. Oʻquv qoʻllanma IIjild. Т.: 2015. – 180 b. 7. Lieberman, Lauren Joy. The Effect of Trained Hearing Peer Tutors on the Physical Activity Levels of Deaf Students in Inclusive Elementary Physical Education Classes // for the degree of Doctor of Philosophy in Human Performance presented on August 14. 1995. 143. pp. 8. SARAH SOMERSET. - Investigating the experiences of deaf or hard of hearing children participating in Sport // Thesis submitted to the University of Nottingham for the degree of Doctor of Philosophy. 28th June 2018. – 311. pp.