AMIR TEMURNING DAVLAT BOSHQARUVIDAGI ISLOHOTLARI VA MA'MURIY BOSHQARUV TIZIMI
Full text
169 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc AMIR TEMURNING DAVLAT BOSHQARUVIDAGI ISLOHOTLARI VA MA’MURIY BOSHQARUV TIZIMI O‘rozdavlatov Samandar Alisherovich samandaror[email protected] Jumayev Himoyiddin shuhrat oʻgʻli [email protected] Safarov Bobomurod Bozor oʻgʻli [email protected] Denov tadbirkorlik vapedagogika instituti Tarix yo‘nalishi talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.17733355 Annotatsiya: Amir Temur va temuriylar zamoni davlatchilik siyosati, boshqaruv tizimini ko’rib chiqmoqchi ekanmiz, davlat, davlatchilik mohiyatida muayyan bir makon va jamiyatda mavjud turli imkoniyatlarni shu yerlik xalq manfaati yo’lida yuzaga chiqaruvchi tashkilotchilik yotganini eslatib o’tish g’oyatda muhimdir. Zero, davlat asoslari, davlatchilik har bir jamiyat va xalq boshiga bir marta bitilgan bo’ladi. Ushbu maqolada buyuk sarkarda Amir Temur davlat boshqaruvi va islohotlari, shuningdek, hukmronlik amaliyotlari haqida ma’lumotlarga ega bo’lasiz. Kalit so‘z: devonbegi, Ray, Seiston, Shoxruh, qozi, yetti arkon, sipoh, ma’muriy boshqaruv. Аннотация. Рассматривая государственную политику и систему управления времен Амира Темура и Тимуридов, крайне важно отметить, что сущность государства и государственности заключается в организации, создающей разнообразные возможности в определённом пространстве и обществе на благо местного населения. Ведь основы государства и государственности пишутся единожды для каждого общества и народа. В этой статье вы получите информацию о государственном управлении и реформах великого полководца Амира Темура, а также о практике правления. Ключевые слова: девонбеги, Рэй, Сейстон, Шахрух, кази, семь архонтов, сипо, административное управление. Abstract. As we are going to consider the state policy and governance system of the time of Amir Temur and the Timurids, it is extremely important to mention that the essence of the state and statehood is the organization that creates various opportunities in a certain space and society for the benefit of the local people. After all, the foundations of the state, statehood are written once for each society and people. In this article, you will get information about the state administration and reforms of the great commander Amir Temur, as well as about the practices of rule. Keywords: devonbegi, Ray, Seiston, Shahrukh, qazi, seven archons, sipoh, administrative management. O‘zbek davlatchiligi miloddan avvalgi 1-mingyillikning birinchi yarmidan o’z tarixini boshlab to Amir Temur davlatimiz tepasiga kelgunga qadar deyarli 2100 yillik taraqqiyot yo’lini bosib o’tgandi. Bu ulkan davr ichida davlatimiz boshqaruviga turli sulolalar(bugungi tilda aytganda siyosiy partiyalar)kelib ketdi. Ularning faoliyati turli zamonlarda, turli obyektiv-subyektiv shart-sharoitlarda turlicha kechdi. Biz mazkur masalaga urg’u berayotganimizning bir necha sababi bor. Birinchidan, biz Amir Temur davlati, Temuriylar davlati kabi keng tarqalgan tushunchalarga qarshimiz. Zero, davlatchilik asoslari yagona bo’ladi. Demak, Amir Temur davlati emas, o’zbek davlatchiligining Amir Temur boshqargan bosqichi deyilsa hartaraflama haqiqatga mos tushadi. Ikkinchidan, AmirTemur davlati tushunchasi davlat-chiligimizning ham ungacha bo’lgan, ham undan keyingi taraqqiyot yo’lini uzib qo’yadi(bu fikr boshqa sulolaviy davlatlarga ham tegishli, albatta). Bu o’z o’rnida, bir tomondan, tarixni soxtalashtirsa, ikkinchi tomondan, davlatchiligimiz
170 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc tarixidagi bosqichiy jarayonlar, masalan, yana o’sha Amir Temur davri mohiyatini anglashni qiyinlashtiradi. Zero, hatto sofilmiy nuqtai nazardan olganda ham mushohada jarayonda kuzatilgandagina to’liqlanadi, xulosa uchun imkon yaratadi. 1 Uchinchidan,biz o’zbek davlatchiligi mohiyati va imkoniyatlari haqida qanchalik so’zlamaylik, agar uning amaliy ifodasining guvohi (bugungi kun nuqtai nazaridan esa quruvchisi)bo’lmas ekanmiz, gap-gapligicha qolaveradi. Shu ma‘nodaAmirTemur davri davlatchiligimizning mohiyati va imkoniyatlari ko’lamini amalda yuzaga chiqarib berganligi bilan ham g’oyatda muhimdir. Amir Temur saltanati davlat tuzilishining qonun-qoidalari jihatidan Musulmon Sharqida hukm surgan davlatlardan deyarli farq qilmasada, boshqaruv tizimlari Turkiston va Movarounnahr davlatchiligining asriy an‘analari, fath etilgan mamlakatlarning madaniy ta‘siri asosida bir qator yangi tartib-qoidalar bilan takomillashtirildi. 2 Saltanatning markaziy ma‘muriyatini bosh vazir—devonbegi boshliq yetti vazirdan ibora tarkoni davlat boshqargan . Ulardan birinchisi-mamlakat va ra‘iyat ishlari bo’yicha vazir viloyat va tumanlardan to’planadigan hosil, soliq-o’lponlar hamda mamlakatdagi obodonchilik ishlari bilan shug’ullangan. Ikkinchisi-vaziri sipoh, ya‘ni harbiy ishlar bo’yicha vazir askarlar maoshi, oziq-ovqat va qurolyarog’lari ta‘minoti bilan mashg’ul bo’lgan. Uchinchisi-tijorat vaziri savdogarlarning mol-mulklaridan olinadigan zakot va boj, chorvachilikdan yig’iladigan daromad, egasiz qolgan mol-mulkni tasarruf etish, meros va merosxo’rlar bilan bog’liq masalalarni hal etish kabi ishlarni bajargan. 3 To’rtinchisi-saltanat ishlarini-yurituvchi vazir, ya‘ni moliya ishlari vaziri davlat xazinasidan sarf etiladigan xarajatlar, umuman saltanat kirim-chiqimlarini boshqargan. Ana shu to’rt vazirdan tashqari, chegara viloyatlari va tobe‘ mamlakatlar ishlarini nazorat qilibturish uchun maxsus uch nafar vazir tayin etilgan, ular mazkur viloyat va mamlakatlardan davlat xazinasiga kelib tushadigan daromadlarni nazorat qilish va ularga bog’liq moliyaviy masalalar bilan mashg’ul bo’lgan.O’z navbatida, ular saltanatning bosh nazorat hay‘ati - «xolisa»ni tashkil etishgan. Mazkur yetti vazir devonbegiga bo’ysungan va davlatning muhim moliyaviy ishlarini u bilan bamaslahat olib borishgan. Yozma manbalardan ma‘lum bo’lishicha, Amir Temur va Temuriylar hukmronlik qilgan davrda saltanat devonxonasida Amir Dovud, Jaloliddin Feruzshoh, G’iyosiddin Shoh Malik, Alouddin Alika Ko’kaldosh va Alisher Navoiydek dono va tadbirkor devonbegilar bu oliy mansabda faoliyat ko’rsatganlar, mamlakat obodonligi yo’lida ko’p xayrli ishlar qilganlar. Shu bilan birga devonxona huzurida arzbegi, sadri a‘zam, shayxul islom va ahdos qozisi kabi lavozimlar joriy etilgan edi. Mamlakat ma‘muriy jihatdan ulus, viloyat va tumanlarga bo’linib, ularni, hokim, noib va tumanboshilar boshqarishgan. Ularning aksariyati harbiy mansabdor amirlardan iborat edi. Har bir shahar va viloyatda o’z hokimi, moliya devoni, qozisi, muftiysi, mutavallisi va muhtasibi(moliyaga tekshiruvchi)bo’lgan. Lashkarlar uchun maxsus qozi tayin etilgan. Shuningdek harbir shahar va qishloqda kutvol, ya‘ni komendant tayinlanib, unga shahar va qal‘a istehkomlarini ta‘mirlash va shahar mudofaasi vazifalari yuklangan. Shubhasiz, mahalliy ma‘murlar, o’z navbatida, saltanatning 1 O’zbekiston tarixi. Oliy o’quv yurtlarining tarix fakulteti talabalari uchun darslik / Mas‘ul muharrir A.S.Sagdullayev. I qism. – Toshkent, Donishmand ziyosi. 2021. - 624 b. 2 Eshov B.J. O’zbekiston davlatchiligi tarixi. (o’quv qo’llanma). – Toshkent: Ma‘rifat, 2009. 3 O’zbekistonning yangi tarixi / Tuzuvchilar: M.Jo’rayev, R.Nurillin, S.Kamolov va bosh. 2 kitob. Toshkent, Sharq. 2000. 688-bet
171 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc oliy devoni-arkoni davlatga bo’ysunishgan. Shunisi e‘tiborga loyiqqi, ulus noibligi yoki viloyat hokimligiga aksariyat shahzodalar yoki xizmat ko’rsatgan sarkarda-yu davlat ma‘murlari tayinlangan. 4 Chunki Amir Temur mamlakatni, xususan fath etilgan viloyat va hududlarni o’g’illari, nabiralari va xizmat ko’rsatgan amirlariga suyurg’ol tarzida in‘om qilib, ular orqali boshqarardi. AmirTemur o’limidan biroz avval Movarounnahrdan tashqari, o’z tasarrufidagi barcha viloyat va mamlakatlarni farzandlari orasida bunday taqsimlaydi: Ozarboyjon, Shom, Rumni, Istambul va Misrni –Mirzo Umar ibn Mironshohga, Fors va Iroqni-PirMuhammad ibn Umarshayxga, Xuroson, Mozandaron, Ray va Seistonni-Shohrux Mirzoga, «Sulton Mahmud G’aznaviy mulkini» Kobul va Qandahordan Shimoliy Hindistongacha Sinddaryosi havzasi bilan birga-Pir Muhammad Jahongirga, Toshkent, Sayram, O’tror va Ashparadan toXitoychegarasigacha-Ulug’bekka, Farg’ona, Tarozdan to Xo’tangacha, ya‘ni Sharqiy Turkistonning janubi-g’arbini-Ibrohim Sultonga beradi. Garchi bular Markaziy hukumatga itoat etsada, muayyan darajada mustaqillikka ega edi. Mulk hukmdorlarining alohida davlat devonxonasi, qo’shini bo’lib, ularning Markaziy hukumatga tobeligi xirojning bir qismini Samarqandga yuborib turish va oliy hukmdor harbiy yurishlarida o’z qo’shini bilan qatnashish yoki talab qilingan askarni yuborib turishdan iborat edi. Suyurg’ol-AmirTemur davlati tashkil etilishi arafasida joriy qilinib, u «iqta‘»-bir bo’lak yer berish tarzida ma‘lum tuman yoki viloyatni hukumat yorlig’i bilan oliy hukmdor avlodlari va xizmat ko’rsatgan yuqori tabaqa zodagonlariga in‘om etilgan. Ba‘zan suyurg’ol yerlari oliy hukumatning farmoni bilan avloddan avlodga meros qoldirilgan. 5 Masalan, Amir Temurning to’ng’ich o’g’li Jahongir vafotidan so’ng unga tegishli Balx viloyatiga Kobul, G’azna va Qandahorni qo’shib, marhumning o’g’li PirMuhammadga berildi. Shuningdek, Umarshayxning o’g’li Rustamga Isfahon, Mironshohning o’g’li Abu Bakrga Bag’dod suyurg’ol qilinadi. Shu tarzda Movarounnahrdan tashqari, mamlakat bir qancha bo’laklarga bo’linib ketadi. Viloyat hokimlari-shahzodalar o’z tasarrufidagi mulklarda iloji boricha doimo mustaqil hukmronlik qilishga intilar edi. Markaziy hukumat esa vaziyat jiddiylashgan paytlardagina ularning ichki ishlariga aralashardi. Shubhasiz, suyurg’ol asosida qurilgan mulk tartibining g’oyatda kuchayishi oqibatda ayrim viloyatlar mavqei ma‘lum darajada oshishiga olib kelgan va ichki nizolarni keltirib chiqargan. AmirTemur hayotlik chog’idayoq mamlakatning uzoq o’lkalaridagina emas, hatto uning markaziy viloyatlarida ham nizo va urushlar bo’lib turgan. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. O’zbekiston tarixi. Oliy o’quv yurtlarining tarix fakulteti talabalari uchun darslik / Mas‘ul muharrir A.S.Sagdullayev. I qism. – Toshkent, Donishmand ziyosi. 2021. - 624 b. 2. O’zbekistonning yangi tarixi / Tuzuvchilar: H.Sodiqov, R.Shamsitdinov, P.Ravshanov va bosh. 1-kitob. Toshkent, Sharq. 2000. 464-bet 3. O’zbekistonning yangi tarixi / Tuzuvchilar: M.Jo’rayev, R.Nurillin, S.Kamolov va bosh. 2 kitob. Toshkent, Sharq. 2000. 688-bet 4. Eshov B.J. O’zbekiston davlatchiligi tarixi. (o’quv qo’llanma). – Toshkent: Ma‘rifat, 2009. 5. Rtveladze E.V., Saidov A.X., Abdullaev Ye.V. Qadimgi O’zbekiston sivilizatsiyasi: davlatchilik va huquq tarixidan lavhalar. - T., 2001 6. Ziyoev H. Buyuk Amir Temur saltanati va uning taqdiri. - Toshkent: Ma‘naviyat, 2008. — 136 b. 4 O’zbekiston tarixi. Oliy o’quv yurtlarining tarix fakulteti talabalari uchun darslik / Mas‘ul muharrir A.S.Sagdullayev. I qism. – Toshkent, Donishmand ziyosi. 2021. - 624 b. 5 Eshov B.J. O’zbekiston davlatchiligi tarixi. (o’quv qo’llanma). – Toshkent: Ma‘rifat, 2009.