scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SO'NGGI XORAZMSHOHLAR (USTUNLIK VA XATOLARI)

To'rayev O'lmasbek Safarali o'gli

Full text

172 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc SO‘NGGI XORAZMSHOHLAR (USTUNLIK VA XATOLARI) To‘rayev O‘lmasbek Safarali o‘gli Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti E-mail: @bavariyamyunxen00gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.17733395 Annotatsiya: Qadimda bizning o’lkamizda juda ko’plab xalqlar, yirik davlatlar mavjud bo’lgan. Va ular nafaqat O’zbekiston, balki butun Jahon ilm faniga, davlatchiligiga madaniy, siyosiy yuksalishiga hama ma’lum darajada hissa qo;shib kelishgan. Shulardan biri “Xorazmshohlar” davlati bo’lib, u (1077-1231) yillarda bizning o’lkamizda faoliyat yuritgan. Quyida bu davlatning faoliyati, inqiroz saablari va Mo’g’ullar istilosi haqida so’z yuritiladi.. Kalit so’zlar: Xorazmshoh, Jaloliddin, Mo’g’ul, Alouddin, istilo, bosqin, savdo-sotiq, Gurganj, O’tror, qamal, Chingizxon, Elchi, mudofa. KIRISH: Davlatning tashkil topgan sanasi hamon munozarali hisoblanadi. Saltanatni boshqargan sulolaga dastlab Gʻarchiston hukmdorlarining turkiy quli, keyinchalik Saljuqiylar xizmatidagi mamluk boʻlgan Anushtegin (Gʻarachoy nomi bilan ham tanilgan) asos solgan. Biroq, Xorazmning qoʻshni davlatlardan mustaqilligini taʼminlagan shaxs Anushtegnning nabirasi Alouddin Otsiz (1127—1156 yillarda hukmronlik qilgan) boʻlgan. Xorazmshohlar imperiyasi vaqt oʻtishi bilan Fors atrofidagi hududlarda eng qudratli davlatga aylandi. U Saljuqiylar va Gʻuriylar imperiyalarini magʻlub etib, hatto Abbosiylar xalifaligiga tahdid sola boshlagan. Taxminlarga koʻra, imperiya 3,6 million kvadrat kilometrdan 4, 2 million kvadrat kilometrgacha boʻlgan maydonni egallagan Oʻzidan oldingi Saljuqiylar imperiyasiga oʻxshash tarzda tashkil etilgan bu davlatni asosan qipchoq turklaridan iborat ulkan otliq qoʻshin himoya qilgan. Xorazmshoh El Arson davridan (1156—1172) boshlab, Anushteginiylar Movarounnahr va Xurosonning barcha hududlarida dastlab Saljuqiylar va Qoraxitoylarning vassallari sifatida, keyinchalik esa mustaqil hukmdorlar sifatida XIII asrda Chingizxonning Xorazmga moʻgʻul bosqinigacha hukmronlik qilgan. XII asr oxiri – XIII asr boshlariga kelib, Xorazmshohlar davlati musulmon Sharqining eng yirik va qudratli davlat birlashmasiga aylandi. Bu davlat oʻz ichiga markazi va poytaxti Gurganj (Koʻhna Urganch) boʻlgan Turkmanistonning butun hududini, shuningdek, hozirgi Oʻzbekistonning barcha yerlarini, zamonaviy Qozogʻiston, Afgʻoniston, Tojikiston va Qirgʻiziston, Eron, Iroq, Ozarbayjon hamda Suriya hududlarining bir qismini (jami taxminan 4,2 million kvadrat kilometr) qamrab olgan edi. hukmdori Chingizxon boshchiligida Xorazmshohlar davlatiga bostirib kirib, atigi ikki yil ichida uni toʻliq zabt etishga erishdilar. Moʻgʻullar imperiyadagi mavjud zaifliklari va ichki nizolardan foydalanib, eng boy shaharlarni qamal qildilar hamda talon-taroj qildilar. Ular mamlakat aholisini insoniyat tarixidagi eng qonli urushlardan birida shafqatsizlarcha qilichdan oʻtkazdilar. XI asr va XII asrning birinchi yarmida Xorazm saljuqiylar davlati (Gʻaznaviylar davlati xarobalarida XI asrda tashkil topgan) tarkibiga kirgan. Xorazmning XI asrdagi yuksalishi turkiylar sulolasiga mansub xorazmshohlar siyosati bilan uzviy bogʻliq. Mazkur sulolaga saljuq amirining tashtdori Anushtegin asos solgan. Sulton hammomchilari mahkamasining sardori boʻlgan Anushtegin Garchoi Malikshoh (1072-1092 yy.) saroyida yuksak martabaga erishgan. U rahbarlik qilgan mahkama zimmasiga Xorazmni boshqarish ham yuklangan. 1077-yilda Malikshoh Anushtegin Garchoini Xorazmga noib etib tayinlaydi va Xorazmda Anushteginlar sulolasi hukmronligi boshlanadi. Anushteginlar turkiylar sulolasidan boʻlib, oʻsha paytda, Osiyoda hukmronlik qilgan uch buyuk sulola: Anushteginlar, Saljuqiylar va Gʻaznaviylar bir negizdan kelib chiqqan. 1097-yilda Anushtegin vafot etgach, Xorazm noibi etib Ekinji ibn Qorachar tayinlanadi. Biroq u oʻsha yili noiblikdan chetlatilib, uning oʻrniga Anushteginning oʻgʻli Qutbiddin Muhammad (1097-1127 yy.) 173 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc qoʻyiladi. Garchi, u „Xorazmshoh“ unvonini tiklab, shu nom bilan ulugʻlansa ham Saljuqiylarning sadoqatli noibi boʻlib qoldi. Qayta tiklangan xoramshoh mansabiga sazovor boʻlgan Anushtegin nabirasi Otsiz Xorazm mustaqilligi yoʻlida astoydil harakat qilgan. Xorazmshoh Otsiz (1127-1156 yy.) saljuq sultoni Sanjarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borgan. U mugʻombir diplomat va qatʼiy sarkarda boʻlib, mustaqil tashqi siyosat yuritadi. Chunonchi, u oʻz hukmdori Sanjarning ruxsatisiz qipchoqlar va turkmanlarga qarshi urush boshlaydi. 12-asrning boshida Oʻrta Osiyoni sharq tomondan yangi istilochilar – qoraxitoylar bosib oladilar. Sulton Sanjar oʻzining yaqin qarindoshi boʻlgan samarqandlik qoraxoniylar xoni Mahmudga yordamga keladi. Qoraxitoylarga qarshi Samarqand yaqinida boʻlib oʻtgan jang Sanjarning toʻla magʻlubiyati bilan yakunlanadi. Xorazmshoh Otsiz Sanjarning magʻlubiyatidan ustalik bilan foydalanib 1141-yili Marvni ishgʻol etadi, 1142-yili esa Nishopurga yaqinlashadi. 1156-yili Otsiz vafot etadi va uning oʻgʻli Elarslon (1156-1172 yy.) xorazmiylar davlatini mustahkamlashni davom ettirib, Dixiston, Tus, Niso, Nishopur, Bistom, Sova, va Mashhadni sarhadlariga qoʻshib oladi 1168-yilid El Arslon qoʻshinlari Iroq Saljuqiylari Sultoni Arslonshoh qoʻshinlarini yengadi va Ray hujumdori Inonchixon Qazvin va Zanjon shaharlarini egallab Ray Qazvin va Zanjon shaharlarida Abulfath El Arslon Xorazmshoxga bogʻliqligini bildirib nomiga hutba oʻqitadi biroq 1169-yilda Inonchixon zaharlanib oʻldirilgach Sulton Arslonshoh Zanjon Qazvin va Ray shaharlarini qaytarib oladi. Elarslon oʻziga voris etib oʻgʻli Sultonshoh Mahmudni (1172-1193) tayinlaydi, biroq toʻngʻich oʻgʻli Takash ukasining hokimyatini tan olmay, unga qarshi kurash boshlaydi. Natijada toju-taxt uchun kurash boshlanadi, bu kurash 21 yil davom etib, unda Takash gʻolib keladi. Uning oʻgʻli Tekesh (1172-1200 yy.) 1187-yili Nishopurni, 1192-yili esa Marvni bosib oladi. 1194-yili gʻarbiy saljuqlar sultoni Tugʻrul III ibn Arslonshohni qaqshatqich magʻlubiyatga uchratib, Eronnni Fors Kirmonni toʻliq egallaydi va Iroqu-Ajamni yerlarini bir qismini ham egallab oladi. 1195-yili Tekesh abbosiy xalifa qoʻshinini tor-mor qilib, Iroqga bostirib kiradi. Oʻz mamlakati hududlarini ikki karra kengaytirgan va qudratli davlat barpo etgan xorazmshoh Tekeshni Xorazmning eng isteʼdodli hukmdori deb eʼtirof etish mumkin. Uning siyosati kamchiliklaridan biri qipchoq harbiy aristokratiyasiga koʻrsatilgan homiylik boʻlgan. Qipchoqlar Tekesh rafiqasi xayriohligidan foydalanib davlat ishlariga koʻproq taʼsir koʻrsatishga intilgan. Turkiy „qoʻmondonlar“ning davlat ishlariga oʻzboshimcha aralashuvi keyinchalik Tekesh oʻgʻli Muhammad zamonida Xorazm davlatining parchalanishiga sabab boʻlgan. Alovuddin Muhammad (1200-1220) davrida mamlakat hududi yanada kengadi. 1210-yilda Movarounnahrni Qoraxitoylardan tortib oladi. Uning davrida mamlakat qanchalik gullab-yashnamasin, mamlakat ich-ichidan yemirilib borgan. Xatto, sulton saroyida ham ichki nizolar avj olib, ularning boshida Turkon Xotun va qipchoqlar turgan. Sulton saroyidagi bunday nizolardan foydalangan moʻgʻullar 1219-1221-yillarda mamlakatning asosiy qismini bosib oladilar. Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi (1220-1231 yy.) 11 yil davomida Hindiston, Eron va Ozarbayjon hududlarida moʻgʻullarga qarshi mardonavor kurash olib boradi. 1231-yil avgustda Jaloliddin Manguberdi Ozarbayjonda halok boʻlgach, 154-yil hukmronlik qilgan Anushteginlar sulolasining hukmronlik davri tugaydi. Keyinchalik Xorazmshohlar davtlati Saljuqiylar va Gʻuriylar davlatlarini magʻlub etib, Fors tuproqlaridagi eng qudratli hamda ulkan sarhadlarga ega davlatga aylandi. Hattoki Abbosiylar xalifaligiga ham xavf sola boshladilar. Manbalarga koʻra, 13-asr boshlarida Xorazmshohlar davlati Islom olamidagi eng qudratli davlat hisoblangan. Hisob-kitoblarga koʻra, davlat hududi 4.2 million kvadrat kilometrdan to 4.5 million kvadrat kilometergacha choʻzilgan boʻlib, mazkur ulkan sarhad davlatning tarixdagi buyuk imperiya sifatida shakllanishiga imkon bergan. Saljuqiylardan andoza olib 174 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc shakllangan bu davlat asosan Oguz va Bijanak turklaridan tarkib topgan ulkan harbiy boʻlinma tomonidan idora etilgan. Moʻgʻullar davlati (moʻgʻulcha: Монголын эзэнт гүрэн; moʻgʻulcha: Их Монгол улс, Yeke Mongɣol ulus — „Buyuk moʻgʻullar davlati“) — XIII asr 1-yarmida Chingizxon va uning vorislarining istilolari natijasida vujudga kelgan va Sharqiy Yevropadan Yaponiya dengizigacha va Novgoroddan Janubi-Sharqiy Osiyogacha va Koreya gacha boʻlgan hududni oʻz ichiga olgan jahon tarixidagi eng yirik davlat. Oʻzining gullab-yashnagan davrida u Oʻrta Osiyo, Janubiy Sibir, Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq, Xitoy hamda Tibetning keng hududlarini oʻz ichiga olgan. XIII asrning ikkinchi yarmida imperiyaning yemirilishi boshlandi va 1266-yilda barham topadi, har bir ulus xonlarining har biri (imperiyaning oʻzini boshqargan Xubilaydan tashqari) oʻzini mustaqil deb eʼlon qilib, chingiziylar boshchiligidagi alohida uluslar xonlari bir-birini mustaqil deb tan oldi. Buyuk Moʻgʻulistonning eng yirik boʻlaklari Yuan imperiyasi, Joʻji ulusi (Oltin Oʻrda), Hulokuiylar davlati (Elxoniylar) va Chigʻatoy ulusi edi. Yuan imperator unvonini qabul qilgan (1271) va poytaxtni Xonbaliq (hozirgi Pekin)ga oʻtkazgan Buyuk Xon Xubilay barcha uluslar ustidan hukmronlik qilishni daʼvo qildi. XIV asr boshlariga kelib imperiyaning rasmiy birligi amalda mustaqil davlatlar konfederatsiyasi shaklida tiklandi. 1368-yilda Yuan imperiyasi barham topdi va shu bilan Moʻgʻul imperiyasi tarix sahnasidan ketdi.Kustidan gʻalaba qozongan Temujin (Chingizxon) oʻz xalqiga — qoʻshinlarga bosh boʻldi. 1203-1204-yillar qishida bir qator islohotlar natijasida Moʻgʻullar davlatiga asos solindi. 1206-yil bahorda Moʻgʻulistondagi turli toifa qabilalar sardorlarining qurultoyida Temuchin xon etib tayinlangan va unga „Chingizxon“ („Ulugʻ xon“) deb nom berilgan, tashkil etilgan davlat „Yeke mongʻol ulus“ deb atalgan. Chingizxon hokimiyatni mustahkamlash yoʻlida bir qancha islohotlar oʻtkazgan. Jumladan: • Eng muhim islohot minglik, yuzlik va oʻnliklarga boʻlingan armiyani qayta tashkil etish bilan bogʻliq edi. Shunday qilib, nazorat va intizom yaxshilandi, eng muhimi, qoʻshinlarni tashkil etishning umumiy tamoyillar yoʻq qilindi. Endi martaba koʻtarilishi urugʻ aristokratiyasiga yaqinlik bilan emas, balki shaxsiy qobiliyat va xonga sodiqlik bilan belgilanadi; • Maxsus korpus — keshiklik tuzildi, xonning oʻziga xos shaxsiy qoʻriqchisi ikki qismga boʻlingan: turgʻaud — kunduzgi qoʻriqchilar va kebteul — tungi qoʻriqchilar (mos ravishda 70 va 80 kishidan iborat boʻlgan); • Bundan tashqari, minglab bahodirlardan iborat elita birligi — harbiy xizmatlari uchun ushbu faxriy unvonni olgan eng yaxshi jangchilar tashkil etildi. Shuningdek ming oilani bir maʼmuriy birlikka boʻlishga asoslangan va harbiy tus berilgan yangi maʼmuriy tuzum joriy etilgan. Unga koʻra, Chingizxonga tobe boʻlganlar jami 95 ta „ming oila“ birligiga boʻlib chiqilgan va bularning har biriga urush davrida Chingizxonga sadoqat bilan xizmat koʻrsatgan kishilar boshliq qilib tayinlangan. Lekin amalda ayrim mingliklar bir necha ming oiladan iborat ham boʻlgan. Mingliklarni tashkil etishda imkon boricha bir toifadagi qardosh avlodlarni va qabilalarni bir-biridan ajratmaslikka eʼtibor berilgan. Mazkur „ming oila“lar, oʻz navbatida, gʻarbiy „oʻng qanot“ va sharqiy „soʻl qanot“, markaziy va togʻliklar kabi 4 qismga boʻlingan. Har bir ming oila yuzlikka va oʻnlikka boʻlingan. Aholini roʻyxatga olish ishlari amalga oshirilgan. 15 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan erkaklar harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan. Qoʻshinda qattiq tartib oʻrnatilgan, qonunbuzarlar uchun qattiq jazo, qonun ustuvorligini himoya qilganlarga esa hurmat bildirilib, mukofot belgilangan. Savdo yoʻllari, avvalambor Buyuk ipak 175 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc yoʻlining xavfsizligini taʼminlab, undan toʻla foydalanishga eʼtibor berilgan. Bu tadbirlar Chingizxon hokimiyatini mustahkamlashda ijobiy samara bergan. Chingizxon moʻgʻullardan koʻp sonli yaxshi qurollangan, qattiq intizomga asoslangan va uyushgan qoʻshin tuzadi. XIII asr muallifi Juvayniyning yozishicha, osoyishtalik davrida chorvachilik bilan mashgʻul boʻlgan barcha moʻgʻul aholisi muqoraba (harbiy yurish) eʼlon qilinishi bilan tezda oʻn, yuz, ming, oʻn ming jangchi — tuman boʻlinmalaridan iborat muntazam qoʻshinga aylantirilardi. Har bir jangchi harbiy yurish vaqtida oʻziga zarur boʻladigan qurol-yarogʻ, turli anjomlar va ot-ulovlarini oldindan tayyorlab qoʻyishga majbur boʻlgan. Qoʻshin yuzboshi, mingboshi, tumanboshilar tomonidan boshqarilgan. Tuman boʻlinmalariga, odatda, shahzodalar qoʻmondonlik qilgan. Asosiy qoʻshindan tashqari, Chingizxon ixtiyorida harbiy zodagonlardan tuzilgan maxsus gvardiya („keshik“) ham tashkil etiladi. Bu gvardiya faqat favqulodsa sodir boʻladigan xavf-xatarga qarshi tashlanardi. Davlat maʼmuriyatini markazlashtirish maqsadida Chingizxon Qoraqurum qalʼasini oʻz imperiyasining poytaxtiga aylantiradi. Xat-savodga mutlaqo ega boʻlmagan, madaniyati nihoyatda tuban moʻgʻullar davlat boshqaruv ishlarida uygʻurlardan hamda musulmon savdogarlaridan foydalandilar. Chingizxon va noʻyonlarining maslahatchilari, mirzolari va baʼzi bir mulk maʼmurlari, asosan, uygʻurlardan boʻlgan. Masalan, Sharqiy uygʻurlar xoni Idiqut (Saodatbek) xonning yaqin doʻsti va maslahatchisi edi. Tashatun ismli uygʻur esa davlat muhrdori lavozimini hamda shahzodalarni xatsavodga oʻrgatuvchi ustod vazifasini bajargan. Chingizxon tarqoq jangari moʻgʻul urugʻlarini birlashtirgach, tajovuzkorlik siyosatini yurgizdi (Moʻgʻullar istilosi). Zabt etilgan oʻlka va viloyatlarni Chingizxon 1224-yilda oʻgʻillari va nabiralariga taqsimlab berdi. Janubiy Sibir, Dashti Qipchoq, Volga boʻyi, Xorazm va Darbandgacha boʻlgan oʻlka Chingizxonning toʻngʻich oʻgʻli Joʻjixonga (uning vafotidan keyin esa, nabirasi Botuga meros boʻlgan) topshirildi, Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Movarounnahrga uning 2-oʻgʻli Chigʻatoy ega boʻldi. Chingizxon oʻz vatani Moʻgʻulistonni, shuningdek, Xitoyni 3-oʻgʻli va vorisi Oʻqtoyxonga berdi. Kenja oʻgʻli Tulixonga esa Xuroson, Eron va Hindiston tegdi. Shunday qilib, moʻgʻullar bosib olingan viloyatlarni uluslarga taqsimlab boshqarishga kirishadi. Chingizxonning nabirasi Munke hukmronligi davrida (1251—59) Moʻgʻullar davlati tarkibiga Moʻgʻuliston, Shimoliy Xitoy, Koreya, tangutlarning Si-Sya podsholigi, Markaziy va Oʻrta Osiyo, Zakavkazye, Eron, Afgʻoniston va Rus yerlarining aksariyati kirgan. Biroq, Moʻgʻullar davlatida ichki birlik yoʻq edi, u turli tillarda soʻzlashuvchi koʻplab xalqlarni zoʻrlik bilan birlashtirgan edi, bu xalqlar turli ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyot bosqichida boʻlib, ularning koʻpchiligi taraqqiyot darajasiga koʻra moʻgʻullardan ancha ustun edilar. Munke oʻlimidan soʻng Moʻgʻullar davlati parchalanib keta boshlagan. Undan dastlab Botuxon (1236—1255-yillar hukmronlik qilgan) va Huloku (1256—1265-yillar hukmronlik qilgan) uluslari ajralib chiqib, moʻgʻullar sulolasi hukmronligi ostida mustaqil davlatlar tuzganlar (Oltin Oʻrda, Hulokuiylar davlati). Bu davlatlar Moʻgʻullar davlati ishlariga aralashmaganlar va oʻz navbatida, boshqalarning ham ularning ishlariga aralashishiga yoʻl qoʻymaganlar. Munkening oʻrniga taxtga chiqqan ukasi Xubilay (1260—1294-yillar hukmronlik qilgan) davrida moʻgʻullar Xitoyning butun hududini bosib olishgan. Xubilay va uning vorislari saltanati Yuan deb atala boshlagan. 1368-yil Xitoydagi xalq qoʻzgʻoloni natijasida moʻgʻullar u yerdan quvilganlar. Kulikovo jangidan soʻng moʻgʻullarning Rusdagi hukmronligiga darz ketgan. XIV asrning 2-yarmida Eron, Zakavkazye va Oʻrta Osiyoda moʻgʻullar hukmronligi tugatilgan. XIV asrning soʻnggi choragida Moʻgʻullar davlati barham topgan. XV asrda Esenxon (1440—55 yillarda xonlik qilgan) va Dayanxon (1479—1543-yillarda xonlik qilgan) kabi hukmdorlar birlashib Moʻgʻullar davlatini tiklashga harakat qildilar. Ammo bu harakatlar natija bermadi. Dayanxonning oʻlimidan keyin mamlakat Janubiy Mongoliya va Shimoliy 176 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Mongoliyaga boʻlinib ketdi. Shimoliy Mongoliya ham, oʻz navbatida, Gʻarbiy va Sharqiy qismlarga ajraldi. 16-asrda Mongoliyaning 3 qismida jami 200 hokimlik (knyazlik) mavjud edi. Bu ulkan mamlakatni mo’g’ullar istilo qilishining bir qancha sabablari bor edi.Xorazmshohlar davlatining inqiroziga mo'g'ullar istilosidan oldin yuzaga kelgan ichki ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va harbiy-strategik omillar sabab bo'lgan. Asosiy sabablar orasida hukmdorlarning cheksiz hokimiyatga intilishi, markazdan qochma kuchlarning kuchayishi, saltanat urushlari, iqtisodiy tanazzul, mo'g'ullarning harbiy-siyosiy kuchayishi va diplomatiyaning buzilishi kiritiladi. Ichki sabablar • Siyosiy beqarorlik: Davlat ichida markazlashgan hokimiyatning kuchsizlanishi va amirliklar o'rtasidagi ziddiyatlar. • Hukmdorlarning o'zgarishi: Qisqa vaqt ichida bir necha hukmdorning o'zgarishi siyosiy barqarorlikni pasaytirgan. • Saljuqiy-Saljuqiy urushlari: Davlat ichida taxt uchun kurashlar va ichki urushlar. Iqtisodiy sabablar • Iqtisodiy tanazzul: Qurg'oqchilik va soliq yukining oshishi. • Savdo yo'llarining buzilishi: Qora dengiz va Kaspiy dengizi o'rtasidagi savdo yo'llarining buzilishi. Mo'g'ullar bilan bog'liq sabablar • Cheklangan diplomatik munosabatlar: Mo'g'ullarning Elchixonasi o'ldirilishi. • Mo'g'ullarning harbiy kuchayishi: Markaziy Osiyoda mo'g'ullarning harbiy va siyosiy kuchayishi. • Markaziy Osiyoni birlashtirish: Mo'g'ullar Markaziy Osiyoni birlashtirib, o'z hududlarini kengaytirib kelayotgan edilar. Harbiy-strategik sabablar • Cheklangan harbiy tayyorgarlik: Mo'g'ullarning harbiy kuchiga tayyorgarlik ko'ra olmaslik. • Kuchsiz harbiy-strategik strategiya: Davlatning strategik kuchsizligi. • Cheklangan harbiy strategik strategiya: Davlatning strategik kuchsizligi. Umuman olganda, Xorazmshohlar davlati inqirozi va mo'g'ullar istilosiga olib kelgan omillar ichki siyosiy beqarorlik, iqtisodiy tanazzul, ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlar va mo'g'ullarning harbiysiyosiy kuchayishi bilan bog'liq bo'lgan. Oʻtror voqeasi va undan keyin Chingizxon elchisi Ibn Kafroj Bugʻroning oʻldirilishi, Movarounnahrga Chingizxonning bostirib kirishi uchun bahona boʻldi. Bu yurishda Chingizxon dastlab Sharqiy Turkiston va Yettisuvni zabt etdi. Chingizxonning Movarounnahrga bosqini avvaldan puxta tayyorgarlik koʻrib rejalashtirilgan edi. Chingizxon Gʻarbga harbiy yurishini boshlamasdanoq oʻz dushmanining kuch-qudrati va urushga tayyorgarligi toʻgʻrisida savdogarlar orqali toʻplagan maʼlumotlarini sinchiklab oʻrganib, Xorazmshohlar davlatinmng ichki ahvolidan toʻla voqif edi. Xorazmshohlar davlati koʻp sonli turkiy qoʻshin va yaxshi qurollangan koʻngillilar lashkari hamda yetarli oziq-ovqat zaxirasiga ega edi. Afsuski, Muhammad Xorazmshoh bilan sarkardalar oʻrtasida mavjud ixtiloflar avval boshdanoq bunday ustunlikdan foydalanishga imkon bermadi. Kengashda fikrlar boʻlinib ketdi. Xorazmning mashhur faqihi, muftiy Shahobiddin Xivaqiy barcha qoʻshin (400 ming askar)ni Sirdaryo boʻyiga toʻplab, uzoq yoʻl safarida toliqib kelayotgan moʻgʻullarni qarshi olish, dushmanga hali oʻzini oʻnglab olmasidan turib, bor kuch bilan katta jangda toʻsatdan zarba berish toʻgʻrisida birdanbir toʻgʻri fikr bayon qiladi. Biroq Muhammad Xorazmshohga bunday fikr maʼqul boʻlmaydi. Chunki, u oʻzining oliy lashkarboshilaridan boʻlgan qipchoq lashkarboshilarga tamoman ishonchsizlik bilan qarar edi. Shuning uchun ham u katta 177 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc qoʻshinni bir joyga toʻplashdan va ular fursatdan foydalanib uni taxtdan agʻdarib tashlashlaridan qoʻrqar edi. Askariy kuchini qalʼa va istehkomlarga boʻlib yuborib, ayrim shaharlarni moʻgʻullarga qarshi qoʻyish bilan dushmanga zarba bermoqchi boʻldi. Xorazmshoh moʻgʻullarning asosiy zarbasi Movarounnahrning Zarafshon vodiysiga qaratilsa kerak degan fikr bilan Samarqand va Buxoro shaharlarini mustahkamlashni buyurdi. Samarqandning tashqi devorini qayta qurish maqsadida shahar aholisidan hatto bir yil ichida 3-marta xiroj ham yigʻib olinadi. Barcha koʻrilgan choratadbirlarga qaramasdan xorazmshox. hujumga tayyor emas edi. 1219-yilning kuzida Chingizxon xorazmshoh saltanatiga qarshi yurish boshladi. Jami askari 200 mingga yaqin boʻlgan moʻgʻullarga uygʻur xoni Idiqut va Olmaliq hukmdori Sigʻnoq teginlar ham oʻzlarining harbiy kuchlari bilan qoʻshilgan edi. Chingizxon Oʻtror shahri yaqinida, Movarounnahr va Xorazmni qisqa muddat ichida zabt etish uchun qoʻshinini 4 qismga boʻladi. Uning bir qismini oʻgʻillari Chigʻatoy va Oʻqtoy boshchiligida Oʻtrorni qamal qilish va uni egallash uchun qoldirdi. Ikkinchi qismga Joʻji boshliq etilib, Sirdaryo etagi tomon yuboriladi va unga Sigʻnoq, Oʻzgan, Barchinligʻkent, Jand, Yangikent va boshqa shaharlarni bosib olishni buyuradi. 5 ming kishilik uchinchi qoʻshinni Oloq noʻyon hamda Suketu-cherbi qoʻmondonligida Banokat va Xoʻjand shaharlari tomon yuboradi. Chingizxonning oʻzi asosiy kuchlari bilan Qizilqum orqali Buxoro tomon lashkar tortadi. Inolchiq rahbarligida oʻtrorliklar shaharni mudofaa qilib 5 oy davomida oʻz qoʻllarida ushlab turadilar. Nihoyat moʻgʻullar shaharni egallashga muvaffaq boʻladi. Aholini shahardan tashqariga haydab chiqaradilar va qatl etadilar, shaharni esa talaydilar. Shu asnoda Buxoroga yoʻnalgan Chingizxonning asosiy kuchlari yoʻlda Zarnuq va Nur qalʼalarini ishgʻol qiladilar. 1220-yil fevralda Chingizxon Buxoroga yetib boradi (qarang Buxoro mudofaasi). Moʻgʻullar Buxoroni vayron qilgandan keyin Samarqandga yoʻl oldi. Chingizxon Buxorodan haydab keltirgan asirlardan tashqari oʻgʻillari Chigʻatoy va Oʻqtoylarning Oʻtrordan olib kelgan bandilarini ham Samarqand qamaliga safarbar etadi (qarang Samarqand mudofaasi), Muhammad xorazmshoh Subutoy bahodir va Jebe noʻyon bosh boʻlgan moʻgʻul qoʻshinining taʼqibidan qochib, Kaspiy dengizining janubidagi orollardan birida panoq topadi va sal vaqt oʻtmay gʻariblikda zotiljam kasali bilan va-fot etadi. Bu davrda moʻgʻullarning Joʻji boshliq askariy qismlari Sirdaryo etaklarida bosqinchilik qilmoqda edi. Joʻji shaharni jangsiz taslim boʻlishini talab qilib, Sigʻnoqqa elchi sifatida yuborgan Hasanxoja ismli savdogarni sigʻnokliklar oʻldiradilar. Bundan dargʻazab boʻlgan Joʻji shaharga hujum boshlaydi. Bosqinchilar shaharni talab, aholisini bitta qoldirmay qiradi. Bu voqeadan dahshatga tushgan Oʻzgan shahri aholisi moʻgʻullarga jangsiz taslim boʻladi, ammo, Barchinligʻkentni olishda yana kuch ishlatadilar. 1220-yil Jandga hujum boshlaydilar. Jand noibi Qutlugʻxon shaharni tashlab Xorazmga qochadi. Bosqinchilar Jandni qarshiliksiz egallab, uni talaydilar. Aholisining qurollangan qismi qatl etilib, shahar vayron qilinadi. Bu vaqtda Oloq noʻyon, Suketu cherbi va Toʻgʻay kabi moʻgʻul sarhanglari 5 ming qoʻshin bilan Banokat va Xoʻjand shaharlari ustiga yuradi. Banokat himoyachilari qilichdan oʻtkazilib, qolganlari qullikka mahkum etiladi. Shahar zabt etilgach, navbat Xoʻjandga keladi. Asli nasabi turk boʻlgan Temur Malikning shaxsiy qaxramonligi bilan xoʻjandliklar moʻgʻullarga kutilmagan qarshilik koʻrsatadilar. Juvayniy va Rashiduddinlarning asarlarida Xoʻjand qamalida 20 ming moʻgʻul va 50 ming asir qatnashganligi aytilgan. Biroq, himoyachilarning kuchi teng boʻlmaganligidan Temur Malik shaharni tashlab chiqib ketishga majbur boʻladi. 1220-yilning yozida Movarounnahr janubida shu vaqtgacha bosib olinmagan shaharlarni zabt etishga Chingizxonning shaxsan oʻzi kirishadi. Avval u Nasafga bostirib kiradi. Shaharliklar dahshatga tushib shahar darvozalarini ochib beradilar. U Termizga askar tortadi. Termizning noibi Faxriddin Habash qattiq qarshilik koʻrsatadi. Termiz shahri va aholisi ham moʻgʻullarga qarshilik koʻrsatgan boshqa shaharlar fojiasini boshidan kechirdi. 178 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Sirdaryo havzasi, Zaraf-shon va Qashqadaryo vohalari, Amudaryo oʻrta oqimining oʻng sohili viloyatlari zabt etilgach, Chingizxon asosiy kuchni xorazmshoxlar davlatining markazi Gurganjga tashlaydi. Bu harbiy kuchni Chingizxonning oʻgʻillari Joʻjixon, Chigʻatoyxon va Oʻqtoyxonlar boshqaradi (qarang Urganch mudofaasi). Xorazmshohlar davlati bosib olingach, moʻgʻul jangarilari oʻz kuchini yirik savdo va madaniyat markazlari boʻlmish Balx, Hirot, Marv va Gʻazna kabi shaharlarga yoʻnaltiradi. Ammo bu yerda ular Jaloliddin Manguberdinnnt qattiq qarshiligiga uchraydi. Moʻgʻul qoʻshinining atoqli jangchilari Jaloliddinga qarshi tura olmaydilar. Moʻgʻullarning Parvon dashtidagi magʻlubiyatidan keyin Chingizxon harbiy harakatlarni shaxsan oʻzi boshqaradi. Chingizxon Gʻaznaga lashkar tortadi. Jaloliddin esa urushsiz Sind (Hind) daryosi sohillariga chekinadi. Daryo boʻyida 1221-yilning noyabrda ikki oʻrtada qattiq jang boʻladi. Moʻgʻullarning pistirmaga qoʻygan 10 ming nafarli saralangan lashkari jang oqibatini hal qiladi . Raqibining jasoratiga qoyil qolgan Chingizxon uni taʼqib qilish fikridan qaytadi. 1225-yilga kelib, moʻgʻul qoʻshinlarining asosiy qismi Moʻgʻulistonga qaytib ketdi. Albatta bu urushda Xorazmshohlarning kelishmovchilik va kamchiliklari singari ustunlik tomonlari ham bore di. Xorazmshohlar davlati harbiylari qadimiy harbiy an'analar, kuchli qo'shin va jangovar usullarga ega bo'lgan. Qo'shin tarkibi asosan otliq askarlar, piyoda askarlar, shuningdek, harbiy mutaxassislar, yollanma askarlar va qo'shin xizmatchilaridan iborat edi. Davlatning ko'p yillik tarixida turli xil harbiy tuzilmalar va strategiyalar qo'llanilgan. Harbiy tuzilma • Qo'shinlar: Kuchli armiya Xorazmshohlar davlatining asosiy tayanchini tashkil etgan. • Otlashkorlar: Qo'shinlarning eng asosiy va jangovar qismini otliq askarlar tashkil etgan. • Piyoda askarlar: Qo'shinning yana bir muhim qismini piyoda askarlar tashkil etgan, ular asosan o'q-yoy va turli qurollar bilan jihozlangan. • Yollanma askarlar: Davlatning harbiy qudrati xorijiy yollanma askarlar hisobiga ham ortgan. Jangovar usullar • O'q-yoy: Xorazmshohlar davlati o'q-yoydan keng foydalangan. • Harbiy strategiya: Jangovar usullar va strategiya davlatning harbiy imkoniyatlariga qarab o'zgartirilgan. • Shaxsan boshliq: Xorazmshohlar ko'p holatlarda qo'shinlarga shaxsan boshliq bo'lib, janglarda ishtirok etishgan. XULOSA Xorazmshohlar davlati bu davrda dunyoning en taraqqiy etgan, qolaversa, juda katta hududni o’z qo’l ostida birlashtirgan davlat sanalar edi. Uning bu tomonlari birinchi navbatda juda katta yer boyligi, madaniyatlar qorishmasi, juda katta va qudratli qo’shin, keng hududlarda savdo aylanmasi va boshqa bir qator qulaylik va ustunlikni taminlash bilan birga, boshqaruvdagi noqulayliklar doimiy qo’zg’olonlar, turli etnik guruhlarda bo’lganligi bois tushunmovchiliklar, ozodlik uchun kurash, chegara xavfsizligini taminlash va shu kabi bir qator noqulayliklar ham bor edi albatta. Bundan tashqari Xorazmshohlar aytib o’tilganidek qo’shin ko’pligi jihatidan ham ustun edilar. Xorazmshohlar davlati qoʻshinlari (Alovuddin Muhammad Xorazmshoh davri) Xorazmshohlar davlati ulkan hududga yoyilgan boʻlib, ularning harbiy kuchi son jihatdan juda katta edi. Xorazmshohning butun imperiya boʻylab tarqalgan umumiy harbiy salohiyati (doimiy qoʻshinlar, gʻulomlar, vassallar va garnizonlar) turli manbalarda 300 000 dan 400 000 gacha deb taxmin qilinadi. 179 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Asosiy Muammo: Tarqoqlik Muhammad Xorazmshohning eng katta muammosi shundaki, u bu ulkan kuchni bir joyga toʻplay olmadi. U moʻgʻullarga qarshi kurash strategiyasi sifatida qoʻshinni yirik shaharlar (Oʻtror, Buxoro, Samarqand, Urganch) garnizonlariga taqsimlab yubordi. Samarqand garnizoni 100 000 – 110 000 Eng katta qism (turli manbalarda 60 mingdan 110 minggacha) Oʻtror garnizoni 20 000 – 60 000 Qal’a mudofaasi uchun ajratilgan Buxoro garnizoni 20 000 – 30 000 Asosan mahalliy va yollanma askarlar Urganch (poytaxt) atrofi 50 000 – 70 000 Asosan Turkon Xotunga sodiq Qipchoq otliqlari Muhammad Xorazmshohning shaxsiy qoʻshini 30 000 – 50 000 Janglarda ishtirok etgan asosiy kuch Jami (janglarda ishtirok etgan) Taxminan 250 000 – 300 000 Bu kuchlar bir vaqtning oʻzida bir joyda toʻplangan. Moʻgʻullar imperiyasi qoʻshinlari (Chingizxon davri) Moʻgʻullar qoʻshini son jihatdan Xorazmshohning umumiy kuchidan kichikroq boʻlsa-da, ular yuqori darajada tartibli, intizomli va markazlashgan qo’shin. Chingizxonning Xorazmga qarshi olib kelgan asosiy qoʻshini soni manbalarda turlicha keltiriladi, ammo zamonaviy tarixchilarning eng ishonchli taxminlari quyidagicha: Asosiy jangovar kuchlar 100 000 – 130 000 Bu son faqat moʻgʻul otliqlaridan iborat boʻlgan asosiy Tumenlarni oʻz ichiga oladi. Yordamchi qismlar 20 000 – 50 000 Qoʻshin ortidan keluvchi yordamchi turkiy qabilalar, qamal muhandislari (asosan xitoyliklar va boshqa asirlar), taʼminot guruhlari. Jami (istiloga jalb qilingan kuch) Taxminan 150 000 – 200 000 Bu kuchlar toʻliq birlashgan va Chingizxonning yagona qoʻmondonligi ostida edi. Moʻgʻullar qoʻshini son jihatdan Xorazmshohning umumiy kuchidan kichikroq boʻlsa-da, ular yagona markazdan boshqarilgan, yuqori harakatchanlikka ega boʻlgan va intizom tufayli jang maydonida Xorazmshohlarning tarqoq kuchlaridan ustun kelgan. Xorazmshohlar qoʻshini son jihatdan moʻgʻullarnikidan ancha katta edi, ammo ular tarqoq, boshqaruvda ichki ziddiyatlarga (ayniqsa, qipchoq amirlari va Xorazmshoh oʻrtasida) ega boʻlgani sababli, oʻzining toʻliq salohiyatini ishga sola olmadi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. З М БУНИЯТОВ “XORAZMSHOHLARANUSHTEGINIDLAR DAVLATI” 2. KÜBRA GÖKOĞLU “MO'G'ULLAR JALOLIDDINGA VA QORAXONLARGA QARSHI HARZEMSAH” 3. SHIHOBIDDIN MUHAMMAD AN NASAVIY “SULTON JALOLIDDIN MANGUBERDI HAYOTI TAFSILOTI” 4. ALOUDDIN ATOMALIK JUVAYNIY “TARIXI JAHONKUSHO” 5. Ibn al-ASir -“al-Kamil fi’l-Tarikh “(Toʻliq tarix). 6. O’ZBEKISTON MILLIY ENSIKLOPEDIYASI.