scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

HADIS ILMINING VUJUDGA KELISHI VA TARAQQIYOTI

Qalandarova Madina Jo'rabek qizi

Full text

189 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc HADIS ILMINING VUJUDGA KELISHI VA TARAQQIYOTI Qalandarova Madina Jo’rabek qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tarix yo‘nalishi 4-bosqich talabasi e-mail: [email protected]. https://doi.org/10.5281/zenodo.17733630 Annotatsiya: Hadis ilmi — islom ma’naviyati va tafakkurining asosiy qismini tashkil etuvchi muqaddas soha bo‘lib, u Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning muborak so‘zlari, amallari va taqdirlarini puxta o‘rganish, saqlash hamda insoniyatga yetkazish vazifasini bajaradi. Bu ilm dastlab sahobalar davrida og‘zaki rivoyat shaklida rivoj topgan bo‘lsa-da, vaqt o‘tishi bilan ilmiy metodlar asosida yozma tizimga solindi. Ayniqsa, VIII–IX asrlar hadis ilmining eng yuksak gullagan davri bo‘ldi. Imom al-Buxoriy, Imom Muslim, Termiziy, Abu Dovud, Nasoiy va Ibn Moja singari buyuk muhaddislar o‘z fidokorona mehnatlari bilan hadislarni to‘plab, ishonchlilik darajasiga ko‘ra tartiblash tizimini yaratdilar. Ushbu maqolada hadis ilimining vujudga kelishi, uning taraqqiyoti va yevropalik olimlar tomonidan o’rganilishi haqida ma’lumotlar berib o’tilgan. Kalit so’z: hadis, sunnat, D.G.Pfan-Myuller, saxix, Imom al-Buxoriy, haddasano, “Al-Jomi‘ assaxix”. Аннотация. Наука о хадисах – священная область, составляющая основу исламской духовности и мысли, и её задача – тщательно изучать, сохранять и доносить до человечества благословенные слова, деяния и судьбу нашего Пророка Мухаммада (мир ему и благословение Аллаха). Хотя эта наука изначально развивалась в форме устного повествования во времена сподвижников, со временем она была оформлена в письменную форму, основанную на научных методах. В частности, VIII-IX века были периодом наивысшего расцвета науки о хадисах. Великие учёные-хадисоведы, такие как имам аль-Бухари, имам Муслим, Термизи, Абу Дауд, Насаи и Ибн Маджа, своим бескорыстным трудом собирали хадисы и создали систему их классификации по уровню достоверности. В данной статье представлена информация о зарождении науки о хадисах, её развитии и изучении европейскими учёными. Ключевые слова: хадис, сунна, Д.Г. Пфанн-Мюллер, подлинный, Имам аль-Бухари, подлинный, «Аль-Джами‘ ас-сахих». Abstract. The science of Hadith is a sacred field that constitutes the main part of Islamic spirituality and thought. It performs the function of carefully studying, preserving, and conveying to humanity the blessed words, deeds, and fates of our Prophet Muhammad (peace be upon him). Although this science initially developed in the form of oral narration during the time of the Companions, over time, it was put into a written system based on scientific methods. In particular, the 8th-9th centuries were the period of the science of Hadith's highest flowering. Great hadith scholars such as Imam al-Bukhari, Imam Muslim, Tirmizi, Abu Dawud, Nasa'i, and Ibn Majah, with their selfless work, collected hadiths and created a system of classifying them according to their level of reliability. This article provides information about the emergence of the science of Hadith, its development, and its study by European scholars. Keywords: hadith, sunnah, D.G. Pfann-Muller, authentic, Imam al-Bukhari, authentic,“Al-Jami‘ assahih”. «Hadis», «Sunnat» so‘zlari muqaddaslar o‘rtasida bir ma‘noda tushunilib, janob payg‘ambarimizining aytgan so‘zlari, fe‘l-atvorlari, aloqalari, tahrirlari va payg‘ambarlikka qadar bo‘lgan hamda payg‘ambarlik yillaridagi siyratlarni, ya‘ni hayot yo‘llarini anglatadi. Rasululloh Sallololohu alayhi vassalamning turli sharoitlarida shariat qoidalariga oid aytgan so‘zlari ham hadis 190 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc bo‘lib, fe‘l-atvorlari esa ul zot qilgan va sahobalar tomonidan naql etilgan amallardir. 1 Sahobalarning payg‘ambarimiz ma‘qullagan so‘zlari va hatti-harakatlari taqrir deyilib, ular shar‘iylik huquqiga egadir. Zero janob Rasululloh shariatga xilof narsalarni hech qachon ma‘qullagan emaslar. Hadislar janob Rasululloh hayotliklarida jamlangan emas edi. Chunki janob payg‘ambarimiz sahobalarga: «Mendan Qur‘oni Karimdan bo‘lak hech narsani yozib olmanglar, agar kimki biron narsa yozib olgan bo‘lsa, uni yo‘q qiling!» der edilar. Bundan albatta payg‘ambarimizning hayotliklarida hadislar mutlaqo yozib borilmagan degan xulosa kelib chiqmaydi. Chunki, ba‘zi hollarda payg‘ambarimizning o‘zlari sahobalarga mol-mulkdan olinadigan zakot miqdori haqida joylardagi hokimlarga yozib yuborishni amr qilganlar. Shuningdek, ayrim sahobalarga o‘z shaxsiy maqsadlar uchun hadislarni qayd qilib borishiga ijozat berilgan edi. Abdulloh Ibn Amir ibn Anas, Ali ibn Abu Tolib va boshqalar to‘plagan hadislar bunga dalildir. Dastlabki hadis to‘plamlari to‘g‘ri (saxix) bo‘lgan, ammo keyinchalik, milliy siyosiy ixtilofdir, dinga foyda keltirish maqsadida payg‘ambarimiz nomlaridan yolg‘on hadislar to‘qish, fikr va ilmi kalom sohasidagi ziddiyatlar, amir va hokimlarga xushomadgo‘ylik oqibatida ko‘plab ishonarsiz hadislar ham yuzaga kelgan. Ana shunday bir sharoitda o‘zlarining butun bilim va hayotlarini to‘g‘ri hadislarni aniqlab, jamlashdek ezgu ishga sarflashni o‘zlariga maqsad qilib qo‘ygan shaxslardan – xalifa Umar ibn Abdulaziz bo‘ldi. U joylardagi o‘z noiblariga Muhammad alayhi salomning hadislarini jamlashni amr qildi. Undan keyin birin-ketin ko‘plab hadis to‘plamlari tasnif etila boshladi. Biroq Ibn Ishhob az-Zuhriy va u kishidan keyingi muhaddislarining hadis to‘plamlari muayyan tartibga solinmagan boblarga ajratilgan bo‘lib, ularga payg‘ambarimiz hadislari sahobalar va tobeinlarining fatvolari bilan chalkashtirib yuborilgan edi. IX asr hadis ilmi tarixida oltin davr hisoblanadi. Chunonchi VIII asrning o‘rtalaridan boshlab tobora rivojlangan hadis ilmi bilan keyingi ikki-uch asr davomida to‘rt yuzdan ziyod mualliflar shug’ullanganlar. Hattoki, bu davrda hadislarni ishonchli manbalarga asoslanib, maromiga yetkazib ilmiy ravishda tartibga solish olimlar orasida eng sevimli, zaruriy mashg’ulot darajasigacha yetgan. Shuningdek, bu asrda to‘plangan hadislar ilmiy nuqtai nazardan muayyan qonun-qoidalarga tayangan holda tartibga tushirilgan. Hijriy ikkinchi asrda hadis fiqh ilmining bir bo‘lagi sifatida o‘rganilgan bo‘lsa, uchinchi asrga kelib, alohida soha bo‘lib ajralib chiqdi va mustahkam asosga ega bo‘lgan mustaqil ilm sifatida qaror topdi. Hadis ilmining fiqh ilmidan alohida fan sifatidagi farqini birinchi bo‘lib Imom Shofiiy ko‘rsatib bergan. Islom ilmlari tarixidan kuzatish mumkinki, hadis ilmining alohida yo‘nalish sifatida ajralib chiqishi ko‘proq taba' tobe'inlar davriga to‘g’ri keladi. Zero, sahobalar va tobe'inlar davrida ilmlar ko‘proq yaxlit holda saqlanar, ular islomiy ilmlarning turli yo‘nalishlarini o‘zlarida jamlagan shaxslar edi. Taba' tobe'inlarda ham bu sifatlar qisman kuzatilsa-da, ularning davriga kelib musulmonlar yanada ko‘paygan, islomiy ilmlar esa turli saviyadagi shaxslar va xalqlarning turli shakldagi munosabatlaridan himoyalanishga muhtoj xolga kelgandi. Shuning uchun aynan toba' tobe'inlar orasidan hadis ilmiga alohida xoslangan ko‘plab shaxslar yetishib chiqdi. Islom olamida hadis ilmida markaziy o‘rinlarida faoliyat yuritgan taba' tobe'inlar sifatida ushbu muhaddislarni aytish mumkin. 2 1 Muborakfuriy. Siyrat al-Imom al-Buxoriy / tarjimon U.Uvatov. – T.: TIU, 2008. 2 Goldziher I. Muslim studies (muhammedanische studien). Volume two. London. George allen & unwin ltd. 1969. Translated from the german by c. R. Barber and s. M. Stern. 191 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Yevropada hadis ilmi tarixini o‘rganish XIX asrning ikkinchi yarmida rivojlana boshladi. Sohaga oid ilk tadqiqotlar I.Golsier, D.G.Pfan-Myuller, G.X.Yeynboll, N.Y.Kulson kabi olimlar tomonidan amalga oshirildi. Qur’oni karimning xorijiy tillarga tarjima qilinishi hadislar ustida tadqiqot olib borishga yo‘l ochdi. Buning natijasida esa, hadislar nafaqat chet tillariga tarjima qilindi, balki ular g’arb hadisshunoslari tomonidan chuqur tadqiq etilib, tizimlashtirilgan holda o‘rganildi va ularning sa’y-harakatlari tufayli g’arbda hadis manbalari vujudga keldi. 3 G’arb sharqshunoslari Qur’onning muhimligini shak-shubhasiz tan oladilar, lekin sunnaning ahamiyati haqida so‘z ketganda ularda bunga bir oz shubha bilan qarash holati mavjud. 13 asr davomida sunnat nafaqat muhaddislar, balki XIX asrdan boshlab sharqshunos va dinshunoslar tomonidan shubha ostiga olindi. Yevropada hadis ilmi bilan shug’ullangan tadqiqotchilar haqida qimmatli asar yaratgan Sankt-Petrburglik olim D.V.Ermakov qayd qilishicha, hadisshunoslik sohasi islomshunoslikka oid fanlar ichida eng kam o‘rganilgan yo‘nalishdir. 4 Yurtimiz mustaqillikka erishgandan buyon respublikamizda madaniy merosni, o‘tmishdagi allomalar ijodini o‘rganish orqali milliy qadriyatlarni tiklashga katta e'tibor berilmoqda. Ilgari o‘rganilmagan olimlar hayoti va ijodi, asarlari tadqiq etila boshladi. Boshqa sohalar namoyandalari qatori muhaddislar faoliyati va ularning asarlari tadqiq etilib kelinmoqda. Mana shunday hadis ilmi nomoyondalaridan biri Imom al-Buxoriy hisoblanadi. Manbalarda qayd etilishicha, Imom al-Buxoriy ijodiy faoliyati mobaynida 20 dan ziyod asar yaratgan. Ta’kidlash joizki, Imom al-Buxoriyning shoh asari "AlJome’ as-Sahih" (Ishonchli to‘plam) hadis ilmida Qur’oni karimdan keyingi o‘rinda turuvchi eng muhim manba sanaladi. Islom dinida Qur’oni karimdan so‘ng ikkinchi manba bo‘lib e’tirof etilgan kitob “al-Jomi’u-s-sahih” - (Ishonarli hadislar to‘plami)dir. Mazkur asarning yozilish sabablaridan biri, Imom Buxoriy hazratlarining ustozi, hadis ilmida mo‘minlarning amiri Is’hoq ibn Rohavayhning so‘zlari deb ko‘rsatilgan. Ibrohim ibn Ma’qal an-Nasafiydan rivoyat qilinadi: Imom Buxoriy: “Is’hoq ibn Rohavayh bir kuni: Qaniydi sizlar Rasululloh salllollohu alayhi va sallamning hadislaridan sahihlarini to‘plab bir asar ta’lif etsalaringiz,- deb aytdi. Mana shu so‘z mening qalbimga qattiq o‘rnashib qoldi. Natijada “al-Jomi’u-ssahih – Ishonarli hadislar to‘plami”ni jamlashga kirishdim”,- dedi. Shuningdek Imom Buxoriy nazdida hadis sanadidagi tabaqalarda roviylarning oz bo‘lishi ham hadisning sahihligiga dalolat qilgan. Masalan; agar sanaddagi tobe’inlar tabaqasida ikki roviy bo‘lsa, u holda hadis “hasan – rivoyat qilinish uslubi chiroyli” martabasida bo‘lgan, agar bu tabaqada bir roviy keltirilgan bo‘lsa, u hadisni “sahih” deb e’tirof etgan. Imom Buxoriyning bunday yo‘l tutishining o‘ziga xos sabablari mavjuddir, chunki hadis qanchalik ko‘p roviydan o‘tib muhaddisga yetib kelsa, uning iboralaridagi xato va adashishlar shunchalik ko‘p bo‘lish ehtimoli mavjuddir. Shuningdek, Imom Buxoriy hadis sohasida “haddasano – bizga hadis aytdi” iborasini va uning o‘rniga qoim bo‘ladigan boshqa iboralarni hamda “an–an – falonchi falonchidan, u esa falonchidan hadis aytdi” iborasini ham istilohiy ma’noda qo‘llaganki, bu sanaddagi roviylarning darajasiga ham dalolat qiladi. Jumladan, Imom Buxoriy “al-Jomi’ as-sahih”ni ta’lif etishda hadislarni boblarga tasnif qilib, ularni fiqhiy masalalarga muvofiq tartib bilan keltirganki, bu ham o‘quvchiga kitobdan istifoda qilishni yengillashtiradi. Har bir kitobning va boblarning avvalida oyat va sharhlarning keltirilishi ham o‘ziga xos bir uslub bo‘lib, bu o‘quvchining fikr doirasini kengaytirishga imkon beradi. Shuningdek, Imom Buxoriy hazratlari mazkur hadis to‘plamini “Vahiyning boshlanishi” kitobidan 3 Murodov D. Ҳadisshunoslik atama va iboralari (qisqacha izoҳli lug‘at). – T.: Fan, 2009. – 96 b. 4 Goldziher I. Muslim studies (muhammedanische studien). Volume two. London. George allen & unwin ltd. 1969. Translated from the german by c. R. Barber and s. M. Stern. 192 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc boshlab “Tavhid” kitobi bilan yakunlashligini ham bir hikmati bo‘lib, o‘qish jaryonida e’tiborli kitobxon bu bilan Imom Buxoriy hazratlarining nimaga ishora qilayotganini teran payqab oladi. “Sahihu-l-Buxoriy” hadislar to‘plami 97 kitob va 3881 bobdan iborat bo‘lib, undagi barcha hadislar soni, takroriylari bilan qo‘shib hisoblaganda 7563 tadir. Kitobning hoshiyasidagi mua’allaq hadislar 1391ta, biror hadisga tobe’ bo‘lib kelgan hadislar 344ta va bu kitobdagi barcha hadislar adadi 9082 taga yetadi. Agar hadislarni har birini oldin g’usl qilib, ikki rakaat namoz o‘qigandan keyin o‘z to‘plamiga kiritganligini ham yodga olsak, bu qiymat yanada ravshanroq ko‘rinadi. 5 Bu haqda Imom Firabriydan shunday rivoyat qilinadi: Imom Buxoriyning: “Mana bu “as-Sahih” kitobimga har bir hadisni g’usl qilib, ikki rakaat namoz o‘qiganimdan keyingina kiritdim”,- deb aytayotganini eshitganman. Imom Buxoriy bu hadislarni olti yuz ming hadis orasidan yuz ming sahih hadisni. Yuz ming sahih hadislar ichidan eng-eng sahihlarini ajratib olganligini hisobga olsak, bu kitobning yana bir beqiyos qiymati ko‘z oldimizda yaqqol namoyon bo‘ladi. Hadis ilmi islom tafakkurining eng muhim poydevorlaridan biri bo‘lib, u Qur’oni karimdan keyin eng ishonchli manba sifatida musulmon ummatining e’tiqod, axloq va hayot tarzini shakllantirishda beqiyos o‘rin egallaydi. Bu ilm orqali Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning so‘zlari va amallari asrlar davomida avlodlarga yetib kelgan. Dastlab og‘zaki rivoyatlar orqali saqlangan hadislar keyinchalik ilmiy mezonlar asosida to‘plandi, tahlil qilindi va tartibga solindi. Bugungi kunda ham hadis ilmi nafaqat tarixiy meros sifatida, balki zamonaviy hayotda inson ma’naviyatini yuksaltiruvchi, halollik, adolat va rahm-shafqat kabi ezgu fazilatlarni singdiruvchi manba sifatida o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda. Shunday ekan, hadis ilmini chuqur o‘rganish va uni yosh avlod ongiga singdirish — nafaqat diniy, balki ma’naviy-ma’rifiy burchdir. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Muborakfuriy. Siyrat al-Imom al-Buxoriy / tarjimon U.Uvatov. – T.: TIU, 2008. 2. Goldziher I. Muslim studies (muhammedanische studien). Volume two. London. George allen & unwin ltd. 1969. Translated from the german by c. R. Barber and s. M. Stern. 3. Murodov D. Ҳadisshunoslik atama va iboralari (qisqacha izoҳli lug‘at). – T.: Fan, 2009. – 96 b. 4. Abu Ҳafs Umar ibn Muҳammad an-Nasafiy. al-Qand fiy zikri ulamoi Samarqand (Samarqand ulamolari xotirasiga doir qand(dek shirin kitob) / Arabchadan qisqartirib tarjima qiluvchilar: Usmonxon Temurxon o‘g‘li va Baxtiyor Nabixon o‘g‘li. – T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2001. – 304 b. 5. Hadisshunoslik: o‘quv qo‘llanma / tuzuvchilar: D.Rahimjonov, D.Muratov, R.Obidov, M.Alimova; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti. – Toshkent: Toshkent islom universiteti, 2013. – 268 b. 5 Hadisshunoslik: o‘quv qo‘llanma / tuzuvchilar: D.Rahimjonov, D.Muratov, R.Obidov, M.Alimova; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti. – Toshkent: Toshkent islom universiteti, 2013. – 268 b.