SURXONDARYO VILOYATIDA SOG'LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHDA TIBBIYOTNING O'RNI
Full text
193 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc SURXONDARYO VILOYATIDA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHDA TIBBIYOTNING O‘RNI Mansurova Marhabo Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17733662 Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng Surxondaryo viloyatida sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish jarayonlari, tibbiyot sohasida amalga oshirilgan islohotlarning ahamiyati hamda kadrlar bilan ta’minlashdagi mavjud muammolar va ularning yechim yo‘llari tahlil qilinadi. Shuningdek, tibbiyot tizimini hududiy rivojlantirish jarayonining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati yoritilgan. Kalit so‘zlar: tibbiyot tizimi, Surxondaryo viloyati, sog‘liqni saqlash, mustaqillik, kadrlar siyosati, islohotlar, tibbiy xizmat. KIRISH O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillaridan boshlab sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish va rivojlantirish masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida shakllandi. Aholining salomatligi, tibbiy xizmat sifati va kadrlar salohiyatini oshirish mamlakatning ijtimoiy barqarorligi va iqtisodiy rivojida muhim o‘rin tutadi. Shu nuqtai nazardan, Surxondaryo viloyatida tibbiyot tizimini rivojlantirish va tibbiyot kadrlarini tayyorlash masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda. Yangi O‘zbekiston sharoitida inson qadri va salomatligi yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar asosida tibbiyot tizimida ham ulkan o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, koronovirus pandemiyasini yumshatish, aholi salomatligini muhofaza qilish yuzasidan Respublikada amalga oshirilgan tadbirlar xalqaro jamoatchilik tomonidan e’tirof etildi. Shuningdek, respublikada onalik va bolalikni muhofaza qilish, aholining o‘rtacha umr ko‘rish darajasini oshirish, aholini dori-darmon vositalari bilan ta’minlash, tibbiyotda xususiy sektorning o‘rnini oshirish, zamonaviy tibbiy diagnostika va davolash vositalarini sohaga tadbiq qilish bilan bog‘liq qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda ASOSIY QISM Surxondaryo viloyati O‘zbekistonning janubiy hududi bo‘lib, o‘zining geografik joylashuvi, iqlimi va demografik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Viloyatda tibbiyot tizimini samarali rivojlantirish nafaqat aholi salomatligini ta’minlash, balki iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy farovonlikni kuchaytirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik yillarida viloyatda sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish yo‘lida bir qator davlat dasturlari amalga oshirildi. ‘Sog‘lom avlod uchun’ dasturi, sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish konsepsiyalari hamda Prezident farmonlari asosida tibbiyot infratuzilmasi tubdan yangilandi. Viloyatda yangi shifoxonalar, poliklinikalar, onalik va bolalikni muhofaza qilish markazlari qurildi. Tibbiyot muassasalari zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlandi. Shu bilan birga, Denov, Termiz va boshqa tumanlardagi tibbiyot kollejlarida malakali kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Mustaqillik yillarida sohada amalga oshirilgan islohotlar tufayli zamonaviy davolash, diagnostika texnologiyalari va standartlarining qo‘llanilishi, sharq tabobatiga e’tiborning kuchayishi, xususiy tibbiyot tizimining yuzaga kelishi “O‘tanpolvon”, “Mashhura”, “Parvina malham” va “Zaraut” kabi klinikalar faoliyati misolidagi ma’lumotlardan foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 15-fevraldagi 266-son dalolatnomasi). Bu esa Yangi O‘zbekiston sharoitida sohada amalga oshirilgan
194 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc intensiv o‘zgarishlar tufayli, kardiologiya, gastroentrologiya, yuqumli kasalliklar, ona va bola salomatligi sohasida ixtisoslashgan terapiya xizmatlarining samaradorligining oshib borishi, buyrak plantatsiyasi, yurak qon tomir tizimini stentlashning yo‘lga qo‘yilishi, hamda koronovirus pandemiyasi sharoitida tibbiyot tizimi xodimlarining matonatli mehnati va fidoyiligi bilan bog‘liq jarayonlarni ilmiy tahlil qilishga xizmat qilgan. So‘nggi yillarda elektron tibbiyot kartalari, telemeditsina va raqamli diagnostika tizimlari joriy etilishi tibbiy xizmat sifatini yanada oshirdi. Biroq ayrim tumanlarda tibbiyot xodimlari, ayniqsa tor soha mutaxassislari yetishmovchiligi saqlanib qolmoqda. Aholiga o‘z vaqtida sifatli va tezkor yordam ko‘rsatishda davolash profilaktika muassasalarining moddiy texnika bazasi hamda zamonaviy tibbiy aparaturalar bilan jihozlanishi ham muhim o‘rin tutadi. Aholining tuman qolaversa viloyat markaziga qatnovini kamaytirish maqsadida joriy yilda Osiyo taraqqiyoti Banki kreditlari mablag‘lari doirasida tumanlarda joylashgan barcha oilaviy polikliklinikalariga 95 ta doplerli UZI va 95 ta EKG apparati bilan ta’minlandi. Bundan tashqari, oilaviy poliklinikalarda elektron poliklinika tizimini tashkil etish hamda ulardagi salomatlik profilini yaratish maqsadida joriy yilda sog‘liqni saqlash vazirligining taqsimoti asosida 523 dona kompyuter jamlanmasi keltirilib joylarga foydalanishga topshirildi.Prezidentning Farmoni asosida aholiga birlamchi tibbbiy xizmatni yaxshilash hamda ularda bepul dori-darmonga ajratilgan mablag‘ni 3 barabarga oshirish topshirig‘iga binoan joriy yilda viloyatimiz bo‘yicha 120 turdagi doridarmon va tibbiy jihozlar uchun 47 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, ular oyma-oy taqsimlangan. Jumladan, 30 mlrd. so‘mga 80 turdagi dori-darmonlar va 17 mlrd. so‘mlik tibbiy jihozlar va vositalar xarid qilinadi. Bu esa o‘z navbatida surunkali bemorlarning o‘z hududida davolanishiga imkon yaratadi Chekka hududlarda kadrlar almashinuvi, malaka oshirish imkoniyatlarining cheklanganligi, tibbiyot xodimlari mehnat sharoitlari va ijtimoiy ta’minotining yetarli emasligi muammoligicha qolmoqda. Shu bois, Surxondaryo viloyatida sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishda kadrlar siyosatini takomillashtirish, yosh mutaxassislarni hududlarda ishlab qolishiga rag‘batlantirish, ularning kasbiy rivojlanishini ta’minlash dolzarb masala hisoblanadi. Xulosa Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida Surxondaryo viloyatida tibbiyot tizimi izchil rivojlanib bordi. Tibbiy muassasalar infratuzilmasi modernizatsiya qilindi, tibbiy xizmat sifati oshdi, aholining sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan e’tibori ortdi. Shunga qaramay, kadrlar bilan ta’minlash, malaka oshirish va chekka hududlarda tibbiyot xodimlarini ushlab qolish masalalari o‘z yechimini to‘liq topgani yo‘q. Shu sababli, mazkur yo‘nalishda davlat siyosatini yanada takomillashtirish, tibbiyot tizimi va ta’lim muassasalari o‘rtasida uzviy hamkorlikni kuchaytirish hamda kadrlar siyosatini hududiy ehtiyojlardan kelib chiqib shakllantirish zarur. Viloyat aholisiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatning samaradorligin yanada oshirish maqsadida Respublika prezidenti va Vazirlar mahkamasining sohani rivojlantirish yuzasidan qabul qilgan davlat dasturlari, prezident farmonlari, hukumat qarorlari hamda mahalliy hokimliklarning buyruqlari asosida keng qamrovli transformatsion o‘zgarishlar hamda soha moddiy texnik tizimini mustahkamlash yuzasidan amaliy tadbirlar amalga oshirildi.
195 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Adabiyotlar, References, Литературы: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori – “Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida”, 2020-yil. 2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotnomalari, 2023-yil. 3. Surxondaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi hisobotlari, 2021–2024-yillar. 4. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. 5. “Sog‘lom avlod uchun” davlat dasturi materiallari, 1993–2000-yillar.