VENGER (MOJAR) QABILALARINING IX-X ASRLARDAGI YEVROPAGA BOSQINLARI: SABABLAR, JARAYONLAR VA TARIXIY OQIBATLAR
Full text
244 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc VENGER (MOJAR) QABILALARINING IX-X ASRLARDAGI YEVROPAGA BOSQINLARI: SABABLAR, JARAYONLAR VA TARIXIY OQIBATLAR Zulfiqahharov Erkin Denov Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti 13 T-23 guruh 3-kurs talabasi [email protected] Maxmaraimov Izzat Denov Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti 13 T-23 guruh 3-kurs talabasi [email protected]. https://doi.org/10.5281/zenodo.17734214 Annotatsiya: Ushbu maqola Venger qabilalarining IX-X asrlarda Yevropaga qilgan bosqinlarining murakkab tarixiy jarayonini har tomonlama yoritishga bag'ishlangan. Tadqiqotda vengrlarning kelib chiqishi va ularning Yevropa tarixidagi o'rni, bosqinlarning asosiy sabablari, urush taktikasi va strategiyalari tahli qilinadi. Maqolada, shuningdek, venger bosqinlarining Karolinglar imperiyasi, Sharqiy Frank qirolligi va Bulg'or podsholigiga ta'siri chuqur o'rganilgan. Lex maydonidagi hal qiluvchi jang va vengerlarning nasroniylikni qabul qilish jarayoni maxsus tahli qilingan. Bosqinlarning Yevropa siyosiy xaritasiga, madaniy almashinuvga va harbiy taktikaning rivojlanishiga qilgan ta'siri ko'rsatilgan. Maqola turli tarixiy manbalar va zamonaviy tadqiqotlar asosida venger bosqinlarining Yevropa tarixidagi o'rni va ahamiyatini ob'ektiv baholaydi. Kalit so'zlar: Venger bosqinlari, Mojar, Yevropa tarixi, Lex maydoni jangi, Karolinglar imperiyasi, Sharqiy Frank qirolligi. Vengerlarning Yevropaga bosqinlari (vengercha: kalandozások, nemischa: Ungarneinfälle) — IX–X asrlarda, Yevropa tarixidagi ilk o‘rta asrlar davrida, sobiq Karolinglar imperiyasi hududi sharqdan mojarlar (ya’ni vengerlar), shimoldan vikinglar, va janubdan arablar tomonidan bosqin xavfi ostida qolgan davrda yuz bergan voqealardir. Vengerlar Karpat havzasini (keyinchalik Vengriya qirolligi shakllangan hudud) rejalashtirilgan tarzda egallab oldilar. Bu jarayon 862–895-yillar oralig‘ida davom etgan uzoq muddatli joylashish davri bilan kechdi. Shundan so‘ng ular bir qator g‘arbga — sobiq Frank qirolligi hududlariga va janubga — Vizantiya imperiyasiga qarshi yurishlar uyushtirdilar. G‘arbga qilingan yurishlar 955-yilda Lexfeld jangida mojarlarning mag‘lubiyati bilan to‘xtatildi. Bu mag‘lubiyat natijasida 962-yilda Muqaddas Rim imperiyasi tiklanib, G‘arbiy Yevropada yangi siyosiy tartib shakllandi. Vengerlarning Vizantiya hududlariga qilgan yurishlari esa X asr davomida ham davom etdi. Nihoyat, mojarlarning xristianlashtirilishi va 1000-yilda Xristian Vengriya qirolligining tashkil topishi bilan bu bosqinlar yakunlandi. Vengerlarning (mojarlarning) urushdagi ilk tilga olinishi IX asrga to‘g‘ri keladi. 811-yilda vengerlar Bolgariya hukmdori Krum bilan ittifoq tuzib, Vizantiya imperatori Nikifor I ga qarshi jang qilgan — ehtimol bu Pliska jangida, Gemo (Bolqon) tog‘lari hududida sodir bo‘lgan. Georgiy Monaxning asarida aytilishicha, 837-yillar atrofida Bolgariya imperiyasi vengerlar bilan ittifoq izlagan. Konstantin Porfirogenit esa o‘zining “Imperiyani boshqarish haqida” nomli asarida yozishicha, xazarlar xoqoni imperator Feofildan ular uchun Sarkel qal’asini qurib berishni so‘ragan. Tadqiqotchilarning fikricha, bu voqea vengerlar bilan bog‘liq bo‘lishi 1 mumkin, chunki qal’a yangi 4. 1 Engel, Pál. "The Realm of St. Stephen: A History of Medieval Hungary" - London: I.B. Tauris, 2001. 5. Róna-Tas, András. "Hungarians and Europe in the Early Middle Ages" - Budapest: Central European University Press, 1999.
245 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc dushman xavfi sababli kerak bo‘lgan, o‘sha davrda esa xazarlarga qarshi faqat vengerlar harbiy xavf tug‘dirgan. X asrda arab geografi Ahmad ibn Rustah yozishicha: “Ilgari xazarlar o‘zlarini mojarlar va boshqa xalqlarning hujumlaridan himoya qilganlar.” 860–861-yillarda vengerlar Avliyo Kirilning karvoniga hujum qilgan, biroq bu uchrashuv tinch yakunlangan. (Avliyo Kiril o‘sha paytda xazar xoqoniga — Tarbiyadagi Xersones shahri tomon yo‘l olayotgan edi.) Musulmon geograflarining yozishicha, o‘sha davrda mojarlar qo‘shni sharqiy slavyan qabilalariga tez-tez hujum qilib, asirlarni Vizantiya imperiyasiga, ayniqsa Kerch orqali sotganlar. 862-yilda ular Sharqiy Frank hududlariga ham hujum qilganlari haqida yozma manbalar bor. 881-yilda vengerlar va ularning ittifoqchilari kabardinlar Sharqiy Frank qirolligiga bostirib kirib, ikkita jang o‘tkazganlar: biri Vena yaqinida, ikkinchisi esa Kulmit (hozirgi Avstriyada Kollmitz yoki Kulmberg deb taxmin qilinadi) hududida. 892-yilda, Annales Fuldenses yilnomalariga ko‘ra, Sharqiy Frank qiroli Arnulf o‘z qo‘shinlarini Buyuk Moraviya va mojarlar bilan birlashtirgan. Shundan so‘ng, 893-yilda mojar jangchilari Vizantiya floti bilan birgalikda Dunay bo‘ylab yurish qilib, bolgarlarni uchta jangda — Dunayda, Silistrada va Preslavda mag‘lub etganlar. 894yilda esa mojarlar Moraviya shohi Svyatoplok I bilan ittifoq tuzib, Pannoniyaga bostirib kirganlar. 899-yilda mojarlar Brenta daryosi jangida Italiya qiroli Berengar qo‘shinlarini tor-mor etib, Shimoliy Italiya hududlariga bostirib kirishdi. Ular Treviso, Vichensa, Verona, Breshiya, Bergamo va Milan atrofidagi qishloqlarni talon-taroj qildilar. Shuningdek, ular Quyi Pannoniya gersogi Braslavga ham zarba berishdi. 901-yilda ular Italiyaga yana hujum uyushtirdilar. 902-yilda mojarlar Shimoliy Moraviyaga yurish qilib, moraviyaliklarni tor-mor etishdi — natijada ularning davlati butunlay yo‘q qilindi. X asrning deyarli har yili mojarlar g‘arbdagi katolik davlatlariga hamda sharqdagi Vizantiya imperiyasiga qarshi yurishlar uyushtirib turdilar. Biroq 905-yilda mojarlar Berengar bilan tinchlik bitimi tuzdilar va shundan so‘ng 15 yil davomida Venger qo‘shinlari Italiyaga kirmadi. 907-yilda ular Bavariyadan bostirib kirgan qo‘shinlarni mag‘lub etib, butun armiyani yo‘q qildilar. Bu g‘alaba natijasida ular Vengriya hududini himoya qildilar va Buyuk Moraviya, Germaniya, Fransiya va Italiyani mojar yurishlariga ochiq qoldirdilar. 908-yil 3-avgustda mojarlar Tyuringiyada Eyzenax jangida g‘alaba qozonib, Tyuringiya gersogi Egino, Burchard va Vyurtsburg episkopi Rudolf Ini o‘ldirdilar. 910-yilda esa ular Lyudovik Bola boshchiligidagi birlashtirilgan frank imperator qo‘shinini birinchi Lexfeld jangida tor-mor etdilar. 915-yilda kichik venger otryadlari hatto Bremengacha yetib bordilar. 919-yilda, Germaniya qiroli Konrad I vafotidan so‘ng, mojarlar Saksoniya, Lotaringiya va G‘arbiy Frank qirolligini talon-taroj qildilar. 921-yilda ular Veronada Berengarning dushmanlarini mag‘lub etib, 922-yilda Apuliyagacha yetib bordilar. 917–925-yillar oralig‘ida esa mojarlar Bazel, Elzas, Burgundiya, Provans va Pireney tog‘lari orqali yurishlar uyushtirdilar. 942-yilda, arab tarixchisi Ibn Hayyon ma’lumotiga ko‘ra, mojarlar Ispaniyaga, xususan Kataloniyaga yurish uyushtirdilar. 947-yilda esa mojar sardori Bulchu Italiyaga yurish qilib, Apuliyagacha yetib bordi. Italiya qiroli Berengar II unga va uning lashkariga katta miqdorda tovon puli to‘lab tinchlik sotib olishga majbur bo‘ldi. 955-yilda bo‘lib o‘tgan Lexfeld jangi (hozirgi Germaniyaning Augsburg janubida) mojarlar uchun burilish nuqtasi bo‘ldi — bu jangda ular taxminan 5 ming jangchisini yo‘qotdi va ularning G‘arbga kengayishi to‘xtatildi. Shunga qaramay, Vizantiya imperiyasiga qarshi yurishlar 970-yilgacha davom etdi. Manbalarga ko‘ra, 899-yildan 970-yilgacha mojarlar Yevropaning turli hududlariga 45 yoki 47 marta yurish qilganlar (tadqiqotchilar Nad Kalman – 45 ta, Sabadosh Dyord – 47 ta yurish deb qayd
246 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc etadi; ulardan 38 tasi G‘arbga, 9 tasi Sharqqa). Shu yurishlardan atigi 8 tasi (17,5%) muvaffaqiyatsiz, qolgan 37 tasi (82,5%) esa muvaffaqiyatli yakunlangan. 870-yillar atrofida: Arab geograflari alJayhoniy va Ahmad ibn Rustah yozishicha, venger qabilalari o‘z chegaralari yaqinida yashovchi slavyan qabilalariga hujum qilib, ko‘plab kichik janglarda g‘alaba qozongan va asir olinganlarni Qrimdagi Kerch orqali Vizantiyaliklarga qul sifatida sotgan. 881-yil: Venger qo‘shinlari moraviyaliklarga yordam berib, nemislarga qarshi ikkita jangda qatnashdilar. 882-yil Venger hukmdori Quyi Dunayda Avliyo Kiril va Mefodiy bilan uchrashgan. 892-yil: Venger qo‘shinlari Sharqiy Frank qiroli Arnulf (Karintiyalik) bilan ittifoq tuzib, Buyuk Moraviyaga hujum uyushtirdilar. 894-yil: Moraviya shohi Svyatoplok I bilan ittifoqda bo‘lgan vengerlar Sharqiy Frankiya tarkibidagi Pannoniya viloyatiga bostirib kirdilar. Shu urush chog‘ida Svyatoplok I vafot etdi. Shu paytda Bolgariya podshosi Simeon I Vizantiya imperiyasiga qarshi urush boshladi. Vizantiyaliklar yordam so‘rab vengerlarga murojaat qildilar. Liüntika boshchiligidagi venger qo‘shini Bolgariya armiyasini uchta jangda — Dunay bo‘yida va Silistrada — mag‘lub etdi. 908-yil Vengerlar Tyuringiya va Saksoniyaga hujum qilishdi. 3-avgust kuni ular Eyzenaх jangida Tyuringiya gersogi Burchard boshchiligidagi qo‘shinlarni tor-mor keltirdilar. Jangda gersog Burchard, gersog Egino va Vyurtsburg episkopi Rudolf I halok bo‘lishdi. 909-yil bahorida Vengerlar Bavariya va Shvabiya yerlariga yana yurish qildilar. 4-avgust ular Bavariyadagi Freyzing shahridagi ikkita cherkovni yoqib yuborishdi. 11-avgust qaytish paytida vengerlar Bavariya gersogi Arnulf boshchiligidagi qo‘shinlar tomonidan Poking yaqinida mag‘lub etildi. 910-yil 12-iyun vengerlar Germaniya qiroli Yosh Luining qo‘shinini Augsburgdagi birinchi jangda tor-mor keltirdilar. 2 Bu qo‘shin Alemanniyalik graf Gozbert boshchiligida edi. Jangda Gozbert hamda Alemanniya grafi Managolt halok bo‘ldi. 22-iyun o‘sha venger qo‘shini Frankoniya hududiga bostirib kirib, Frankoniya, Lotaringiya va Bavariya gersogliklari birlashgan qo‘shinini Rednitz jangida yengdi. Bu jangda Lotaringiya gersogi Gebhard va Ladengau grafi Liudger o‘ldirildi. Shundan so‘ng Yosh Lui tinchlik so‘radi va vengerlarga soliq to‘lashga rozi bo‘ldi. Qaytayotgan vengerlar Regensburg atrofini talon-taroj qilib, Altaix va Osterhofenni vayron qilishdi. Biroq ularning bir otliq bo‘linmasi Bavariya gersogi Arnulf tomonidan Neuxing yaqinida mag‘lub etildi. 914-yil Germaniya qiroli Konrad I tomonidan quvib chiqarilgan Bavariya gersogi Arnulf va uning oilasi Vengriyaga qochib o‘tdi. Vengerlar unga taxtini qaytarib olishda yordam berishga va’da berishdi. 915-yil Venger qo‘shini Shvabiyani vayron qilib, so‘ngra Frankoniyani ham talon-taroj qildi. Ularning bir otryadi Fulda monastiriga hujum qildi, biroq qaytarib tashlandi. Shundan so‘ng ular Korvey abbatligini yoqib yuborishdi va Herzfelddagi Avliyo Ida monastirini talon-taroj qilishdi. Saksoniyada esa vengerlar Valunni taladilar, Bremenni yoqib yuborishdi va Eresburgda sakslar qo‘shinini yengib, Daniya chegarasigacha yetib bordilar. Vengerlarning yordami bilan Bavariya gersogi Arnulf nihoyat Germaniya qiroli Konrad I qo‘shinlarini tor-mor qilib, o‘z yerlarini qaytarib oldi. Shundan so‘ng u vengerlarning sodiq ittifoqchisiga aylandi va ularga o‘lpon to‘lab turdi. Uning qo‘shnisi, Shvabiya gersogi Burxard II ham xuddi shunday yo‘l tutdi. Aytishlaricha, vengerlar Bolgariya podshosi Simeon Iga Axeloy jangida Vizantiyaliklarni yengishda yordam bergan, biroq bu haqda faqat XI asr manbasi — Mirakula Sankti Georgiy asarida 1. 2 Konstantin Bagryanorodniy. "Imperiyani boshqarish haqida" - Vizantiya manbai, X asr. 2. Anonim. "Gesta Hungarorum" (Vengrlarning qahramonliklari) - XII asr vengr manbai. 3. Regino Prumlik. "Yilnomalar" - IX asr frank manbai.
247 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc tilga olinadi, zamonaviy manbalar esa bu ma’lumotni tasdiqlamaydi. 919–920-yillar Sharqiy Frankiya taxtiga Genrix I saylanganidan so‘ng, venger qo‘shini Germaniyaga bostirib kirib, Pyuhen jangida qirol qo‘shinlarini tor-mor etdi. So‘ng ular g‘arbga, Lotaringiya va hozirgi Fransiya hududlariga kirib bordilar. Fransiya qiroli Karl Sodda ularga qarshi yetarli kuch to‘play olmadi va jangdan qochishga majbur bo‘ldi, natijada vengerlar uning mamlakatini bemalol talon-taroj qildilar. 920-yil boshida shu venger qo‘shini g‘arbdan Burgundiya orqali Lombardiyaga kirdi va Burgundiya qiroli Rudolf IIning qo‘shinlarini mag‘lub etdi. Rudolf II o‘sha paytda Vengriya knyazligining ittifoqchisi bo‘lgan Italiya qiroli Berengar Iga qarshi jang qilgan edi. G‘alabadan so‘ng vengerlar Rudolfga yordam bergan deb hisoblangan Italiya shaharlarini — Bergamo, P’yachensa va Nogarani talon-taroj qildilar. 921-yil vengerlar qo‘shini Dursak va Bogát boshchiligida Shimoliy Italiyaga bostirib kirdi. Ular Bresiya va Verona orasidagi hududda Burgundiya qiroli Rudolf II tarafdorlarining italyan qo‘shinlarini mag‘lub etishdi. Shu jangda palatin Odelrik halok bo‘ldi, Bergamo grafi Gislebert esa asir olindi. Bu qo‘shin keyin Janubiy Italiyaga o‘tib, u yerda qishlashdi va 922-yil yanvarida Rim va Napoli orasidagi hududlarni talon-taroj qilishdi. 4-fevral vengerlar Apuliyani (Janubiy Italiya), bu hudud Vizantiya tomonidan boshqarilgan edi, bostirib kirishdi. Saksoniya yurishi: Boshqa bir venger qo‘shini Saksoniyaga bostirib kirib, hududni talon-taroj qildi. Germaniya qiroli Genrix l Verla qal’asiga qochdi. Shu paytda bir venger zodagoni nemislar tomonidan asir olindi, va qirol Genrix bu vaziyatni vengerlar bilan tinchlik tuzish imkoniyati sifatida foydalandi, Vengriya knyazligiga soliq to‘lashga rozi bo‘ldi. 1–8-may Vengerlar qo‘shinlari Shvabiyaga bostirib kirdi, u yerda ular yangi italyan qiroli Hug bilan ittifoq qilib, Augsburgni qamal qilishdi. So‘ng ular Sankt Gallen abbatligini egallashdi va shu yerda yashagan monax Heribaldning hayotiga zarar yetkazmadi. Heribald vengerlarning urfi-odatlari va hayot tarzini batafsil qayd qilgan. Abbatlikdan vengerlar kichik bo‘linmalar yuborib atrofni o‘rganish va talon-taroj qilishdi. Shu bo‘linmalardan biri yaqin o‘rmondagi Avliyo Viboradani o‘ldirdi, u yerda rohib sifatida yashardi. 8-maydan so‘ng vengerlar Konstanzni qamal qilib, atrofini yoqib yubordilar, so‘ng Shaffhauzen va Bazel tomon g‘arbga yurishdi. Bir bo‘linma Reyn qirg‘og‘idagi Säkingenda mahalliy aholi tomonidan mag‘lub qilindi. Biroq asosiy venger qo‘shini Reynni kesib Elzasga kirdi, u yerda Liutfred grafining qo‘shinlarini mag‘lub etdi. Keyin ular Reyn bo‘yida shimolga yurib, Vonch hududini talon-taroj qilishdi, Atlantika okeani qirg‘oqlariga yetib bordilar va uyga qaytishda Reyms orqali qaytdilar. Yo‘l davomida ular Bavariya gersogi Arnulf bilan ittifoqlarini yangiladi. Venger jangchilari Italiya qiroli Hug tomonidan chaqirilib, Rimdagi Markgraf Peterga yordam berishdi, u paytda Papa Jon Xga qarshi edi; bu vazifa muvaffaqiyatli bajarildi. Shu voqealar davomida ular Toskana va Apuliya hududlarini talon-taroj qilishdi, ko‘plab odamlarni asir olishdi va Oria hamda Taranto shaharlarini egallashdi. qabilasi hududlaridan bostirib kirdi. Vengerlar ikki asosiy guruhga bo‘lingan, ammo Saksoniyani g‘arbdan aylanib o‘tmoqchi bo‘lgan guruh Saksoniya va Tyuringiya birlashgan qo‘shini tomonidan Gota yaqinida mag‘lub qilindi. 15-martda ikkinchi qo‘shin Merseburgni qamal qildi, ammo keyinchalik Riade jangida Genrix qo‘shinlari tomonidan mag‘lub etildi. 934-yil — Bolgariya va Vizantiya imperiyasiga yurish g‘arbda venger qo‘shini Lotaringiya, Metz atrofini talon-taroj qildi. Bolqonda vengerlar va pecheneglar o‘rtasida urush boshlandi, lekin Bolgariya tomonidan hududlariga bostirib kirish tayyorlanayotgani haqida xabar kelishi bilan tinchlik tuzildi va ular ushbu shaharga (ehtimol Belgrad) hujum qilishga
248 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc qaror qilishdi. Aprelda venger-pecheneg qo‘shini Vindr jangida Vizantiya-Bolgariya yordamchi qo‘shinini mag‘lub etdi, shaharni egalladi va uch kun davomida talon-taroj qildi. May–iyunda ittifoqchilar Bolgariyani talon-taroj qilib, keyin Konstantinopolga yo‘l olishdi. U yerda ular Frakiyani vayron qildi va ko‘plab odamlarni asir oldi. Natijada, Vizantiya imperiyasi vengerlar bilan tinchlik shartnomasi tuzdi, asirlarni sotib oldi va Vengriya knyazligiga soliq to‘lashga rozilik bildirdi. 935-yilda vengerlar Akvitaniya va Burg shaharlarini talon-taroj qildilar. Uyga qaytishda ular Burgundiya va Shimoliy Italiya orqali o‘tib, Breziya atrofini talon-taroj qilishdi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Konstantin Bagryanorodniy. "Imperiyani boshqarish haqida" - Vizantiya manbai, X asr. 2. Anonim. "Gesta Hungarorum" (Vengrlarning qahramonliklari) - XII asr vengr manbai. 3. Regino Prumlik. "Yilnomalar" - IX asr frank manbai. ZAMONAVIY TADQIQOTLAR 4. Engel, Pál. "The Realm of St. Stephen: A History of Medieval Hungary" - London: I.B. Tauris, 2001. 5. Róna-Tas, András. "Hungarians and Europe in the Early Middle Ages" - Budapest: Central European University Press, 1999. 6. Kristó, Gyula. "Hungarian History in the Ninth Century" - Szeged: Szegedi Középkorász Műhely, 1996. 7. Makkai, László. "History of Transylvania" - Budapest: Akadémiai Kiadó, 1990. ILMIY MAQOLALAR 8. Bowlus, Charles R. "The Battle of Lechfeld and its Aftermath, August 955" - Journal of Medieval Military History, 2006. 9. Tóth, Sándor László. "The territories of the Hungarian tribal federation around 950" - Acta Historica, 2000.