XALIL SULTONNING SIYOSIY MAYDONGA KELISHI VA TEMURIYLAR TARIXIDA TUTGAN O'RNI
Full text
264 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc XALIL SULTONNING SIYOSIY MAYDONGA KELISHI VA TEMURIYLAR TARIXIDA TUTGAN O’RNI Hamrayev Faxriddin Ikromjon o’g’li Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tarix-mutaxsisligi 1-kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17734808 Annotatsiya: Bu maqola XIV asr oxiri va XV asr boshlarida yashagan Temuriyzoda Xalil Sulton xotirasiga bag'ishlanadi. Mohir sarkarda va ajoyib davlat boshqarish qobiliyati va Temuriylar davlati uchun munosib shahzoda ekanligini ko'rsatgani uchun va ba’zibir tarixchilar tomonidan Xalil sulton xotirasiga nohaq yondashgan holda shahzodani Temuriylar davlatini bo'linishiga asosiy sabab deb qarashi va kiyinchalik bu davlatni kuchsizlanib qolishiga asosiy sabab deb uning o'zboshimchalik bilan taxtni egallab olishini ko'rsatishadi, aslida esa Amur Temur hayotlik chog'ida valiyahdlik uchun asosiy davogarlardan biri bu Xalil Sulton bo'lganligi uning diplomatiyasiga va harbiy sarkardalik qobiliyati tufayli doimo ajralib turgani ma’lum. Аннотация: Эта статья посвящена памяти Тимурида Халиль-Султана, жившего в конце XIV и начале XV веков. Поскольку он проявил себя как талантливый полководец и способный государственный деятель, достойный принц для государства Тимуридов, и некоторые историки несправедливо обвиняют Халиль-Султана, считая его главной причиной распада государства Тимуридов и последующего его ослабления, указывая на его самовольное захват трона, тогда как на самом деле известно, что Халиль-Султан был одним из главных претендентов на престол при жизни Амира Тимура и всегда выделялся благодаря своей дипломатии и военному таланту. Annotation: This article is dedicated to the memory of the Timurid prince Khalil Sultan, who lived in the late 14th and early 15th centuries. Because he showed himself to be a skilled military leader and had excellent state management abilities, and was a worthy prince for the Timurid state, and because some historians have unfairly approached the memory of Khalil Sultan, considering the prince to be the main reason for the division of the Timurid state and later for its weakening, by showing that he seized the throne arbitrarily, it is known that in reality, Khalil Sultan was one of the main contenders for the heirship during Amir Temur's lifetime and always stood out due to his diplomacy and military leadership skills. Kalit so'zlar: Amir Temur, Valiyahd, Saroymulkxonim, Diplomatiya, Janglar, Sarkardalik, Xon, Hokimiyat, Samarqand. Ключевые слова: Амир Темур, Наследник, Сароймулкхоним, Дипломатия, Войны, Полководство, Хан, Власть, Самарканд. Keywords: Amir Temur, Heir, Saray Mulk Khanum, Diplomacy, Battles, Leadership, Khan, Government, Samarkand. Xalil Sulton 1384 yili tugʻilgan boʻlib, onasining ismi Suyunbeka bo’lgan va saroyda uni Xonzodabegim deb ulug’lashgan. Xalil Siltonni Amir Temurning katta va sevimli xotini Saroymulukxonim tarbiya qilgan edi. U 15 yoshidan boshlab bobosi bilan harbiy yurishlarda qatnashgan boʻlib, harbiy va siyosat ishlaridan boxabar edi. Amir Temur Xalil Sultonni Xitoyga qarshi yurishda (1404 yili) oʻng qanot askarlarining qoʻmondoni qilib tayinlangan.[1, 17] Dehli yaqinida bo'lib o'tgan Panipat jangida Xalil Sulton birinchi marta harbiy sarkardalik mahorati va jasorati bilan ko'zga tashlandi. Shomiy, Yazdiy va Xondamirning ta'kidlashiga ko'ra, Xalil Sulton birinchilardan bo'lib dushman safi tomon ot choptirgan. 15 yoshli shahzoda jang chog'ida o'z askarlari bilan jangovar fillar ustiga shiddatli hujum qilganligi ham e'tiborga molik. Bu ayniqsa, Amir Temur qo'shinlari jangovar fillar oldida biroz sarosimaga tushgan vaqtda sodir bo'lganligi juda
265 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc muhim edi. Xalil Sulton jang chog'ida bir jangovar filni Amir Temur oldiga haydab kelib, unga topshirganligi qo'shin ruhiyatini keskin ko'tarib yuborgan va oxir-oqibat g'alabaga olib kelgan. Amir Temur 1402-yildagi Anqara jangi tugashi bilanoq Xitoy yurishiga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichini boshlaydi. Yurishga tayyorgarlik ko'rish amirzoda Xalil Sultonga topshiriladi. U Turkistonga yetib borib, Oqsulotga joylashadi. Uning Xitoy chegaralari tomon chopqin qilganligi xususida ma'lumotlar yo'q. Shuning uchun Xalil Sulton asosan Movarounnahrning shimoli-sharqiy hududlaridagi Xitoyga olib boradigan yo'llar xavfsizligini ta'minlash va qo'shin safarni boshlaganda muammoga duch kelmasligi uchun ta'minot masalalarini hal qilish bilan shug'ullangan bo'lishi kerak. Amir Temur 1404-yili Samarqandga yetib kelgach, Xalil Sulton yirik amirlar bilan birgalikda hukmdor huzuriga boradi va to'y bahonasida tashkillangan qurultoyda qatnashadi. Qurultoyda Xitoy yurishi muhokama qilinib, tashkiliy masalalar bo'yicha topshiriqlar beriladi. Manbalarda ta'kidlanishicha, Xitoy yurishiga 200 ming kishilik lashkar safarbar etiladi. Qo'shinning o'ng qanotiga rahbarlik qilish Xalil Sultonga yuklatiladi. Amir Temur Xitoy yurishida ko'proq Mirzo Sulton Husayn va amirzoda Xalil Sultonga katta umid bog'layotgandi. Bu esa Xalil Sultonning Amir Temur saroyidagi mavqei yuksalib borayotganligidan dalolat beradi. Lekin kutilmaganda Xalil Sulton shaxsiy hayoti bilan bog'liq muammolar paydo bo'lib, uning obro'yiga katta salbiy ta'sir qildi. Amir Temur Xalil Sultonni jiyanining qiziga uylantirgan bo'lib, bu unga bo'lgan e'tibor va kelajagidan umidvorlikning belgisi edi. Manbadagi ma'lumotdan ko'rinadiki, Xalil Sultonning xotini Amir Temurga juda yaqin bo'lgan va uning huzuriga kirib, arzini shaxsan yetkaza olgan. Mazkur holatda Amir Temur nabirasidan ranjiganligi tabiiy. Ayniqsa, Mirzo Pir Muhammad kafilligi bilan Shod Mulk omon qolganidan keyin ham o'zboshimchalikning takrorlanganligi, Sohibqironni qattiq xafa qilganligi aniq. Lekin Xitoy yurishi arafasida yuz bergan bu ko'ngilsizlikka qaramay Amir Temur bo'lajak harbiy safarni muhim shaxslaridan biri bo'lgan yosh shahzodani jazolamaslikni ma'qul ko'radi. Garchi Xalil Sulton hali ham lashkarning o'ng qanoti rahbari sifatida qolgan bo'lsa-da, uning Amir Temur huzuridagi obro'yiga katta putur yetkan edi.[2, 164-165]. Oddiy hunarmand oilasida oʻsgan Shodimulkning taʼrifga sigʻmaydigan goʻzalligi bor edi. Uni Amir Temurning nufuzli amirlaridan Hoji Sayfiddin oʻz haramiga kanizak qilib oladi. Lekin Shodimulk yoshi ellikdan oshgan toʻrt xotini bor Amir Sayfiddinga koʻngilsiz edi. Tabiatan shoʻx va dadil qiz boʻlgan Shodimulk bogʻkoʻcha devoridan moʻralab, yigirma bir yoshli bahodir shahzoda Xalil Sultonga oʻz goʻzalligini koʻrsatadi. Unga hatto bir qizil olma uzatadi. Xalil Sulton Shodimulkka mahliyo boʻlib qoladi. Keyin oraga vositachilarni qoʻyib, u bilan yashirincha uchrashadi. Ikki orada kuchli muhabbat paydo boʻladi. Xalil Sulton ham uylangan, bitta oʻgʻil koʻrgan, lekin shariat boʻyicha uning yana uylanishga haqqi bor edi. Shuning uchun Shodimulkni oʻz nikohiga olmoqchi boʻladi.[3, 9]. Amir Temurning bemor ekanligi xususida xabardor qilingan Mirzo Sulton Husayn va Xalil Sulton O'trorga kelmaydi. Birinchidan, bu voqea Amir Temurning aslida vafot etganligi xabari ularga ham yetib borganligidan dalolat beradi. Ikkinchidan esa, bunday sharoitda Oliy O'rdaga yetib kelish ularning shaxsiy hayoti uchun ham xavf tug'dirardi. Taxt da'vogari bo'lgan shahzodalarni nazoratga olish maqsadida ular Oliy O'rdaga chaqirilgan bo'lishi ehtimoli katta edi. Shundan so'ng amirlar Chukalak mavzesida to'planib, qo'shin orasida yoshi ulug'i bo'lgan amirzoda Xalil Sultonni podshoh etib ko'targan holda Xitoy yurishini davom ettirishni va Xitoy yurishidan qaytgandan so'ng, vasiyat bo'yicha ish ko'rishni maslahat qiladilar. Aslida bu harakatlardan asosiy maqsad qo'shinni bir joyga jamlash, butun nazoratni amir Shohmalik va amir Shayx Nuriddin qo'lida bo'lishini ta'minlash edi. Bu ishni amalga oshirish uchun Amir Temurning xotinlari Saroymulkxonim va Tukal xonimning
266 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Samarqandga borishi ma'qul ko'riladi. Bundan ko'rinadiki, og'olar va amir Shohmalik, amir Shayx Nuriddin Mirzo Sulton Husayn va Xalil Sultonlarni imkon qadar uzoq vaqt shu yerda olib qolishga, iloji bo'lsa Xitoy yurishi bahonasida ularni mamlakatdan uzoqroqqa olib ketishga harakat qilishgan. Bu bilan ular Mirzo Shohruxni Samarqandga kelib, taxtni egallab olishi uchun sharoit yaratishga intilganlar. Haram ahli Samarqand tomon yo'lga chiqqach, lashkarning markaziy qismi Mirzo Ibrohim bayrog'i ostida amir Shohmalik va amir Shayx Nuriddinlar boshchiligida O'trordan yo'lga chiqadilar va Uch ariq mavzeidagi Qaldirama ko'prigida to'xtaydilar. Shu yerdan yana Mirzo Sulton Husayn va Xalil Sultonlarga maktub jo'natib, ularni O'tror yaqinidagi Chukalak mavzesiga yetib kelishlarini so'raydilar. Birinchi bo'lib taxt uchun keskin harakatni Mirzo Sulton Husayn boshlaydi. U Amir Temur vafoti to'g'risidagi xabarni eshitganidan so'ng o'z qo'shinlarini tarqatib yubordi va ikki ming kishi bilan Samarqand sari yo'l oldi. Amir Shohmalik va amir Shayx Nuriddin Mirzo Sulton Husaynning isyonidan xabar topishlari bilan Samarqand amirlarini va shahar tomon yo'l olgan haram ahlini ogohlantirish uchun chopar jo’natadi. Shuningdek, Xalil Sultonga ham bo'lgan voqea yetkazilib, unga qo'shin bilan Aqar yayloviga borishni tayinlab o'zlari ham o'sha yerda borishnilarini va maslahatlashib chora-tadbir ko'rishlarini bildirdilar. Lekin Xalil Sultonga bu xabar yetkazilganiga qaramay amir Shayx Nuriddin va amir Shohmalik Samarqand tomon yo'l oldi hamda tezda Samarqand sari ketayotgan haram ahliga borib qo'shildilar. Bu vaqtda hali ham Toshkentda turgan o'ng qanot beklari amirzoda Xalil Sulton nomiga qasamyod qildilar Toshkentda Xalil Sulton nomiga bay'at qilinishi amir Shayx Nuriddin va amir Shohmalikni tashvishga solib qo'ydi. Ular zudlik bilan Toshkentdagi beklarga maktub jo'natib, Amir Temur vasiyati boʻyicha ish tutish to'g'risida ko'rsatma berdilar. Sharafuddin Ali Yazdiy g'ul amirlarining maktublarini olgandan so'ng Toshkentdagi beklar o'z qilgan ishlaridan pushaymon bo'lganliklarini ta'kidlagan bo'lsa-da, bunga ishonish qiyin. Maktublardan so'ng Toshkent qarorgohidagi amirlar Mirzo Pir Muhammad nomiga yangi ahdnomalarni tuzib, uni tasdiqlaydilar. Sharafuddin Ali Yazdiy va G'iyosiddin Xondamirning yozishicha ahdnomani Xalil Sulton ham imzolashga majbur bo'lgan. Xalil Sulton yangilangan ahdnomani g'ul amirlariga ularning ta'siriga tushib qolgan amir Burunduq emas, amir Atalmish olib borishini talab qiladi. Amir Burunduqning amir Shohmalik va amir Shayx Nuriddinga qaytib kelishga va'da berganligi uning ulug' beklar ta'sirida ekanligidan dalolat berardi. Shuningdek, Xalil Sulton amir Atalmishga ahdnomalarni amir Shohmalik va amir Shayx Nuriddinga ko'rsatganidan so'ng ularga topshirmay, o'zi Mirzo Pir Muhammadga olib borishni so'raydi. Bu uning amirlar Shohmalik va Shayx Nuriddinga ishonmasligidangina emas, balki Mirzo Pir Muhammad bilan to'g'ridan to'g'ri aloqa bog'lab, uning saroyidagi vaziyatdan to'liq xabardor qilishga intilganidan dalolatdir. Shu bilan birgalikda, Xalil Sulton taxt uchun jiddiy harakatni boshlab yuboradi. U dastlab Toshkent va Sayramda turgan zahiradagi barcha ot, xachir va tuyalarni, shuningdek, mablag' hamda qurol-yarog'ni o'zi bilan hamfikr bo'lgan bek va navkarlarga tarqatdi. Bu vaqtda Xalil Sulton huzuridagi yirik amirlar o'zaro til biriktirib, unga qarshi chiqishga kelishib oladilar. O'zaro kelishuvga ko'ra amir Burunduq amir Shohmalik va Shayx Nuriddinga borib qo'shilishi, amir Xudoydod Husayniy va Shamsuddin Abbos esa o'z askarlari bilan Ochiq Farkat mavzesiga yo'l olib, u yerdan vaziyatga qarab ish tutishlari kerak edi. Birinchi bo'lib amir Burunduq, Rustam Tag'ay Bug'a va Abdulkarim Hoji Sayfuddin o'z askarlari bilan Sirdaryodan o'tadilar. Ular Xalil Sultonning daryodan o'tishiga yo'l qo'ymaslik uchun ko'prikni buzib tashlaydilar. Xuddi shu vaqtda amir Xudoydod Husayniy va Shamsiddun Abboslar ham o'z qo'shinlari bilan Xalil Sultondan ajralib chiqib, Ohangaron yaylovlari tomon yo'l oladilar. Lekin Xalil Sulton o'zi bilan birga qolgan lashkar bilan ko'prikni qayta tiklab, daryodan o'tadi va Samarqand tomon yurishni davom ettiradi. Bu vaqtda Xalil Sulton lashkarining asosiy
267 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc qismini Xitoy yurishiga jalb etilgan qaro totorlar hamda Old Osiyodan keltirilgan boshqa harbiy qismlar tashkil etgan. Chunki hali movarounnahrlik biror bir yirik amirlar bilan yaqin aloqaga kirishga ulgurmagan bu harbiy qismlarni Movarounnahrning biror bir viloyatini egallash va boshqarishdan ko'ra amirzoda Xalil Sulton va'da qilayotgan boyliklar ko'proq qiziqtirishi tabiiy edi. Asli movarounnahrlik bo'lmagan bu harbiy qismlar uchun Xalil Sulton atrofida uyushish va u orqali mavqega ega bo'lish kelajak uchun yagona yo'l bo'lgan. Sharafuddin Ali Yazdiy amirzoda Xalil Sulton haram ahli va g'ul amirlari Samarqand tomon yo'l olgan hamda Toshkentda Mirzo Pir Muhammad nomiga qayta ahdnomalar tuzilgan vaqtdayoq Samarqand hokimi Arg'unshoh bilan yashirincha o'zaro bitimga erisha olganligini ta'kidlaydi. Shuning uchun ham XalilSulton valiahd nomiga ahdnomalarni tasdiqlagan bo'lsa-da, taxtni egallash uchun ochiq harakatni boshlab, Samarqand sari yo'l olishga jur'at etgan. G'ul amirlari Shayx Nuriddin, Shohmalik va haram ahli 1405yilning 2-mart kuni Samarqand yaqiniga yetib keladilar. Dastlab amir Shohmalik avvalroq yetib kelib, shaharga kirishga urinib ko'radi. Lekin Samarqand hokimi amir Arg'unshoh va amir Xoja Yusuf faqat Mirzo Pir Muhammadga Samarqandga kirish uchun ruxsat borligini, u yetib kelgunga qadar hech kim shaharga kiritilmasligini bildiradi. Ertasi kuni, ya'ni 3-martda amir Shayx Nuriddinning shaharga kirish maqsadidagi urinishi ham samarasiz yakunlandi. Xalil Sultonning lashkar bilan Samarqandga kelayotganligi xabari yetib kelgach, 5-mart kuni amirlar Shayx Nuriddin, Shohmalik va shahzodalar Mirzo Ulug'bek, Mirzo Ibrohim Buxoroga tomon yo'l oladilar. Shu o'rinda g'ul amirlari va shahzodalarning to'g'ri Mirzo Pir Muhamad huzuriga bormay Buxoroga yo'l olishlari ikki xil fikrni vujudga keltiradi. Taxminan 9-mart kuni Xalil Sulton Samarqandga yaqinlashgach, dastlab u bilan Samarqand hokimi Arg'unshohning yaqin kishilaridan biri amir Xoja Yusuf shahardan 30-35 km masofadagi Sheroz qo'rg'onida sovg'a-salomlar bilan ko'rishadi. Aslida bu ko'rishuvdan maqsad yana bir bor shaharni Xalil Sultonga topshirilish shartlarini kelishib olish va ahdlarni mustahkamlash edi. Arg'unshoh shaharni ochib berishdan avval o'zining va atrofidagi beklarning kelajakdagi faoliyati borasida rejalarini taxt da'vogariga tasdiqlatib olishni xohlagan ko'rinadi. O'zaro kelishuv yangidan mustahkamlangandan keyingina Arg'unshoh Samarqand ulug'lari bilan birgalikda Xalil Sultonni rasmiy kutib olish va unga poytaxt hamda xazina kalitlarini topshirish marosimini o'tkazadi. Shunisi e'tiborliki, bu tadbirlarning barchasi kechi bilan 9-yoki 10-mart kuni bo'lib o'tgan. Lekin shahzoda Samarqand shahriga faqat 18-mart kuni kirib keladi. [2, 168-171] Xalil Sulton oldidagi birlamchi vazifalardan biri Mirzo Shohrux bilan munosabatlarga aniqlik kiritib olish edi. U Buxoroni o'z hukmronligi ostiga olish maqsadida Rustam Tag'ay Bug'oni o'z tomoniga og'dirishga intilayotgan vaqtda Hirotdan elchi kelib, Mirzo Shohruxning so'zlarini yetkazdi. Mirzo Shohrux o'zining yoshi kattaligi sababli Xalil Sultonni o'ziga bo'ysunib, huzuriga yetib kelishga chorlagan va unga xazina, mamlakat hamda askardan orzu qilganicha in'om etishga tayyorligini bildirgan edi. . [2, 173] V.V. Bartold Mirzo Shohruh davri tarixchilarining Hirot oliy hokimiyati Xalil Sultonlik tomonidan tan olinganligi haqidagi fikrlariga qo'shilmaydi [5, 51-54]. Halil bu holat Xalil Sulton tomonidan zarb qilingan tangalarda asos sifatida aks etmaganligini ta'kidlaydi [6, 78-79]. Bizningcha, bu vaziyatda Xalil Sulton bunday muzokaralarni faqat vaqt yutish uchun o'tkazgan va amalda ularga rioya qilmagan, u to'liq mustaqil harakat qilgan. Keyingi voqealar rivoji shuni ko'rsatadi. [8, 2] Halil Sulton hokimiyat tepasiga chiqqandan soʻng, zarb qilgan kumush va mis pullarga oʻz nomi bilan birga Muhammad Jahongirning nomini «xon» soʻzini qoʻshmay zarb qildiradi. Tangalarning old tomoniga: Qurʼondan kalima va uning, toʻrt burchagiga birinchi toʻrt xalifa nomi va tangalarni (mirlarni) zarb qilgan shahar, yillar yozilgan.
268 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Orqa tomoniga esa: ناطلس دمحم رگناهج ناما نامازلا ریما لیلخ ناطلس ... دلخ الله هکلم ۸۰۷ — Sulton Muhammad Jahongir omon az-zamon amir Halil Sulton xaldolloh mulikixu. 807/1404-05 yil, OʻzXTM, N-401/224-246, 808/1405-06 yil. N-401/247-258. دمحم رگناهج لیلجلا نايدلا ریما للیلخ ناطلس دلخ الله 2 هكلم برض يف ةنس ورشع ةيامنامث — Muhammad Jahongir al-jalil al-diyon amir Halil Sulton xaldolloh mulikixu, zarb fi sanai ashara sa-manmia, zarb 810/1407-08 yil.[1, 18-b] Mo'g'ullarning Xalil Sultonga katta hurmat ko'rsatishi va hatto unga oltin kurs taqdim etishi uning Mo'g'ulistondagi ta'siri yuqori ekanligini ko'rsatadi.[7,63]. Fasih Havofiy "Mujmali Fosihiy"da yetti yuz sakson to'qqizinehi (1387) yil voqealari bayonida Amir Temurning Ko'keha Tengizda turganida uning oldiga Shohruh sulton bilan Xalil Sultonni olib Saroymulkxonim kelgani haqida ma'lumot beradi. Bu esa o'z-o'zidan Temurning barcha farzandlari va nabiralari murg'akligidayoq Saroymulkxonim ixtiyoriga oqila malika tarbiyasiga berilgani haqidagi ma'lumotlarni tasdiqlaydi. Uning tarbiyasini olgan Shohruh Sulton, Xalil Sultonning san'at va adabiyotga muhabbat qo’ygan.[4, 24-b]. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. I.To’xtiyev ,, Temur va Temuriylar sulolasining tangalari’’ Toshkent ,,Fan’’ nashiryoti 1992y. 2. B.A.Usmonov ,, Amir Temr va Temuriylar davri siyosiy tarixi’’ o’quv qo’llanma, Farg’ona 2024. 3. Pirimqul Qodirov ,, Shohrux va Gavharshod’’ Toshkent ,, O’ZBEKISTON’’ 2014. 4. Xurshid Davron ,, Bibixonim qissasi’’ Toshkent ,,Sharq’’ 20006. 5. Bartold V.V. Turkiston sug'orish tarixi haqida. // Asarlar, 3-jild. M.: Nauka, 1965. 6. Bartold V.V. Ulug'bek va uning davri. // Asarlar, 2-jild, 2-qism. - M.: Nauka, 1964. 7. Sharafiddin Ali Yazdiy. Zafarnoma / So'z boshi, tabdil, izohlar va ko'rsatkichlar mualliflari A. Ahmad va H. Bobobekov. -T.: SHarq, 1997. 8. Begimqulova Laylo Mashravovna. Farg'ona davlat universiteti Tarix kafedrasi dotsenti V.V. BARTOLD TOMONIDAN XALIL SULTON YO'L QO'YGAN XATOLARNI IZOHLASH. 2023.