SAID OTALIQ MADRASASI TARIXI VA UNING O'Z DAVRIDAGI IJTIMOIY-MA'NAVIY ROLI
Full text
285 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc SAID OTALIQ MADRASASI TARIXI VA UNING O‘Z DAVRIDAGI IJTIMOIY-MA’NAVIY ROLI Xurramova Zarrina Denov tadbirkorlik va pedagogika Tarix yo‘nalishi 1-kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17735199 Annotatsiya: Maqolada XV asrda yashab o‘tgan Naqshbandiya ta’limotining namoyandalaridan biri bo‘lgan Bahouddin Naqshbandiyning shogirdlari hisoblangan Xoja Alouddin Attor hazratlarining hayot yo‘llari va u kishining muborak qadamjosi va masjidi haqida ma’lumotlar berib o‘tilgan.Bundan tashqari, hozirgi kunda hukumatimiz tomonidan olib borilayogan obodonlashtirish ishlari haqida to’xtalib o‘tiladi. Kalit so‘zlar: At-Termiziy, "Tuhfat az-zoiriyn", Xoja Bahouddin Naqshband, Peshtoq, meʼmor usta Ahmad Mamat Buxoriy Аннотация: В статье рассказывается о жизненном пути Ходжи Алауддина Аттара, ученика Бахауддина Накшбанди, одного из представителей учения Накшбанди, жившего в XV веке, а также о его благословенной святыне и мечети.Кроме того, в статье рассматриваются работы по благоустройству, проводимые в настоящее время нашим правительством. Ключевые слова: Ат-Тирмизи, «Тухфат аз-Зайрийн», Ходжа Бахауддин Накшбанд, Пештак, главный архитектор Ахмад Мамат Бухари. Abstract: The article provides information about the life path of Khoja Alauddin Attar, a disciple of Bahauddin Naqshbandi, one of the representatives of the Naqshbandi doctrine who lived in the 15th century, and about his blessed shrine and mosque.In addition, it discusses the improvement works currently being carried out by our government. Keywords: At-Tirmidhi, "Tuhfat az-zairiyn", Khoja Bahauddin Naqshband, Peshtak, master architect Ahmad Mamat Bukhari Surxon vohasi hududida muqaddas qadamjolar koʻp ulug’ kishilar, aziz-avliyolar yashab oʻtgan. Xususan, At-Termiziy, Soʻfi Olloyor, Hoʻjaipok Ota, kabi benazir 51 insonlarning tabarruk hoklari shu yerda. Shunday aziz va mo’tabar insonlardan biri Xoja Alouddin Attor hazratlari ham shu yerda mangu qo‘nim topganlar. Manbalarga koʻra, Said otaliq madrasasi, Hazrat Xoja Alouddin Attorga atab, uning oʻgʻillari va nevaralari tomonidan qurilgan.[1]Shayx Аttor vali hazratlari to‘gʼrisida tarix manbalarimizda to‘liq maʼlumot keltirilmagan. Faqat u zotning ismlari va taxalluslari haqida qisqacha maʼlumot keltirilgan. Shayx Аttor valening ismlari Hoja Аlouddin bo‘lgan. Ul zot Buxoroi sharifda zodagon oilasida dunyoga kelganlar. Tarix manbalarida Xoja Alouddin Attor Valining tugʼilgan yili haqida maʼlumot keltirilmagan. Аsli Xorazmlik tijoratchining o‘gʼillaridan biri bo‘lganlar. U kishining otalari ham savdogarlik bilan shugʼullanganlar. Otalari vafot etgach, eng kenja o‘gʼil bo‘lgan Аlouddin Аttor o‘zining merosidan voz kechib, akalari Shahobiddin va Muborakka qoldirib, o‘zlari Buxoro madrasalaridan biriga boradilar va zohidona hayot kechiradilar. Buxoro madrasasida u kishiga Naqshbandiya tariqatining asoschisi bo‘lgan Xoja Bahouddin Naqshband o‘zlarining qaramogʼiga oladilar va u kishi taʼlim va tarbiya beradilar. Аlouddin Аttor hazratlari ustozining vafotidan keyin o‘z zamondoshlariga taʼlim va tarbiya berdi. U kishi savdo bilan faqat tirikchilik uchun shugʼullanganliklari, tolibi ilmlarga vaqti-vaqti bilan hadyalar, sovgʼalar berib turganliklari uchun u kishini zamondosh olimlar va insonlar Shayx Аttor deb tahallus bilan atashgan. Аttor arabcha so‘z bo‘lib, “sotuvchi” degan maʼnoni bildiradi
286 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc "Tuhfat az-zoiriyn" asarida aytilishicha, Hazrat Xoja Alouddin Attor Naqshbandiya tariqati shayxlari oltin zanjiri ketma-ketligi hisobida — oʻn yettinchisi boʻlib, Bahouddin Naqshbandning vorisi, muridi kuyovi boʻlgan. U kishining ikki halifalaridan biri hisoblangan. Hazrat Xoja Alouddin Attor Chagʻoniyon viloyatiga 1389—1396-yillarda oilasi bilan kelib qolgan va milodiy 1400-yil 18martda Denovda vafot etgan. Sarmozor ota degan joyda dafn qilingan. Bu yer hozirda “Shayx Attor Valiy” yoki “Ostona buva” deb ataladi. Qabristonda Xoja Alouddin Attorning keyingi avlodlari, jumladan, uning oʻgʻli — Shayx Hasan Attor, nevarasi Xoja Yusuf Attor ham dafn etilgan. [2] Tadqiqotchilar Denov shahridagi Said otaliq madrasasining XVI asrda Alouddin Attor avlodlari tomonidan bunyod etilgani va boshqa maʼlumotlarni qayd etishadi. Said otaliq madrasasi — Denov markazida ikki qavatli qilib qurilgan madrasa hisoblanib, Shayboniylar hukmronligi davrida, buxorolik meʼmor usta Ahmad Mamat Buxoriy boshchiligida islom dini arbobi — Hazrat Xoja Alouddin Attorga atab qurilgan. Buxoroning yirik madrasalari qurilishi uslubida barpo etilgan (Koʻkaldosh va boshqa madrasalar).[3] Madrasa u kishining oʻgʻillari va nevaralari tomonidan 26 yil davomida qurilgan. Qurilishda usta Ahmad Mamat Buxoriy boshqosh boʻlgan. Poydevorining chuqurligi 5,5 metr bo’lib, unga bir necha qator 52 qamish to‘shalib pishgan g’ishtlar bilan alohida usulda terib chiqilgan. To‘rt burchagida 4 ta burj bo‘lib, derazalari nakshin panjaralar bilan bezatilgan. U 114 xujaradan iborat. Madrasa xujralari soni 114 bo‘lib, Qurʼoni karim suralari soniga qiyos qilingani bilan diqqatga sazovordir. Madrasa shimoldan janubga tomon choʻzilgan toʻgri toʻrtburchak tarhli (46×64 m) bo’lib, burchaklariga guldastalar ishlangan. Peshtogʻining 2 yon tomonida 2 qavatli 3 ravoqli peshayvoni bor. Peshtoq orqali kiraverishda miyonsaroy (bir necha boʻlimdan iborat), uning 2 yonida chortoq tarxli masjid va darsxona bor. Miyonsaroy gumbazi qalqonsimon qanoslarga, masjid va darsxona gumbazlari toqilarga tayangan. Hovli (40×29,5 m) atrofida oldi chuqur ravoqli, 2 qavatli hujralar joylashgan. Pastki qavatdagi hujralar hajmi 4,75×2,75 m va yuqorisidagi hujralar hajmi 2,75×2,25 m, tomi balxi gumbazli. Peshtogʻi va ichki xonalarida miyonsaroy ravoqlarida ganchkori bezaklar va ichki boʻrtma qobirgʻasimon, muqarnas naqshlar saqlangan.[4] Xujra derazalariga ganchdan panjaralar ishlangan. Mazkur shakldagi madrasa Surxondaryo viloyatida yagonadir. Buxoro inqilobidan oldin madrasada 400 ga yaqin talaba tahsil olgan, ularga 33 mudarris saboq bergan. Me’moriy jihatdan u o‘z davrining boshqa madrasalari – Mir Arab, Kukaldosh yoki Ulug‘bek madrasalariga o‘xshash tuzilishga ega bo‘lgan. Hovli markazida masjid va darsxona, atrofiga joylashgan hujralar esa talabalar yashashi uchun mo‘ljallangan. Bunday tuzilma madrasaning ilmiy hayoti va dars jarayonlarini qulay tashkil etishga xizmat qilgan [1, 40-bet]. Said Otaliq madrasasida o‘qitilgan fanlar o‘sha davr islomiy ta’lim an’analariga mos bo‘lib, Qur’on, hadis, fiqh, arab tili, mantiq, falsafa, adabiyot va ba’zi tabiiy fanlarni o‘z ichiga olgan. Ta’lim jarayoni asosan “dars–bahs” shaklida olib borilgan, ya’ni mudarris ma’ruzalar o‘qib, talabalarning mustaqil fikrlashi, savol berishi va mantiqiy tahlil qilishini rag‘batlantirgan. Bu uslub o‘rta asr musulmon ilmiy maktablarining muhim pedagogik tamoyili hisoblangan. Madrasa bitiruvchilari keyinchalik Buxoro, Samarqand, Termiz kabi yirik shaharlar masjidlari va ta’lim maskanlarida faoliyat yuritib, o‘z navbatida ilmiy an’anani davom ettirganlar. Bu jarayon ilmiy merosning uzluksizligini ta’minlagan. Shuningdek, madrasada o‘qigan ayrim ulamolar falsafa, adabiyot va fiqh sohasida asarlar yozganliklari haqidagi ma’lumotlar mavjud. Shu tariqa Said Otaliq madrasasi diniy ta’lim bilan bir qatorda tafakkur, ilmiy izlanish va ijod markazi sifatida ham tanilgan [2, 136-bet]. O‘rta asrda madrasa faqat ilm o‘rganish joyi emas, balki ijtimoiy barqarorlikni ta’minlovchi ma’naviy markaz sifatida ham muhim ahamiyat kasb etgan. Said Otaliq madrasasi bu borada o‘ziga
287 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc xos o‘ringa ega bo‘lgan. Unda tahsil olgan yoshlar nafaqat diniy bilimlarga ega bo‘lgan, balki xalq orasida odob-axloq, halollik, insonparvarlik, bag‘rikenglik kabi qadriyatlarni targ‘ib etganlar. Shoʻrolar tuzimi davrida madrasa yopib qoʻyilgan. 1956— 1960 va 1972—1973-yillarda Oʻzbekiston SSR olimlari tomonidan ilmiy oʻrganilgan. 1991-yildan, Hoji Luqmonxon Haydarxon oʻgʻli tashabbusi bilan madrasada talabalarning 4 yillik oʻqitilishi boshlangan. Bugungi kunda madrasaning oʻrta maxsus islom bilim yurti sifatidagi faoliyati toʻxtatib qoʻyilgan. 2018—2019-yillardagi xabarlarga koʻra, madrasa binosi ayanchli ahvolga kelib qolgan, qulash arafasida boʻlgan. Madrasa 2019-yilda tasdiqlangan "Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari" milliy roʻyxatiga kiritilib, unda hunarmandchilik markazi barpo etish rejalashtirilgan. 2020-yilda binoni saqlab qolish va uning infratuzilmasini takomillashtirish boʻyicha chora tadbirlar ishlab chiqilgan boʻlib, ularning ijro muddati etib 2021-yilning mart—aprel oylari belgilangan[12]. [4] Takliflar va tavsiyalar 1.Arxiv va hujjatlarni chuqur tadqiq etish Madrasaning tarixi va faoliyatini mukammal o‘rganish uchun tarixiy hujjatlar, arxiv materiallari va eski manbalarni tizimli ravishda tadqiq etish tavsiya etiladi. Bu madrasaning tashkil topishi, mudarrislari va talabalarining faoliyati haqida aniqroq ma’lumot beradi. 2.Madrasaning ta’lim tizimini tahlil qilish Madrasada o‘qitilgan fanlar, pedagogik metodlar va dars-uslublarni zamonaviy ilmiy yondashuvlar bilan solishtirib tahlil qilish lozim. Bu tarixiy ta’lim tizimining bugungi davr pedagogik jarayonlariga qanday ilhom berishi mumkinligini ko‘rsatadi. 3.Ijtimoiy va ma’naviy rolni tadqiq qilish Madrasaning jamiyatdagi ijtimoiy va ma’naviy ta’sirini chuqur o‘rganish zarur. Talabalar va ulamolarning jamiyatda olib borgan faoliyati, axloqiy va ma’naviy merosi haqida ilmiy tadqiqotlar olib borish tavsiya etiladi. 4.Me’moriy va arxitektura merosini saqlash Madrasaning saqlanib qolgan binolari tarixiy va madaniy ob’ekt sifatida asrab-avaylanishi lozim. Arxitektura elementlarini restavratsiya qilish va ularni ilmiy jihatdan tahlil qilish, yosh avlodga tarixiy va ma’naviy merosni yetkazishda muhim ahamiyatga ega. 5.Ilmiy konferensiyalar va seminarlar tashkil etish Madrasaning tarixi va faoliyatini o‘rganish bo‘yicha ilmiy konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlarini tashkil etish tavsiya qilinadi. Bu tadbirlar ilmiy hamjamiyatni jalb qilish, yangi tadqiqotlar va multidisipliner yondashuvlarni rivojlantirish imkonini beradi. 6.Yosh avlodga ma’naviy tarbiya dasturlarini ishlab chiqish Madrasaning tarixiy tajribasi asosida yoshlar uchun ma’naviy va ilmiy dasturlar yaratish mumkin. Bu dasturlar talabalarda milliy va diniy qadriyatlarni, axloqiy mas’uliyatni shakllantirishga xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, hozirgi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar natijasida tarixiy obidalarga bo’lgan e’tibor, ularni kelajak avlodlarga sof holda yetkazish borasida bir qancha amaliy ishlar olib borilmoqda. Madrasa, 2019yilda tasdiqlangan "Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obʼektlari" milliy roʻyxatiga kiritilib, unda hunarmandchilik markazi barpo etish rejalashtirilgan. 2020-yilda binoni saqlab qolish va uning infratuzilmasini takomillashtirish boʻyicha chora tadbirlar ishlab chiqilgan.
288 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil 2. Pugachenkova G. А., Rempelь L. I., Istoriya iskusstv Uzbekistana s drevneyshix vremyon do seredinы devyatnadtsatogo veka — T. 1965. 3. Аskarov Sh. D., Genezis arxitekturы Uzbekistana — T. 2014. 4. Аrshavskaya Z. А., Rtveladze E. V., Xakimov Z. А., Srednevekovыe pamyatniki Surxandarьi — T., 1982.