AMUDARYONING QUYI OQIMIDA TOSHQIRG'IYNING ACCIPITER BADIUS BIOEKOLOGIYASI BOYICHA MATERIALLAR
Full text
20 AMUDARYONING QUYI OQIMIDA TOSHQIRG‘IYNING ACCIPITER BADIUS BIOEKOLOGIYASI BOYICHA MATERIALLAR Ametov Ya.I., Jumanov M.A., Abatbaeva A., Abdireymova N. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17744766 Annotatsiya: Maqolada 2004-2005, 2015-2016 va 2024-2025-yillari Amudaryoning quyi oqimida tarqalgan Toshqirg‘iy Accipiter badius ning biologiyasi va ekologiyasi bo‘yicha to‘plangan materiallar bayon etiladi. Bunda mualliflar tomonidan Toshqirg‘iyning tarqalishi, uya qurish biologiyasi va oziqlanishi o‘rganilgan. Kalit so‘zlar: Toshqirg‘iy, Amudaryoning quyi oqimi, uya qurish biologiyasi, oziqlanishi, ekologiya. Abstract: The article presents materials collected on the biology and ecology of the Shikra Accipiter badius tube, which was distributed in the lower reaches of the Amu Darya in 2004-2005, 2015-2016, and 2024-2025. The authors studied the distribution, nesting biology, and nutrition of the shikra. Key words: Shikra, lower reaches of the Amu Darya, nesting biology, nutrition, ekology Qoraqalpog‘istonda toshqirg‘iy Accipiter badius – oz sondagi uyalovchi qush bo‘lib, asosan to‘qaylarda, shahar va qishloqlardagi baland bo‘yli daraxtlarda, bog‘larda uya quradi. Qoraqalpog‘istonda bu qushning biologiyasi va ekologiyasi boshqa yirtqich qushlarga nisbatan yaqshi o‘rganilgan [1,2,3,4,7,9,10]. Toshqirg‘iyning ekologiyasi bo‘yicha materiallar 2004, 2005, 2015, 2016, 2024 va 2025-yillari Kegeyli tumani va Nukus shahri atrofida to‘plandi. O‘zbekistonga, shu jumladan Amudaryoning qo‘yi oqimiga toshqirg‘iylarning bahorgi uchib kelishi aprel oyidan boshlanadi [8]. Masalan, birinchi uchib kelgan toshqirg‘iylar 1967-yili 14-aprelda, 1969 y. – 21-aprelda, 1970 y. – 18-aprelda kuzatilgan [1]. Undan keyingi yillarda ham shunga uxshash bo‘lgan. Masalan, M.Ametovning [2] ma’lumoti bo‘yicha toshqirg‘iylar Nukus atrofidagi o‘zining uya qurish joylariga 1973 y. – 22-aprelda, 1974 y. – 24-aprelda, 1975 y. – 28-aprelda, 1983 y. – 19-aprelda, 1985 y. – 8-aprelda va 1986 y. – 12-aprelda uchib kelgan. Bizning ma’lumotimiz bo‘yicha toshqirg‘iylar Qoraqalpog‘istonga aprel oyining ikkinchi yarmidan uchib keladi (26.04.04, 22.04.05, 16.04.15, 18.04.16, 23.04.24, 19.04.25). Adabiyotlarda bu qushning 2 va 10 aprel oralig‘ida Amudaryoning o‘rta oqimiga uchib kelishi qayd etilgan [5]. O‘zbekistonda toshqirg‘iyning uchib ketishi sentyabr oyida, shu jumla-dan, Qoraqalpog‘istonda avgust oyining oxiri [9] – sentyabr oyining I dekadasidan [1] boshlanadi va qisqa vaqt davom etadi. Eng oxirgi toshqirg‘iy Nukus atrofida 1973 y. –
21 8-sentyabrda, 1975 y. – 20-sentyabrda, 1983 y. – 17-sentyabrda va 1986 y. – 26sentyabrda kuzatilgan [2]. Bizning kuzatuvimiz bo‘yicha Amudaryoning qo‘yi oqimida eng so‘ngi toshqirg‘iylar 2004 y. – 25-sentyabrda; 2005 y. – 23-sentyabrda; 2015 y. – 16sentyabrda va 2016 y. – 19-sentyabrda, 2024 y. – 22-sentyabrda uchragan. Qoraqalpog‘iston sharoitida toshqirg‘iy kam sonli qush sanaladi. Masalan, T.Abdreymovning [1] ma’lumoti bo‘yicha 8 km marshrut oralig‘ida faqat 2 ta qush uchragan. Lekin Samarqand va Buxoro viloyatlari oazisida toshqirg‘iyning soni ancha yuqori [6]. Bizning ma’lumotimiz bo‘yicha Qoraqalpog‘istonda toshqirg‘iylarning soni qo‘yidagicha: aprel oyida to‘qaylarda sanoq o‘tkazganimizda 10 ga maydonda 1,48 ta, madaniy landshaftda – 1,2 ta qush kuzatilgan. Iyul oyiga kelib polaponlari uchirma bo‘lgandan ularning soni 2 marta oshadi. Bu paytda ularning o‘rtacha zichligi to‘qaylarda 10 ga maydonga – 3,35 ta qush, madaniy landshaftda – 2,5 ta qush to‘g‘ri keladi [3,4,5]. Ko‘payish joyiga uchib kelgan toshqirg‘iylar 8-10 kundan so‘ng uya qurishga kirishadi. Masalan, 2004-yili 26-aprelda uchib kelgan toshqirg‘iylar 4-may kuni, 2015yili 16-aprelda uchib kelgan toshqirg‘iylar esa 26-aprelda uya qurib boshlaganligi kuzatildi. Uyani toshqirg‘iylar ko‘pincha o‘zlari quradi, lekin adabiyotlarda ular-ning ayrim vaqtlari go‘ng qarg‘a, qora qarg‘a, zag‘izg‘on va qora kalxatlarning eski uyalariga tuxum qo‘yganligi keltirilgan [1]. Bizning kuzatuvimizda bo‘lgan 8 ta uyaning barchasi toshqirg‘iyning o‘zi tomonidan qurilgan edi. Odatda toshqirg‘iy uyasini baland daraxtlarga quradi. Adabiyotlarda uyalarning 6-15 m balandlikda (ko‘pincha 7-8 m) qurilishi, Zarafshon vodiysida uyalar akatsiya (6), tol (3), oq terak (2), o‘rik (1) va jiyda (1) daraxtlariga qurilgani keltirilgan [8]. Qoraqalpog‘iston sharoitida toshqirg‘iy uyasini to‘qaylarda asosan to‘rang‘il, tol va jiydalarga quradi. Madaniy landshaftda esa, uyalarini qayrag‘och, tol va oq teraklarga quradi. Bizning kuzatuvimizda bo‘lgan uyalar yer betidan 8-16 m balandlikda (o‘rtacha 12 m) qurilganligi aniqlandi. Uya qurilishiga 7-11 (o‘rtacha 9) kun ketadi. Uya qurilishi davomida toshqirg‘iylar o‘ziga hos xulq-atvorga ega bo‘ladi. Nar toshqirg‘iy bu vaqtda tez-tez yuqoriga uchib uya ustida aylanib, goh pastga, goh yuqoriga uchadi. Nikoh o‘yinlari vaqtida toshqirg‘iylar boshqa qush turlari kabi qichqirib yuradi. Toshqirg‘iy uyasini har xil o‘simliklarning, jumladan, to‘rang‘il, tol, jiyda, qayrag‘och, tol va oq teraklarning shox-shabbalaridan quradi. Uyaning tubiga quruq
22 yaproqlar va ingichki novdachalar to‘shaladi. Uyalarning (5) o‘lchami qo‘yidagicha: uyaning balandligi 24-31 sm (27,5), tashqi diametri 30-38 sm (34), ichki diametri 1521 sm (18), chuqurligi 3-11 sm (7). Uya qurilishi tugagandan so‘ng qushlar darhol tuxum qo‘yishga kirishadi. Asosiy tuxum qo‘yish may oyida kechadi. Bizning ma’lumotimiz bo‘yicha Qoraqalpog‘istonda birinchi tuxum 2016-yili 4-may kuni qo‘yilganligi aniqlandi. Toshqirg‘iy tuxumni uyaga kun ora qo‘yadi va bu jarayon 5-8 kun davom etadi. O‘zbekiston sharoitida toshqirg‘iylar uyaga 2-5 [8], Turkmaniston sharoitida 3-6 [5] tuxum qo‘yadi. Qoraqalpog‘iston sharoitida 3-4 (ko‘pincha 4 ta) tuxum qo‘yadi. Biz o‘rgangan 8 uyaning 6 tasida 4 ta, 2 tasida 3 ta tuxum borligi kuzatildi. Odatda toshqirg‘iy yiliga 1 marta tuxum qo‘yadi. Uya buzilgan taqdirda ikkinchi marta tuxum qo‘yishi mumkin. Tuxumlar oval formali, oqimtir ko‘kis rangli bo‘ladi. Tuxumlarning o‘lchami (n=16) qo‘yidagicha: uzunligi 39,0-42,5 mm (o‘rtacha 40,7), eni 31,0-32,5 mm (31,7), yangi qo‘yilgan tuxumlarning (n=8) og‘irligi 20,4-25,3 g. (o‘rtacha 22,8) keladi. Tuxumlarni faqat modasi bosib yotadi, erkagi esa uyani qo‘riqlaydi va modasini ovqatlantiradi. Tuxum bosib yotish jarayoni 1-tuxum qo‘yilgandan so‘ng boshlanadi va u 29-32 kun (o‘rtacha 30,5) davom etadi. Bu jarayon O.Mitropolskiy va boshq. [8] ma’lumoti bo‘yicha 30-34 kun (o‘rtacha 32,4), M.Ametov [2] ma’lumoti bo‘yicha 28-31 kun davom etadi va butun inkubatsiya davrida tuxumlar og‘irligi o‘rtacha 5,2% ga kamayadi. 1-jadval Toshqirg‘iy palopanlarining tana a’zolarining o‘sishi (n=3) Palopan yoshi, kunlar Tana og‘irligi, g Tanasining ayrim a’zolarining uzunligi (mm) ilik suyagi tumshug‘i qanoti dumi 1 3 5 7 9 11 13 15 17 19 21 23 25 27 29 31 16,2+0,01 29,6+0,03 47,2+0,06 64,5+0,06 92,2+0,08 102,2+0,14 131,2+0,14 135,9+0,17 143,5+0,29 152,5+0,38 167,8+0,29 182,9+0,42 201,6+0,21 220,5+0,18 228,2+0,27 227,3+0,24 11,0+0,08 14,4+0,03 17,7+0,05 24,3+0,04 31,2+0,05 35,8+0,11 41,3+0,04 44,2+0,08 45,9+0,04 47,2+0,06 48,3+0,13 49,5+0,14 51,2+0,16 52,0+0,18 52,4+0,14 52,6+0,15 5,5+0,02 6,2+0,01 6,8+0,03 8,9+0,08 10,6+0,09 11,7+0,04 13,1+0,08 13,5+0,07 13,8+0,05 14,2+0,04 14,6+0,06 15,0+0,07 15,4+0,05 15,8+0,06 16,3+0,04 16,8+0,08 - - - 27,1+0,04 40,4+0,04 54,1+0,06 78,2+0,14 86,5+0,12 98,5+0,07 113,2+0,04 123,8+0,15 133,7+0,06 141,2+0,15 150,3+0,11 159,1+0,18 162,2+0,14 - - - - 9,4+0,16 20,1+0,05 39,4+0,08 42,2+0,12 46,2+0,07 54,3+0,12 64,3+0,19 72,6+0,16 79,4+0,19 88,4+0,21 94,7+0,18 98,5+0,22
23 Polaponlar 3-5 kun davomida tuxumni yorib chiqadi. Yangi chiqqan polaponlar juda nimjon, ko‘zlari yumilgan, quloq teshiklari esa ochiq bo‘ladi. Ularning tanasi oq momiq bilan qoplangan bo‘lib, endi tug‘ilgan polaponlarning og‘irligi 14,4-17,9 g. (o‘rtacha 16,1) keladi. Biz tomondan 2005-yili 1 ta uyadagi 3 ta polaponning postembrional o‘sishi va rivojlanishi to‘liq o‘rganildi (1-jadval). Polaponlarning ko‘zlari 2-kundan ochilib boshlaydi va 1 haftaning ichida to‘liq ochilib bo‘ladi. 7-kuni kontur qanotlari o‘sib chiqadi. 31-33 kuni paloponlar uchirma bo‘ladi. Postembrional rivojlanishning dastlabki 12 kunida polaponlar juda intensiv o‘sadi, undan so‘ng esa o‘sish sekinlashadi. 1-kuni polaponlar 16,2 g. massaga ega bo‘lgan bo‘lsa, 3-kuni 29,6 g. ga, 5-kuni 47,2 g., 7-kuni 64,5 g. massaga yetadi. Polaponlar uchirma bo‘lgan payitta 210-220 g. massaga ega bo‘ladi [10]. Biz polaponlarning oziqlanishini ularning qizilo‘ngachini yumshoq ip bilan bog‘lab o‘rgandik. Dastlabki kunlari toshqirg‘iy polaponlarini 6-8 kungacha faqat umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlantirishi kuzatildi. Undan so‘ng ularning oziqa ratsioniga umurtqali hayvonlar ham qo‘shiladi. Toshqirg‘iy polaponlari oziqa ratsionining 57,2% ini umurtqalilar, 42,8% ini umurtqasizlar egallaydi. Bunda umurtqasizlar ichida asosan qo‘ng‘izlar (12%), buzoqboshi (9,9%), chigirtkalar (8,8%) va go‘ngqo‘ng‘izlar (6,6%) bilan polaponlarni oziqlantirgan. Umurtqalilardan esa tez kaltakesak (8,8%), hind chumchug‘i (7,7%), dala chumchug‘i va uy sichqoni (6,6% dan), dasht agamasi va janub kurgalagi (5,5% dan) va h.k. polaponlar tomonidan ko‘p iste’mol qilingan. Qoraqalpog‘iston sharoitida toshqirg‘iylarning ko‘payish samaradorligini o‘rganganimizda 6 uyaga 22 ta tuxum qo‘yilgan bo‘lsa, shundan 1 ta tuxum paloq bo‘lgan, 2 ta si shamol ta’sirida yerga tushib ketgan, 1 uyadagi 3 ta tuxum qora qarg‘a tomonidan nobud qilinganligi ma’lum bo‘ldi. Demak, qo‘yilgan 22 tuxumdan 16 ta (72,7%) polapon chiqdi. Lekin 16 ta polaponning 3 tasi odamlar tomonidan olib ketildi. Qolgan 13 ta polapon (59,09%) uyadan muvafaqqiyatli uchib ketdi [4,10]. Toshqirg‘iy foydali qush hisoblanadi. To‘qay va bog‘larda ko‘p uchrab ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi. Kam sonda bo‘lgani uchun uni muhofaza ostiga olish zarur. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Абдреймов Т. Птицы тугаев и прилегающих пустынь низовьев Амударьи. - Ташкент: Фан, 1981. - 108 с. 2. Аметов М.Б. Об экологии туркестанского тювика в Каракалпакии // Экология птиц и млекопитающих долины Амударьи, Устюрта и Кызылкумов. – Нукус, 1993. – С. 44-52. 3. Аметов Я.И. Биоразнообразие птиц Каракалпакстана и их охрана (фауна, экология, охрана).: Автореф. дисс. … докт. биол. наук. – Ташкент, 2019. – 58 с.
24 4. Аметов Я.И., Жуманов М.А. Амударёнинг қўйи оқимида тошқирғийинг Accipiter badius экологияси бўйича материаллар // ҚарДУ хабарлари. №3. - Карши, 2018. - Б. 21-25. 5. Аннаева Э.Ч. Птицы культурного ландшафта среднего течения реки Аму-Дарьи.: Автореф. дис. ... канд. биол. наук. – Самарканд. 1970. – 31 с. 6. Бакаев С.Б. К гнездовой биологии тювика в Зарафшанской долине // Сборник научных трудов «Вопросы экологии животных». – Ташкент, 1979. – С. 3-8. 7. Мамбетжумаев А.М. К размножению и питанию некоторых птиц тугайного ландшафта среднего и нижнего течения Амударьи // Вестник КК ФАН УзССР. – Нукус, 1968 а. - №1. - С. 11-20. 8. Митропольский О.В., Фоттелер Э.Р., Третьяков Г.П. Отряд соколообразные // Птицы Узбекистана. – Ташкент, 1987. Т.1. - С. 123-246. 9. Рашкевич Н.А. Численность и некоторые черты экологии птиц в тугаях Амударьи // Орнитология.– Москва, 1965. - Вып. 7. - С. 142-145. 10. Ametov Ya.I., Jumanov M.A. Material on the ecology of Shikra Accipiter badius in the lower stretches of the Amudarya // European Science Review. №9-10. - Vienna, 2018. - Р. 9-12.