scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QORAQALPOG'ISTON QUSHLARI GELMINTOZLARINI OLDINI OLISHNING EKOLOGO-EPIZOOTOLOGIK ASOSLARI (uy parrandalari – tovuqsimonlar va g'ozsimonlar misolida)

Arepbaev I.M.; Turganbaeva G.S.; Turemuratova u.T.; Xalmuratova Z.P.

Full text

25 QORAQALPOG‘ISTON QUSHLARI GELMINTOZLARINI OLDINI OLISHNING EKOLOGO-EPIZOOTOLOGIK ASOSLARI (uy parrandalari – tovuqsimonlar va g‘ozsimonlar misolida) Arepbaev I.M., Turganbaeva G.S., Turemuratova u.T., Xalmuratova Z.P. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17744792 Annotatsiya: Maqolada uy parrandalari – tovuqsimonlar va g‘ozsimonlar qushlarda parranda sestodozlarini keltirib chiqaruvchi gelmintlar haqida materiallar bayon etiladi. Bunda mualliflar tomonidan Tovuq va kurkalarda uchrovchi davenioz , rayetinoz , skryabinioz, xoanotenioz va O‘rdak va g‘ozlar uchrovchi mikrosomakantoz, drepanidotenioz hamda fimbrarioz kasalliklari haqida malumotlar berilgan. Kalit so‘zlar: kasallik, parrandachilik, sestoda, qushlar, sistitserkoid, lichinka. Abstract: The article presents materials about helminths that cause poultry cestodoses in domestic birds, including Galliformes and Anseriformes. The authors provide information on daveniosis, raillietinosis, skrjabiniosis, and choanotaeniosis occurring in chickens and turkeys, as well as microsomacanthosis, drepanidoteniosis, and fimbrariasis found in ducks and geese. Keywords: disease, poultry farming, cestode, birds, cysticercoid, larva. Qoraqalpog‘iston hududida qushlar gelmintlari faunasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari tahlili asosida suv-botqoqlik va quruqlik qushlarining parazit chuvalchanglarining turlar xilma-xilligi ancha yuqori ekanligini aniqlandi. Rivojlanishning ma’lum bosqichlarida bir qator gelmintlar qushlarda ham, umurtqali hayvonlarning boshqa vakillarida ham va hatto odamlarda ham jiddiy kasalliklar chaqirishi mumkin. Parranda sestodozlari Qoraqalpog‘istonning turli fermer xo‘jaliklarida tovuq, kurka, sesarka, o‘rdak va g‘ozlar, respublikaning deyarli barcha tumanlarida yetishtiriladi. Yuqorida aytib o‘tilgan qushlarning populyatsiyalari sestodalar kompleksi bilan kasallanganligi aniqlandi. Ushbu bo‘limda biz xonaki tovuqsimonlar va suv qushlarining asosiy gelmintozlariga alohida to‘xtalib o‘tamiz. Tovuq va kurkalar daveniozi. Davenioz – bu tovuq va kurkalar hamda ko‘plab yovvoyi tovuqsimon qushlarning ingichka ichaklarida parazitlik qiluvchi Davainea proglottina (Davaine, 1860) sestodalari keltirib chiqaradigan kasallik. Ushbu kasallik Qoraqalpog‘istonning fermer xo‘jaliklarida keng tarqalgan. Aksariyat hollarda yosh qushlar kasallanadi. Davenioz tadqiqotlar davomida Nukus, Chimboy, Kegeyli, Taxtako‘pir, Bo‘zatov, Qo‘ng‘irot, To‘rtko‘l tumanlaridagi parrandachilik fermalarida qayd etildi. Qushlarning zararlanish darajasi 0,3% dan 35% 26 gacha keng farqlanadi. Invaziya intensivligi bittadan bir necha o‘nlab namunalarga qadar. Yosh organizmlar bahorning oxirida (may) va yozda kasallanadi. Invaziya cho‘qqisi yozda (avgust) kuzatiladi. Oraliq xo‘jayin sifatida quruqlik mollyuskalari aniqlangan. Qushlarning zararlanishi quruqlik mollyuskalarni iste’mol qilganda sodir bo‘ladi . Tovuq va kurkalar rayetinozi. Raillietina tetragona sestodalari keltirib chiqaruvchi gelmintoz kasallik. Uzunligi 25 sm, eni 0,5 sm bo‘lgan nisbatan yirik sestodalar. Ma’lumki, kasallikning qo‘zg‘atuvchisi – rayetinlar oraliq xo‘jayin-chumolilar ishtirokida rivojlanadi [7; 340-s.]. Qushlar sestodalarning sistitserkoidlari bo‘lgan chumolilarni yeyish orqali zararlanadi. Rayetinoz – mavsumiy kasallik bo‘lib, u bahor oxiri, yoz va kuzda kuzatilgan. Tovuq va kurkalarning bu sestoda bilan zararlanishi barcha o‘rganilgan hududlarda qayd etilgan. Alohida fermer xo‘jaliklarida tovuq va kurkalarda zararlanish darajasi 35-45% gacha, invaziya intensivligi 1-18 nusxani tashkil qiladi. Kasallik asosan tovuq va kurkalarning yosh organizmlari orasida kuzatiladi. Tovuq va kurkalar skryabiniozi. Kasallik tovuq va kurkalarning ingichka ichaklarida parazitlik qiluvchi Skrjabinia cesticillus sestodalari orqali kelib chiqadi. Ushbu sestodaning uzunligi 10 dan 130 mm gacha, maksimal kengligi 2-3 mm ni tashkil qiladi. Ushbu sestodaning rivojlanishi qo‘ng‘izlar (Coleoptera) kabi oraliq xo‘jayinlar ishtirokida sodir bo‘ladi, Scarabaeiddae, Carabidae va Tenebronidae oilalarining ko‘plab qo‘ng‘iz turlari S. cesticillus sestodalarining oraliq xo‘jayinlari vazifasini bajaradi. Ushbu sestodaning biologiyasi bo‘yicha birlamchi ma’lumotlar umumlashtirgan [1; 240-s., 2; 245-s., 3; 128-s., 4; 151-s., 6;340-s.,]. Qo‘ng‘izlarning tanasida sistitserkoidlar rivojlanadi. Qushlarga yuqtirilgan qo‘ng‘izlarni yeyish orqali amalga oshadi. Bizning tadqiqotlarimiz natijalari shuni ko‘rsatdiki, 4 oylik va undan katta tovuq va kurkalar bu invaziyaga chalinishi kuzatildi. Kasallik tadqiqot hududining barcha viloyatlarida - Amudaryo, Beruniy, Nukus, Chimboy, Kegeyli, Bo‘zatov va Qo‘ng‘irot tumanlari fermer xo‘jaliklarida 12,5% dan 15,8% gacha qayd etildi. Invaziya intensivligi 3-17 nusxani tashkil etdi. Kasallik kech bahor, yoz va kuzda jadal rivojlanadi. Invaziya intensivligi oshganda (15-17 namuna) qush kamharakat bo‘lib, oshqozon-ichak traktining buzilishi kuzatiladi [2; 245-s.]. 27 Tovuq va kurkalar xoanoteniozi. Kasallik tovuq va kurkalarning ingichka ichaklarida parazitlik qiluvchi Choanotaenia infundibulum yetilgan sestodlaridan kelib chiqadi. Strobila uzunligi 2 dan 20 sm gacha sezilarli darajada o‘zgarib turadi, proglotidalarning maksimal kengligi 2,5 mm ga yetadi. Ushbu sestodaning hayot sikli, bundan oldingi turlar kabi, oraliq xo‘jayinlar – ko‘plab qo‘ng‘iz turlari ishtirokida davom etadi [3; 128-s.,76; 340-s.]. Oraliq xo‘jayinlar tanasida sistitserkoidlar rivojlanadi. Qushlar kech bahorda, yozda, kuzda esa kasallangan qo‘ng‘izlarni iste’mol qilganda zararlanadi. Kasallik respublikaning barcha hududlarida aniqlandi. Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l, Beruniy, Nukus, Kegeyli, Bo‘zatov tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarida yetilgan va yetilmagan tovuq va kurkalarda qayd etildi. Invaziya ekstensivligi 9,3% dan 20,5% gacha. Invaziya intensivligi 3 dan 9 namunagacha o‘zgarib turadi. Xoanotenioz yozda va kuz oylarida kuzatiladi. Tovuqlarda ham, kurkalarda ham klinik belgilar bir xil. Ularda oshqozon-ichak traktining buzilishi kuzatiladi. Invaziya intensivligi 10 va undan yuqori bo‘lganda kasallangan qushlar nobud bo‘la boshlaydi. O‘rdak va g‘ozlar mikrosomakantozi. Kasallikning qo‘zg‘atuvchisi xonaki o‘rdaklar va g‘ozlarning ingichka ichaklarida parazitlik qiluvchi Microsomacanthus avlodi sestodalari. Bizning ma’lumotlarga ko‘ra ushbu avlod 3 tur bilan ifodalanadi – Microsomacanthus arcuata, Microsomacanthus microsoma va Microsomacanthus compressa. O‘rdaklar va g‘ozlarning mikrosomakantlar bilan umumiy zararlanishi 25 dan 100% gacha. Invaziya intensivligi bitta namunadan 20 tagacha. O‘rganilayotgan sestodalar oraliq (qisqichbaqasimonlar) va rezervuar (suv mollyuskalari – Lymnaea) xo‘jayinlari ishtirokida rivojlanadi. Sistitserkoidlar qisqichbaqasimonlar tanasida rivojlanadi. Qushlar invaziv lichinkani saqlovchi oraliq xo‘jayinni iste’mol qilganda, yetilgan mikrosomakantlar bilan kasallanadi. Qushlar bu sestodalar bilan suv mollyuskalarini ya’ni sestodalarning sistetserkoidlari bilan zararlangan rezervuar xo‘jayinlarni cho‘qish orqali ham kasallanishi mumkin. Odatda, suv qushlarining zararlanishi yilning issiq mavsumida – bahor oxirida, yoz va kuzning boshida (sentyabr) sodir bo‘ladi. Ushbu invaziya bilan qushlarning maksimal zararlanishi yozda kuzatiladi. O‘rdak va g‘ozlar drepanidoteniozi. O‘rdak, g‘oz va boshqa suv-botqoqlik qushlarining ingichka ichaklarida parazit qiluvchi Drepanidotaenia lanceolata (Bloch, 1782) sestodasi keltirib chiqaradigan kasallik. Yetilgan sestodalar ancha yirik, strobila uzunligi 20 sm gacha, eni 10-11 mm gacha yetadi. 28 Ushbu sestodaning rivojlanishi bitta oraliq xo‘jayin ishtirokida davom etadi, uning rolini eshkakoyoqli qisqichbaqasimonlar–siklopidlar bajaradi [5; 352-s.]. Qushlar zararlangan sikloplarni suv bilan yutish orqali yuqtiradi. Bu odatda yilning issiq mavsumida (bahor, yoz va kuz) sodir bo‘ladi. Tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatdiki, g‘oz va o‘rdaklarning drepanidotenioz bilan kasallanishi Qoraqalpog‘istonning deyarli barcha tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarida keng tarqalgan. Qushlarning zararlanish darajasi 39,5 dan 100% gacha, invaziya intensivligi yil fasllari va qushlarning yoshiga qarab keng farq qiladi va 5 dan 15 gacha namunani tashkil qiladi. 3-4 oylik qushlarda kasallik intensiv kechsa ko‘p hollarda ularning nobud bo‘lishi kuzatiladi. O‘rdak va g‘ozlar fimbrariozi – qushlarning ingichka ichaklarida parazitlik qiluvchi Fimbriaria fasciolaris (Pallas, 1781) sestoda kasallik qo‘zg‘atuvchisi hisoblanadi. Fimbrariyalar Hymenolepedidae oilasining katta o‘lchamli sestodalariga kiradi. Strobila uzunligi 20 – 40 sm ga yetadi. Fimbrarioz suv qushlari orasida, asosan o‘rdak va g‘ozlarda keng tarqalgan. Oraliq xo‘jayin vazifasini bajaruvchi ko‘plab qisqichbaqasimon turlari ishtirokida kechadi. Qisqichbaqasimonlar sestodalarning proglotidalari va tuxumlarini iste’mol qilishadi xamda tanasida sistitserkoidlar rivojlana boshlaydi. Qushlar zararlangan qisqichbaqasimonlarni iste’mol qilganda, u o‘rdak va g‘ozlarni ham jiddiy kasallikka olib keluvchi fimbrariya bilan zararlanadi. Qoraqalpog‘iston fermer xo‘jaliklarida o‘rdak va g‘ozlarning fimbrarioz bilan zararlanish darajasi 25 dan 45% gacha. Invaziya intensivligi esa 2 dan 11 namunani tashkil qiladi. Ushbu kasallik respublika parrandachilik sanoatiga katta zarar yetkazadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, xonaki va ovlanadigan qushlarning invaziv patologiyasida ko‘plab gelmintlarning bir vaqtning o‘zida zararlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Qushlarning assotsiativ invaziyasi xavfi ortib borayotgan sestodalar tegishli parazit turlarining birikmasidan kelib chiqadi. Taxmin qilish mumkinki, hozirgi vaqtda qushlarda (umuman, uy hayvonlarida) poliinvaziyalar ustunlik qilmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Азимов Д.А., Исакова Д.Т., Меркутов Е.Н., Давлетментов Ф.Х., Краткий справочник по болезням птиц. – Ташкент: Мехнат, 1987 – 240 с. 4 2. Азимов Д.А., Меркутов Е.Н., Шакарбаев Э.Б., Исакова Д.Т., Голованов В.И. Болезни птиц., Справочник – Ташкент, 2012 – 245 с. 5 3. Кабилов Т.К. Гельминты позвоночных животных Узбекистана, развивающиеся с участием насекомых. – Ташкент: Фан, 1983. – 128 с. 3 4. Матевосян Е.М. Мовсесян С.О. Цестодозы животных / Е.М.Матево-сян//М., «Колос», 1977.- 151 с. 2 29 5. Петроченко В.И., Котельников Г.А. Гельминтозы птиц. – Москва: Колос, 1976. – 352 с. 7 6. Черткова А.Н., Петров А.М. Гельминты домашних куриных птиц и вызываемые ими заболевания. Нематоды и акантоцефалы. – Москва, 1959. –Том 2. – 340 с. 1 7. Черткова А.Н., Петров А.М. Гельминты домашних куриных птиц и вызываемые ими заболевания. Нематоды и акантоцефалы. – Москва, 1959. –Том 2. – 340 с. 6