scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ASALXO'RNING TARQALISHI VA YASHASH TARZI

Bazarbaeva Naǵipa Kamal Qizi

Full text

47 ASALXO’RNING TARQALISHI VA YASHASH TARZI Bazarbaeva Naǵipa Kamal Qizi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17744832 Annotatsiya: Mazkur maqolada Qizil kitobdan joy olgan asalxo’r haqida, Oʻzbekistonning noyob va kamayib borayotgan oʻsimlik va hayvonlari toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar, yashash joylari, tashqi ko'rini, tarqalishi, yashash tarzi, cheklovchi omillari haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so’zlar: Qizil kitob , Asalxo'r, Ginnes, Leopard, Qozoqli sho'r, Ustyurt. Аннотация: В статье представлена подробная информация о щурке, занесенной в Красную книгу, о редких и исчезающих растениях и животных Узбекистана, местах их обитания, внешнем виде, распространении, образе жизни, лимитирующих факторах. Ключевые слова: Красная книга, Медоед, Гиннесс, Леопард, Казахский соленый, Устюрт. Abstract: This article provides detailed information about the bee-eater listed in the Red Book, the rare and declining plants and animals of Uzbekistan, their habitats, appearance, distribution, lifestyle, and limiting factors. Key words: Red Book, Honeyeater, Guinness, Leopard, Kazakh salty, Ustyurt. KIRISH. Qizil kitob — yoʻqolib borayotgan yoki yoʻqolish xavfida boʻlgan noyob oʻsimlik va hayvon turlarini qayd qiluvchi davlat hujjati. Qizil kitobda oʻsimlik va hayvon turlari sonining kamayishi, areallarining qisqarib borishi sabablari yoritiladi; ularni saqlab qolish uchun tavsiyalar berib boriladi. ADABIYOTLAR VA METADOLOGIYA. Oʻzbekistonning noyob va kamayib borayotgan oʻsimlik va hayvonlari toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar 1974-yil taʼsis etilgan Qizil kitobda oʻz aksini topgan. Oʻzbekiston Qizil kitobi 1978 da taʼsis etildi. Birinchi marta Oʻzbekiston Qizil kitobining faunaga bagʻishlangan qismi 1983-yil nashrdan chiqdi. Unga umurtqali hayvonlar (baliqlar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar) ning 63 turi kiritilgan edi. Oʻsimliklar olamining kamyob, yoʻqolib ketish xavfida boʻlgan 163 turi haqida ilk bor mukammal maʼlumotlar 1984-yil bosmadan chiqqan Qizil kitobda keltirilgan NATIJA VA MUHIOKAMA. Asalxo'r - Ginnesning rekordlar kitobiga eng qo'rqmas hayvon sifatida kiritilgan! Faqat asalxo'r oltita sherga qarshi kurashishga qodir hayvon. Leopardlar bilan ham vaqti-vaqti bilan kurash olib boradi. 48 Tashqi ko'rini va yirikligi bo'rsiqqa o'xshash, lekin bo'rsiqdan ochiqroq rangi bilan ajralib turadi. Bu jonivor Afg'oniston, Eron, shuningdek, Pokiston va Hindistonning g'arbiy hududlarida keng tarqalgan bo'lib, XX asrning boshlarida uning Turkmaniston hududiga o'tib tarqala boshlagani ma'lum bo'ldi. So'nggi paytlarda asalxo'rning areali kam-kamdan kengayib, Qoraqalpog'istonning ayrim joylarida, Turkmaniston hududidan o'tib tarqalganligi 1960-yillarga to'g'ri keladi. Bu hayvonning soni juda kam. O'lkamizda asalxo'rni birinchi marta 1960-yilda Ustyurtning janubiysharqiy qirlarida va Qozoqli sho'r cho'llarida V.P.Kostin (1963) tomonidan topildi. Balog'atga yetganlari tanasining uzunligi 60-75 cm, og'irligi 9-16 kg oralig'ida bo'lib, tanasi tutash, oyoqlari kalta, harakatlanganda ko'proq sudralib, pisib yuradi. Oyoqlarining tirnoqlari yirik, mustahkam, o'tkir bo'lib, tez fursatda uya qazish uchun moslashgan. Harakati shomdan tong sahargacha bo'lib, kunduzi iniga kirib, odamlarga va dushmanlariga (bo'ri, burgut) ko'rinmaslikka harakat qiladi. Qishdagi qattiq sovuqda va qalin qorda uyasida chala uyquda bo'ladi. Kun qizishi bilan tunda oziq izlab chiqadi. Asalxo'r toshbaqalar ko'p bo'lgan yerlarda yashaydi va ko'pincha toshbaqalarni yer yuzidan yoki yotgan inidan topib ovqatlanadi. Toshbaqa kam joylarda ilonlar va kaltakesaklarni tutib yeydi. Kuz va bahorda tipratikanlar, hasharotlar va o'simliklarning mevalari bilan ham oziqlanadi. Ozuqa kamayib ketgan paytlarda boshqa biotoplarga ko'chir tunda 4-6 km gacha yuradi. Bu hayvon juft bo'lib yashab, urg'ochisi may oyida 1-2 bu tug'adi. Yangi tug'ilgan bolalarining vazni 180230 g, yoshi 5-6 oyga to'lganda 2,5-3 kg, 9-10 oyligida 4-5 kg, 1,5 yilga yaqinlaganda yirikligi onasidek bo'lib voyaga yetadi. Maqomi: Butunlay yo'q bo'lib ketish arafasida turgan lokal tarqalgan kenja tur. O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan. Qahratonli, ko'p qor yoqqan oylari bo'ri va daydi itlarning ta'sirida kamaygan. Tarqalishi: Qoraqalpog'istonda Ustyurtda uchraydi. Maqomi. 1(CR): Butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan kenja tur. Tarqalishi. Janubiy va Markaziy Ustyurt, Sarikamish botig‘i, Xorazm vohasi atroflari. O‘zbekistondan tashqarida: Turkmaniston, Kozogiston. Arabiston yarimoroli, Eron, Afgoniston, Pokiston, Xindiston. Afrika, Iroq, Yaqin Sharqda boshqa kenja turlari. Yashash joylari. Karst (toshtuz, ohaktosh, gips singari eruvchan jinslardan tuzilgan yerlarning notekis ko‘rinishi) dan tashkil topgan gorlar, jarliklarga boy gipsli shag‘alli sahrolar: qiyaliklar va chink darasi, shurxok yerlar. Soni. Doimo kam bo‘lgan. 1962-1981 yil larda 10 donasi, 1997-2016 yillarda 13 do nasi qayd etilgan. 49 Yashash tarzi. Oqshomda va tunda, ba'zan kunduzi ham faol. Inida, kichik gorlarda berkinib yetadi. Juftlashishi oktyabr'- noyabrda. Aprel'-mayda bolalaydi (12). Umurtqasizlar, sudralib yuruvchilar, mayda sutemizuvchilar va qushlar, meva va il dizmenalar bilan oziklanadi. Tutkunlikda umr davomiyligi 26 yilgacha. Cheklovchi omillar. Insoniyat tomoni dan yuk kilinishi, sovuq va seryog‘in qish fasllari; bo‘rilar va daydi itlar tomoni dan ta'qib qilinishi. Ko’paytirish. Dunyoning bir qator xayvonot bog‘lari va parvarishxonalarda ko‘paytiriladi. Muxofaza choralari. Ovlash taqiqlangan. Mavjud populyasiyalari muhofazasini tashkil qilish, tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha mahalliy aholining bilim daraja sini oshirish, areali, soni va yashash tarzi ni mukammal o‘rganish lozim. XULOSA. Qizil kitobga kiritiladigan hayvon va oʻsimlik turlari boʻyicha taklifni ilmiy tekshirish muassasalari, davlat va jamoat tashkilotlari, ayrim olimlar tavsiya qilishi mumkin. Muhofaza qilinishi natijasida oʻz arealini qaytadan tiklagan va yoʻqolib ketish xavfi tugʻilmaydigan oʻsimlik va hayvon turlari Qizil kitobdan chiqariladi. Qizil kitobga kiritilgan turlar davlat qonuni asosida muhofaza qilinadi; uni buzgan yuridik va jismoniy shaxslar qonunga muvofiq javobgarlikka tortiladi. FOYDALANGAN ADABIYOTLAR 1. Красная книга Республики Узбекистан. Животный мир. – Ташкент: «Chinor ENK», 2019. – 512 с. 2. Грицина М.А., Кучкаров С. (1983). Сведения о распространении медоеда (Mellivora capensis) в Узбекистане. // Зоологический журнал, №5. – С. 45–50. 3. Огнев С.И. (1931). Млекопитающие СССР и прилегающих стран. Том II. – Москва; Ленинград: АН СССР. – 776 с. 4. Хептнер В.Г., Наумов Н.П. (1967). Млекопитающие Советского Союза. Том II. – Москва: Высшая школа. 5. Костин В.П. (1963). Первые наблюдения медоеда на Устюртском плато. // Сборник научных трудов по вопросам зоологии. – Ташкент: Издательство «Фан». 6. Macdonald D.W. (1992). The Encyclopedia of Mammals. – Oxford: Oxford University Press. 7. Wilson D.E., Mittermeier R.A. (Eds.) (2009). Handbook of the Mammals of the World. Vol. 1: Carnivores. – Barcelona: Lynx Edicions.