scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QUYI AMUDARYO DAVLAT BIOSFERA REZERVATI HUDUDIDA 2025 YILNING KUZ MAVSUMIDA OLIB BORILGAN ORNITOLOGIK KUZATISH NATIJALARI

Bekniyazova D.B.; Nurimov B.J; Orınbaev D.J.; Arzıbaev D.F.

Full text

50 QUYI AMUDARYO DAVLAT BIOSFERA REZERVATI HUDUDIDA 2025 YILNING KUZ MAVSUMIDA OLIB BORILGAN ORNITOLOGIK KUZATISH NATIJALARI Bekniyazova D.B., Nurimov B.J., Orınbaev D.J. Qoraqalpoq davlat universiteti Arzıbaev D.F. Nukus davlat pedagogika instituti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17744842 Annotatsiya: Ushbu maqolada 2025 yilning kuz mavsumida Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati hududida o‘tkazilgan ornitologik tadqiqotlar natijalari bayon etilgan. Jami 74 ta qush turi ro‘yxatga olinib, sentyabr oyidan noyabr oyining birinchi dekadasigacha bo‘lgan davrda qushlarning sistematik tarkibi, kelib-ketish xarakteri va umumiy soni haqida ma‘lumotlar berilgan. Tayanch so‘zlar: biosfera rezervati, turkum, oila, uyalovchi, uchib o‘tuvchi, qishlovchi, o‘troq turlar. Abstract: This article presents the findings of ornithological surveys conducted during the autumn of 2025 within the territory of the Lower Amudarya State Biosphere Reserve. A total of 74 bird species were documented. The study provides comprehensive data on their taxonomic composition, migration status, and population abundance throughout the period extending from September to the first ten days of November. Key words: biosphere reserve, order, family, breeding, migratory, wintering, resident species. Qushlar biologik xilma-xillikning muhim qismi hisoblanib, ekotizimdagi biotik aloqalarida alohida o‘rin egallaydi. Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatini qushlar hayotida muhim ahamiyatga ega. Adabiy manbalarda ushbu hududta qushlarning bir nechta turlari uchrashi qayd etilgan [1, 2, 3]. Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatining ornitofaunasi tarkibi har mavsumda oʻziga hos oʻzgarishlarga ega bo‘lib, ushbu maqolada kuz mavsumidagi kuzatuvlar natijalari tahlil qilindi. Ilmiy-tadqiqot ishi 2025 yilning kuz mavsumida (3,10,16,22,29-sentyabr,3,11-oktyabr,5,11-noyabr kunlari) Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati hududida olib borildi. Qushlar ekologiyasi va faunasini tadqiq qilishda umum qabul qilingan standart metodlardan foydalanildi [5]. Qushlarni kuzatish uchun Baigish 12x45 durbinidan foydalanildi va Coolpix P1000 fotokamerasi yordamida rasmga olindi. 2025 yilning kuz mavsumida olib borgan kuzatishlarimiz natijasida 18 turkum va 35 oilaga mansub 74 turdagi qushlar roʻyxatga olindi (1-jadval). 1-jadval Quyi Amudaryo dalvat biosfera rezervatida kuz mavsumida tarqalgan qushlarning tur tarkibi va kelibketish xarakteri 51 Turkum Turlar soni Oʻtroq Uya quruvchi Uchib oʻtuvchi Qishlovchi abs. % abs. % abs. % abs. % abs. % Podicipediformes 1 1,35 1 1,35 1 1,35 Suliformes 1 1,35 1 1,35 1 1,35 Pelecaniformes 4 5,4 4 5,4 3 4,05 1 1,35 Anseriformes 3 4,05 3 4,05 3 4,05 1 1,35 Accipitriformes 14 18,9 1 1,35 9 12,1 11 14,86 8 10,8 Falconiformes 2 2,7 1 1,35 1 1,35 1 1,35 Galliformes 1 1,35 1 1,35 Otidiformes 1 1,35 1 1,35 1 1,35 Gruiformes 1 1,35 1 1,35 Charadriiformes 8 10,8 Pterocliformes 1 1,35 1 1,35 1 1,35 Columbiformes 3 4,05 2 2,7 1 1,35 Strigiformes 2 2,7 2 2,7 Caprimulgiformes 1 1,35 1 1,35 1 1,35 Coraciiformes 3 4,05 3 4,05 1 1,35 Bucerotiformes 1 1,35 1 1,35 1 1,35 Piciformes 1 1,35 1 1,35 Passeriformes 26 35,2 7 9,45 6 8,1 18 24,4 12 16,2 Jami : 74 100 15 20,25 32 43,15 45 60,86 22 29,7 Izoh: Kelib ketish maqomi boʻyicha guruhlangan qush turlarining umumiy sondagi qush turlariga nisbatan koʻp sonda chiqishiga sabab, ayrim qush turlari bir vaqtning oʻzida ikki maqomda qayd etilishi mumkin: uya quruvchi, uchib oʻtuvchi sifatida. Natijada jadvalda umumiy hisobda turlar soni koʻproq chiqadi. 1-jadvalda koʻrib turganingizdek turlar soni bo‘yicha Passeriformes turkumi yetakchilik qiladi – 26 tur yoki 35,2 %. Keyingi oʻrinni Accipitriformes turkumi 14 tur (18,9%), Charadriiformes turkumi 8 tur 10,8% , Pelecaniformes turkumi 4 tur 5,4% , Anseriformes , Columbiformes va Coraciiformes turkumlari 3 tur 4,05 %, Falconiformes va Strigiformes turkumlari 2 tur 2,7%, Podicipediformes, Suliformes Galliformes, Otidiformes, Gruiformes, Pterocliformes, Caprimulgiformes va Bucerotiformes , Piciformes turkumlarining har biri 1 turdan 1,35% egalladi. 52 1-rasm. Kuz mavsumida uchragan qushlarning turkum bo‘yicha tarkibi Qushlarni yashash xarakteriga ko‘ra tahlil qiladigan boʻlsak uchib oʻtuvchilar 45 tur (60,86%), uya quruvchilar 32 tur (43,15 %), qishlovchilar 22 tur (29,7 %) va oʻtroq qushlar 15 turni (20,15 %) tashkil qildi . Shuningdek qush turlari ishida eng ko‘p sonda Churrak Anas crecca (484 bosh), Pushti saqoqush Pelеcanus onocrotalus (478 bosh), Goʻng qargʻa Corvus frugilegus (248 bosh) uchardi.O‘rtacha sonda Kulrang qarqara Ardea cinerea (66 bosh), So‘fi to‘rg‘ay Galerida cristata (62 bosh), Yovvoyi oʻrdak Anas platyrhynchos (54 bosh) uchragan bo‘lsa, Oq dumli suvburgut Haliaeetus albicilla (12 bosh),Jigʻiltoy Falco subbuteo (5 bosh), Qirgʻiy Accipiter nisus (4 bosh) ,ilonxor burgut Circaetus gallicus (3 bosh), sariq sor Buteo rufinus (1 bosh), Toshqirg‘iy Accipiter badius (1 bosh) ,Tuvaloq Chlamydotis macqueenii (1 bosh) oz sonda uchradi. Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati va uning atrofida kuz mavsumida O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi (2019) ga kirgan kamyob turlardan 8 tur ro‘yxatga olindi [4]. Bular – Pushti saqoqush Pelеcanus onocrotalus, Dasht boʻktargisi Circus macrourus, Ilonxor burgut Circaetus gallicus, Choʻl burguti Aquila nipalensis, Burgut Aquila chrysaetos, Qironqora Aquila heliaca, Oq dumli suvburgut Haliaeetus albicilla, Tuvaloq Chlamydotis macqueenii hisoblanadi. 2025-yil kuz mavsumida olib borilgan ornitologik kuzatuvlar Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati hududi qushlar uchun muhim tabiiy makon ekanini ko‘rsatdi. Turlar xilma-xilligining yuqoriligi, ayniqsa uchib o‘tuvchi qushlarning ustunligi hududning migratsion koridor sifatidagi o‘rnini tasdiqlaydi. Olingan natijalar qushlar 11 4 3 14 2 1 1 1 8 1 3 2 1 3 1 1 26 Podicipediformes Suliformes Pelecaniformes Anseriformes Accipitriformes Falconiformes Galliformes Otidiformes Gruiformes Charadriiformes Pterocliformes Columbiformes 53 populyatsiyasida mavsumiy dinamikani aniqlash, monitoring tizimini takomillashtirish va noyob turlarni muhofaza qilish strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Абдреймов Т. Птицы тугаев и прилегающих пустынь низовьев Амударьи. - Ташкент: Фан, 1981. - 108 с 2. Ametov Ya.I., Orınbaev D.J. Tómengi Ámiwdárya mámleketlik biosfera rezervatínda alíp barílǵan gúzgi ornotologiyalíq baqlawlar. // Жанубий Оролбўйи табиий ресурсларидан оқилона фойдаланиш: X республика илмий-амалий конференцияси материаллари. - Нукус, 2022. – B. 29-31. 3. Бекниязова Д.Б., Аметов Я.И., Абдикаримова М.К., Алпысбаева А.Ж. Результаты осенних орнитологических наблюдений в Нижне-Амударьинском государственном биосферном заповеднике в 2024 году // XVI Международной орнитологической конференции Северной Евразии Казань.- - Казань, 2025 .- 26 c. 4. Красная книга Республики Узбекистан. Животные. - Ташкент, 2019. Том 2. - 215 с. 5. Новиков Г.А. Методика полевых исследований по экологии наземных позвоночных. – Москва, 1953. - 501 с.