scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SUV OB'EKTLARINING SUVNI MUXOFAZA QILISH VA SANITARIYA-MUXOFAZA ZONALARINI BELGILASH TARTIBI

Boboqulov Baxtiyor Kamol o'g'li

Full text

57 UDK: 627.8:626.81:34:004(575.144) SUV OB’EKTLARINING SUVNI MUXOFAZA QILISH VA SANITARIYA-MUXOFAZA ZONALARINI BELGILASH TARTIBI Boboqulov Baxtiyor Kamol o‘g‘li “O‘ZDAVYERLOYIHA” DILI mustaqil tadqiqotchisi ORCID: 0009-0008-2140-924X. "Navvilyerloyiha" bo‘linmasi yetakchi muhandisi [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17744856 Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjalarida suv ob’ektlarining suvni muxofaza kilish va sanitariya-muxofaza zonalarini belgilash jarayoni,tartibi, ishlanadigan loyihani tayyorlash bosqichlari va ularda bajariladigan ishlar mazmuni taxlil qilingan. Kalit so‘zlar: sanitariya-muxofaza zonasi, soxil bo‘yi mintaqasi, suvni muxofaza qilish zonasi, suv ob’ekti, suv fondi yerlari,loyiha. Аннотация: В данной статье анализируется процесс и порядок определения водоохранных зон и санитарно-защитных зон водных объектов в законодательных документах Республики Узбекистан, этапы подготовки разрабатываемого проекта и содержание работ, выполняемых на каждом из этих этапов. Ключевые слова: санитарно-защитная зона, прибрежная полоса, водоохранная зона, водный объект, земли водного фонда, проект. Abstract: This article analyzes the process and procedure for determining water protection zones and sanitary protection zones of water bodies in the legislative documents of the Republic of Uzbekistan. It examines the stages of preparing the developed project and the content of work carried out at each of these stages. Keywords: sanitary protection zone, coastal zone, water protection zone, water body, water fund lands, project. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasida belgilanishicha barcha tabiiy resurslar:yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir[1]. O‘zbekiston Respublikasi yer kodeksi, suv kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilanishiga ko‘ra suv havzalari (daryolar, ko‘llar, suv omborlari va shu kabilar), gidrotexnika va boshqa suv xo‘jaligi inshootlari egallab turgan, shuningdek suv havzalarining va boshqa suv obyektlarining qirg‘oqlari bo‘ylab ajratilgan mintaqadagi suv xo‘jaligi ehtiyojlari uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda berilgan yerlar suv fondi yerlari jumlasiga kiradi. Daryolar, magistral kanallar va kollektorlar, suv omborlari va boshqa suv havzalarining, shuningdek ichimlik va ro‘zg‘or suv ta’minoti, aholining davolash hamda madaniy-sog‘lomlashtirish ehtiyojlariga xizmat qiladigan manbalar qirg‘og‘i 58 bo‘ylab qonunchilikda belgilanadigan tartibda suvni muhofaza qilish zonalari va qirg‘oq bo‘yi mintaqalari ajratiladi [2]. Ushbu mintaqalarni ajratish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 981-sonli [3]qarorida belgilangan tartibda “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti tomonidan ishlab chiqilgan “Suv ob’ektlarining suvni muxofaza kilish va sanitariya-muxofaza zonalarini belgilash bo‘yicha loyiha hujjattlarini tayyorlash va ularni rasmiylashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma” [4]asosida loyiha ko‘rinishida amalga oshiriladi. Loyihalarni ishlab chiqish quyidagi tartibda 5 ta bosqichda amalga oshiriladi: - birinchi bosqichda tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi. Tayyorgarlik ishlari jarayonida buyurtmachi bilan “O‘zdavyerloyiha” instituti yoki uning hududiy bo‘linmalari o‘rtasida belgilangan tartibda shartnoma tuziladi, shartnomada ko‘rsatilgan bo‘unak mablagi tushgandan so‘ng “O’zdavyerloyiha” instituti yoki uning hududiy bo‘linmalari mutaxassislari tomonidan buyurtma berilgan suv ob’ekti bo‘yicha tegishli materiallar va hujjattlar o‘rganib chiqiladi; - ikkinchi bosqichda dala kuzatuv ishlari amalga oshiriladi. Dala kuzatuv ishlari jarayonida suv ob’ektlari joylashgan hududlarning tegishli masshtabdagi ortofotoplanlarida barcha tegishli suv ob’ektlari joylashgan yer maydonlari, yerlarning toifasi va turlari, mazqur maydondagi ob’ektlarning soni, turi va yer maydonlari xamda suv ob’ektlariga yondosh bo‘lgan yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkasi ijarachilari, meros kilib qoldiriladigan umrbod egalik qiluvchilari va mulkdorlarining mavjud yer maydonlari chegarasi, yer turlari, bino inshootlari va boshqa ob’ektlari belgilangan tartibda aks ettiriladi. Dala kuzatuv ishlari jarayonida suv ob’ektlari joylashgan va ularga yondosh bo‘lgan hududning yer maydonlari xatlov (inventarizatsiya)dan o‘tkaziladi. Suv ob’ektining suv o‘tkazish xajmi yoki zaxirasi, shuningdek, suv ob’ektining joylashuvidan kelib chiqqan xolda ular hududiga yondosh bo‘lgan hududlarning ulchamlari tomonlarga suv satxi chizigidan tegishliligiga qura 500 metrgacha bo‘lgan masofada belgilaniladi. Suv ob’ektlari joylashgan va ularga yondosh bo‘lgan hududning yer maydonlarini xatlov(inventarizatsiya)dan o‘tkazish ishlari jarayonida yer maydonlarining yer turlari, ularda joylashgan ob’ektlarning soni, turi, urni va ularning chegaralari aniqlanadi yoki aniqlik kiritiladi, shuningdek, foydalanilmayotgan, samarasiz foydalanilayotgan yoki boshqa maksadlarda foydalanilayotgan yer uchastkalari va yerlarning boshqa tavsiflariga aniqlik kiritiladi; - uchinchi bosqichda kameral ishlar amalga oshiriladi. Suv ob’ektlari joylashgan hududlarning tegishli masshtabdagi ishchi ortofotoplanlarida aks ettirilgan tegishli suv ob’ektlari joylashgan yer maydonlari xamda ularga yondosh bo‘lgan yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkasi ijarachilari, meros kilib qoldiriladigan umrbod 59 egalik qiluvchilari va mulkdorlarining mavjud yer maydonlari joylashgan hududning elektron rakamli kishlok xo‘jaligi xaritasi tuziladi. Bunda axoli punktlarida joylashgan suv ob’ektlarining loyiha xaritasi 1:2000 masshtabda, axoli punktlaridan tashkarida joylashgan suv ob’ektlarining loyiha xaritalari 1:10000 masshtabda tuziladi, ayrim xollarda 1:25000 masshtabda xam tuzilishi mumkin. Dala kuzatuv jarayoni natijasida aniqlangan barcha yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar, meros kilib qoldiriladigan umrbod egalik qiluvchilar va mulkdorlarning yer maydonlari chegaralari va yer turlari, mazqur yerlarda joylashgan ko‘p yillik daraxtzorlar, ixota daraxtzorlar xamda dehqon xo‘jaliklari yoki shaxsiy tomorqaa yerlardagi mevali va mevasiz daraxtlar, shuningdek, mavjud turar joylar, bino va inshootlar ular joylashgan yer maydonlari yaratilgan yoki yangilangan tegishli masshtabdagi elektron rakamli kishlok xo‘jaligi xaritalarida shartli belgilar asosida aks ettiriladi; -to‘rtinchi bosqichda suv ob’ektlarining suvni muxofaza kilish va sanitariya-muxofaza zonalarini belgilash loyihasi ishlanadi. O‘tkazilgan xatlov (inventarizatsiya) natijalariga qura suvni muxofaza kilish va (yoki) sanitariyamuxofaza zonalari belgilanayotgan suv ob’ektida suvning ifloslanishi va bulganishining oldini olish, unumdor yer maydonlarini va hududning mavjud tuzilishini eng ko‘p darajada saklab qolish, yemirilish jarayonlarini, yerning botkoklanishini va boshqa zararli ta’sirlarni to‘xtatishni xisobga olgan xolda, suvni muxofaza kilish yoki sanitariya-muxofaza zonalarini belgilash xamda amaldagi norma xamda koidalarni qo‘llash imkoniyatlari o‘rganiladi va taxlil qilinadi. Suv ob’ektlarining suv o‘tkazish qobiliyati, suv xajmi yoki yer osti suvlari zaxirasi xamda suv ob’ektlariga yondosh hududning joylashuv relefining amaldagi xolati joyida to‘lik o‘rganiladi va mazqur ko‘rsatgichlar inobatga olingan xolda suvni muxofaza kilish yoki sanitariya-muhofaza zonalari (kengligi), soxil bo‘yi mintakalari (kengligi) va (yoki) sanitariyahimoya mintaqalari aniqlanadi va ularning chegaralari tegishli masshtabdagi elektron rakamli kishlok xo‘jaligi xaritalariga tushiriladi. Elektron rakamli xaritalarda suv ob’ektlarining suvni muhofaza kilish yoki sanitariya-muhofaza zonalari va ularga tutashib ketgan yoki yondosh yer uchastkalaridagi yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkasi ijarachilari, meros kilib qoldiriladigan umrbod egalik qiluvchilari va mulkdorlarining mavjud yer maydonlari chegaralari shartli belgilar asosida ko‘rsatiladi. Bunda yer uchastkasining joylashuvidan kelib chiqqan xolda suvni muxofaza kilish yoki sanitariya-muxofaza zonasi ichidagi xamda mazkur zonalardan tashkarida belgilangan masofada joylashgan yerdan foydalanuvchi sub’ektlarning mavjud yer maydonlari chegarasi xaritalarga tushirilishi lozim; - beshinchi bosqichda suv ob’ektlari uchun ishlangan loyiha hujjatlari ko‘rib chiqiladi. 60 Suv ob’ektlarining suvni muhofaza qilish yoki sanitariyamuhofaza zonalarida xamda ularga tutashib ketgan hududlarda o‘tkazilgan xatlov (inventarizatsiya) natijasida yer maydonlarining shakllantirilgan kaydnomalari, suv ob’ektlarining suvni muxofaza kilish yoki sanitariya-muxofaza zonalarini belgilash bo‘yicha shakllantirilgan kaydnoma xamda yaratilgan yoki yangilangan elektron rakamli kishlok xo‘jaligi xaritalari, shuningdek, xatlov (inventarizatsiya) bilan bog‘lik boshqa hujjatlar dastlab “O’zdavyerloyiha” instituti yoki institutning hududiy bo‘linmasi loyiha bosh muxandisi, bo‘lim (sektor, guruh) boshlig‘i tomonidan ko‘rib chiqiladi va ko‘rib chiqish natijalari joriy tekshirish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Suv ob’ektlarining suvni muxofaza kilish va (yoki) sanitariyamuxofaza zonalarini belgilash bo‘yicha bajarilgan loyiha ishlarini ko‘rib chiqish natijasida kamchiliklar aniqlangan takdirda ijrochi mutaxassislar tomonidan ularni bartaraf etilishi bo‘yicha choralar ko‘riladi. Bunda loyiha bosh muxandisi yoki bo‘lim (sektor, guruh) boshlig‘i nazorat olib boradi. Buyurmachi mas’ulligida suv ob’ektlarining suvni muhofaza qilish yoki sanitariyamuhofaza zonalarini belgilash bo‘yicha bajarilgan loyiha ishlari manfaatdor tashkilotlardan belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazish uchun yuborilishidan oldin mazqur “O’zdavyerloyiha” instituti yoki institutning hududiy bo‘linmasi bosh muxandisi tomonidan ko‘rib chiqiladi va belgilangan tartibda bajarilishi ta’minlangandan so‘ng ularning yuborilishiga ruxsat beradi. Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar ro‘yxati 1. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi (yangi taxrir). Adolat, 2023 2. O‘zbekiston Respublikasi yer kodeksi. Adolat, 1998 3. O‘zbekiston Respublikasi suv kodeksi. Adolat, 2025 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 11.12.2019 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 981-sonli qarori. 5. Suv ob’ektlarining suvni muxofaza kilish va sanitariya-muxofaza zonalarini belgilash bo‘yicha loyiha hujjattlarini tayyorlash va ularni rasmiylashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma. “O’zdavyerloyiha” DILI, 2021 yil.