QORAQALPOG'ISTON SHAROITIDA CATALPA L. TURKUMI TURLARINING BIOMORFOLOGIK XUSUSIYATLARI
Full text
71 QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA CATALPA L. TURKUMI TURLARINING BIOMORFOLOGIK XUSUSIYATLARI Dosjanova Gauxar Daryabaevna Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17744889 Annotatsiya: Maqolada Qoraqalpog‘istonning noqulay iqlim sharoitida Catalpa L. turkumining Catalpa bignonioides, Catalpa speciosa va Catalpa ovata turlarining vegetativ va generativ organlarining morfologik tuzilishi urganilgan. Tayanch so‘zlar: flora, iqlim, turkum, tur, daraxt, o‘simlik, shox-shabba, barg, meva, urug‘. Abstract: This article examines the morphological structure of vegetative and generative organs in Catalpa bignonioides, Catalpa speciosa, and Catalpa ovata species of the Catalpa L. genus under the unfavorable climatic conditions of Karakalpakstan. Key words: flora, climate, genus, species, tree, plant, crown, leaf, fruit, seed. Ko‘kalamzorlashtirishda qo‘llaniladigan manzarali daraxt va buta turlarini kengaytirish, o‘lkamiz sharoitlariga moslasha oladigan nav va shakllarini izlab topish, ilmiy darajada asoslangan texnologiya bo‘yicha parvarishlashni tatbiq etish - bugungi kunning dolzarb masalalaridan sanaladi. Masalan, R.Babadjanovning ko‘rsatishicha, Qoraqalpog‘iston hududida yovvoyi holatda o‘suvchi 98 ga yaqin daraxt o‘simliklar o‘sib, u floraning 10% ni tashkil etadi, keyingi ma'lumotlarga ko‘ra T.Otenovning ko‘rsatishicha bu turlar soni 118 turni tashkil qilmoqda [2]. Daraxt o‘simliklarning ko‘pchiligi bu mintaqada buta va butachalarni tashkil etib, bu esa o‘z navbatida Qoraqalpog‘iston florasini introduktsiyalangan o‘simliklar bilan to‘ldirishni taqozo etmoqda [1]. Qoraqalpog‘istonning noqulay iqlim sharoitida Catalpa L. turkumining sistematikasini o’rganishda vegetativ va generativ organlarining morfologik tuzilishi katta rol o‘ynaydi. Shu sababli, tadqiqot obyektlarining morfologiyasi o‘rganildi va turlar orasidagi o‘xshash va farqli belgilar tahlil qilindi. Catalpa bignonioides sharsimon shox-shabbani tashkil etadi. Tanasining qobig‘i och jigarrang tusda, barglari yirik (20 x 15 sm), uchki qismi uchli, bargning asosi yurak shaklida yoki xanjar shaklida, qirrasi butun. Hayotining birinchi yilidagi barglarning novdalarda joylashishi qarama-qarshi, keyin o‘zgaruvchan. Bargining ustki qismi silliq, och yashil rangda, pastki qismida tomirlar bo‘ylab oddiy tuklar bilan qoplangan. Barg bandining uzunligi 15 sm gacha. Catalpa speciosa shox-shabbasi piramidal shaklda. Po‘stlog‘i kulrang-jigarrang, barglari ham Catalpa bignonioides barglariga morfologik xususiyatlari deyarli
72 o‘xshash bo‘lib, barg ostidagi tomirlar bo‘ylab joylashgan trixomalari Catalpa bignonioides ga nisbatan zichroq joylashgan. Catalpa ovata keng shox-shabbali, tanasi egri. Po‘stlog‘i kulrang tusda bo‘lib, barglari uzun barg bandida (uzunligi 18 sm va kengligi 16 sm gacha) joylashgan. Barglari tuxumsimon shaklda bo‘lib, ustki qismi och yashil rangda, uchki qismi o‘tkir uchli, qirrasi butun. Shuni ta’kidlash joizki, atrof muhitning turli sharoitlariga moslashish jarayonida o‘simlik organlari, ularning funksional faoliyati bilan bog‘liq holda, o‘zgaruvchan tashqi hamda ichki tuzilish, rang va boshqa xususiyatlarga ega bo‘ladi. Catalpa L. turkumi turlarining morfologiyasini tavsiflashda birinchi navbatda generativ organlariga e’tibor qaratdik. Chunki, o‘rganilayotgan turkum turlarimizni bir-biridan farqlashda generativ organlarining morfologik tuzilishi eng asosiya taksonomik belgilardan biri bo‘lib hisoblanadi. Catalpa bignonioides to‘pgullari-keng piramidal shaklda bo‘lib, ko‘p gulli uzunligi 20-25 sm gacha bo‘lgan yirik to‘pgul hisoblanadi. To‘pgullarning har birida 50 tagacha gul joylashgan. Gulkosachabarglari ikki qismdan iborat, och binafsha yoki yashil rangga ega. Tojbarglarining uzunligi 4 sm gacha, kengligi 2,5 - 3 sm gacha, ichki qismida ikkita sariq chiziqlar va qalin, binafsha-jigarrang dog‘lari mavjud. Catalpa speciosa ning to‘pgullari 14-35 tagacha gullarni o‘z ichiga oladi. Gullari ikki jinsli ro‘vaksimon to‘pgullarda joylashgan. Har bir guli yirik, qo‘ng‘iroqsimon, oq tusda och jigarrang dog‘lar mavjud. Gulida bitta urug‘chi hamda beshta changchisi mavjud. xushbo‘y hidli. Catalpa ovata ni gullari sarg‘ish rangda, to‘q sariq chiziqlar va to‘q binafsha dog‘lari mavjud. To‘pgulida 35-50 tagacha gullar joylashgan. Catalpa bignonioides mevasining uzunligi 35-45 sm, va diametri 2,5-2,9 sm gacha bo‘lgan ikki mavabargli, markazida platsenta bor. Urug‘lar ellipssimon yoki cho‘zinchoq chiziqli bo‘lib, uzunligi 2-2,5 sm gacha va kengligi 0,5-0,6 sm gacha, ikkala uchida kalta tuklar va yetilgan urug‘lar kulrang-jigarrang tusda. Har bir mevada o‘rtacha 104 ta urug‘ bor. 1000 urug‘ning vazni 35,7 g ni tashkil qiladi. Catalpa speciosa ni mevalari yozning ikkinchi yarmidan boshlab hosil bo‘ladi. Meva uzunligi 30-35 sm gacha, kengligi 2,5-3 sm gacha, uzun, silindrsimon, tepaga qarab asta-sekin torayib boradi, teriga o‘xshash, qattiq, to‘q jigarrang, uzunligi bo‘ylab 2ta mevabargga yorilib ketadi. Urug‘lar ellipssimon bo‘lib, uzunligi 2,8 sm gacha va kengligi 0,7 sm gacha, ikkala uchida tuklar mavjud. Har bir mevada 33-168 tagacha urug‘ mavjud. 1000 urug‘ning vazni 36 g ni tashkil qiladi. Catalpa ovata ning mevasi ingichka, uzunligi 30 sm gacha, ba’zan 40 sm gacha va kengligi taxminan 1,5 sm. Urug‘lari ellipssimon, kulrang-qora rangda, uzunligi 1,3
73 sm va eni 0,4 sm gacha, ikkala uchida keng o‘simtalari bor. Har bir mevada 72-106 tagacha urug‘ bor. 1000 urug‘ning vazni 15 g ni tashkil etadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Досжанова Г.Д. Турли шўрланган шароитда Catalpa турларини интродукциялаш // “Жанубий Оролбўйи табиий ресурсларидан оқилона фойдаланиш” X республика илмийамалий конференция материаллари -Нукус 2022. 54 б. 2. Dosjanova G.D. Catalpa L. Turkumu turlari urug‘larini dala sharoitida unuvchanligi // “Табиий фанларнинг долзарб масалалари” мавзусидаги VI-халқаро илмий-назарий анжуман материаллари тўплами -Нукус 2025. 146 б.