O'ZBEKISTONDA OVCHILIKNING O'TMISHI VA RIVOJLANISHI
Full text
122 O‘ZBEKISTONDA OVCHILIKNING O‘TMISHI VA RIVOJLANISHI Jumanov Muratbay Arepbaevich Qoraqalpoq davlat universiteti, Umumiy biologiya va fiziologiya kafedrasi professori, biologiya fanlari doktori Raxmonov Rashid Raximovich Qoraqalpoq davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi Ziyodulloyeva Sarvinoz Sobir qizi Buxoro davlat pedagogika instituti 1 bosqich magistranti Mustafoev Akbar Mustafo o’g’li Sarmishsoy Davlat muzey qo‘riqxonasi Arxeologi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17745016 Annotatsiya: O‘zbekistonda ovchilikning rivojlanish tarixi haqidagi ma’lumotlarning qoyatoshlarga tushirilgan suratlar haqida so‘z boradi. Navoiy viloyatidagi Sarmushsoy darasidagi qoyatoshning silliq sirti to‘q jigarrang va qoramtir tovlananishi, uning silliq sathida odam, turli tuman ov hayvonlari, o‘q – yoy, nayza, ov jarayoniga oid rasmlar tasvirlangan. Kalit so‘zlar: Buxoro, Navoiy, Zarafshon, Sarmishsoy, Tuzkon, Devqal’a, O‘rtaquyu, Talayxonota, Oqyayla, biologik xilma-xillik, ov hayvonlari, fauna, tog‘, o‘rmon, daryo. Аннотация: В статье рассматриваются наскальные рисунки, содержащие информацию об истории развития охоты на территории Узбекистана. Гладкая поверхность скалы в ущелье Сармушсай в Навоийской области имеет темно-коричневый и черноватый блеск, а на ее гладкой поверхности изображены люди, различные охотничьи животные, луки и стрелы, копья, а также изображения, связанные с процессом охоты. Ключевые слова: Бухара, Навоий, Зарафшан, Сармишсай, Тузкан, Девкала, Ортакью, Талайханота, Окяйла, биоразнообразие, охотничьи животные, фауна, горы, лес, река. Abstract: The article examines rock paintings containing information about the history of hunting in Uzbekistan. The smooth surface of the rock in the Sarmushsay gorge in the Navoi region has a dark brown and blackish sheen, and on its smooth surface are depicted people, various game animals, bows and arrows, spears, as well as images related to the hunting process. Key words: Bukhara, Navoiy, Zarafshan, Sarmishsay, Tuzkan, Devkala, Ortakyu, Talaihanota, Okyayla, biodiversity, game animals, fauna, mountains, forest, river. Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Dunyo miqyosida biologik xilmaxillikning muhim tarkibiy qismi sanalgan hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish masalasiga bugungi kunda alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa hayvonot dunyosidan ov qilish maqsadida keng va ba’zan nooqilona foydalanish, ov xo‘jaliklarini yuritish sohasidagi mavjud muammolar ko‘pchilik hollarda turlarning qirilib ketishiga yoki sonini kamayishiga sabab bo‘lmoqda, ba’zan ular noyob yoki yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlarga aylanmoqda. Shunga ko‘ra,
123 mazkur masalalarni o‘rganish, ularni hal qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqish hayvonlarni muhofaza qilish, ulardan barqaror foydalanish, ovchilik xo‘jaliklari yuritishni tartibga solish hamda aholining iqtisodiy, ijtimoiy farovonligini oshirishda nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PQ76-son “Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 31 maydagi PQ-171-son “Ekologiya, atrofmuhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish choratadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 oktabrdagi PF-5863-son “2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 22 yanvardagi 31-son “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish bo‘yicha biotexnik tadbirlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarorlari va boshqa sohaga oid meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Buxoro amirligi davrida hudud flora va faunasini o ‘rganish ishlari boshlangan bo‘lib, unda mintaqadagi faunaning tabiiy geografik jihatdan joylashuvi, hayvon va qushlarning turlarini aniqlash bo ‘yicha N.A. Seversov, A.P.Fedchenko, A.F. Middendorf, M.N. Bogdanov, V.Oshanin, N. Dingelshtedt, I.I.Geyyer N.A.Zarudniy, K.Timayev, A.S.Yulusov, N.Jarinov va boshqa tadqiqot ishlarini olib borganlar. Sobiq ittifoq davrida D.N. Kashgarov, L.A. Molchanov, X.S.Salixbayev, A.N. Bagdanov, Y.G. Gulyamov, U. Islomov, A. Asqarov va boshqalarning ishlarida o‘lka faunasi, qadimgi davrlarda ovchilik xo‘jaliklari, ovchilik manzilgohlari, ov qurollariga oid bo‘lgan ba’zi ma’lumotlar qayd etib o‘tilgan. O‘zbekiston respublikasi mustaqillikga erishgach ovlanadigan hayvon va qushlarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda xususan M.A. Jumanov., Y.I. Ametov., I.M. Arepbayev., F.R. Xolboyev., R.R. Raxmonov., A.R. Rayimov ishlarida ko ‘rish mumkin. Qadimdan odamlar tabiatdagi mavjud o‘simliklar ularning mevalari va urug‘ni terib, hayvonlarni ovlab oziq ovqat hamda kiyimbosh tayyorlab hayot kechirishgan. Aholi asosan tog‘, o‘rmon, daryo, suv havzalari atroflarida qo‘nimgohlar qurganlar. Bunday joylar aholi turmush tarzi, oziq-ovqat masalalarini hal etishda asosiy hudud
124 hisoblangan. Kishilik jamiyatining qadimgi davrida boshlab ovchilik shakllanganligini alohida ta’kidlab, neandertal odamlar yashagan davr muzlik davriga to‘g‘ri kelganligini, bunday noqulay tabiiy sharoitda insoniyatning asosiy tirikchilik manbai albatta ovchilik hisoblangan. Mezolit davridan boshlab odamlar yovvoyi hayvonlar, xususan, it, echki, qo‘y, sigir kabi hayvonlarni honakilashtirish, madaniylashtirish hamda asta sekin chorvachilikka o‘tish shakllandi. Bu jarayonlarning yuzaga kelishiga ovchilik muhim rol o‘ynadi. Ovchilikning rivojlanishi, ov qurollarining takomillashib borishi natijasida urug‘ jamoasining ehtiyojidan ortiq ovlangan hayvonlar alohida qafaslarga saqlana boshlandi, keyinchalik ular qo‘lga o‘rgatila boshlandi. Chorva mollarini alohida saqlash orqali chorvachilik sohasiga asos solindi. Mezolit, neolit davrlarida Buxoro vohasida, xususan, Zarafshonning qo‘yi havzalarida ovchilik ancha rivojlangan. Vohaning g‘arbiy qismlarida ham bu davrlarda ovchi va baliqchilarning dastlabki manzilgohlari shakllangan edi. Arxeolog olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, neolit davrida Zarafshon qo‘yi oqimi hududlarida aholi daromadining asosiy turi ov va baliq ovlash bo‘lgan [1]. Quyi Zarafshon hududida joylashgan Tuzkon va Darbozaqir manzilgohlaridan topilgan arxeologik ashyolarga e’tibor qaratilsa, bu hududlarda aholi asosan ovchilik, ayniqsa, baliq ovlash bilan shug‘ullanganligini ko‘rish mumkin. Bu jarayonlarni qadim tarixga borib taqalishini toshlarga chizilgan ov jarayoni tasvirlangan qoya toshlardagi rasmlar yaqqol isbotlaydi [2]. Masalan Navoiy viloyati Navbahor tumani Sarmushsoy maskanida joylashgan Sarmishsoy qoyatosh rasmlari yaqqol misol bo‘ladi. Sarmishsoy darasida 7-9 ming yillar oldin yashagan odamlarning toshlarga bitgan tasvirlari bor. Sarmishsoy darasigi toshga chizilgan rasmlar ya’ni petrogliflari bilan mashhurdir. Uzunligi 2,5 km.ga cho‘zilgan darada minglab petrogliflarni ko‘rish mumkin. Suratlarda turli marosimlar, ov tasvirlari, kiyik, arxar, tuyalar, yovvoyi buqalar, otlar, yirtqich hayvonlar va turli ovchilikga oid rasmlar aks ettirilgan. Qoyalardagi suratlar qachonlardir bu yerda insonlar istiqomat qilib, ovchilik, chorvachilik, dehqonchilik bilan mashg‘ul bo‘lganidan darak beradi. Bu yerda 10 mingdan ortiq surat borligi tasdiqlangan, Sarmishsoy darasi olis tamaddundan so‘zlovchi bebaho meros. U Navoiy viloyati hududidagi Qoratog‘ning yonbag‘rida joylashgan tabiiy arxeologik majmua qo‘riqxonasi bo‘lib, beqiyos qoyatosh rasmlarini saqlab qolgan vodiy [3].
125 1 rasm Sarmishsoy Davlat muzey qo’riqxonasidagi qoyatoshlardagi rasmlar Keyinchalik bu so‘lim xushmanzara, obod joy bo‘lgani va soyi suvga to‘lib oqqani uchun Sarmishsoy hamisha odamlarni o‘ziga jalb qilib kelgan. Buxoro amirligi davrida ham bu joylar e’tibordan chetda qolmadi, Buxoro amirlari tomonidan shu joyda chorbog‘ qilingan. Sarmishsoyning janubiy tomonida taxminan 5-6 gektar sersuv, bo‘z tuproqli yer bog‘-charbog‘ qilishga qulay bo‘lgan. Bu yerga Buxoro amirlari bahor faslida kelib, shikor (ov) qilgan, ko‘ngil yozgan. G‘ozg‘onlik ustalar tomonidan soy ichida tabiiy toshlardan silliqlanib tayyorlangan shohona hovuzlarni hozir ham ko‘rish mumkin.Bu Abdullaxon II davridan, XVI asrdan boshlab amalga oshirilgan. Sayid Abdulahadxon davrida ham bu bog‘dan foydalanilgani haqida ma'lumotlar bor. Hatto ushbu joyda Mirzo Ulug‘bek ham ov qilgani haqidagi ma'lumotlar uchraydi [4].
126 2 rasm Sarmishsoy Davlat muzey qo’riqxonasidagi qoyatoshlardagi rasmlar Janubiy Orolbuyidagi O‘zboy o‘zani atrofida Kaltaminor madaniyatiga xos bo‘lgan ovchilik qurollari, xususan, tosh nayza, chaqmoqtosh o‘q uchlari va boshqa xo‘jalik qurollari topilgan. Janubiy Orolbo‘yi dashtliklarida jayron, qulon, sayg‘oq kabi hayvonlar ko‘p bo‘lganligi bois, qadimdan bu hududlar ham ovchilar jamoalarining diqqat markazida bo‘lgan [5]. Faunaga boy bo‘lgan bu maskanlarda ovchilar doimiy tarzda ovchilik bilan shug‘ullanishgan va ov mahsulotlarni o‘zaro ayirboshlashgan. Devqal’a, O‘rtaquyu, Talayxonota va Oqyayla kabi o‘rta asrlarga oid karvonsaroylarning qoldiqlari o‘rganilganda, mazkur hududlar neolit davridayoq ovchilar va baliqchilar jamoalari tomonidan o‘zlashtirilganligi ma’lum bo‘lgan [6]. Neolit davrida Qizilqumda yashagan kaltaminor madaniyatiga taalluqli ovchi va baliqchi urug'larining ba'zi birlari Sarmishsoyga kelib joylashgan. Ular bu yerda ov qilish bilan bir qatorda asta-sekin chorvachilikka asos solishgan. Bu haqda bizga Sarmishsoydan topilgan 4000 dan ortiq bo'lgan insonlar rasmi — petrogliflar guvohlik beradi. Xulosa qilib aytganda O‘rta, Quyi Zarafshon vohasi, unga tutash Qadimgi Konimex cho‘llari va Qoratog‘ning janubiy yonbag‘ri, shuningdek, Sarmishsoy darasi ham hayvon va qush turlarning yashashlari uchun juda qulay bo‘lgan. Zarafshon vohasidagi Zirabuloq, Qo‘tirbuloq kabi qator yodgorliklarning madaniy qatlamlaridan tosh qurollar, boshqa hayvonlar kabi turlarning ham suyaklari topilgan.
127 Qoyatoshning silliq sirti to‘q jigarrang va qoramtir tovlanadi. Uning silliq sathi 23 dan ortiq odam, turli hayvon, o‘q – yoy, nayza va boshqa buyumlarni tasvirlari bilan bezatilgan. Bugungi kunda Sarmishsoy darasi UNESCO ga qarashli petrogliflardan iborat Sarmishsoy davlat muzey qo‘riqxonasiga aylantirilgan. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. Асқаров А. Бухоронинг ибтидоий давр тарихидан лавҳалар. – Тошкент: “Фан”, 1973. – 24 б. 2. Гульямов Я.Г., Исломов У., Аскаров А. Первобытная культура в низовьях Зарафшана. – Ташкент, 1966. – 268 с. 3. Муҳаммаджонов А. Қадимги Бухоро (Археологик лавҳалар ва тарих. – Тошкент: “Фан”, 1991. – 53 б. 4. Молчанов Л.А. Охотничьи и промысловые птицы Средней Азии. Популярный биол. очерк. – Москва-Ташкент, 1933. – 175 с. 5. Рахмонов Р.Р., Нўмонов Қ.Х., Самадова И.Ш., Орипова Ю.С. Ўзбекистонда овчилик соҳасининг ривожланиш тарихи // Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. 3(3), March, 2023. – Б. 375 6. Салихбаев Х.С. Охотничье-промысловые животные дельты Амударьи (Каракалпакия) и меряы их рационального использования//Матлы по производ. Силам Узбекистана. Ташкент, 1950. Вып. 1. Каракалпакская АССР. – С. 124-153