scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SOHIBQIRON AMIR TEMUR: BUYUK SALTANAT VA MEROS

Muqimboyeva Sevinch Shuhrat qizi

Full text

428 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc SOHIBQIRON AMIR TEMUR: BUYUK SALTANAT VA MEROS Muqimboyeva Sevinch Shuhrat qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika inistituti 1bosqich talabasi [email protected]. https://doi.org/10.5281/zenodo.17745302 Annotatsiya: Ushbu maqola Oʻrta Osiyolik buyuk sarkarda va davlat arbobi, Temuriylar imperiyasining asoschisi Sohibqiron Amir Temur (1336–1405) hayoti va faoliyatini yoritishga bagʻishlangan. Unda Amir Temurning Movarounnahrni birlashtirishdagi tarixi, uch yillik, besh yillik va yetti yillik kabi yirik harbiy yurishlari orqali Hind daryosidan O'rta Yer dengizigacha, Kavkazdan Xitoy chegaralarigacha boʻlgan ulkan imperiyani barpo etishi tahlil qilinadi. Shuningdek, uning Samarqandni jahon madaniyat markaziga aylantirishi, ilm-fan, meʼmorchilik, sanʼat va adabiyotga homiyligi hamda davlat boshqaruviga oid "Temur tuzuklari" asarining ahamiyati atroflicha yoritiladi. Maqola Amir Temurning nafaqat harbiy dahosi, balki buyuk bunyodkor va maʼrifatparvar hukmdor sifatidagi tarixiy merosini ko'rsatib beradi. Kalit so'zlar: Amir Temur, Temuriylar Imperiyasi, Samarqand, Temur Tuzuklari, Bunyodkorlik Annotation: This article is dedicated to exploring the life and activities of Amir Temur (Tamerlane, 1336–1405), the great Central Asian military leader and statesman, and founder of the Timurid Empire. It analyzes Temur's historical role in unifying Transoxiana (Movarounnahr) and the establishment of his vast empire—stretching from the Indus River to the Mediterranean, and from the Caucasus to the borders of China—through major military campaigns such as the Three, Five, and Seven-Year campaigns. Furthermore, the article delves into his efforts to transform Samarkand into a global cultural center, his patronage of science, architecture, art, and literature, and the significance of his work on statecraft, "Temur's Institutes" ("Temur Tuzuklari"). The paper highlights Amir Temur's historical legacy not only as a military genius but also as a great builder and enlightened ruler. Keywords: Amir Timur, Timurid Empire, Samarkand, Temur's Institutes, Legacy Аннотация: Данная статья посвящена жизни и деятельности Амира Темура (Тамерлана, 1336–1405), великого среднеазиатского полководца и государственного деятеля, основателя империи Тимуридов. В ней анализируется историческая роль Амира Темура в объединении Мавераннахра и создании его огромной империи, простиравшейся от реки Инд до Средиземно bc,,,,морья и от Кавказа до границ Китая, благодаря крупным военным походам, таким как Трехлетний, Пятилетний и Семилетний походы. Кроме того, в статье подробно освещаются его усилия по превращению Самарканда в мировой культурный центр, его покровительство науке, архитектуре, искусству и итературе, а также значение его труда о государственном управлении — «Уложения Темура» («Темур Тузуклари»). Работа подчеркивает историческое наследие Амира Темура не только как военного гения, но и как великого созидателя и просвещенного правителя. Ключевые слова: Амир Темур, Империя Тимуридов, Самарканд, Уложения Темура, Наследие Kirish: Jahon davlatchiligi tarixidan yaxshi bilamizki, bashariyatning kelgusi taraqqiyoti uchun yurtparvarlik, insonparvarlik siyosatini olib borib numuna bo‘lgan hukmdorlar sanoqli. XIV asrning eng yorqin siymosi – Amir Temur ana shunday ulug‘ va mo‘'tabar zotlardan biri hisoblanadi. Ammo oradan asrlar o‘tib, ulkan hududimiz mustamlakachilar qaramligiga o‘tganidan keyin sobiq sho‘ro tuzumi tufayli milliy tarix surbetlarcha soxtalashtirildi. Buyuk Sohibqiron Amir Temur shaxsi 429 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc sho‘ro mafkurachilari tomonidan salbiylashtirib, tarix darsliklarida, ilmiy va badiiy adabiyotlarda “qora bo‘yoqlar”da berildi. Mustamlaka iskanjasida qolgan millat ulug‘ ajdodini qadrlash, uning mislsiz merosidan kuch-madad olish imkonidan mahrum bo‘ldi. O‘z vaqtida dunyoni titratgan benazir shaxs, yurtning shavkatli farzandi tariximiz sahifalaridan qariyb o‘chirilib, unutishga mahkum etildi. Mustamlakachilarning asl maqsadi xalqimizning milliy ongi va milliy g‘ururini yo‘qotish edi. Lekin o‘zbek xalqi buyuk ajdodlarini, qahramonlarini unutmadi, hamisha yuragida, qalbining to‘rida saqlab keldi. O‘lkamizda Amir Temurning ulug‘vor ruhi kezib yurdi. 1991 yil 31 avgustda O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, mamlakat rahbari, jasoratli yetakchi Islom Abdug‘anievich Karimov bu ulug‘ zotning xotirasini astoydil tiklashga kirishdi. Millat o‘zligini anglay boshladi, tarixiy xotirasiz kelajak o‘ta tumanli ekani yurtning birinchi yo‘lboshchisi tomonidan isbotlab berildi. “Yuksak ma'naviyatni qaytarish — O‘zbekistonda ochiq, zamonaviy, demokratik jamiyatni barpo etishda g‘oyat muhimdir”, dedi davlatimiz rahbari. Yuksak ma'naviyat bu – Amir Temur va Temuriylar davrida bunyod etilgan, yaratilgan muhtasham ma'naviy va moddiy boyliklar edi. Amir Temurning kuchli, markazlashgan davlatida amalga oshirilgan islohotlar, adolat g‘oyasi Turon hukmdorning nechog‘liq uzoqni ko‘ruvchi strateg bo‘lganini aniq ko‘rsatadi. Shuning uchun ham Islom Karimov mustaqil O‘zbekistonning yo‘lchi yulduzi sifatida buyuk Amir Temurni tanladi. Endigina mustaqillikka erishgan yosh davlatning kuch-qudratga ega bo‘lishida, ma'naviyma'rifiy, ijtimoiy-siyosiy yuksalishida Sohibqironning tarixiy merosi, shubhasiz, katta rol' o‘ynadi. Zero, Amir Temur siymosi zamonaviy O‘zbekiston davlati uchun erk va mustaqillik ramziga aylandi. “Men Samarqandda tug‘ilganman, menga Amir Temur buyuk dahosini aks ettiruvchi, tarovati va muhtashamligini tavsiflashga so‘z ojizlik qiladigan obidalar yurtida yashab, voyaga yetish nasib etdi. Ilk bolalik kezlarimdan jahon taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan tarixiy obidalar, betakror madaniyatning uzoq va jo‘shqin davri bunyodkorligi nafasidan bahra olib yashadim”, degan edi Islom Karimov “Amir Temur jahon tarixida” deb nomlangan kitobning so‘zboshisida. Darhaqiqat, mustaqil O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti mardligi, shijoatida buyuk Sohibqironning ruhi mujassamlashgandek edi. Yurt va millat uchun eng og‘ir damlarda kuchli iroda va qat'iyat, Vataniga cheksiz muhabbati bo‘lmagan rahbar 90-yillarning taloto‘pidan mamlakatni omon-eson olib chiqolmas edi. Ilk yillarda Islom Karimov siymosida shavkatli ajdodimiz Amir Temurning qudrati tajassum etdi, desak yanglishmaymiz.Amir Temurning davlat qurilishi, harbiy san'ati o‘z zamonasidan ancha ilgarilab ketgan edi. Shuning uchun Sohibqironning davlatchilik va harbiy san'at falsafasidan bugungi kunda ham Sharqu G‘arb davlatlari bahra olmoqda. Jahonda Amir Temur shaxsiga bo‘lgan qiziqish tobora ortmoqda, yangi tadqiqotlar yaratilmoqda . Qolaversa, bu Amir Temurdek iste'dod sohibi, yirik davlat arbobini dunyoga keltirgan zaminga, mamlakatga beqiyos hurmat-ehtirom, sadoqat ramzi hamdir. Islom Karimov hokimiyat tepasiga kelgan 1989 yildan boshlab yurt mustaqilligini mustahkamlash maqsadida, avvalo, davlat ustunlari bo‘lgan – armiya, davlat xavfsizligi, ichki ishlar, tashqi ishlar, adliya, sud, prokuratura va boshqa ijtimoiy-siyosiy davlat boshqaruv institutlari asoslari barpo etildi, milliy iqtisodiyot, pul-moliya tizimi ishlab chiqildi. “Mustaqillik – bu huquqdir”, degan edi Islom Karimov. Demak, o‘zining haq-huquqini bilgan davlat boshqa bir davlatning marhamatiga zor bo‘lmaydi. “Orqaga yo‘l yo‘q, ko‘priklar yonib kul bo‘lgan, biz faqat oldinga intilishimiz shart” – bu so‘zlar zamonaviy O‘zbekistonning birinchi rahbari faoliyatidagi muhim shior bo‘lib qolgandi. Amir Temur jahonning qariyb yarmiga hukmronlik qilsa-da, u kuch-qudrat zo‘ravonlikda emas, adolatda ekanini ham nazariy, ham amaliy jihatdan isbotladi. Zamonaviy O‘zbekiston davlatining 430 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Birinchi rahbari Islom Karimov ham Amir Temurga o‘xshab, adolatparvarlik va inson manfaatlari masalasini birinchi o‘ringa qo‘ydi. Xususan, har bir yilga maxsus nomlar berilib, shu asosda ijtimoiysiyosiy va iqtisodiy rejalar ishlab chiqildi, reja asosida maqsadli ishlar, jiddiy islohotlar amalga oshirildi. Islom Karimovning kuchli siyosatchi sifatida e'tirof etilishi shunda ko‘rinadiki, ul zot mustaqillikning ilk kunlaridanoq dunyoning eng rivojlangan davlatlari bilan “tenglar ichra teng” tamoyiliga asoslangan ijtimoiy-siyosiy hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi. Bunga AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Ispaniya, Kanada, XXR, Malayziya, Hindiston, Rossiya, Turkiya, Eron va boshqa davlatlar bilan diplomatik aloqalarning yo‘lga qo‘yilgani yorqin misol bo‘la oladi. Bugungi globallashuv sharoitida insoniyatga xavf soluvchi turli ofatlar yanada ko‘paydi. Davlat xavfsizligi, milliy xavfsizlik, ma'naviy xavfsizlik kabi masalalar kun tartibiga qo‘yilmoqda. Jamiyatda odamlarning birligini ta'minlash, ong va qalb sokinligini ta'minlash, sog‘lom aql, sog‘lom avlod o‘ta dolzarb masalaga aylandi. Og‘ir pallada buyuk bobomiz Amir Temur g‘oyalari va ulardan ruhlangan Islom Karimovning sa'y harakatlari, g‘oyalari, fikrlari xalqimizni yanada birlashtirish, jipslashtirish, iymon-oqibatli bo‘lish, qudratli kelajakni bunyod etish jarayoniga yangi kuch-quvvat bag‘ishlagani sir emas. «Siyosatda maslahat, mulohazakorlik, o‘ylab ish qilish qurol kuchidan ko‘ra o‘n baravar foydaliroqdir», degan edi Amir Temur “Temur tuzuklari” asarida. Bu so‘zlar hozirgi tilda nizoli masalalarni siyosiy muloqot, diplomatiya yo‘li bilan hal qilish zarurligini bildiradi. Barchaga ma'lumki, Islom Karimov mamlakat rahbarligiga kelganida, sho‘ro davlatining qudratiga putur yetgan, butun ittifoq respublikalarida turliradikal kuchlar bosh ko‘targan, ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasida islomni niqob qilib olgan xavfli “kuch”lar faoliyati kuchaygan edi. Lekin, Islom Karimov bunday qora niyatdagi “kuch”larning dag‘dag‘asidan cho‘chimasdan, mulohazakorlik bilan ish yuritdi, yurtimizda turli xil fitnalarning avj olishiga yo‘l qo‘ymadi. O‘zbekistonning Birinchi Prezidentining bunday og‘ir-bosiqlik bilan siyosiy muloqotlarni olib borishi ul zotning Amir Temur g‘oyalariga naqadar sodiq ekanini namoyon etadi. Islom Karimov nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda tinch-farovon hayotning garovi sifatida tarixda qoldi. Chunki, uning tarixiy xizmati, sa'y-harakatlari tufayli Markaziy Osiyo davlatlari o‘sha og‘ir 90yillarda ilk bor yagona jug‘rofiy-siyosiy makonda ekanliklarini his etishdi. O‘zaro ishonch, hamkorlik, umumiy murosaga kelish mumkinligi o‘sha murakkab va og‘ir davrning quvonch va azoblarida vujudga kelgan asosiy qadriyatlar edi. O‘sha kunlar xronikasi Islom Karimovning Amir Temur singari kuchli strateg, mohir siyosatchi ekanligini isbotladi. Aynan davlatimiz rahbari “Turkiston – yagona uyimiz” degan shiorni o‘rtaga tashlagan edi. Bu shior Markaziy Osiyoning bir tanu bir jon ekanini anglatadi.Otasi Amir Taragʻay (oʻrta chogʻ turkchasida Taragʻay – qoraquyruq qushi) barlosqabilasining beklaridan biri va qabilaning asosiy 5 ta urugʻidan birining yetakchisi edi (qarang, The rise and rule of Tamerlane, B. F. Manz va The Mongol Period B. Spuler). Taragʻaybek Chigʻatoy ulusining taniqli beklaridan biri boʻlib, Kesh viloyatida amirlik qilgan. Amir Taragʻay yillik Ili daryosi boʻyida Xon tomonidan chaqiriladigan yurt beklarining qurultoyiga chaqirilgan va bunday yigʻinlarda qoldirmasdan qatnashgan. Butga topinuvchi oʻlaroq tugʻilgan Taragʻaybek Chigʻatoy ulusi orasida birinchilardan boʻlib islom dinini qabul qilgan. Otasi Barqul Noyondek Taragʻaybek harb va siyosat ishlariga qiziqmagan va asosan islom dinini oʻrganish bilan umrini kechirgan. Temurbek tez tez qabrini ziyorat qiladigan va keyinchalik qabri ustiga maqbara (1373– 1374) qurdirgan Shamsiddin Kulol Taragʻaybekning piri boʻlgan. Onasi Takina xotun va yoki Takina mohibegim toʻgʻrisida ma'lumotlar kam. Zafarnoma (Yazdli Sharafiddin)da yolgʻiz otigina soʻzlanadi. 1403-yilda Temurbek Jenoa, Fransiya, Angliya qirollariga elchi qilib yuborgan, Sultoniya bosh rohibi (archiepiscopus) Johannes de Galonifontibus 431 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Takina Xotunning oddiy oiladan ekanini yozadi. Temurli saroyida yozilgan, biroq yozuvchisi aniq bilinmagan Muyizz al-Ansab (Izzatli nasablar) asarida Takina Xotun barlos qabilasi bilan chegaradosh boʻlgan Chigʻatoy ulusining Yasaur qabilasidan ekanligi yoziladi. Temurbek bilan yuzma-yuz soʻzlashgan Ibn Haldun (1400–01) Temurbek onasini afsonaviy „Avesto“ bahodiri Manuchehrning avlodidan ekanligini aytganini yozadi. Temurbekning siyosiy kitobyozar raqibi Ahmad ibn Arabshoh oʻz Ajoyib ul-maqdur fi navaib (fi axbor) at-Taymur (arabcha: – رودقملا بئاجع روميت بئاون يف oʻzbekcha: Temurdagi taqdirning ajoyibotlar) asarida uning Chingizxonning naslidan ekanligini yozadi. 18-yuz yillikda yuzaga chiqqan Temurbek kimligi toʻgʻrisidagi kitoblarda Takina Xotun Buxoro „Sadr ash-Sharia“ (Shariat qonunlarini izohlovchi)si Ubaydullo Mahbubiyning qizi oʻlaroq tanitiladi. Oʻzbek tarixchisi Turgʻun Fayziyev oʻzining „Temuriylar shajarasi“ (Toshkent, 1995) kitobida Temurbekning onasi toʻgʻrisida „Jangnomayi Amir Temur Koʻragon“ kitobiga tayangan holda Buxoro ulamolarining eng ulugʻi „Sadr ash-Sharia“ning qizi ekanligini bildiradi.Arabcha sohib ( ) بحاص va qiron (yaqinlik, yaqinlashma) soʻzlaridan tuzilib forscha sohib-i qiron ( ) نارك بحاص holiga kelgan Sohibqiron soʻzi yulduzbilimchilari tomonidan Mushtariy (Yupiter) yulduzi va Zuhro (Venera) yulduzining bir burjda toʻplanganligi asosida tugʻilgan kishi maʼnosida qoʻllangan. Bu sifat baxtli, qutli va doimo gʻolib va jahonolar kishilarni ifoda etish uchun ishlatilgan. Amir Temurgada bu sifat Sohibqiron va yoki hazrat Sohibqiron shakllarida qoʻllangan. Temurbek 1362-yilda Seyistonga birinchi kelishi chogʻida oʻng oyogʻidan va oʻng qoʻlidan Mamaqtuv (Yazdli Sharafiddin, Zafarnoma 19a,19b, 89b) tomonidan yoydan otilgan oʻqdan yaralangan. Ayricha Temurbekning siyosiy raqiblari tomonidan unga soʻkinish maʼnosidagi Temur-i lang (forscha: ) گنل روميت nomi qoʻllangan. Oqsoq Temur va yoki choʻloq Temur maʼnosida kelgan Temurlang soʻzi kunbotar (gʻarb) ellari tomonidan Tamerlane, (inglizcha), Tamburlaine (inglizcha), Tamerlan (fransuzcha), Tamorlan (ispancha), Tamerlanis (lotincha), Timurlenk (usmonli turkcha) va Temur Aksak,Tamerlan (ruscha) kabi shakllarda oʻzlashtirilgan. 1370-yilda Chingizlilar xonadonidan boʻlgan Qozonxonning qizi Saroy Mulk Xonim (Bibi Xonim)ga uylanishi ortidan Temurbek Temur Koʻragon ( ) نگروک روميت va yoki Temur Guragon otini oladi. Koʻragon (xүrgen) moʻgʻulcha kuyov soʻzi boʻlib „Xonning kuyovi“ maʼnosida qoʻllangan. Chingizxonning qonidan boʻlmaganligi uchun Xonlik otini olmaydi va musulmonlarning boshi oʻlaroq Amir otini oladi. Temurbek Islom dini bilimlariga tayanib yurishlar qiladi va oʻzini „Islom qilichi“ sifatida taniltiradi. Islom dinini yoyish yoʻlida qilgan yurishlaridan keyin Abu Fotih otini oladi. 1402yilda Izmir qal’a qamalida katolik Hospitaller (lotin, Ordo Fratrum Hospitalis)larini, Gurjiston(Gruziya) nasroniylarini bir necha bor yutishi ortidan Abu Gʻoziy otini oladi. Turklar oʻz odatiga koʻra oʻz yetakchilarini Bek deb atashardi. Shu yuzdan Temurbek ham Bek otini oladi. 1404yilda Samarqandda boʻlgan Kastiliya (ispaniya) elchisi Rui Gonzales de Klavixo oʻzining sayohat qoʻlyozma kundaligida ham Temurbek otini qoʻllaydi. Amir Temur Kichik Osiyodan Samarqandga qaytgach, 1404-yil 27-noyabrda 200 ming qoʻshin bilan Samarqanddan Xitoy safariga chiqdi. Biroq Xitoy ustiga yurish Amir Temurning Oʻtrorda vafoti (1405-yil 18-fevral)amalga oshmay qoldi. Maʼlumki, Amir Temur 1405-yil kuchli shamollash sababli olamda oʻtdi deyiladi. Lekin, Amir Temurni vafotini tezlashtirgan boshqa sabablar ham bor. Ibn Arabshohning yozishicha (1436-yil yozilgan) kuchli sovuq natijasida Temur ibrida (sovuqdan jismni zaiflashtiradigan kasallik) kasaliga chalinib, tabiblar uni dad etish maqsadida tayyorlagan tarkibida isitadigan moddalar, xushboʻyliklar va rezavorliklar boʻlgan xamr aragʻini isteʼmol qilgan. Tarixchi, Xondamirning fikricha Amir Temur oʻlimini tabiblar Dori sifatida tayyorlagan araq tezlashtirib yuborgan. Xondamir „ Habib us-siyar“ asarida shunday yozadi: "…sohibqiron shu asosda 432 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc araqqa ragʻbat koʻrsatdi, unga javhar keltirishlarini buyurdi, koʻrinishidan suvdek boʻlsa ham sifati jihatidan olovdek edi. Oliyjanob Sohibqiron ikki kecha kunduz araq ichdi, ammo aslo ovqat yemadi. Shuning uchun mijozoda oʻzgarish yuz berdi. Bu oʻzgarishni tabiblar xumor belgisi boʻlsa kerak deb tushundilar. Yana unga bir-ikki qadah berdilar, harorati biroz taskin topdi, ammo vujudi va tabiatiga sharob taʼsir qildi shekilli, issigʻi yana koʻtarilib ketdi. Sohibqiron sogʻligʻi yomonlashdi. Mazkur ichimlik bu vaqtda faqat tabobatda qoʻllanilib, mast qiluvchi funksiyasi oʻzlashtirilmagan edi. Temur kasalining kuchayishi va koʻp miqdorda isteʼmol qilingan araq sabab boʻlgani haqida oʻsha davr tarixchisi Hofiz Abru ham yozadi.[2] Amir Temurning vafoti haqidagi xabar garchi avvalda sir tutilsada, ammo koʻp vaqt oʻtmay bu noxush xabar mamlakat boʻylab tarqalib ketadi. Amir Temurning jasadi Samarqandga olib kelinib dafn qilinadi (qarang Amir Temur maqbarasi).Amir Temur – buyuk davlat asoschisi hisoblanadi. U Hindiston hamda Xitoydan Qora dengizga qadar, Sirdaryo va Orol dengizidan Fors qoʻltigʻiga qadar gʻoyat katta hududni qamrab olgan markazlashgan ulkan saltanatga asos soldi. Bundan tashqari Amir Temur davlatiga Kichik Osiyo, Suriya, Misr va shim.-gʻarbda Quyi Volga, Don buylari; shim.-sharqda Balxash koʻli va Ili daryosigacha; jan.-sharqda esa Shim. Hindistongacha boʻlgan mamlakatlar buysundirildi. Amir Temur. davlatni aql-zakovot va huquqiy asos bilan idora etgan. Uning „… davlat ishlarining toʻqqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini qilich bilan amalga oshirdim“, degan soʻzlari buning yorqin dalilidir.Amir Temurning harbiy yurishlari, jangu jadallarining oqibatlariga baho berilar ekan, shuni alohida taʼkidlash kerakki, uning faoliyati qoʻyilgan maqsad va rejalari jihatidan ikki bosqichga boʻlinadi. Birinchi bosqich (1360 – 86)da Amir Temur Movarounnahrda markazlashgan davlat tuzish yoʻlida kurashdi, Movarounnahrni birlashtirishdan manfaatdor boʻlgan mahalliy zodagonlardan iborat ijtimoiy kuchlar (mulkdor dehqonlar, harbiylar, hunarmandlar, savdogarlar va ruhoniylar) yordamida tarqoq mulklarni birlashtirish uchun kurash olib bordi. Amir Temurning bu davrdagi faoliyati Oʻrta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti taraqqiyoti yoʻlida shubhasiz ulkan ijobiy ahamiyat kasb etadi. Mamlakatda tarqoqpik tugatilib, markazlashgan davlatning tashkil topishi ijobiy oqibatlarga olib keldi. Mamlakat i.ch. kuchlarini va moʻgʻullarning bir yarim asrlik hukmronligi natijasida boʻhronga uchragan iqgisodni tiklash uchun qulayroq sharoit vujudga keldi. Ayni vaqnda xoʻjalikning asosi boʻlgan dehqonchilikda muayyan siljishlar roʻy berdi. Yangi-yangi ariq (kanal)lar qazilib, dehqonchilik maydonlari kengaydi. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivojlandi, fan va madaniyat ravnaq topib, shaharlar obodlashdi va gavjumlashdi. Amir Temur biror mamlakatni tasarrufiga olishdan avval albatta oʻsha joy aholisiga tinchlik yoʻlini taklif etgan, bu yoʻl inkor etilgan holdagina harbiy kuch ishlatgan.U davlat ahamiyatiga ega boʻlgan har bir masalani hal etishda, shu sohaning bilimdonlari va ulamolari bilan maslahatlashardi. Odatda tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, tarix, adabiyot, tilshunoslik ilmi namoyandalari, shuningdek ilohiyot va din sohasidagi mashhur ulamolar bilan suhbatlar oʻtkazardi. Amir Temur saroyida ulamolardan mavlono Abdujabbor Xorazmiy, mavlono Shamsuddin Munshi, mavlono Abdullo Lison, mavlono Bahruddin Ahmad, mavlono Nuʼmonuddin Xorazmiy, Xoʻja Afzal, mavlono Alouddin Koshiy, Jalol Xokiy va boshqa xizmat qilardi. Alisher Navoiyga Amir Temurning ilm va maʼnaviyat aqliga koʻrsatgan gʻamxoʻrligi juda yoqar edi. Bu haqda Navoiy shunday degandi: „Agar Temur qayerda fan, madaniyat va sanʼat ahlini uchratsa, ularni oʻz homiyligiga olar, ularga izzat-ikrom koʻrsatar, ularning tarbiyasiga ahamiyat berar hamda bu zotlardan oʻz oliy majlisida nadim (maslahatchi) sifatida va boshqa lavozimlarda foydalanardi“. Amir Temur davrida savdo va hunarmandchilik gʻoyatda rivojlanadi. Yangi bozorlar, savdo rastalari barpo qilinadi. Klavixo Samarqand bozorlarida bugʻdoy va guruchning moʻlligi va arzonligi haqida 433 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc gapirib, shahar hunarmandchiligi mahsulotlarini – atlas, kimxob, har xil ip va jun toʻqima mollar, moʻynali va ipakli poʻstinliklar, attorlik mollari, ziravor va dorivorlar, zarhal va lojuvardlar hamda boshqa mollarning serobligini ham taʼkidlaydilar. Bu davrda Amir Temur va uning joy Sulton Mahmudxon asir olingan noiblari Xitoy va Hindistondan Oʻrta Osiyo orqali Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlariga yoʻnalgan asosiy xalqaro savdo yoʻli – „Buyuk ipak yoʻli“ni nazorat qilib, savdo karvonlari qatnovi xavfsizligini taʼminlashda, rabotlar, qalʼalar, koʻpriklar qurish yoʻlida muhim choratadbirlar koʻrdilar va Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida savdo-sotiq va elchilik aloqalarini har tomonlama rivojlantirishga gʻoyat katta eʼtibor berdilar. Amir Temur eng muhimi, Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi mayda hukmdorlar oʻrtasidagi tarqoklik va boshboshdoqlikka barham berib, bu bilan nafaqat Movarounnahr, balki Uzoq va Yaqin Sharq mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga, xalqgar va mamlakatlarni bir-biri bilan yaqinlashtirishga ulkan hissa qoʻshdi. Amir Temur Yevropaning Fransiya, Angliya va Kastiliya kabi yirik kirolliklari bilan bevosita savdo va diplomatik aloqalar oʻrnatdi. Xulosa: Ushbu tahlil, Sohibqiron Amir Temur shaxsini insoniyat taraqqiyoti uchun yurtparvarlik va adolat siyosatini olib borgan noyob hukmdor sifatida ta'kidlaydi. Matnda Amir Temur siymosi sobiq sho'ro tuzumi tomonidan ataylab salbiylashtirilganligi, bu orqali milliy ong va g'ururni yo'qotish maqsad qilinganligi chuqur ochiqlanadi. Mustaqil O'zbekistonning tashkil topishi (1991) bilan milliy tarixiy merosni tiklash jarayoni boshlanib, Islom Karimov bu ishga yetakchilik qildi. Uning faoliyati Amir Temurning buyuk bunyodkorlik ruhi va davlatchilik g'oyalari bilan bevosita bog'liq bo'lgan. Asosiy g'oyalar quyidagilardan iborat: 1. Merosning Tiklanishi: Islom Karimov Amir Temur shaxsini mustaqil O'zbekiston uchun erk va mustaqillik ramzi sifatida tanladi, bu esa millatning o'zligini anglashida va ma'naviy-ma'rifiy yuksalishida hal qiluvchi rol o'ynadi. 2. Davlat Boshqaruvi Falsafasi: Karimovning 90-yillardagi qat'iyati, Vatanparvarligi va mamlakatni og'ir damlardan olib chiqishdagi strategik qarorlari bevosita Amir Temurning kuchli, markazlashgan davlat qurish falsafasi hamda adolat g'oyasiga tayanganligini ko'rsatadi. 3. Diplomatiya va Kengash Tamoyili: Matnda Amir Temurning **"kengash, tadbir va mashvarat"**ga tayanishi ta'kidlanib, Islom Karimovning murakkab davrda siyosiy muloqot va diplomatiya orqali (jumladan, "Turkiston – yagona uyimiz" shiori) mintaqaviy tinchlik va birlikni ta'minlashdagi mohirligini ushbu Temuriy g'oyaning zamonaviy ifodasi sifatida baholaydi. 4. Madaniy va Iqtisodiy Taraqqiyot: Sohibqironning Samarqandni madaniyat markaziga aylantirishi, ilm-fan va savdoga homiylik qilishi, shuningdek, Yevropa davlatlari bilan diplomatik aloqalarni o'rnatishi - zamonaviy O'zbekistonning ham xalqaro munosabatlarda "tenglar ichra teng" tamoyiliga asoslangan ochiq siyosatiga zamin yaratgan. Xulosa qilib aytganda, maqola Amir Temur merosining mustaqil O'zbekiston davlatchiligining poydevori ekanligini, Islom Karimov esa ushbu buyuk ajdodning adolat, kuchqudrat va strategik tafakkur ruhini zamonaviy rahbarlikda mujassam etib, milliy g'ururni tiklaganini yorqin isbotlab beradi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Islom Karimovning asari/so'zboshisi: "Amir Temur jahon tarixida" kitobining so'zboshisi. 2. Amir Temur asari: "Temur tuzuklari" ("Tuzukat-i Temuriy"). 3. Yazdli Sharafiddin Alining "Zafarnoma"si (Temurning yaralanishi haqidagi manba). 434 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc 4. "Muyizz al-Ansab" (Temur saroyida yozilgan, muallifi aniq emas, onasi haqida ma'lumot berilgan). 5. Ibn Arabshohning "Ajoyib ul-maqdur fi navaib at-Taymur" ("Temurdagi taqdirning ajoyibotlar") asari. 6. Karimov, I. A. Amir Temur jahon tarixida (Kitobga yozilgan soʻzboshi yoki kitobning toʻliq nomi. Nashr ma'lumotlari.) 7. Fayziyev, T. Temuriylar shajarasi. Toshkent, 1995. 8. Manz, B. F. The rise and rule of Tamerlane. Cambridge University Press, 1989).