scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOLA HUQUQLARINI HIMOYA QILISHDA DAVLAT VA JAMIYATNING ROLI

Norqulova Nordona Abdurahim qizi

Abstract

Ushbu maqolada bola huquqlarini himoya qilishda ota-onaning o’rni, uning mas’uliyati, davlat va jamiyatning bola huquqlarini himoya qilishdagi o’zaro munosabatlari tahlil qilinadi. Bola huquqlarini himoya qilishda davlat va jamiyatning balki ota-onaning ham o’rni ahamiyatga ega. Shu bois tadqiqotda bola huquqlarining himoya qilishning zamonaviy yondashuvlari va uning amaliyotdagi muammolari o’rganilgan. Ayniqsa, bola huquqlarini himoya qilishda xalqaro konvensiyalar, davlat va jamiyatning o’rni, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, qonuniylik, yashash, bilim olish, ism tanlash va boshqa huquqlariga alohida e’tibor qaratilgan.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 731 BOLA HUQUQLARINI HIMOYA QILISHDA DAVLAT VA JAMIYATNING ROLI Norqulova Nordona Abdurahim qizi Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti Yurisprudensiya yo’nalishi 2-kurs talabasi. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17745495 Annotatsiya. Ushbu maqolada bola huquqlarini himoya qilishda ota-onaning o’rni, uning mas’uliyati, davlat va jamiyatning bola huquqlarini himoya qilishdagi o’zaro munosabatlari tahlil qilinadi. Bola huquqlarini himoya qilishda davlat va jamiyatning balki otaonaning ham o’rni ahamiyatga ega. Shu bois tadqiqotda bola huquqlarining himoya qilishning zamonaviy yondashuvlari va uning amaliyotdagi muammolari o’rganilgan. Ayniqsa, bola huquqlarini himoya qilishda xalqaro konvensiyalar, davlat va jamiyatning o’rni, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, qonuniylik, yashash, bilim olish, ism tanlash va boshqa huquqlariga alohida e’tibor qaratilgan. Kalit so’zlar: bola huquqlari, davlat va jamiyatning roli, ota-ona, xalqaro konvensiya, zamonaviy yondashuvlar, teng huquqliylik, qonuniylik, yashash, bilim olish, ism tanlash huquqlari. THE ROLE OF THE STATE AND SOCIETY IN PROTECTING CHILDREN'S RIGHTS Annotation. This article analyzes the role of parents in the protection of children's rights, their responsibility, the state and society's mutual relations in the protection of children's rights. The role of the state and society, as well as parents, is important in protecting children's rights. Therefore, modern approaches to the protection of children's rights and their practical problems are studied in the research. Particular attention is paid to international conventions, the role of the state and society, strengthening public control, legality, living, education, choosing a name and other rights in the protection of children's rights. Key words: child rights, the role of the state and society, parents, international convention, modern approaches, equal rights, legality, right to live, get education, choose a name. РОЛЬ ГОСУДАРСТВА И ОБЩЕСТВА В ЗАЩИТЕ ПРАВ ДЕТЕЙ Аннотация. В данной статье анализируется роль родителей в защите прав детей, их ответственность, взаимоотношения государства и общества в защите прав детей. В защите прав детей важна роль государства и общества, а также родителей. Поэтому в исследовании изучаются современные подходы к защите прав детей и их практические проблемы. Особое внимание уделено международным конвенциям, роли государства и общества, усилению общественного контроля, законности, жизни, образования, выбора имени и других прав в защите прав детей. Ключевые слова: права ребенка, роль государства и общества, родители, международные конвенции, современные подходы, равноправие, законность, право жить, получать образование, выбирать имя. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 732 Kirish Bola huquqlarini himoya qilish har bir davlatning eng muhim vazifalaridan biridir. Davlatning rivojlanishida kelajak avlodning o’rni katta. Har bir bola yashash, sogʻlom va tinch muhitda oʻsishi, taʼlim olishi va oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarishi uchun kafolatlangan huquqlarga ega boʻlishi lozim. Bunda davlat ham jamiyatning ham o’rni katta, bolalarning huquqlarini himoya qilishda xalqaro davlatlarning tajribalaridan va o’z metodlarimiz orqali himoya qilishimiz lozim. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin jamiyatning ijtimoiy taraqqiyotida bola huquqlariga katta eʼtibor qaratila boshlandi. Davlat tomonidan ushbu yoʻnalishda qonunchilik takomillshtirildi, ijtimoiy dasturlar ishlab chiqildi, xalqaro standartlarga mos keladigan yangi qonunlar qabul qilindi. Shu bilan birga, bolalar huquqlarini himoya qilish sohasida juda ko’plab o’zgarishlar yuz berdi. Hozirgi kunda bolalarga juda e’tibor qaratilmoqda, buni bir necha sohalarda uchratishimiz mumkim. 1989yil 20-noyabrda qabul qilingan BMTning “Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi” bolalarning ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy va madaniy huquqlarini tizimli tartibga soladi. Bundan tashqari, konvensiyada bolaning yashashi va sog’lom rivojlanish huquqiga, farzandlikka olish bilan bog’liq huquqqa, aqli noraso va qochoq bolalar, shuningdek, huquqbubzarlik sodir etgan bolalarning huquqlariga oid qoidalarni o’z ichiga oladi, bolalarning huquqlarini himoya qilishda ota-onanning o’rni juda kattaligi ko’rsatib o’tilgan. Bola huquqlarini himoya qilishning asosiy muammolaridan biri bu bolalarning kamsitilishi. Buning asosiy sababi bola o’z huquqlaridan qanday foydalanishni bilmasligi orqali paydo bo’ladi. Bolalarni kamsitmaslikbu bolaning irqi, millati, tili, dini yoki tanasining rangi, etnik kelib chiqishi, mulkiy holati va sog’lig’ining ahvoli orqali kamsitish taqiqlanishi va javobgarlikka tortilishi belgilab o’tilgan. Har bir ulg’ayayotgan yosh avlodni asrab avaylashimiz lozim, u xoh qora tanli bo’lsin xoh oq tanli barbiram u bizning kelajagimizni belgilab beradi, shu uchun bolalarni huquqlarini himoya qilish har bir davlatning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Bola huquqlarini himoya qilish bo’yicha juda ko’plab xalqaro konvensiya ham qonunlar ham qabul qilingan. O’zbekiston Respulikasi “Bola huquqlari to’g’risida”gi qonuni 1989-yil qabul qilingan. Undan keyin 2008-yil “Bola huquqlari kafolati to’g’risida”gi qonuni ham qabul qilindi. Ushbu qonuning asosiy maqsadi bola huquqlarining kafolatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Bolao’n sakkiz yoshga to’lgunga qadar bo’lgan shaxs. Bolaning qonuniy vakiliota-onalar, farzandlikka oluvchi shaxslar, vasiylar va homiylar Vasiy va homiy - ota-ona qaramog’dan mahrum bo’lgan bolalarni ularga ta’minot, tarbiya hamda ta’lim berish, shuningdek ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli. Vasiylik o’n to’rt boshga to’lmagan, homiylik esa o’n to’rt yoshdan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan bolalarga nisbatan davlat tomonidan belgilanadi. Bola huquqlarini himoya qilishga oid qonunlar ichida konstitutsiya alohida ahamiyatga ega. Konstitutsiyaning 44moddasida bolalar mehnatining bolaning sog’lig’iga, xavfsizligiga, axloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan, uning ta’lim olishiga to’sqinlik qiluvchi har qanday shakillari taqiqlanadi, deb belgilangan. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 733 50moddasida esa har bir bolaning ta’lim olish, o’qish huquqi haqida bo’lib, bolalar bog’chga, maktabga, universitet va institutlardan ta’lim olishi belgilangan. Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo’lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanishi belgilangan. Inklyuziv ta’lim deganda - alohida ta’lim ehtiyojlari va hamma bolalarning imkoniyatlarining xilma-xilligini hisobga olgan holda, ta’lim muassalarida o’qiyotgan barcha o’quvchi bolalar uchun ta’lim olishdan teng foydalanishi tushuniladi. Bola huquqlarini himoya qilishga doir davlatlararo xalqaro kanvensiya va bir qator qonunlar qabul qildi. Xalqaro bolalarni himoya qilish birinchi marotaba 1925-yil Jenevada o’tkazilgan bolalar farovonligi bo’yicha Butunjahon konferensiyasida ilk bor e’lon qilingan va 1950-yildan boshlab, har yili 1-iyun bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda. Xalqaro bolalarni himoya qilish tashkiloti — bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ning bolalarga yordam beruvchi va ularning huquqlarini himoya qiluvchi BMTning Bolalar Jamg'armasi (UNICEF). UNICEF bolalarning sog'lig'ini saqlash, ta'limini rivojlantirish, himoyasini ta'minlash va kelajakni barpo etish bo'yicha ishlarni amalga oshiradi.1950-yil UNICEF tomonidan 3 milionga yaqin bolalarning hayoti saqlab qolingan. Hozirgi kunda ushbu tashkilotning yordami tufayli ko’plab bolalarning hayotida yangigan yangi o’zgarishlar yuz bermoqda. Bu tashkilotga O’zbekiston 1995-yilda rasman a’zo bo’lgan. Bola huquqlari davlat siyosati darajasiga ko’tarildi va O’zbekistonda ham bola huquqlariga oid ko’plab qonun, hujjat va qarorlar qabul qilindi. O’zbekistonda bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:  bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, bolaning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish;  bolaning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik;  bolaning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish;  bolalar huquqlari va imkoniyatlarining tengligini ta’minlash;  bola huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish;  bolalarning jismoniy, intellektual, ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ko‘maklashish;  bola huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchikadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;  bolalarda vatanparvarlik, fuqarolik, bag‘rikenglik va tinchliksevarlik tuyg‘ularinitarbiyalash;  bolani O‘zbekiston xalqining tarixiy va milliy an’analari, ma’naviyqadriyatlari hamda jahon madaniyati yutuqlari bilan tanishtirish;  bolaning shaxsini, uning ilmiy, texnikaviy va badiiy ijodkorliginirivojlantirish;  bolalar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash;  bolada huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish;  bola huquqlarini ta’minlash maqsadida davlat organlari va nodavlatnotijorat tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik qilish;  bola huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchixalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish; ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 734  bolalarning ijtimoiy ko‘nikmasiga, voyaga yetmaganlar o‘rtasidahuquqbuzarliklarni kamaytirishga ko‘maklashish. Bundan tashqari davlat tomonidan bolalar huquqlarini himoya qilishda ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. Ko’p hollarda bola huquqlarini buzadigan shaxslar bu o’zining ota-onalari bo’ladi, ming afsuski. Ota-onalar oilada bolalariga beparvolik, bolalarga zo’ravonlik qilish, tanlash erkinligi, jismoniy jazo va boshqa shunga o’xshash huquqlarini buzishlari oqibatida bolalarni psixologiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Buning oldini olish uchun ham davlat ham jamiyat mas’ul hisoblanadi. Davlatimiz tomonidan shunga o’xshash holatlarni oldini olish maqsadida ota-onalarning bolalarga bo’lgan huquq va majburiyatlari qonun bilan belgilab berilgan. Agar otaonalar shu huquqlarni buzganliklari mas’ul shaxslar tomonidan aniqlansa ya’ni bola orqali o’z manfaatlari yo’lida foydalanishsa, xavfsizligi va sog’ligiga ta’sir etish, bolalar organlarini sotish, bolalar fohishalikka jalb etish, noqonuniy harakatlarni sodir etishga majburlash aniqlansa qonun tomonidan ota-onalik huquqidan mahrum bo’lishadi. Xulosa Xulosa qilib aytadigan bo’lsam bola huquqlarini himoya qilishda ota-onaning, davlatning va jamiyatning o’rni juda beqiyos. Bolalarning huquqlarini davlat siyosatiga ko’tarishdan asl maqsad bolalarning huquqlarini himoya qilish, ularning yashashi, bilim olishi, mehnat qilishi, sog’lom tinch hayotda o’z o’rnini topishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berishdan iborat. Bola huquqlarini himoya qilish to’g’risida juda ko’p qonunlar bor, bu qonunlarning asosini xaqaro konvensiyalar tashkil etadi. Xalqaro tajribalardan xulosa qilgan holda har bir davlat o’zining hududida bola huquqlarini himoya qilish tog’risida qonunlar qabul qiladi. Bola huquqlarini himoya qilish - jamiyatning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Har bir bola o’z huquqlaridan erkin foydalanishi va uni tasaruf etish huquqiga ega. Hozirgi kunda bola huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi qonunlar yanada mustahkamlanib bormoqda, huquqlarni himoya qilishga tizimli yondashuvlar olib borish, zamonaviy dunyoqarashlarni yanada rivojlantirishimiz lozim. Buning uchun fuqarolarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirishimiz kerak. Qachonki davlat bola huquqlarni birinchi o’ringa qo’ysa, o’shanda bolalarning huquqlariga bo’lgan hurmat yanada ortadi. Kelajak yoshlar qo’lida ekanligini unutmasligimiz kerak. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent 2023 2. O’zbekiston Respublikasining “Bola huquqlari to’g’risida”gi konvensiya 1989-yil 20noyabr. 3. O’zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi Qonun 2008yil 7-yanvar 4. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni 2020-yil 23-sentabr 5. Bola huquqlqri to’g’risidagi BMT konvensiyasi. Nyu-York 1998-yil 6. Karimova N.A. Bla huquqlarini himoya qilish tizimi va uni takomillashtirish yo’llari Toshkent 2021. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 735 7. Jo’rayeva M. Davlat va jamiyatning bola huquqlarini ta’minlashdagi o’rni.-”Huquq va demokratiya” jurnali №4 2022 8. O’zbekiston Respublikasi Bola huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman) rasmiy saytihttps://ombudsman.uz 9. UNICEF O’zbekiston rasmiy saytihttps://www.unicef.org/uzbekistan