MUSO AL-XORAZMIY
Full text
443 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc MUSO AL-XORAZMIY Haytaliyeva Mastona Umar Qizi Elmurodova Husniya Elomon Qizi Denov tadbirkorlik va Pedagogika institutining Aniq tabiiy fanlar fakulteti 1-bosqich talabasi [email protected] [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17745796 Annotatsiya: Muso al-Xorazmiy (taxminan 783–850-yillar) – buyuk alloma, matematik, astronom va geograflardan biridir. U “Al-jabr va al-muqobala” asari orqali algebra fanining asoschisi sifatida tanilgan. Al-Xorazmiy hisoblash usullari, raqamlar tizimi va algoritm nazariyasiga katta hissa qo‘shgan. Uning asarlari Yevropa ilm-fanining rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan va o‘rta asr Sharq ilm-fanining eng yirik yutuqlaridan biri sifatida qadrlanadi. Kalit so‘zlari: Muso al-Xorazmiy, algebra, matematika, algoritm, astronomiya, geografiya, ilm-fan tarixi, “Al-jabr va al-muqobala”. Аннотация: Мухаммад ибн Муса аль-Хорезми (около 783–850 гг.) — выдающийся учёный, математик, астроном и географ. Его труд «Китаб аль-джабр ва-ль-мукабала» положил начало науке алгебры. Аль-Хорезми внёс огромный вклад в развитие системы чисел и теории алгоритмов. Его научные труды оказали большое влияние на формирование европейской науки и стали важной частью культурного наследия Востока. Ключевые слова: Аль-Хорезми, алгебра, математика, алгоритм, астрономия, география, история науки, «Аль-джабр ва-ль-мукабала». Annotation: Muhammad ibn Musa al-Khwarizmi (c. 783–850) was a renowned scholar, mathematician, astronomer, and geographer. His book “Al-Kitab al-Jabr wa’l-Muqabala” laid the foundation of algebra as a distinct discipline. Al-Khwarizmi made significant contributions to numerical systems and the development of algorithmic methods. His works greatly influenced European science and are considered one of the greatest achievements of medieval Islamic scholarship. Keywords: Al-Khwarizmi, algebra, mathematics, algorithm, astronomy, geography, history of science, “Al-Jabr wa’l-Muqabala” Kirish: Insoniyat sivilizatsiyasi tarixida ilm-fanning shakllanishi va rivojlanishida Sharq allomalari beqiyos o‘rin tutadi. Ayniqsa, IX–X asrlar davrida Markaziy Osiyo zaminida yashab ijod qilgan olimlar nafaqat o‘z zamonasining, balki butun insoniyat tafakkurining taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shganlar. Ana shunday buyuk siymolardan biri — Muhammad ibn Muso al-Xorazmiydir. U o‘zining nodir ilmiy merosi, yangi ilmiy yo‘nalishlarning poydevorini qo‘ygan asarlari bilan butun dunyo ilm-fan tarixida o‘chmas iz qoldirgan. Muso al-Xorazmiy o‘z davrining eng yirik matematiklaridan biri sifatida tanilgan. Uning ilmiy faoliyati natijasida matematikaning alohida tarmog‘i — algebra fani shakllandi. “Al-jabr va almuqobala” asari orqali algebra atamasi fan sifatida dunyoga keldi. Shu bois ham bugungi kunda butun jahon ilmiy jamoatchiligi tomonidan Muso al-Xorazmiy “algebraning otasi” sifatida e’tirof etiladi. U faqatgina matematik emas, balki astronomiya, geografiya, trigonometriya, mexanika kabi fan sohalariga ham o‘zining bebaho hissasini qo‘shgan alloma edi. Al-Xorazmiyning ilmiy merosi asrlar davomida o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. U yaratgan ilmiy qarashlar, hisoblash uslublari va algoritmlar bugungi zamonaviy fan, xususan, kompyuter texnologiyalarining asosini tashkil etmoqda. Hatto “algoritm” atamasining o‘zi ham allomaning nomidan — “Al-Khwarizmi” so‘zidan kelib
444 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc chiqqani bunga yaqqol dalildir. Bu esa uning ilmiy kashfiyotlari insoniyat taraqqiyoti tarixida naqadar muhim o‘rin tutganini ko‘rsatadi. Buyuk olimning hayoti haqida to‘liq ma’lumotlar ko‘p emas. Tarixiy manbalarda u Xorazm (hozirgi O‘zbekiston hududi)da tug‘ilgani, yoshligidan ilmga qiziqqani va o‘z davrining yirik ilmiy markazlarida tahsil olgani haqida ma’lumotlar uchraydi. U yashagan davrda Bag‘dod ilm-fan markazi hisoblangan. Xalifa Ma’mun tomonidan tashkil etilgan “Bayt al-Hikma” (“Donishmandlik uyi”)da al-Xorazmiy faoliyat yuritgan. Bu maskan o‘sha davrda dunyoning eng yirik ilmiy markazi bo‘lib, unda turli xalqlarning olimlari birgalikda ilm bilan shug‘ullanganlar. Al-Xorazmiy ana shu muhitda o‘z iste’dodini to‘liq namoyon eta oldi. Uning faoliyati nafaqat matematikani, balki butun ilmiy tafakkurni yangi bosqichga olib chiqdi. Muso alXorazmiy matematik masalalarni amaliy hayot bilan bog‘lagan, hisoblashlarni soddalashtirish va tizimlashtirish usullarini ishlab chiqqan. Ayniqsa, u Hind raqamlarini arab dunyosiga tatbiq etgan, natijada o‘nlik sonlar tizimi keng yoyilgan. Bu yangilik keyinchalik Yevropaga ham kirib borgan va bugungi kunda butun dunyoda qo‘llaniladigan raqam tizimining shakllanishiga asos bo‘lgan. AlXorazmiyning “Al-jabr va almuqobala” asari o‘z zamonida hisob-kitob ishlarini yengillashtirish maqsadida yozilgan bo‘lsa-da, keyinchalik u matematik tafakkurning alohida sohasi — algebra fanining asosiga aylandi. Asarda chiziqli va kvadrat tenglamalarni yechish, ularni soddalashtirish usullari batafsil yoritilgan. Bu asar lotin tiliga tarjima qilingach, Yevropa universitetlarida asrlar davomida asosiy o‘quv qo‘llanma sifatida o‘qitilgan. Shuning uchun ham Yevropada algebra fani “algoritmik matematika” deb yuritilgan.Olimning ilmiy izlanishlari faqat matematika bilan cheklanmagan. U astronomiya sohasida ham katta kashfiyotlar qilgan. U yaratgan astronomik jadvallar Sharq va G‘arb olimlari tomonidan ko‘p asrlar davomida foydalanilgan. Shu bilan birga, alXorazmiy geografiya faniga ham beqiyos hissa qo‘shgan. Uning “Yer suratlari kitobi” nomli asari o‘sha davr uchun eng mukammal geografik xaritalardan biri hisoblanadi. Bu asarda u sayyoralar joylashuvi, shaharlar koordinatalari va joy nomlarini ilmiy asosda keltirgan. Muso al-Xorazmiy taxminan 783-yilda Xorazm vohasida, ya’ni bugungi O‘zbekiston hududida, Amudaryo bo‘ylarida joylashgan qadimiy Kat shahrida dunyoga kelgan. Ayrim manbalarda u “Muhammad ibn Muso alXorazmiy” deb tilga olinadi. “Al-Xorazmiy” nisbasi uning vatani bo‘lgan Xorazm nomidan olingan. U arab xalifaligi davrida yashab, o‘sha paytda musulmon dunyosida kechayotgan ilmiy uyg‘onish harakatining faol ishtirokchisi bo‘lgan. U yoshligidan matematika, astronomiya va geografiyaga katta qiziqish bilan qaragan, mantiqiy tafakkurini doimiy ravishda rivojlantirgan. Al-Xorazmiy yashagan davrda Markaziy Osiyo xalqlari ilm-fan, madaniyat va san’at sohalarida yuksalish davrini boshdan kechirayotgan edi. Ayniqsa, arab xalifasi Ma’mun ibn Harun arRashidning (813–833-yillar) hukmronligi davrida Bag‘dod shahrida ilmiy markazlar faoliyat yurita boshlagan. 820-yilda xalifa Ma’mun tashabbusi bilan “Bayt al-Hikma” — “Donishmandlik uyi” nomli ilmiy markaz tashkil etildi. Ushbu markaz nafaqat arab dunyosining, balki butun Sharqning eng yirik ilmiy maskaniga aylandi. Aynan shu joyda Muso alXorazmiy o‘zining buyuk ilmiy faoliyatini boshladi.“Bayt al-Hikma”da turli mamlakatlardan kelgan olimlar — Hindiston, Eron, Misr, Suriya, Xuroson, Xorazm va hatto Vizantiya hududlaridan ilm ahllari to‘plangan edi. Ularning maqsadi qadim yunon, hind va fors manbalaridagi ilmiy asarlarni arab tiliga tarjima qilish va ularni o‘rganishdan iborat bo‘lgan. Muso al-Xorazmiy ham bu jarayonda faol ishtirok etgan, bir necha hind matematik asarlarini arab tiliga tarjima qilgan. U hind raqamlar tizimini o‘rganib, uni yanada takomillashtirgan. Shu orqali arab dunyosida yangi hisoblash tizimi — o‘nlik pozitsion tizim joriy qilindi. Bu hodisa ilm-fan tarixida inqilobiy o‘zgarish bo‘lib, keyinchalik Yevropaga ham keng yoyildi.
445 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Al-Xorazmiyning ilmiy faoliyati asosan Bag‘dodda kechgan. Al-Xorazmiy 820–833-yillar oralig‘ida matematikaga oid eng mashhur asarini - “Al-Kitob al-muxtasar fl hisob al-jabr va al-muqobala” (“Algebraga oid qisqacha kitob”)ni yozgan. Ushbu asar o‘z davrida ilm-fan rivojida ulkan yangilik bo‘lgan. U birinchi marta tenglamalarni algebraik tarzda yechish, noma’lum sonni belgilash, ularni amaliy hayotdagi masalalarga tatbiq qilish usullarini ishlab chiqqan. Ayniqsa, u o‘sha paytdagi moliya, meros taqsimoti, qurilish va savdo sohalarida algebraik hisoblarni qo‘llash usullarini ko‘rsatib bergan. Taxminan 825-yilda Muso al-Xorazmiy xalifa Ma’mun buyrug‘i bilan Yer sharining xaritasini tuzish ustida ishlagan ilmiy guruhga boshchilik qilgan. Bu loyiha “Yer suratlari kitobi” nomli mashhur geografik asarga asos bo‘lgan. Unda 2400 dan ortiq joy nomlari, ularning geografik koordinatalari, daryo, dengiz, shahar va tog‘larning joylashuvi batafsil tasvirlangan. Shuningdek, alloma Yerning dumaloq shaklini tasdiqlovchi ilmiy dalillarni keltirgan. Muso al-Xorazmiyning hayotida 830-yil muhim burilish bo‘lgan. O‘sha yili u astronomiya sohasida yangi asar ustida ishlashni boshlagan. U “Zij as-sindhind” deb nomlangan astronomik jadvalni tuzgan. Bu asar hind va yunon astronomiyasi yutuqlarini birlashtirib, aniq hisob-kitoblar tizimini yaratgan. U kiritgan usullar asrlar davomida Sharq va G‘arb olimlari tomonidan qo‘llanilgan. Ayniqsa, yulduzlar harakati, Quyosh va Oy tutilishlarini aniqlash, vaqt o‘lchovlarini belgilashda uning metodlari asos bo‘lib xizmat qilgan.Tarixiy manbalarga ko‘ra, Muso al-Xorazmiy 833–850yillar oralig‘ida Bag‘dodda yashagan va ilmiy faoliyatini davom ettirgan. U umrining so‘nggi yillarida “Bayt al-Hikma”dagi yosh olimlarga saboq bergan, ularni ilm yo‘lida tarbiyalagan. Olimning qachon va qayerda vafot etgani haqida aniq ma’lumotlar saqlanmagan bo‘lsa-da, ko‘pchilik manbalar uning taxminan 850-yilda Bag‘dod shahrida vafot etganini bildiradi. Uning qabri joylashgan manzil hozircha noma’lum, ammo ilmiy merosi butun insoniyat xotirasida mangu yashab qolgan. Muso al-Xorazmiyning asarlari keyinchalik lotin tiliga tarjima qilingan va XII asrda Yevropa ilmiy muhitiga kirib borgan. Aynan shu tarjimalar orqali Yevropa olimlari algebra, algoritm, sonlar tizimi va hisoblash metodikasi bilan tanishganlar. Shu bois, o‘rta asr Yevropa universitetlarida “AlXorazmiy kitobi” asosiy o‘quv manbasi sifatida foydalanilgan. Hatto “algoritmus” atamasi ham aynan uning nomidan kelib chiqqan bo‘lib, bu bugungi zamonaviy informatika va kompyuter texnologiyalarining terminologik asosiga aylangan. Xorazmiy toʻqqiz belgidan iborat hind raqami yordamida cheksiz miqdorlarni qayd etuvchi va uni osonlik bilan ifodalovchi sanoq sistemasini kashf etdi. Hindlarning toʻqqiz belgidan iborat raqamlar tizimi mukammal sanoq tizimiga aylanishi uchun “0” (“sifr”) kashf etilib, oʻz oʻrniga qoʻyilishi kerak edi. Xorazmiy tomonidan “0” (nul-sifr)ning kashf etilishi insoniyat ilmiy tafakkurining beqiyos ulkan yutuqlaridan biridir. Xorazmiy tomonidan yozilgan “Hisob al-Hind” kitobida eng muhim oltita arifmetik amallar – qoʻshish, ayirish, koʻpaytirish, boʻlish, darajaga koʻtarish va kvadrat ildiz chiqarish kabilar ishlab chiqilgan va ularning uslub hamda qonuniyatlari kashf etilgan edi. Xorazmiyning yana bir buyuk xizmati algebra fanini kashf etganidir. Algebraning mustaqil fan sifatida vujudga kelishi va rivojlanishi bevosita Xorazmiy faoliyati bilan bogʻliq. “Algebra” atamasining oʻzi Xorazmiy tomonidan yozilgan “Al-kitob val muxtasar fi hisob al-jabr vaal muqobala” (“Al-jabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”) nomli risoladagi “al-jabr” soʻzining lotincha talaffuz ifodasidan kelib chiqqan. Bu asar bir necha oʻnlab lotin va boshqa Yevropa tillariga tarjima qilingan. Algoritmlar nazariyasini ham Xorazmiy nomi bilan bogʻlanganligi, hatto, “Algoritm” atamasi ham lotinchada ifoda etilgan “Dixi Algoritmuk” (“dediki al-Xorazmiy”) soʻzidan kelib chiqqanligini hech kim inkor etolmaydi. Algoritm tushunchasi hozirgi zamon kibernetika, EHM (elektron hisoblash mashinasi) va hozirgi zamon informatsion
446 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc texnologiya hamda jarayonlarning asosiy kategoriyasiga aylandi. Xorazmiyning geogrofiya, tarix, astronomiya fanlari sohalari boʻyicha qilgan xizmatlari beqiyos. Xalifa Maʼmun olimlar oldiga Osmon va Yerning toʻliq xaritasini tuzishni vazifa qilib belgilagan. Xorazmiy bu ishlarga bevosita rahbarlik qilgan. Xaritalar “Majmui al-Maʼmun”, “Dunyo xaritasi” nomi bilan yuritilgan va u 840yillar atrofida nihoyasiga yetkazilgan. Shu munosabat bilan Xorazmiy joʻgʻrofiyaga oid “Kitobi surat al-arz” nomli asar yaratgan. Bu asarning yagona nusxasi (qoʻlyozma holida) Qohiradan topilgan. Baʼzi manbalarda koʻrsatilgan 22 ta xaritadan faqat 4 tasi saqlanib qolgan. Xorazmiy yer yuzini “Avesto” taʼlimoti boʻyicha 7 iqlimga boʻlib oʻrganishni tavsiya qiladi. Xorazmiyning yulduzlar jadvali fanda “Xorazmiy ziji” nomi bilan mashhur. Mazkur jadvalning taxminan uchdan bir qismi alFargʻoniy zijida toʻliq berilgan boʻlib, Fargʻoniy asarlari orqali Yevropaga keng tarqalgan. Uning tarixga oid asarlari, xususan, “Xorazmning mashhur kishilari” nomli asar yozganligi va bu asardan Abu Rayhon Beruniy toʻrtta koʻchirma olganligi maʼlum. Xorazmiy oʻrta asrlarda yetishgan oʻzbek madaniyati klassigi, oʻzbek fanining ilk tamal toshini qoʻygan eng buyuk ajdodlarimizdandir. “Xorazmiy oʻz asarlari bilan Sharq va keyinroq Yevropa riyoziyot ilmiga asos soldi”. (S.Tolstov). Amerikalik mashhur sharqshunos olim D.Sarton “Xorazmiy barcha zamonlarning eng ulugʻ matematiklaridan biridir… Jahon fani tarixining IX asr birinchi yarmini hech mubolagʻasiz Xorazmiy davri deb atashimiz lozim”, – degan edi. XULOSA: Muso al-Xorazmiy insoniyat tarixida o‘zidan chuqur iz qoldirgan, ilm-fanning turli sohalarida inqilobiy o‘zgarishlar yasagan buyuk allomalardan biridir. Uning hayoti va ilmiy faoliyati nafaqat o‘z davri, balki keyingi asrlar uchun ham beqiyos ahamiyatga ega bo‘ldi. Al-Xorazmiy o‘z ilmiy izlanishlari orqali matematika, astronomiya, geografiya, mexanika kabi fanlarning poydevorini mustahkamladi. Ayniqsa, algebra fanining asoslarini yaratganligi bilan u butun dunyo ilm ahli orasida chuqur hurmat va e’tirofga sazovor bo‘ldi. Al-Xorazmiyning eng buyuk xizmatlaridan biri — ilmni amaliy hayotga tatbiq etish tamoyilini joriy qilganidadir. U matematika orqali hayotiy muammolarni hal etish, savdo, o‘lchov, qurilish, meros taqsimoti kabi sohalarda hisob-kitoblarni soddalashtirish yo‘llarini ishlab chiqqan. Uning “Aljabr va al-muqobala” asari orqali algebra fani shakllandi va inson tafakkurining yangi bosqichi boshlandi. Bugungi kunda ham algebra har bir ilmiy yo‘nalishning asosi hisoblanadi, bu esa alXorazmiyning ilmiy merosining abadiyligini isbotlaydi.Buyuk alloma faqat matematik emas, balki astronomiya va geografiya sohalarida ham yirik kashfiyotlar qilgan. U tuzgan yulduzlar jadvali, geografik xaritalar va hisoblash tizimlari o‘rta asr olimlari uchun tayanch manba bo‘lib xizmat qilgan. Xususan, uning “Yer suratlari kitobi” o‘sha davrda mavjud bo‘lgan eng to‘liq geografik asarlardan biri bo‘lgan. Muso al-Xorazmiyning geografik ma’lumotlari keyinchalik Yevropada tuzilgan xaritalar uchun asos bo‘lgan. Shuningdek, u astronomik kuzatuvlar orqali osmon jismlarining harakat qonuniyatlarini chuqur tahlil qilgan, bu esa keyingi asrlarda ilmiy astronomiyaning shakllanishiga turtki bergan.Al-Xorazmiyning ilmiy kashfiyotlari o‘sha davrda Sharq va G‘arb madaniyatlari o‘rtasida ilmiy aloqalarning mustahkamlanishiga sabab bo‘ldi. U yunon va hind olimlarining asarlarini chuqur o‘rganib, ularni arab tiliga tarjima qildi, shu orqali qadimiy bilimlarning yangi shaklda qayta talqin etilishiga imkon yaratdi. Natijada ilmiy tafakkurda sintez jarayoni yuz berdi va bu jarayon keyinchalik Yevropa uyg‘onish davrining ilmiy asoslarini shakllantirdi. Muso al-Xorazmiyning nomi bilan bog‘liq “algoritm” tushunchasi hozirgi zamon texnologiyalari, ayniqsa, kompyuter fani va raqamli tizimlarning eng muhim asosi hisoblanadi. Har qanday dasturlash, sun’iy intellekt yoki hisoblash jarayonining markazida aynan algoritmik fikrlash yotadi. Bu esa al-Xorazmiyning o‘n ikki asr muqaddam yaratgan ilmiy g‘oyalari bugungi kunda ham dolzarb ekanini ko‘rsatadi. Shunday qilib, alXorazmiy nafaqat o‘z davrining, balki zamonaviy ilm-
447 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc fan rivojining ham poydevorchisidir.Olimning ilmiy merosi nafaqat Yevropada, balki butun dunyoda o‘rganilgan. Uning asarlari lotin tiliga tarjima qilingach, ko‘plab universitetlarda asosiy darslik sifatida o‘qitilgan. Bu esa Sharq allomalari, xususan, al-Xorazmiyning ilmiy maktabi Yevropa ilmfanining rivojida hal qiluvchi rol o‘ynaganini tasdiqlaydi. Ilmga sadoqat, tafakkur kengligi, izlanishdan to‘xtamaslik, tajriba va kuzatuv asosida xulosaga kelish — bularning barchasi alXorazmiy shaxsining eng muhim fazilatlaridir. Bugungi kunda ham al-Xorazmiy merosi O‘zbekiston va butun musulmon olami uchun faxr manbai hisoblanadi. Uning nomi ilm-fan, matematika, axborot texnologiyalari va algoritmik tafakkur bilan chambarchas bog‘langan. Mustaqil O‘zbekiston davrida buyuk allomaning nomi davlat mukofotlari, ilmiy muassasalar, oliy ta’lim dargohlari, xalqaro tanlov va mukofotlar orqali abadiylashtirilgan. 1983-yilda — olim tavalludining 1200 yilligi munosabati bilan YUNESKO tomonidan butun dunyoda ilmiy anjumanlar o‘tkazilgan. Bu esa uning merosi insoniyat sivilizatsiyasi uchun qanchalik muhim ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Xulosa qilib aytganda, Muso al-Xorazmiy o‘z hayoti va ilmiy faoliyati bilan ilm-fanning abadiy nurini insoniyat qalbiga yoygan allomadir. U inson tafakkurining imkoniyatlarini cheksizligini isbotlab berdi, matematik tafakkur orqali dunyoqarashni o‘zgartirdi va ilmni amaliyot bilan bog‘lash zarurligini ko‘rsatdi. Bugungi yoshlar, ayniqsa, ilm yo‘lini tanlaganlar, al-Xorazmiy hayoti va merosidan ilhom olgan holda, o‘z zamonining yangi kashfiyotlarini yaratishlari mumkin. Uning hayoti bizga shuni o‘rgatadi: haqiqiy ilm egasi hech qachon to‘xtamaydi, izlanishda davom etadi, zero ilm — insoniyatni yuksaklikka olib chiqadigan eng buyuk kuchdir. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Karimov I. A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. 2. Karimov I. A. “O‘zbekiston buyuk kelajak sari”. – Toshkent: O‘zbekiston, 1998. 3. Karimov I. A. “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir”. – Toshkent: O‘zbekiston, 1996. 4. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2023. 5. Jo‘rayev M., Rasulov B. “O‘zbekiston tarixi”. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2019.