Full text
PROBLEMS OF ARCHITECTURE AND CONSTRUCTION (Scientific and technical journal) 2025 № ISSUE 4 E-ISSN: 2901-7845, ISSN: 2091-9004, https://portal.issn.org/resource/ISSN/2091-5004 44 SHAHARLARNI BO„G„LOVCHI MAGISTRAL YO„LLAR BO„YLAB DAM OLISH HUDUDLARINING TURLARI VA ULARNI JOYLASHTIRISH XUSUSIYATLARI dotsent, I.Q. Eshatov. Ilmiy maslahatchi: Professor, K. Dj. Raximov Mirzo Ulug‗bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Annotatsiya: Ushbu tadqiqotda shahar atrofi dam olish hududlarini shakllantirish xususiyatlari, ularning funksional tiplari va joylashtirish tamoyillari ko‗rib chiqiladi. Rekreatsion hududlarning shahar tuzilishi bilan uyg‗un aloqasini ta‘minlaydigan arxitektura-rejaviy va kompozitsion yechimlar tahlil etiladi. Asosiy e‘tibor transport, ekologik va ijtimoiy bog‗lanishlarga, shuningdek tabiiy-manzaraviy sharoitlar va aholi ehtiyojlarini hisobga olishga qaratilgan. Manzara, ko‗kalamzorlashtirish va suv inshootlarining uyg‗unligi orqali estetik jihatdan ifodali va qulay muhit yaratish yondashuvlari asoslab berilgan. Аннотация: В данном исследовании рассматриваются особенности формирования пригородных зон отдыха, их функциональные типы и принципы размещения. Анализируются архитектурно-планировочные и композиционные решения, обеспечивающие гармоничную связь рекреационных территорий с городской структурой. Основное внимание уделено транспортным, экологическим и социальным связям, а также учѐту природно-пейзажных условий и потребностей населения. Обоснованы подходы к созданию эстетически выразительной и комфортной среды через гармоничное сочетание ландшафта, озеленения и водных объектов. Abstract: This study examines the features of forming suburban recreational areas, their functional types, and principles of placement. Architectural-planning and compositional solutions that ensure a harmonious connection of recreational territories with the urban structure are analyzed. Primary attention is given to transportation, ecological, and social connections, as well as to the consideration of naturallandscape conditions and population needs. Approaches to creating an aesthetically expressive and comfortable environment through the harmonious combination of landscape, greenery, and water features are substantiated. Kalit so„zlar: rekreatsion hududlar, shahar atrofi, dam olish zonalari, shaharsozlik, manzarali arxitektura, ekologik barqarorlik, transport bog‗liqligi. Ключевые слова: рекреационные территории, пригород, зоны отдыха, градостроительство, ландшафтная архитектура, экологическая устойчивость, транспортная связанность. Keywords: recreational areas, suburban areas, recreational zones, urban planning, landscape architecture, ecological sustainability, transport connectivity. Kirish: Hozirgi urbanizatsiya jarayonlari va aholi turmush darajasining o‗sishi rekreatsion hududlarni, ayniqsa shahar atrofi zonalarini yaratish zaruratini kuchaytiradi. Bunday hududlar nafaqat ekologik muvozanatni ta‘minlaydi, balki sog‗lomlashtirish, turizmni rivojlantirish va shahar muhitining sifati oshishiga ham xizmat qiladi. Shahar atrofi dam olish zonalarini tashkil etish tabiiy sharoitlar, aholi zichligi, transport imkoniyatlari va barqaror rivojlanish tamoyillarini hisobga olishni talab etadi. O‗zbekistonda bu yo‗nalish davlat dasturlari doirasida qo‗llab-quvvatlanmoqda, jumladan ―Yashil makon‖ (―Yashil hudud‖) va ―Toshkent shahrining bosh rejasi‖ loyihalarida ekologik jihatdan muvozanatlashgan va funksional jihatdan bog‗langan rekreatsion makonlarni yaratish nazarda tutilgan. [1,2]. Asosiy qism: Shahar va shahar atrofi hududlar ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik o‗zaro bog‗liqlikka asoslangan yagona hududiy-funksional tizimni tashkil etadi. Shahar atroflarida kommunal, transport va ishlab chiqarish infratuzilmalari, shuningdek aholining dam olishi va turizm uchun mo‗ljallangan rekreatsion hududlar
PROBLEMS OF ARCHITECTURE AND CONSTRUCTION (Scientific and technical journal) 2025 № ISSUE 4 E-ISSN: 2901-7845, ISSN: 2091-9004, https://portal.issn.org/resource/ISSN/2091-5004 45 joylashgan bo‗lib, ular muhim ijtimoiy va ekologik vazifalarni bajaradi. Zamonaviy shaharlar aholining qisqa muddatli dam olishi, madaniy hordiq chiqarishi va ekologik tiklanishi uchun qulay sharoit yaratilgan shahar atrofi hududlarga ehtiyoj sezmoqda. Bunday hududlarni oqilona rejalashtirish va kompozitsion tashkil etish tabiiy manzarani asrash, ekologik muvozanatni saqlash hamda turistlik salohiyatni rivojlantirishga xizmat qiladi. Tadqiqotning maqsadi - shahar atrofi dam olish hududlarining turlarini aniqlash, ularni rejalashtirish va arxitektura-kompozitsion tashkil etish tamoyillarini belgilash, shuningdek shaharsozlik amaliyoti uchun ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Urbanizatsiya va aholi zichligining o‗sishi tabiiy muhitning yomonlashuvi, transport oqimlarining ortishi va hayot sifatining pasayishi kabi ekologik va ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shu bois, shahar atrofidagi rekreatsion hududlarni yaratish va rivojlantirish barqaror shaharsozlik rivojlanishining muhim yo‗nalishi hisoblanadi. Shahar atrofi dam olish hududlari tabiiy-manzaraviy sharoitlar, transport imkoniyatlari, demografik xususiyatlar va aholining rekreatsion ehtiyojlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Ular tarkibida funksional zonalar, servis markazlari, obodonlashtirilgan maydonlar, xizmat ko‗rsatuvchi xodimlar uchun turar joylar, shuningdek transport va piyoda yo‗llari tizimi mavjud. Dam olish hududlarini komplekslar tarzida guruhlash xizmat turlarining ko‗paytirilishi va dam olish sifati oshishiga yordam beradi, biroq bu jarayon tabiiy va tinch muhitni saqlash uchun tashrif buyuruvchilarning oqilona taqsimlanishini talab etadi. Tahlil usuli: Dam olish maskanlari, dam olish va turizm zonalarida dam olish maskanlari va ularning majmualari, xizmat ko‗rsatish markazlari, obodonlashtirish, kommunal xizmatlar, xizmat ko‗rsatuvchi xodimlar uchun turar joy, ularni bog‗lovchi transport va piyodalar yo`llarini joylashtirish zarur. Dam olish maskanlarini majmualarga guruhlash, bitta dam olish maskanida mavjud bo‗lgandan ko‗ra kengroq xizmatlar ko‗rsatish imkonini beradi. Ammo shuni tushunish kerakki, tashrif buyuruvchilarning ortiqcha konsentratsiyasi tinch dam olish va tabiat bilan muloqot qilish imkoniyatini kamaytirishi mumkin (1-rasm). “Chiziqli joylashtirish” “Ixcham guruhlash” 1-rasm. Dam olish maskanlari va majmualarini guruhlash misollari 1 - dam olish zonalari; 2 - dam olish zonalari kompleksi markazi; 3 - komplekslar guruhi uchun madaniy-maishiy xizmat markazi; 4 - xizmat ko‗rsatuvchi personal zonasi; 5 - aholi punktlarida xizmat sohasi xodimlari uchun turar joylar; 6 - kommunal zona. Dam olish zonalari - rekreatsion va turistik hududlarning funksional zonalari quyidagi zonalarni o‗z ichiga oladi: rekreatsion rivojlanish, lesoparklar, tabiiy manzaralar, turar joy va kommunal
PROBLEMS OF ARCHITECTURE AND CONSTRUCTION (Scientific and technical journal) 2025 № ISSUE 4 E-ISSN: 2901-7845, ISSN: 2091-9004, https://portal.issn.org/resource/ISSN/2091-5004 46 hududlar. Asosiy funksional zonalarning maydonlari rekreatsion rivojlanishning xususiyati, profili va miqyosiga qarab o‗zgaradi. Shaharlarda kurort, rekreatsion va turistik zonalar tabiiy manzaralar (hududning 25-45%), lesopark hududlari (10-15%) va rekreatsion rivojlanish zonalari (5-10%) bilan tavsiflanadi. (2-rasm). Dam olish zonalari va ularning komplekslari ovoz va ko‗rgazmali qulaylikni ta‘minlaydigan yashil ekotizimlar bilan ajratilishi, shuningdek zarur izolyatsiyani ta‘minlashi kerak. Komplekslar orasidagi maydonlar hamda qiziqarli rekreatsion obyektlar (suv havzalari, daryolar, go‗zal manzaralar, madaniy va tarixiy yodgorliklar va h.k.) atrofida obodonlashtirish va ko‗kalamzorlashtirish talab etiladi [2,5,6,7]. Maqsad: Katta shaharlar atrofi va aholi punktlarida turli xil attraksionlar va dam olish xizmatlarini taqdim etuvchi ko‗ngilochar markazlar yaratish zarur. Bunday obyektlar keng aholi qatlamlari uchun jozibador joylar sifatida rekreatsion oqimlarni qayta taqsimlashga yordam beradi va shu orqali tabiiy rekreatsion manzaralarga yuklamani kamaytiradi [3,4,8,10,12,13]. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Toshkent shahrining general rejasi aholi sonining o‗sishi, ekologik holat, transport infratuzilmasi, yashil zonalar ulushi va zamonaviy arxitektura tendensiyalarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Natijada, Toshkent general rejasi barqaror urbanizatsiya rivojlanishi, ekologik muvozanat va ijtimoiy qulaylik prinsiplarini birlashtirdi. Bu shahar hududini funksional ravishda aniq zonalashtirish, transport tarmog‗ining uzviyligini ta‘minlash va rekreatsion manzaralarni shahar muhitiga integratsiya qilish imkonini berdi. 3-rasm. Toshkent shahrining tasdiqlangan general rejasi. Asosiy dam olish zonalari va komplekslar guruhlari. Dam olish zonalari Toshkent general rejasiga muvofiq funksional maqsad, sig‗im va joylashuv bilan belgilanadi. Toshkent general rejasining rekreatsion komponenti shahar va mintaqada yagona dam olish zonalari tizimini shakllantirishga qaratilgan. Transport, ekologik va ijtimoiy infratuzilma bilan integratsiya barqaror manzaraviyarxitektura muhitini yaratishni ta‘minlaydi. Toshkent rekreatsion tizimi ekologik muvozanatni ta‘minlaydigan va aholining turli ehtiyojlariga moslashgan funksional differensiallashgan dam olish zonalari tarmog‗i sifatida shakllandi. Natija: Katta shaharlarda dam olish zonalariga talab yuqori bo‗lgani sababli parklar tarmog‗i faol rivojlanmoqda. Ularga ko‗p funksiyali va ixtisoslashgan umumshahar parklar, shuningdek turar joy va rejalashtirilgan hududlardagi parklar kiradi. Keng qamrovli park komplekslarini
PROBLEMS OF ARCHITECTURE AND CONSTRUCTION (Scientific and technical journal) 2025 № ISSUE 4 E-ISSN: 2901-7845, ISSN: 2091-9004, https://portal.issn.org/resource/ISSN/2091-5004 47 yaratish maqsadga muvofiq bo‗lib, ular birbiri va shahar atrofi rekreatsion manzaralari bilan makonan bog‗langan bo‗lishi kerak. Bu esa aholi punktlaridan dam olish zonalariga piyoda, chang‗i va velosiped yo‗llarini tashkil etish imkonini beradi (3rasmga qarang) [15,19]. O‗rta va kichik shaharlarda, shahar rekreatsion zonalariga ehtiyoj kam bo‗lganida, markaz yaqinida maydoni 5–30 gektar bo‗lgan bitta yoki ikkita ko‗p funksiyali park yaratish yetarli. Bu zichlashuvning oldini olib, ekologik holatni yaxshilaydi. Turar joy hududlaridagi yashil rekreatsion maydonlar piyoda 5 daqiqa masofada joylashishi kerak. Bu qisqa muddatli dam olish, ijtimoiy muloqot va sog‗lom turmush tarzini qo‗llabquvvatlash imkonini beradi. Boshqa maydonlar - sayr, sport, jismoniy tarbiya va o‗yinlar uchun barcha yosh toifalariga mo‗ljallangan joylar piyoda 15 daqiqa masofada bo‗lishi tavsiya etiladi. Bu masofa mintaqalar orasida transport va logistika imkoniyatlarini hisobga olgan holda yashil hududlardan samarali foydalanishni ta‘minlaydi. Shahar va tuman aholisi uchun dam olish parklar, madaniy va ko‗ngilochar komplekslar hamda ommaviy bayramlar, sport va sog‗lomlashtiruvchi tadbirlar uchun zonalar piyoda 20 daqiqa yoki qisqa avtomobil yo‗lida joylashtirilishi kerak. Bu hududlar ko‗pincha viloyatlararo magistrallar kesishmasida yoki mintaqaviy markazlar yaqinida shakllanadi, bu esa rekreatsion oqimlarni muvozanatli taqsimlashga yordam beradi. Shahar chegarasidan tashqarida, asosiy kirish joylari va faol dam olish zonalari yaqinida, har 200–300 tashrif buyuruvchi uchun 50–70 ta avtomobil turar joyi nazarda tutilishi lozim [6,7,9,11,13]. Shaharlar o‗sgan sayin va rekreatsiyaga bo‗lgan talab ortishi bilan, shahar atrofi dam olish zonalari doimiy ravishda kengaymoqda va murakkablashmoqda. Kichik shaharchalar uchun bitta to‗liq dam olish markazini yaratish yetarli; o‗rta va katta shaharlar yaqinida bir nechta zona, megapolislarda esa rivojlangan dam olish zonalari va obyektlari tizimi shakllantirilishi kerak. Shahar atrofi rekreatsion zonalarning optimal o„lchamlari: Kichik shaharlar – 1–5 km O‗rta va katta shaharlar – 5–10 km Eng yirik megapolislarda – 20–25 km. Hozirda tashrif buyuruvchilarni dam olish onalariga yetkazish uchun temir yo‗l transporti (shahar atrofi poyezdlar ulushi ortib bormoqda), avtobuslar va avtomobillardan foydalanilmoqda. Avtomobillar, jumladan shaxsiy transportdan foydalanish doimiy o‗sishda. Hisob-kitoblarga ko‗ra, yaqin yillarda ularning ulushi rekreatsion yo‗lovchilarning umumiy tashuv hajmining kamida 50–60 foizigacha, katta shaharlarda esa kamida 60 foiz bo‗lishi kutilmoqda. Shu bois, asfalt yo‗llar zichligini sezilarli darajada oshirish va katta shaharlar atrofi asosiy rekreatsion yo‗nalishlarida transport oqimlarini barqaror taqsimlaydigan rekreatsion avtomagistrallar yaratish zarur. Shahar atrofi dam olish zonalari shahar yashil hududlarining bir qismi hisoblanadi va faqat rekreatsion vazifalarni emas, balki shahar muhitining ekologik holatiga ta‘sir ko‗rsatuvchi himoya funksiyalarini ham bajaradi. Ularning rivojlanishi tabiiy va ijtimoiy omillar, rekreatsion salohiyat hamda hududning ekologik barqarorligi hisobga olingan holda amalga oshiriladi. Mintaqaviy rekreatsion tizimlar aholi zichligi yuqori bo‗lgan hududlarda shakllantiriladi va dam olish zonalari, tabiiy manzaralar, sog‗lomlashtiruvchi komplekslar, transport aloqalari va xizmat infratuzilmasini o‗z ichiga olgan uzviy tarmoqdan iborat bo‗ladi. O‗zbekistonda bunday tizimlar viloyatlararo magistral
PROBLEMS OF ARCHITECTURE AND CONSTRUCTION (Scientific and technical journal) 2025 № ISSUE 4 E-ISSN: 2901-7845, ISSN: 2091-9004, https://portal.issn.org/resource/ISSN/2091-5004 48 yo‗llar bo‗ylab yaratiladi va aholisi 100 mingdan ortiq bo‗lgan shaharlarni qamrab oladi. Mamlakatning rekreatsion hududlarga bo‗lgan umumiy ehtiyoji taxminan 0,7 million gektarni tashkil qiladi. Rejalashtirishda aholi soni prognozlari va rekreatsion oqimlar strukturasi hisobga olinadi. Transport yo‗nalishlari bo‗ylab oqimlarning intensivligi va mavsumiyligini inobatga olgan holda ularni oqilona taqsimlash alohida ahamiyatga ega. Bu shahar aglomeratsiyasining ekologik muvozanatini va barqaror rivojlanishini ta‘minlaydi. Qisqa muddatli dam olish zonalari shaharlarga yaqin joylashtirilgan bo‗lib, lesoparklar, suv havzalari, yozgi lagerlar, sog‗lomlashtiruvchi markazlar va bog‗ komplekslarini o‗z ichiga oladi. Ular bir kunlik yoki qisqa muddatli dam olish imkoniyatini ta‘minlab, aholining jismoniy va psixologik kuchini tiklash sharoitlarini yaratadi. Shahar atrofi general reja sxemalarini ishlab chiqish ommaviy dam olish uchun mavjud lesopark va tabiiy hududlarning shakllantirilishiga qaratilgan. 1-jadval. 1-jadval. Mintaqaviy ahamiyatga ega hududiy rekreatsiya tizimining rejalashtirish modeli Mintaqaviy ahamiyatga ega hududiy rekreatsiya tizimi - bu ma‘lum bir mintaqa (viloyat, aglomeratsiya yoki iqtisodiy rayon) doirasida joylashgan dam olish maskanlari, tabiiy landshaftlar, sog‗lomlashtirish obyektlari, transport-kommunikatsion infratuzilma va xizmat ko‗rsatish tarmoqlarining o‗zaro bog‗langan majmuasidir. Ushbu tizim hududning tabiiy, ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlari asosida shakllanadi hamda mintaqaning rekreatsion salohiyatini to‗liq ochib berishga xizmat qiladi. Rekreatsion oqimlarni ularning chastotasi va intensivligini hisobga olgan holda oqilona taqsimlash, ayniqsa magistral yo‗nalishlar bo‗yicha joylashgan hududlarda, shaharsozlik va mintaqaviy rejalashtirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Magistrallar bo‗yida tashkil etiladigan rekreatsion tizimlar aholining transport qulayligi, vaqt omili va ekologik muvozanat talablarini uyg‗unlashtirgan holda shakllanadi [15,16,20]. Shaharlarga yaqin joylashgan qisqa muddatli dam olish zonalari, asosan, magistral yo‗llar bo‗yida joylashtiriladi va ularga rekreatsion o‗rmonlar, suv havzalari, yozgi lagerlar, sog‗lomlashtirish markazlari hamda bog‗dorchilik kiradi. Ushbu zonalar transport orqali tezkor yetib borish imkoniyatiga ega bo‗lib, bir kunlik yoki haftalik dam olish ehtiyojlarini qondirishga mo‗ljallangan. Bosh rejasi shahar atrofi hududini rejalashtirish loyihasi ishlab chiqilgan, u o‗rmon bog‗i zonasini, shu jumladan shahar atrofidagi dam olish uchun hududlarini yaratishni nazarda tutgan. Shunday qilib, magistrallar bo‗yicha rekreatsion oqimlarni ilmiy asosda tashkil etish mintaqaviy rekreatsion tizimni barqaror rivojlantirish, tabiiy landshaftlardan oqilona
PROBLEMS OF ARCHITECTURE AND CONSTRUCTION (Scientific and technical journal) 2025 № ISSUE 4 E-ISSN: 2901-7845, ISSN: 2091-9004, https://portal.issn.org/resource/ISSN/2091-5004 49 foydalanish va aholining dam olish sifatini oshirishda muhim omil hisoblanadi [21,22,23]. XULOSA Tadqiqot natijalari shuni ko‗rsatadiki, shahar atrofidagi dam olish maskanlarini tashkil etish shaharsozlik tizimining ajralmas bo‗g‗ini bo‗lib, ular nafaqat aholining hordiq chiqarish ehtiyojini qondiradi, balki ekologik muvozanatni saqlash va shahar landshaftining estetik qiyofasini boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi. 1. Shahar atrofi rekreatsion zonalari - shaharsizlik tizimining ajralmas qismi bo‗lib, ekologik muvozanatni va hayot sifati o‗sishini ta‘minlaydi; 2. Ularning rejalashtirilishi tabiiy-geografik sharoitlar, transport bog‗liqligi va demografik ko‗rsatkichlarni hisobga olishi kerak; 3. Rekreatsion obyektlarning linear va kompakt guruhlashtirilishi samarali hisoblanadi; 4. Katta shaharlar va ularning atrofi hududlari yagona territorial-iqtisodiy kompleks sifatida ko‗rib chiqilishi, ular o‗z ichiga lesoparklar, turistik va rekreatsion zonalarni olishi kerak; 5. Linear parklar, alleyalar, velosiped va piyoda yo‗llar tarmog‗ini rivojlantirish zarur, bu turar joylar bilan tabiiy hududlarni bog‗laydi; 6. Zamonaviy shahar atrofi komplekslari doimiy ravishda yangilanib borishi, yuqori darajada obodonlashtirishni saqlashi va aholi hamda turistlar uchun xavfsiz hamda qulay sharoitlar yaratishi lozim. ADABIYOTLAR RO`YXATI 1. Mirziyoyev Sh.M. ―Yangi O‗zbekiston – taraqqiyot va islohotlar yo‗lida‖ – T., 2022. 2. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va me‘yoriy hujjatlari (2019–2024). 3. Савельев И.В. – ―Архитектурное проектирование зон отдыха вдоль автомагистралей‖. Москва, 2017. 4. Алферов И. А. Формирование городской среды [Текст]: (напримере Харькова) / И. А. Алферов, В. Л. Антонов, Р. Э. Любарский. - М.: Стройиздат, 1977. - 105 с. 5. Баландин Р. К. Природа и цивилизация / Р. К. Баландин, Л. Г. Бондарев. – Москва: Мысль, 1998. - 391 с. 6. Воскресенский И. Н. Гармония и экология: пути интеграции / И. Н. Воскресенский. - Ландшафтная архитектура. Дизайн. - 2004. - №3. - С. 66-74. 7. Гозак А. П. Композиционные проблемы взаимосвязи архитектуры и природного ландшафта (на примере современной архитектуры Финляндии, Швеции и Норвегии): автореф. дис… канд. арх. / А. М. Гозак. - Москва, 1971. - 20 с. 8. Вотинов М. А. Реновация и гуманизация общественных пространств в городской среде: монография / М. А. Вотинов; Харьк. нац. ун-т гор. хоз-ва им. А. Н. Бекетова. - Х.: ХНУГХ, 2015. - 153 с. 9. Алаев, Э.Б. Социально-экономическая география: Понятийно терминологический словарь / Э.Б. Алаев. – М.: Мысль, 1983. – 350 с. 10. Архитектура и градостроительство: Энциклопедия (РААСН) и (НИИТАГ) / Под ред. А.В.Иконникова. – М.: Строиздат, 2001.-418 с. 11. Вергунов, А.П. Архитектурноландшафтная организация крупного города / А.П. Вергунов. – Л.: Стройиздат. Ленингр. отдние, 1982. – 134 с. 12. Владимиров, В.В. Город и ландшафт / В.В. Владимиров, Е.М. Микулина, З.К. Яргина . – М.: Мысль, 1986. – 238 с. 13. Владимиров, В.В. Градостроительство как система научных знаний / В.В. Владимиров, И.М. Смоляр, Т.Ф. Саваренская. - М.: УРСС, 1999. – 120 с. 14. Hidirov, M. M., Eshatov, I. Q., & Mahmudova, F. (2021, June). Architectural and planning organization of agglomerational trade
PROBLEMS OF ARCHITECTURE AND CONSTRUCTION (Scientific and technical journal) 2025 № ISSUE 4 E-ISSN: 2901-7845, ISSN: 2091-9004, https://portal.issn.org/resource/ISSN/2091-5004 50 and service complexes in the uzbekistan. In EConference Globe (pp. 60-64). 15. Eshatov, I. K., Aymatov, A. A., & Soliyev, F. F. (2023). Regional Location of Commercial and Household Service Complexes in Uzbekistan Regions Taking into Account Natural-Climatic Conditions. American Journal of Engineering, Mechanics and Architecture (2993-2637), 1(10), 31-38. 16. Eshatov I., Baratov X., Jo‗rayev O. O‗rta Osiyo shaharsozlik madaniyati va tarixiy shahar markazlarini zamon talablariga muvofiq takomillashtirish va qayta tiklash //Aktualnie nauchnie issledovaniya v sovremennom mire. – 2017. – №. 6-3. - S. 54-56. 17. Raximov K.D, Aymatov A.A, Kamalova D.Z, Mamatmusayev T.Sh, Reyimbayev Sh.S. ―Me‘moriy-tarixiy muhit va ta‘mirlash asoslari‖ o‘quv qo‘llanma. 2024-yil. 18. Eshatov Ikrom Qo`ziyevich. ―O`zbekiston viloyatlari markazlarida savdomaishiy xizmat ko`rsatish majmualarini arxitektura-loyihaviy shakllantirish xususiyatlari‖. Monografiya, © iScience Sp. z o. o. ISBN 978-83-66216-90 - 2024-yil. 19. Shukurov I.S., Xatamov A.T. ―Shahar hududini injenerlik tayyorlash‖ Darslik. Toshkent ―Iqtisod-moliya‖ 2018-yil. 20. Xudayberdiyev A., ―Transport va muhandislik obodonlashtirish‖. Darslik. "TURON NASHR" nashriyoti. - Samarqand, 2022. 21. Eshatov, I., Abduraimov, M., Aymatov, A., Mustayev, B., Xaydarov, S., Maxmudova, F., ... & Inoyatov, D. (2024). Placement of trade and household service complexes in regions of Uzbekistan according to climatic conditions. In E3S Web of Conferences (Vol. 559, p. 01006). EDP Sciences. 22. Turdimurodovich, M. I., Djurakulovich, G. B., & Quziyevich, E. I. (2020). The role and place of the khanqahs in spreading the mysticism and spiritual purification to the peoples of central asia. International Journal of Scientific and Technology Research, 9(3), 561563. 23. Raximov, K. D., Eshatov, I. Q., Yusupov, Z. J., & Raximov, S. K. (2025). O‗ZBEKISTON VILOYATLARIDAGI SHAHARLARNING SHAKLLANTIRISH MUHITI. XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYALAR, 1(4), 220-237.