ULLISHO'RKO'LDA TARQALGAN (SCARDINIUS ERYTHROPHTHALMUS) BALIG'INING O'SISH XUSUSIYATLARI GROWTH CHARACTERISTICS OF THE FISH (SCARDINIUS ERYTHROPHTHALMUS) DISTRIBUTED IN LAKE ULLISHURKUL
Full text
151 UO‘K 597.554.3 ULLISHO‘RKO‘LDA TARQALGAN (SCARDINIUS ERYTHROPHTHALMUS) BALIG‘INING O‘SISH XUSUSIYATLARI GROWTH CHARACTERISTICS OF THE FISH (SCARDINIUS ERYTHROPHTHALMUS) DISTRIBUTED IN LAKE ULLISHURKUL Narboyev Z.Oʻ. Urganch davlat universiteti, Urganch. Atamuratova M.Sh. OʻzR FA Zoologiya instituti, Toshkent. DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17749839 Annotatsiya. Ushbu maqolada Ullishoʻrkoʻl koʻlida keng tarqalgan Scardinius erythrophthalmus (qizilparra) balig‘ining o‘sish suratiga nisbatan uzunlik va og‘irlik ko‘rsatkichlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. 2+, 3+ yoshdagi qizilparra turiga mansub baliq namunalari bo‘yicha ilmiy tekshirishlar olib borildi. O‘rganilgan tadqiqotlarga ko‘ra, Ullisho‘rko‘lida tarqalgan Scardinius erythrophthalmus baliqlarining tana uzunligi 2+ yoshda 16,3–20,8 sm, og‘irligi 48–107 g, 3+ yoshda esa mos ravishda 19,0–22,3 sm va 77–128 g oralig‘ida bo‘lishi kuzatildi. Tadqiqotlarimizda baliq yoshining ortishi bilan uning tana uzunligi va og‘irligi sezilarli darajada o‘shishi aniqlandi. Kalit so‘zlar. Ullisho‘rko‘l, qizilparra balig‘i , yoshi, o‘sish sur’ati, korrelyatsion bog‘liqlik. Abstract. This article presents data on the growth pattern of the common redfish Scardinius erythrophthalmus (redfish) in Lake Ullishorkul. Scientific studies were conducted on samples of redfish at ages 2+ and 3+. According to the studies, the body length of the common redfish Scardinius erythrophthalmus at ages 2+ was 16.3–20.8 cm, and the weight was 48–107 g, and at ages 3+ it was 19.0–22.3 cm and 77–128 g, respectively. Our studies revealed that the body length and weight of the fish increase significantly with age. Keywords: Ullishorkul, redfish, age, growth rate, correlation. Kirish. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda baliqchilik sohasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Baliqlarni ilmiy o‘rganish, ularning biologiyasi va ekologik moslashuvchanligini chuqur tadqiq qilish zarurati ortib bormoqda. Tabiiy suv havzalardagi baliq resurslarini zamonaviy usullar bilan aniqlash baliqchilikni ilmiy asosda boshqarish va barqaror rivojlanishga erishish uchun zarur ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Scardinius erythrophthalmus (Linnaeus, 1758) – Respublikamizning barcha tekislik suv havzalarida keng tarqalgan. Ushbu tur karpsimonlar oilasiga mansub bo‘lib, unchalik ovlanish ahamiyatiga ega emas, lekin ko‘l va suv omborlarida tarqalgan yirtqich baliq turlari uchun ozuqa sifatida muhim ahamiyatga ega. Ullisho‘rko‘lda qizilparra balig‘i keng tarqalgan [5].
152 Material va metodika. Mazkur maqolada Xorazm viloyati Yangiariq tumanida joylashgan Ullisho‘rko‘lida olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Qizilparra balig‘i bo‘yicha materiallar 2025-yilning avgust oyida Ullisho‘rko‘lidan umumiy qabul qilingan ixtiologik usullar yordamida yig‘ildi. Ovlangan baliqlarning tur tarkibi [1], [2] qo‘llanmalar bo‘yicha aniqlandi. Materiallarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish umumiy qabul qilingan ixtiologik metodlar asosida аmalga oshirildi [3]. Olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida ko‘ldan ovlangan Scardinius erythrophthalmus baliq turidan jami 22 ta namuna yig‘ildi. Baliqlarning yoshi va o‘sish suratlari aniqlandi [4]. Natijalar va muhokamalar. Olib borilgan ushbu ilmiy tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, 2+ - 3+ yoshdagi qizilparra baliq namunalari ustidan ilmiy tekshirishlar olib borildi. O‘rganilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Ullisho‘rko‘lida yashovchi Scardinius erythrophthalmus baliqlarining tana uzunligi 2+ yoshda 16,3–20,8 sm, og‘irligi 48– 107 g, 3+ yoshda esa mos ravishda 19,0–22,3 sm va 77–128 g oralig‘ida bo‘ldi. Bu esa baliq yoshining ortgani sari tana uzunligi va vazni sezilarli darajada oshishini ko‘rsatadi. (1-jadval). Scardinius erythrophthalmus balig‘ining o‘sish suratiga oid ma’lumotlar 1jadvalda keltirilgan. 1-jadval Scardinius erythrophthalmusning o‘sish suratiga nisbatan uzunlik va og‘irlik ko‘rsatkichlari t l, sm W, gr N 2+ 16,3-20,8 48-107 12 3+ 19,0-22,3 77-128 10 Izoh, t-baliqning yoshi, l-tana uzunligi (sm), Wvazni (gr), N – namunalar soni. Shuningdek, ushbu olingan tadqiqotlar natijasida 2+ - 3+ yoshdagi qizilparra baliqlari tanasining uzunligi va vaznining o‘rtasida o‘zaro o‘rtacha bog‘liqlik mavjudligi aniqlandi (1-2-rasmlar).
153 1-rasm. Ullisho‘rko‘lida ovlangan Scardinius erythrophthalmus baliqlarining yoshiga nisbatan tana uzunligining o‘zaro bog‘liqligi. Ushbu 1-rasmda qizilparralarning yoshiga nisbatan tana uzunligining o‘zaro bog‘liqligi tasvirlangan bo‘lib, unda yosh ortishi bilan tana uzunligi chiziqli o‘sish holatida ekani aniqlangan. 2-rasm. Scardinius erythrophthalmus baliqlarining tana uzunligi va vaznining o‘zaro bog‘liqligi. Ushbu 2-rasmda Scardinius erythrophthalmus balig‘ining tana uzunligi va vazn o‘rtasida o‘zaro ijobiy bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatadi. Baliqning tana uzunligi oshishi bilan, uning og‘irligi ham ortib borishi kuzatildi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, Ullisho‘rko‘lda tarqalgan Scardinius erythrophthalmus turining o‘sishi uchun ushbu ko‘lda yetarli darajada qulay muhit y = 20,067x + 144,7 R² = 0,3708 0 50 100 150 200 250 0 1 2 3 4 5 Baliq tanasining uzunligi, mm Baliqning yoshi y = 6E-06x3,1278 R² = 0,9575 0 20 40 60 80 100 120 140 050 100 150 200 250 Baliq tanasining vazni, gr Baliq tanasining uzunligi, mm
154 mavjud. 2+ yoshdagi baliqlarda tana uzunligi o‘sish sur’ati yuqori bo‘lib, 3+ yoshdan boshlab nisbatan barqarorlashgani kuzatildi. Xulosa. Ullisho‘rko‘ldagi Scardinius erythrophthalmus balig‘ining o‘sish sur’atlari, yosh ortishi bilan oshib bordi, bunda tana uzunligi va massasi o‘rtasida ijobiy bog‘liqlik mavjudligi aniqlandi. 2+ yoshdan 3+ yoshgacha bo‘lgan davrda baliqlarning eng faol o‘sish bosqichi hisoblandi. Olingan natijalar ko‘ldagi baliqlarning tabiiy o‘sishi uchun qulay muhit, tabiiy ozuqa bazasining holatining yaxshi ekanini anglatadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Mirabdullayev I.M., Mirzayev U.T. va boshq. O‘zbekiston va qo‘shni hududlar baliqlari aniqlagichi. – Toshkent, 2011. -B.33-34. 2. Mirabdullayev I.M. Kuzmetov A.R., Qurbonov A.R. O‘zbekiston baliqlarining xilma – xilligi. - Toshkent, 2020.- B. 46. 3. Правдин И.Ф. Руководство по изучению рыб. 4-е изд. – М.: Пищевая промышленность,1966. 376.с 4. Чугонова Н.И. Руководство по изучению возроста рыб.-Москва,1959.-163с. 5. Хакбердиев Б. Автореферат конд.-Ташкент, 1971г. 16.