JIYDA (ELAEAGNUS L.) O'SIMLIGINING BIOLOGIYASI VA SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI
Full text
155 JIYDA (ELAEAGNUS L.) O’SIMLIGINING BIOLOGIYASI VA SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI Norboyeva N.Z., Tursunboev X.E. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17749863 Annotatsiya. Yer yuzida dorivor xususiyatga ega bo’lgan o’simliklar bor. Shularning ichida Elaeagnus L. o’simligi o’zining shifobaxsh xususiyati bilan qadimdan ma’lum. Uning yer ustki qismlari biologik faol moddalarga boy bo’lib, polisaxaridlari immunomodulyator, polifenollari antioksidant, taninlari oshqozon-ichak kasalliklarida zamonaviy tibbiyotda keng qo’llanilib kelinmoqda. Abstract. There are plants on earth that have medicinal properties. Among these, the plant Elaeagnus L. has long been known for its medicinal properties. Its above-ground parts are rich in biologically active substances, and its polysaccharides are immunomodulators, polyphenols are antioxidants, and tannins are widely used in modern medicine for gastrointestinal diseases. Kalit so’zlar: dorivor o’simlik, efir moyi, damlama, qaynatma, ekstrakt, flavanoidlar, alkaloidlar, taninlar, glikozidlar, vitaminlar (C, E, K) mineral moddalar, jiyda biologik faol modda. Botanik tasnifi. Dorivor oʻsimliklar − odam va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini olish uchun, shuningdek, oziq-ovqat, atir-upa va kosmetika sanoatida ishlatiladigan oʻsimliklar − giyohlar. Yer yuzida dorivor oʻsimliklarning 10−12 ming turi borligi aniqlangan. 1000 dan ortiq oʻsimlik turining kimyoviy, farmakologik xossalari tekshirilgan. Oʻzbekistonda dorivor oʻsimliklarning 700 dan ortiq turi mavjud. Shulardan tabiiy sharoitda oʻsadigan va madaniylashtirilgan 120 ga yaqin oʻsimlik turlaridan ilmiy va xalq tabobatida foydalaniladi. Hozirgi davrda tibbiyotda qoʻllanadigan dori-darmonlarning qariyb 40−47% oʻsimlik xom ashyolaridan olinadi. Oʻsimliklar murakkab tuzilishiga ega boʻlgan jonli tabiiy kimyoviy laboratoriya boʻlib, oddiy noorganik moddalardan murakkab organik moddalar yoki birikmalarni yaratish qobiliyatiga ega. Shulardan biri jiyda o’simligi bo’lib hisoblanadi [1]. Jiyda (Elaeagnus L.) – jiydadoshlar oilasiga mansub daraxt. Sharq jiydasining bargi oddiy, ensiz, kumushrang. Daraxti 8-10 m, shoxlari siyrak, tikanli yoki tikansiz. Guli ikki jinsli, sariq, serasal, xushbo’y, efir moyli. Mevasi sarg’ish, mag’izsiz danakli, eti 31,2-88,7 %, unsimon xushxo’r. Jiydaning mevasi yangiligida yoki quritib iste’mol qilinadi. Jiyda daraxti 3-7m balandlikda, ba’zan 10m gacha o’sadi. Shox-shabbalari keng tarqalgan, sershox. Po’stlog’i kulrang yoki qo’ng’ir-kulrang bo’lib, yorig’-yorig’ bo’ladi. Barglari uzunchoq, naysimon yoki tor tasmasimon. 3-8 sm uzunlikda, 1-2 sm kenglikda. Yuzasi kumushsimon yaltirab turadi - bu mayda tangachasimon tuklar sababli. Gullari mayda 1-1,5 sm li, xushbo’y hidli. Rangi
156 sarg’ish yoki och oltin rangda. Toj barglaari ko’rinmaydi, 4 ta kosabargdan iborat. Bir uyli yoki ikki uyli bo’lishi mumkin. Gullash davri mayiyun. Mevasi yaltiroq, yumaloq yoki cho’zinchoq, 1-1,5 sm. Pishgaanda sariq-oltin rangda bo’ladi. Go’shti shirin, unumsimon (unli). Ichida 1 ta yong’oqsimon urug’i bor. Ildizi asosiy ildiz kuchli rivojlangan, yon ildizlari keng tarqalgan. Ildizlarida azot fiksatsiyalovchi tugunak bakteriyalari mavjud tuproqni boyitadi [2]. Tarqatishi va ekologiyasi. Jiyda qadimdan G‘arbiy Osiyo, Markaziy Osiyo va O‘rta Yer dengizi mintaqalarida tabiiy tarzda o‘sib keladi. Bugungi kunda esa quyidagi hududlarda keng tarqalgan: Markaziy Osiyo: O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston Kavkaz va Rossiyaning janubiy qismi Yaqin Sharq: Eron, Afg‘oniston, Turkiya O‘rta Yer dengizi mamlakatlari Sharqiy Yevropa: Ukraina, Moldova, Ruminiya AQShning ayrim shtatlarida (introduksiya qilingan va yovvoyilashgan holda). O‘zbekiston bo‘yicha Jiyda deyarli barcha viloyatlarda uchraydi: Qoraqalpog‘iston Xorazm, Buxoro, Navoiy Samarqand, Jizzax, Sirdaryo Toshkent viloyati Qashqadaryo, Surxondaryo Farg‘ona vodiysi viloyatlari. U ko‘pincha: daryo bo‘ylarida sug‘oriladigan yerlarda yashil himoya mintaqalarida xo‘jalik atrofida ekilgan holda uchraydi. O‘zi yovvoyi holda ham, madaniy holda ham yaxshi o‘sadi [3]. 1. Xalq tabobatidagi ishlatilishi. 1) Jiyda mevalari polisaxaridlarga juda boy bo’lib, 55-60% ini tashkil etadi. Polisaxaridlar immunomodulyator xususiyatiga ega. Bundan tashqari polisaxaridlari tarkibida saxaroza miqdori juda kam bo’lganligi sababli undan qandli deabet kasalligi bor bo’lgan insonlar uchun oziq-ovqat mahsulotlari va biologik faol qo’shimchalar ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Meva qobig’i tarkibida tannin miqdori yuqori bo’lganligi uchun undan oshqozon kasalliklari: gastrit, ichak shilliq qavatini tiklashda, diareya (ich ketishi) va dizenteriyada foydalanish mumkin. 2) Barglari polifenollarga boy hisoblanib, polifenollar kuchli antioksidant xossaga ega. Shuningdek, yangi chiqqan barglari yallig’lanishga qarshi xususiyatlarga ega. Shamollash va isitmada qaynatmasidan foydalanilsa, isitmani tushiradi. 3) Gullari efir moylariga boy. Xushbo‘y damlama sifatida stress, asab zo‘riqishida ishlatiladi. Erkaklar bepushtligida qo‘llash bo‘yicha xalq tabobati tajribalari mavjud [3].. Xulosa. Jiyda o’simligi biologik faol moddalarga boy bo’lganligi sababli xalq tabobati va zamonaviy tibbiyotda yallig‘lanishga qarshi, tinchlantiruvchi, shamollash, yurak, oshqozon-ichak kasalliklarida keng qo’llanadi.
157 Foydalaningan adabiyotlar ro’yxati: 1. E.T. Berdiyev, M.X. Hakimova, G.B. Maxmudova. O’rmon dorivor o’simliklari “Sano – standart” nashriyoti – Toshkent – 2016 2. Sulaymonov I.J., Ergashev D.T. Dorivor o’simliklar yetishtirish texnologiyasi fanidan amaliy mashg’ulotlar. Namangan-2020 3. Tojiboyev Sh, Shomuradov A. - O'simlikshunoslik. Toshkent: O'qitivchi