scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XORIJIY TILLARNI O'ZLASHTIRISH KO'NIKMASI SHAKLANISHINING O'ZIGA XOS XUSUSUSIYATLARI

Семембаева Гулбагила Абдыкалыковна, Miliyeva Muattar Gaffarovna

Abstract

XORIJIY TILLARNI O'ZLASHTIRISH KO'NIKMASI SHAKLANISHINING O'ZIGA XOS XUSUSUSIYATLARI

Full text

508 XORIJIY TILLARNI O‘ZLASHTIRISH KO‘NIKMASI SHAKLANISHINING O‘ZIGA XOS XUSUSUSIYATLARI Семембаева Гулбагила Абдыкалыковна ассистент факультета «Педагогика» Международный Таразский университет имени Шерхана Муртазы Республики Казахстан Miliyeva Muattar Gaffarovna O‘zbеkistоn dаvlаt jаhоn tillаri univеrsitеti Pеdаgоgikа vа psixоlоgiya kаfеdrаsi dоtsеnti v.b., psixologiya fаnlаri bo‘yichа fаlsаfа dоktоri Annotatsiya. Ushbu maqolada xorijiy tillarni o‘zlashtirish ko‘nikmasi shaklanishining o‘ziga xos xusususiyatlari tahlil qilingan. Xorijiy til o‘rganishning va uni o‘rgatishning psixologik o‘ziga xosligi chet tildagi matnni idrok etish, chet tilidagi so‘zlarni xotirada saqlash bilan talabalar o‘zga tillarni o‘zlashtirish jarayonida ularning o‘zga tildagi tafakkuri kengayib borishini ta’minlashning psixologik jihatlari yoritilgan. Kalit so‘zlar: xorijiy til, ko‘nikma, tafakkur, idrok etish, xotira. O‘zbekiston kelajagi bo‘lgan yoshlar har tomonlama aqliy rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan bilimlarni, shu bilan birgalikda chet tillarini o‘zlashtirishda, psixologik yondashuvlar, amaliy psixologik mashqlar asosida dars mashg‘ulotlarni boyitib borishni talab qilinmoqda. Shu boisdan, turli soha mutaxassislari o‘z ona tilini mukammal bilish bilan bir qatorda, bir nechta xorijiy tillarni bilishi va muloqot qila olishi maqsadga muvofiq. Mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rgatishni ommalashtirishni yangi bosqichga olib chiqish va sohani rivojlantirish uchun tizimli ishlarni tashkil etish, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, buning uchun barcha shartsharoitlarni yaratish masalalarini pedagogik va psixologik jihatdan ilmiy izlanishlar olib borishni taqoza etmoqda. Buning sababini har yili Xorijiy tillarni o‘zlashtirish ta’lim muassasalarida talabalar soni ortib borishida ko‘rishimiz mumkin.Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari jarayonida professor-o‘qituvchi faoliyatiga qo‘yiladigan talablarda ular ham xorijiy tillarni bilishi talabi qo‘yilgan. Shu boisdan ta’lim jarayonida o‘qituvchi faoliyatining individualpsixologik va ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda katta yoshdagi professor-o‘qituvchilarga xorijiy tillarni o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda. Xorijiy til o‘rganishning va uni o‘rgatishning psixologik o‘ziga xosligi chet tildagi matnni idrok etish, chet tilidagi so‘zlarni xotirada saqlash bilan talabalar o‘zga tillarni o‘zlashtirish jarayonida ularning o‘zga tildagi tafakkuri kengayib borishini 509 ta’minlashning psixologik jihatlarini bilishni talab qiladi. Ta’lim muassasalarida xorij tillarni o‘zlashtirish jarayoni talaba yoshlarning psixologik xususiyatlari, aqliy taraqqiyotining psixologik qonuniyatlaridan xabardor bo‘lishi, talabaning psixologik taraqqiyotiga faol ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganish ular bilan bo‘ladigan munosabatlar uchun zarur psixologik ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Xorijiy tillarni o‘rganish jarayonida albatta shaxsni yosh psixologik xususiyatlari farq qiladi. Ta’lim muassasalarining barcha qatlamlarida xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqish va o‘qitish tizimlarini kuchaytirishga oid o‘quv mashg‘ulotlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalar amaliyotda qo‘llanilib kelmoqda. Shunday bo‘lsada, ta’lim muassasalarida pedagog kadrlar uchun va talaba yoshlar o‘rtasida yangi zamonaviy ilg‘or tajribalar ya’ni psixologik nuqtai nazardan qaraganda psixolingvistik bilimlar zarurati seziladi. Talabalar oliy ta’lim muassasalariga faqat qoida va testlarni yodlash orqali emas, balki til ko‘nikmalarini o‘zlashtirgan holda o‘qishga kirmoqda. Bunday talaba bilan shug‘ullanish o‘qituvchiga ham yengillik yaratadi. Pedagog talabada mazkur ko‘nikmalarni rivojlantirishga emas, balki takomillashtirishga ko‘proq e’tibor qaratilishi lozim. O‘z navbatida, talabalar ham mutaxassislik fanlarini qiyinchiliksiz, mustaqil bemalol o‘zlashtirishga qaratilgan innovatsion mashg‘ulotlarni boyitish lozim. Kelgusida ingliz tili bo‘yicha samarali material va adabiyotlar chop qiluvchi mashhur bosmaxonalar (Oxford, Macmillan) bilan hamkorlikda milliy mentalitet va madaniyatimizga mos keluvchi, nafaqat tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish, balki sotsiolingvistik, strategik, diskursiv kompetensiyalarni rivojlantirishni o‘z ichiga olgan darajalarga moslashtirilgan kitob va darsliklar yaratish va chop etishga malakali kadrlarni tayyorlash zarurati turibdi. Bugungi kunda barcha fanlarni o‘qitish jarayoniga kompetensiyaviy yondashuv keng tatbiq etilmoqda. Talaba yoshlarga fan bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malaka berishning o‘zi yetarli emasligi, balki hosil qilingan tushunchalarni turli vaziyatlarda amaliy qo‘llash layoqatini shakllantirish zarurligi ayon bo‘lmoqda. Jahonda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi raqobat kurashi va “TOP” reytinglar yuritilishi oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini oshirishning marketing strategiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha izlanishlar olib borish dolzarbligi malakali xorijiy tillarni yaxshi o‘zlashtirgan kadrlar bilan ta’minlashni talab qiladi. Talabalar xorijiy tillarni o‘zlashtirishini psixologik jihatdan o‘rganishning zarurati va dolzarbligi bo‘yicha ta’lim muassasalardagi pedagoglarga katta mas’uliyat yuklamoqda. Shu boisdan talabalar xorijiy tillarni o‘zlashtirishning o‘ziga xos psixologik xususiyatlari bo‘yicha bir qator psixologik ilmiy tadqiqotlarni taqoza qiladi. Xorijiy tillarni o‘zlashtirishda psixologik o‘ziga xoslik va individual psixologik xususiyatlarni hisobga olgan holda o‘quv mashg‘ulotlari olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Oliy ta’lim muassasalari zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, ilg‘or 510 fan-texnika yutuqlarini egallagan intellektual kadrlarni tayyorlash hamda professoro‘qituvchilarning ilmiy salohiyati va professional ta’lim beruvchilar orasida raqobatni yanada oshirish maqsadida yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish zarurati kelib chiqadi. Bilamizki, talaba yoshlar xorijiy tillarni o‘rganish istagida ma’lum bir motivatsiya mavjudligini. Dastlab, talaba yoshlarga maktab ta’limidagi ingliz tili o‘qituvchisi xorijiy tillarni o‘rganishga qiziqtira olgan bo‘lishi mumkin, lekin keyinchalik o‘quvchi shaxs kasb tanlash jarayonlarida albatta, qaysidir xorijiy tillarga o‘z munosabatini bildiradi. Bugungi kunda xorijiy tillarni o‘zlashtirish maktabgacha ta’lim muassasalari, umumiy o‘rta ta’lim maktab ta’limi va chet tillarini o‘qitish markazlari imkon qadar usbu sohani kengaytirib borishni maqsad qilgan. Har qanday o‘quvchi yoshga ingliz tilini o‘rgatuvchi ustozi sabab bo‘lishi ham tabiiy. Ota-onalar farzandlarini bilimli o‘qituvchilar qo‘liga ishonib topshirishni hoxlaydi. Bizda azaldan ustoz-shogid an’analari davom etib kelmoqda. Maktabdan tashqari ingliz tilini o‘rganish uchun alohida vaqt ajratib o‘qituvchilar bilan chet tillarni o‘rganishga borishadi. Ustoz degan sharafli nomga sazovor bo‘lish har kimga ham nasib etmaydi. Bu ulug‘ nomni olish uchun ko‘p yillar davomida murakkab sinovlardan o‘tib, malakali mutaxassislikka erishgan bo‘lishi kerak. Avvalo, o‘z ishiga yaxshi munosabatda bo‘lish, ya’ni o‘z kasbini sevish; o‘z kasbiga e’tiqod qo‘yish va unga ishonish; ustoz oldida haqsevar bo‘lish, o‘z nojo‘ya odatlarini tark etish; ko‘rish lozim bo‘lmagan hamma narsalardan nigohini olib qochish; eshitish mumkin bo‘lmagan barcha narsalarga quloq solmaslik; barcha noloyiq ishlardan qo‘l tortish; ustoziga zid bo‘lgan kishilar bilan muomala qilmaslik deb javob bergin. Xorijiy tillarni o‘rganishda ustoz va shogird o‘rtasidagi munosabatlarda talaba eng avvalo o‘qish va o‘rganish uchun ishtiyoq, motivatsiya olishi barchamizga kundek ravshan. Chunki chet tillariga oid til ko‘nikmalarini o‘rganuvchilarda shakllantirishda o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida bir qancha rollarni bajaradi. Har qanday xorijiy tillarini o‘rganayotgan talaba yoshlarni fikrlash doirasi o‘zgarib borishi haqida aytib o‘tiladi, to‘g‘ri talaba yoshlar fikrlashi kengayib borishi, uning ijodkorligini oshirish maqsadga muvofiqdir. Biroq o‘z millatimiz qadriyatlaridan voz kechmagan holda bu jihatlarni an’anaviy metodlar bilan uyg‘unlashtirish juda o‘rinlidir. Buning isboti sifatida ko‘rishimiz mumkinki, Professor Jamol Jalolov fikrlariga ko‘ra, chet tili o‘qitish metodi deyilganda, chet tili o‘rgatishning amaliy, umumta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlariga erishuvni ta’minlovchi muallim va o‘quvchi faoliyatining majmuasi tushuniladi[1]. Bilamizki, hozirda chet tillarini o‘rganishda qo‘yilgan talablar ilgarigidan tubdan farq qiladi. Yozish, o‘qish, tinglab tushunish, gapirish, so‘z boyligi va grammatik salohiyat kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lish har bir xorijiy til savodxoni uchun 511 qat’iy talabga aylanib ulgurdi. Bunday vaziyatda, biz xorijiy til o‘qituvchilari zimmasida kompleks bilim yig‘indisini shakllantirishda talaba yoshlarning ehtiyoj va imkoniyatlarini hisobga olish, ularni qo‘llab-quvvatlash, do‘stona muhit yaratish va shu bilan birgalikda muqobil masofani saqlagan holda ularga yo‘lboshchi bo‘lishdek mas’uliyatli va qiyin vazifa turibdi. Bizga ma’lumki, xorij tillarni o‘qish uchun xorij davlatlariga borish, jahon tsivilizatsiyasi yutuqlaridan boxabar bo‘lish, xalqaro uchrashuv va shartnomalar imzolashda muloqot layoqatiga ehtiyoj sezila boshladi. Mamlakatimizning istiqboli bugun yosh avlodimiz qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo‘lib voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotga nechog‘li faol munosabatda bo‘lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishi bilan bevosita bog‘liqdir. Talabalar xorij tilini o‘rganishning afzalliklari ko‘p albatta, lekin shaxs xususiyatlari qay darajada o‘zgarib boradi-degan savolga psixolog olimlarimiz shunday javob berganlar. Agar talaba shaxs o‘zga tillarni o‘zlashtirish jarayonida boshqa ko‘nikmalarni o‘rganish tezligini oshirib boradi. Insonlarni yaxshiroq tinglashga harakat qiladi, diqqate’tibori kuchayadi, o‘ziga ishonchi ortadi, ona tilini yaxshilashga harakat qiladi hamda ijodkorligingizni oshiradi. Psixolog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni tasdiqladiki, tillarni o‘rganish miyaning eng murakkab, “ijro etuvchi” funksiyalari uchun javob beradigan sohalarini rivojlantiradi. Bular, masalan, turli vazifalarni almashtirish, rejalashtirish, fikr yuritish, muammolarni hal qilish, axborotni filtrlash kabi jarayonlar asoslab o‘tilmoqda. Shu jumladan, chet tilini o‘rganish inson xotira va tafakkurni rivojlantiradi, insonning ichki dunyosini boyib borishini ta’minlaydi, ona tilining milliy madaniyati va xususiyatlarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi hamda stereotiplar yo‘q qiladi degan ilmiy fikrlarni ilgari suradi. G.A.Guseinovaning “Xorijiy tilni o‘rganish uchun psixologik shartlar” ilmiy maqolasida zamonaviy dunyoda chet tillari tobora muhim ahamiyat kasb etishi, ularni o‘rganish madaniyatlararo muloqotni muvaffaqiyatli amalga oshirishning asosiy shartlaridan biriga aylanib borishi va lingvistik o‘ziga xoslikni shakllantirish vositasi sifatida ishlaydi deb ta’kidlab o‘tgan. Xorijiy tillarini o‘rganish jarayoni va uning samaradorligini oshirish uchun tegishli shart-sharoitlar shaxsning psixologik xususiyatlari katta ta’sir ko‘rsatadi[2]. E.P.Ilin ingliz tilini o‘rganishga oid ilmiy tadqiqotlarida, xorijiy tillarini o‘rganish nafaqat o‘qituvchi faoliyatining uslubi va mazmuniga bog‘liq, balki talabalarining shaxsiy psixologik xususiyatlariga, shuningdek ularni o‘rganish jarayoniga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-psixologik omillarga ham bog‘liq - degan ilmiy fikrlarini berib o‘tgan [5]. 512 I.A.Zimnaya o‘z tadqiqotida “...Chet tilini o‘qitishga shaxsiy-faollik yondashuvi kitobida muhokama qilingan, shubhasiz, bugungi kunda chet tilini o‘qitish psixologiyasining asosini tashkil etuvchi asosiy muammolarni tanlashni ham belgilab berdi” [4]. Ta’lim muassasalarida talaba yoshlarga ingliz tilini o‘qitishning asosiy maqsadi chet tilida muloqot qilishga tayyorlashdir. Pedagoglar talaba yoshlarni har tomonlama xorij tillarni o‘zlashtirishga yordam qiladi, shu bilan birga talabalarda psixologik o‘ziga xoslik rivojlanib borishiga ham imkon yaratiladi. Xorijiy til o‘rganishda talabalarda bilimga hohish mavjudligi, bunga ta’lim metodlari, munosabatlarning turlari, o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasidagi munosabatlar, shaxsiy xususiyatlari, ta’lim faoliyatining mazmuni va tashkil etilishi, guruh ichidagi munosabatlar, ta’lim faoliyatidan tashqari munosabatlar muhumdir. Adabiyotlar. 1. Милиева Муаттар Гаффаровна О психолингвистике и нейролингвистике билингвизма // Вопросы науки и образования. 2018. №8 (20). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/o-psiholingvistike-i-neyrolingvistikebilingvizma (дата обращения: 21.05.2024). 2. Miliyeva Muattar Gaffarovna. (2023). Influence of Bilinguism on SocioCognitive Personal Development. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 19, 61–64. Retrieved from https://www.zienjournals.com/index.php/zjssh/article/view/3765 3. Muattar Gaffarovna Milieva GENERAL CHARACTERISTICS OF TRAINING AS A MULTIFUNCTIONAL METHOD // Academic research in educational sciences. 2023. №TMA Conference. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/general-characteristics-of-training-as-amultifunctional-method (дата обращения: 21.05.2024). 4. Милиева Муаттар Гаффаровна Исторические предпосылки психолингвистики // Вопросы науки и образования. 2018. №6 (18). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/istoricheskie-predposylki-psiholingvistiki (дата обращения: 21.05.2024). 5. Милиева Муаттар Гаффаровна Психолингвистические аспекты восприятия устной речи (зависимость восприятия от речевых характеристик говорящего) // European research. 2018. №1 (35). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/psiholingvisticheskie-aspekty-vospriyatiyaustnoy-rechi-zavisimost-vospriyatiya-ot-rechevyh-harakteristik-govoryaschego (дата обращения: 21.05.2024). 6. Абиева, Ю., & Милиева, М. (2024). Технологические компоненты системы формирования нравственной культуры учителя. Наука и инновации, 1(1), 513 59–62. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/ilm-fan-vainnovatsiya/article/view/32710 7. Милиева, М. (2023). Psixologiyada motivatsiya muammosiga yondashuvlar . Цифровизация современного образования: проблема и решение, 1(1), 132–134. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/digitalization-moderneducation/article/view/24702 8. Anjim Karamaddinovna Shamshetova, Pokiza Shamsiyevna Isamova, & Muattar Gaffarovna Milieva. (2023). ECOLOGICAL CRISES AND POPULATION PSYCHOLOGY. International Journal of Pedagogics, 3(05), 4– 10. https://doi.org/10.37547/ijp/Volume03Issue05-02 9. Muattar Gaffarovna Miliyeva, . 2024. THE POWER OF BODY LANGUAGE. HOW TO LEARN TO SPEAK BODY LANGUAGE. American Journal Of Social Sciences And Humanity Research. 4, 11 (Nov. 2024), 32–37. DOI:https://doi.org/10.37547/ajsshr/Volume04Issue11-06.