scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SHIMOLI - G'ARBIY O'ZBEKISTONNING KAMYOB VIZILDOQ QO'NG'IZLARINI O'RGANISH USULLARI

Tajibaeva J.D.

Full text

231 SHIMOLI - G‘ARBIY O‘ZBEKISTONNING KAMYOB VIZILDOQ QO‘NG‘IZLARINI O‘RGANISH USULLARI Tajibaeva J.D. Qoraqalpoq davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17751864 Annotatsiya: Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida uchraydigan kamyob vizildoq qo‘ng‘izlar (Carabidae) populyatsiyasini o‘rganish usullari bayon etilgan. Tadqiqot jarayonida entomologik kuzatish metodlari, jumladan, chuqur idishli tuzoqlar, yengil tuzoqlar (sветоловушка), qo‘lda yig‘ish va yo‘nalishli kuzatish kabi usullardan foydalanildi. Olingan natijalar hududda ayrim qo‘ng‘izlar populyatsiyasining qisqarish tendensiyasini ko‘rsatdi. Antropogen omillar, xususan qishloq xo‘jaligi faoliyatining kengayishi, kimyoviy vositalarning qo‘llanilishi va tuproq namligi rejimining o‘zgarishi populyatsiyaning kamayishiga sabab bo‘layotgani aniqlandi. Tadqiqot natijalari foydali hasharotlarni biologik himoya vositasi sifatida saqlash va ularning biotizimdagi ahamiyatini oshirish uchun muhim ilmiy ahamiyatga ega. Kalit so‘zlar: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, vizildoq qo‘ng‘izlar, Carabidae, entomologik monitoring, populyatsiya zichligi, biotoplar, biologik himoya, antropogen omillar, biodiverstitet. Abstract: This article describes methods for studying the populations of rare click beetles (Carabidae) found in the territory of the Republic of Karakalpakstan. In the research process, entomological observation methods were used, including deep container traps, light traps (svetolovushka), manual collection, and directional observation. The obtained results showed a tendency towards a decrease in the population of some beetles in the region. Anthropogenic factors, in particular, the expansion of agricultural activity, the use of chemical agents, and changes in the soil moisture regime, have been identified as the cause of population decline. The research results are of great scientific importance for the conservation of beneficial insects as a means of biological protection and increasing their significance in the biosystem. Key words: Republic of Karakalpakstan, click beetles, Carabidae, entomological monitoring, population density, biotopes, biological protection, anthropogenic factors, biodiversity Shimoli-G‘arbiy O‘zbekiston, xususan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududi o‘zining noyob tabiiy landshaftlari va biologik xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Ushbu hududda hasharotlarning, jumladan, Carabidae oilasiga mansub vizildoq qo‘ng‘izlarining ekologik ahamiyati juda yuqori bo‘lib, ular tabiiy biologik muvozanatni saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Vizildoq qo‘ng‘izlar zararli hasharotlar va qurtlar bilan oziqlanib, qishloq xo‘jaligi ekinlarini tabiiy himoya qilishda beqiyos foyda keltiradi. Biroq so‘nggi o‘n yilliklarda hududda ekologik sharoitlarning o‘zgarishi, antropogen bosimning kuchayishi hamda kimyoviy pestitsidlarning keng qo‘llanilishi natijasida ushbu qo‘ng‘izlarning ayrim turlari yo‘qolib ketish xavfi ostida qolmoqda. Shu sababli, mazkur tadqiqot Qoraqalpog‘iston hududida vizildoq qo‘ng‘izlar populyatsiyasining holatini baholash va ularni o‘rganish metodikasini ishlab chiqishga qaratilgan. Insoniyat jamiyati o‘z faoliyati davomida tabiiy komplekslarda o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Tabiiy ekosistemlarning yo‘qolib 232 ketishi, agro, urbonlashgan texnoekosistemalarining paydo bo‘lishi, o‘simliklarning yangi turlarining introduksiyasi, tabiiy o‘rmon ekosistemalariga melioratsiyalash yo‘li bilan ta’sir ko‘rsatish, har xil kesib tashlashlar, ifloslantirish, rekreatsiya, biosferaga global ta’siri - bu oxirgi 200-yil davomida asosiy muhit yaratuvchi omillar va tirik organizmlar evolyutsiyasi omillari turiga kiruvchi antropogen ta’sir ko‘rsatishning to‘la bo‘lmagan ruyxati. Hashoratlar har qanday tabiiy landshaftning komponeti sifatida tabiat va inson hayotida katta rol o‘ynaydi. Shu sababli hashoratlar faunasini urganish, avvalombor, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va chorvachilikda muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Dunyo miqiyosida transformatsiyalangan jarayonlarning jadallashuvi, bugungi kunga kelib hasharotlarning kamyob turlarini saqlab qolish uchun ularning ko‘pchiligini alohida muhofaza qilinadigan tabiiy obyektlar ro‘yxatiga kiritish, tirik populyatsiyalarning holatini kuzatishni tashkil etish, turlarning yashash joylarini himoya qilish va buzilmagan ekotizimlarni himoya qilishni kuchaytirish zarur. O‘zbekiston boshqa mamlakatlari singari halqaro bioxilma-xillik konvensiyasini ratifikatsiya qilgan va u bo‘yicha davlat strategiyasi ishlab chiqilgan. Unga asosan, sayyoramiz flora va faunasi yaxlitligini asrash orqali, tabiatni ayovsiz ekspluatatsiya qilishga chek qo‘yish bilan insoniyatni global fojealardan saqlash imkoniyati yaratiladi. Bu esa, birinchi navbatda o‘simlik va hayvonot olami turlar xilma xilligini o‘rganish, saqlash va ulardan oqilona foydalanishni belgilab beradi (Dadamirzayev, 1979: 16). Shuning uchun ham mazkur konvensiya bo‘yicha davlat strategik tizimi vazifalarini bajarishda hasharotlarning bioxilmaxiligini o‘rganish muhim nazariy va amaliy ahamiyatga kasb etadi. Ularning tarqalishi va ko‘pligiga hududni iqtisodiy maqsadlarda ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq antropogen omillar sezilarli darajada ta’sir qiladi. Misol uchun, tabiiy hududlarga (har xil to‘qayzorlarning kesilishi, qamishzorlarning urilishi va yoqilishi, yaylovlarga mol boqilishi va hakozalar) Cicendela lacteola, C. Sturmi, Siagona europaea, Bembidion luridicorne, Clivina ypsilon, Dyschirius extensus, Dyschirius arcifer turlarining sonining kamayishiga olib keladi, daryo, ko‘llar va havza suvlarining qurishi Calosoma olivieri, Coryza carinifrons, Scarites terricola, Chlaenius spoliatus turlarining yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladi. Qishloq xo‘jaligi va yaylovlarning pestitsidlardan foydalanish, ayniqsa, tuproq qo‘ng‘izlari uchun xavflidir. Ko‘pincha turlar ularning zaifligini oshiradigan va populyatsiyaning chidamliligini kamaytiradigan bir nechta cheklovchi abiotik, biotik va antropogen omillarga duchor bo‘lmoqda. Vizildoq qo‘ng‘izlarning eko-morfologik moslashishi xilma - xil bo‘lib ularning moslashish turlari ularning hayotiy shakllari misollarida ancha namoyon bo‘ladi. Hayotiy shakllari deyilganda bir biriga o‘xshash 233 ekologik xususiyatlarga ega turlarning morfo-moslashishlari tushiniladi. Vizildoq qo‘ng‘izlarning hayotiy shakllari tizimining yuqori toifadan pastga qarab morfomoslashish o‘xshashliklarining ortib borishiga ega bo‘lib kuyi bug‘inda umumiy hayotiy xususiyatlarini ham aks ettiradi. Har xil toifalar tizimda har xil ekologik tamoyillar bo‘yicha ajratiladi. Vizildoq qo‘ng‘izlarning hayotiy shakllarining yuqori toifalari oziqlanish tipiga, biogeotsenozdagi yashash pog‘onasiga va harakat tipiga nisbatan eng umumiy morfo-moslashish o‘xshashliklari bilan xarakterlanadi. Shimoli-g‘arbiy O‘zbekiston vizildoq qo‘ng‘izlarini o‘rganish davomida ularning kam uchraydigan turlari tarqalishi, yashash joyi, miqdori va shu kabi xususiyatlari aniqlanildi. Kam tarqalgan boshqa turlar to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi. Carabidae - oilasi Cicindelinae – kenja oilasi Carabidae oilasiga mansub Cicindelinae turlariga faqat faol yirtqichlar, aksariyat hollarda entomofaglar kiradi. Palearktikada Cicindelinae Arktika tundrasi va cho‘llaridan tashqari barcha tabiiy va iqlim zonalarida keng tarqalgan. Turlarning ba’zilari cho‘l o‘simliklari egallagan ochiq joylar bilan bog‘liq; ba’zi turlari pasttekislik va tog‘ oldi o‘rmonlarida yashaydi. Ular qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil hududlarda (dashtlar, yarim cho‘llar va cho‘llar) xilma-xilligiga yuqori, bu yerda ular asosan daryoq bo‘yida chuchuk va sho‘r suv havzalari bo‘ylab, shuningdek, sho‘r botqoqlarda, ochiq va qattiq qumlarda yashaydi. Cicindelinae ayrim turlari faunasi agrotsenozlarda shaklanib ulgurgan, bu yerlarda ular soni ba’zan sezilarli darajada oshadi. Hozirgi vaqtda flora va faunaning tarqalish joylarining yaxlitligini saqlash kerakligi umumiy qabul qilingan. Faoliyati tuproqda va uning yuzasida sodir bo‘ladigan hayvonlar uchun tuproq va o‘simlik qoplamining yaxlitligini saqlash ularni saqlashning asosiy shartidir. Biroq, ayrim hollarda, inson aralashuvisiz biotoplarni va ularda yashovchi turlarni saqlab qolish mumkin emas. Avvalo, bu ochiq joylarda yashovchi turlarga tegishli. Shubhasiz, asosiy diapazonda yashovchi turlarga nisbatan muhofaza qilish choralari samaraliroq bo‘ladi, chunki ularning populyatsiyalari soni asosan antropogen omillar bilan belgilanadi. Eng qiyin vazifa - ularning chegaralari yaqinida yashovchi turlarni saqlash nafaqat antropogen ta’sirga, balki abiotik omillar ta’sirida populyatsiyasining sezilarli o‘zgarishiga duchor bo‘lgan hududlar sanaladi. Shimoli-g‘arbiy O‘zbekiston vizildoq qo‘ng‘iz faunasining xilma-xilligi va o‘ziga xosligini saqlab qolish uchun ushbu turlarni muhofaza qilinadigan turlar ro‘yxatiga kiritish va ular yashaydigan tabiiy hududlardan foydalanishni cheklash zarur. Ekologik nuqtayi nazardan, daryo ekotizimlari bilan chegaradosh va yagona 234 tabiiy kompleksni tashkil etuvchi eng kam o‘zgargan qo‘riqxonalar eng katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Фойдаланилган адабиётлар рўйхати: 1. Бакасова Н.Ф. 1963. Биологические особенности Calosoma auropunctatum (Herbst, 1784) В условиях Куотанайской области. 2. Dadamirzaev A. K faune i ekologii zhuzhelits (Coleoptera, Carabidae) Tashkentskoj oblasti [To the fauna and ecology of ground beetles (Coleoptera, Carabidae) of the Tashkent region]. In: Ecology of vertebrates and invertebrates in Uzbekistan. Fan, Tashkent (in Russian). 1978. – 15 P. 3. Дадамирзаев А. Еколого – Фаунистическая характеристика жужелиц (Coleoptera: Carabidae) Узбекистана: Автореф. дис. ... канд. биол. наук. - Институт Зоологии и Паразитологии АНУзССР, 1979.- 28 с. 4. Крыжановский О.Л. 1965. Состав и происхождение наземной фауны Средней Азии (главным образом на материале по жесткокрылым) [Composition and origin of theterrestrial fauna of Central Asia (based chiefly on the beetles material)]. Москва - Ленинград, Наука, 430 с.