scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QORA LAYLAKNING CICONIA NIGRA QORAQALPOG'ISTON HUDUDIDA UCHRASHI BO'YICHA YANGI MA'LUMOTLAR

Turdibaev Q.P.; Ametov Ya.I.; Tleumuratov S.A.; Uzaqov B.N.

Full text

244 QORA LAYLAKNING CICONIA NIGRA QORAQALPOG‘ISTON HUDUDIDA UCHRASHI BO‘YICHA YANGI MA’LUMOTLAR Turdibaev Q.P., Ametov Ya.I., Tleumuratov S.A., Uzaqov B.N. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, [email protected] Janubiy Ustyurt milliy tabiat bogʻi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17751908 Annotatsiya. Maqolada qora laylak Ciconia nigraning O‘zbekiston va Markaziy Osiyo hududidagi tarqalishi, ekologik xususiyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etilgan yangi uchrash holati tahlil qilindi. 2023-yil 2-iyun kuni Janubiy Ustyurt milliy tabiat bog‘ida o‘rnatilgan fotoqopqon orqali turning ikki individi qayd etildi. Qoraqalpog‘iston hududida turning uchrashi bo‘yicha ilgari ma’lumotlar mavjud emas edi. Turning biologik xususiyatlari hisobga olinib, mazkur uchrash tasodifiy kelib qolgan holat sifatida baholandi. Kalit so‘zlar: Ciconia nigra, qora laylak, Qoraqalpog‘iston, Ustyurt, tarqalish, Qizil kitob. Abstract.The article analyzes the distribution of the black stork Ciconia nigra in Uzbekistan and Central Asia, its ecological characteristics, and the new occurrence recorded in the Republic of Karakalpakstan. On June 2, 2023, two individuals of the species were recorded using a camera trap installed in the South Ustyurt National Nature Park. Previously, there was no information on the occurrence of the species in the territory of Karakalpakstan. Taking into account the biological characteristics of the species, this encounter was assessed as a coincidence. Key words: Ciconia nigra, black stork, Karakalpakstan, Ustyurt, distribution, Red Book. Qora laylak Ciconia nigra Yevroosiyo ornitofaunasining kamyob vakillaridan biri bo‘lib, asosan tog‘li hududlar, botqoqliklar va suv havzalari yaqinidagi biotoplardan foydalanadi. Turning tarqalish areali Yevropa, G‘arbiy Osiyo, Qozog‘iston, Sibir, Uzoq Sharq, Koreya hamda Xitoyning shimoliy mintaqalarini qamrab oladi. Qishlov esa Afrika, Hindiston va Xitoy janubiy hududlarida kechadi. O‘zbekiston hududida turning uyalash areallari G‘arbiy Tyanshan va G‘arbiy Pomir–Oloy tizmalari bilan chegaralangan. Pasttekislik va chala cho‘l hududlar ko‘pincha migratsiya yo‘llari sifatida xizmat qiladi. Respublika bo‘yicha turning soni tarixan kam bo‘lgan va jami taxminan 70 ga yaqin juftlik uyalashi qayd etilgan [3]. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida o‘tkazilgan avvalgi tadqiqotlarda qora laylak uchrashiga oid ma’lumotlar mavjud emas [1,2,4,5]. Ushbu maqolaning maqsadi — Janubiy Ustyurtda qayd etilgan yangi uchrash holatini ilmiy jihatdan tavsiflash. Tadqiqot Janubiy Ustyurt milliy tabiat bog‘i hududida o‘tkazilgan monitoring ishlari doirasida amalga oshirildi. Hududning biologik xilma-xilligini o‘rganish maqsadida o‘rnatilgan statsionar fotoqopqonlardan foydalanildi. 41°26′24.14″N, 56°45′35.03″E koordinatalari bo‘yicha joylashtirilgan fotoqopqon tasvirlari tahlil qilindi va turning identifikatsiyasi morfologik belgilari asosida aniqlandi. 245 2023-yil 2-iyun kuni o‘rnatilgan fotoqopqonda qora laylakning ikki nafar (2) individi qayd etildi (1-rasm). Bu holat Qoraqalpog‘iston hududida turning birinchi marta uchrashi sifatida ilmiy ahamiyatga ega. Turning uchrash vaqti va joyi uning uyalash biotoplariga mos kelmasligi aniqlangan. 1-rasm. Qora laylak Ciconia nigra Hudud bo‘yicha mavjud ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, qora laylakning Qoraqalpog‘istonda uchrashiga oid oldingi yozuvlar yo‘q. Bu esa 2023yilgi qaydni yangi regional ma’lumot sifatida baholash imkonini beradi. Qora laylakning ekologik xususiyatlari ayniqsa, tog‘li hududlar, katta daraxtlar va suv manbalariga yaqin biotoplarni tanlashi uning Ustyurt platosi hududida muntazam uchrash ehtimolini pastligini ko‘rsatadi. Ustyurt platosi qurg‘oqchil, tekis relyefli, suv manbalari cheklangan mintaqa bo‘lgani uchun turning bu yerda uzoq muddat bo‘lishi ehtimoldan yiroq. Shuningdek, turning migratsiya davriga to‘g‘ri kelishi ham uchrash holatining tasodifiy ekanligini taxmin qilish imkonini beradi. Qora laylak odatda bahor va kuz migratsiyasi vaqtida turli sersuv pasttekisliklardan o‘tadi. Ustyurt hududida turning 246 paydo bo‘lishi esa uning migratsiya chizig‘ining kengayganidan dalolat berishi mumkin. 2023-yilda Janubiy Ustyurt milliy tabiat bog‘ida qora laylakning qayd etilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasining ornitofaunasi uchun yangi lokal ma’lumot hisoblanadi. Turning biologiyasi, tarqalish areali va biotop tanlovi e’tiborga olinsa, qayd etilgan uchrash tasodifiy kelib qolgan holat sifatida baholanadi. Ushbu topilma hududdagi qushlar migratsiyasini yanada chuqur o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati 1. Аметов М. Птицы Каракалпакии и их охрана. – Нукус: Каракалпакстан, 1981. – 138 с. 2. Аметов Я.И. Биоразнообразие птиц Каракалпакстана и их охрана (фауна, экология, охрана).: Автореф. дисс. … докт. биол. наук. – Ташкент, 2019. – 58 с. 3. Красная книга Республики Узбекистан. Животные. - Ташкент, 2019. Том 2. - 218 с. 4. Мамбетжумаев А.М. Полный систематический список птиц Южного Приаралья. Сообщение 1-ое: Неворобьиные – Non-Passeriformes // Вестник ККО АН РУз. – Нукус, 1995. - №4. - С. 55-68. 5. Турдыбаев К.П., Аметов Я.И., Матекова Г.А., Аметова Н.И., Тлеумуратов С.А. Материали по птицам Каракалпакский части Плато Устюрт // Журнал «Universum: Химия и биология». – Москва, Россия, Выпуска: №11(125) декабрь, 2024. – С. 16-20.