TADQIQOT OLIB BORILGAN XO'JAYLI BALIQCHILIK XO'JALIGI HOVUZLARI
Full text
268 TADQIQOT OLIB BORILGAN XO‘JAYLI BALIQCHILIK XO‘JALIGI HOVUZLARI К.К.Аiтbayeva Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi К.P.Каypov Qoraqalpaq davlat universiteti b.f.f.d.(PhD) *e-mail: qurbangulaytbaeva6@gmail.соm DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17752016 Annotatsiya. Xo‘jali baliqchilik hovuzlari suvi keyingi yillarda sho‘rlanish darajasining ortib borishi kuzatilmoqta. Bu uz navbatida kuldagi flora va fauna turlar tarkibining kamayishiga olib kelmoqta. Maqolada baliqchilik hovuzlari algoflorasi taxlil qilingan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlari katta yer maydonlarini egallaganligi sababli, uning bir qismi markaziy Qozog‘iston provinsiyasiga va qolgan qismi butunlay Turon tekislik provinsiyasiga mansubdir. Tuproq–iqlimiy rayonlashtirish sxemasiga ko‘ra, Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi quyi Amudaryo tuproq-iqlimiy okrugiga kiradi 2022-2024 yillarda yillik yog‘in-sochin miqdori 44,3-165,3 mm ni tashkil qilgan. Eng seryomg‘ir yil sifatida 2016-yil qayd etilgan (165,3 mm). Yillik yog‘insochinlarning ko‘pchilik miqdori, ya’niy 45 % bahor oylarida, 27 % qish oylarida tushadi. Ushbu yildagi yog‘in miqdorining 38,4% bahor oylariga, 14,9% qish oylariga, 41,5% kuz oylari hamda 5.3% yoz oylariga to‘g‘ri kelgan. Xo‘jayli tumani yoz oylarida deyarli yomg‘ir оз kuzatilgan (2.1 расмлар). 2020 va 2024 yillarda yoz oylarida umuman yomg‘ir оз kuzatilgan. Relefi asosan past-baland tekisliklar, janubiy qismida Amudaryo past tekisligi, sharqiy bo‘limi qumli balandliklardan iborat. Sharq va janubiy-g‘arbiy qismida yer
269 usti Amudaryo suvlari oqizib kelgan unimdorli allyuvial yotqiziqlardan tuzilgan. Asosan botqoqliq, o‘tloqli-botqoqliq, o‘tloqli-taqir, Amudaryo bo‘ylarida bo‘lsa bo‘z-qo‘nǵir va o‘tloqli-cho‘l tuproqlar tarqalgan. Bu yerlarda dehxonchilik, chorvochilik va o‘rmon xo‘jaliklarinini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar bor. Baland tepaliklar Amudaryo bo‘yidagi kichik allyuvial pasttekisliklar bilan almashib boradi. Landshafti jihatdan sharqtagi baland qumliklar bo‘limi Shimoliy-g‘arbiy Qizilqumning davomi hisoblanadi. Xo‘jayli tumani iqlim sharoitlariga ko‘ra, havoning harorati va yog‘inlar miqdori o‘rtacha ko‘p yillikka nisbatan farq qildi. Masalan, Sentyabr oyi 21,3℃ bo‘lishi va yog‘ingarchilikni bo‘lmasligi, bu esa o‘rtacha ko‘p yillikka nisbatan havo haroratini 2,7℃ ga yuqoriligi ushbu oyda kuzgi bug‘doyning o‘z vaqtida ekib olishga qulay zamin yaratdi. Oktyabr va noyabr oylari ham havo harorati o‘rtacha ko‘p yillikka nisbatan yuqori (0,4 va 1,9 ℃) bo‘lib, yog‘ingarchilik miqdori ham o‘rtacha ko‘p yillikka nisbatan oktyabrda 24,3 mm, noyabrda 2,6 mm ko‘proq bo‘lishi ekilgan kuzgi bug‘doy ekinining yaxshi unib chiqishi va tuplashi uchun qulay bo‘ldi. Qish (dekabr - 5.0℃, 2018-yil yanvar -4.0℃ va fevral -2.8℃) oylari havoning o‘rtacha harorati sovuq bo‘lib, bu raqamlar o‘rtacha ko‘p yillikka nisbatan -3.0; -0.5 va -0.3℃ sovuqligi bilan tavsiflanadi. Yog‘inlar miqdori esa ushbu oylarda 8,6; 5,2 va 35,4 mm ni tashkil etib, bu raqamlar o‘rtacha ko‘p yillikka nisbatan dekabrda 3,4 mm, yanvarda 2,3 mm kamligini, fevral oyida esa 28,4 mm ko‘pligini ko‘rsatadi. Bahor faslining mart oyida havoning harorati o‘rtacha ko‘p yillikka nisbatan 1,9℃ yuqori bo‘lib, aprel va may oylarida deyarli bir xil. Yog‘in miqdori esa mart va aprel oylarida (8,1 va 16,9 mm) kuzatilib, may oyida umuman yog‘ingarchilik kuzatilmadi. Bu esa ekilgan ekinlarni bir tekis unib chqishiga qulay sharoit yaratilishiga zamin bo‘ldi. Yoz oylari havo harorati o‘rtacha ko‘p yillikka nisbatan 1,7-4,6℃ yuqoriligi bilan tavsiflanadi (iyun-26,7-, iyul-32,4℃va avgust -26,2 ℃). Yovvoyi o‘simliklardan cho‘l bo‘limida qora saksavul Haloxylon aphyllum va bir-necha turdagi cho‘l o‘simliklari (juzgin Calligonum aralense, akatsiya Ammodendron conollyi, qandim Calligonum acanthopterum va h.) o‘sadi. Amudaryo qayirlarida to‘rang‘il Populus ariana, tol Salix songarica, jiyda Elaeagnus orientalis, yulg‘un Tamarix androssovii, ajriq Aeluropus lagopoides, qorabaroq Halostachys caspica, qamishlar Phragmites australis yaqshi rivojlangan. Qirlarda sho‘ralar Amaranthus albus keng tarqalgan. Xo‘jayli tumanining markazida manzarali daraxtlar ekilgan. Shaharga yaqin yerlarda qishloq xo‘jaligining ko‘pchilik tarmoqlari yaqshi rivojlangan. Asosan poliz
270 ekinlari, g‘allachilik, paxtachilik, mevachilik, uzumchilik, go‘sht va sut maxsulotlarini yetkazib beradigan chorvachilik yaqshi rivojlangan. Bu yerlerda ko‘pchilik qushlar uya quradi va oziqlanadi. Ular qishloq xo‘jaligiga zarar keltiruvchi hashoratlar, kemiruvchilar bilan oziqlanib ularning sonini boshqarib turadi va haddan tashqari ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. “Xo‘jayli baliqchilik xo‘jaligi” Xo‘jayli tumandagi hududida, Saman kul OFI, Oybek kolxozida joylashgan topshirilgan (2.2-rasm). Amudaryo suvi quyiladi. Umumiy maydoni hovuzning 2,5 ga, chuqurligi 1,5-2 m dan oshmaydi, eni 25-28 m. Hovuzlarning tubi loy, aksariyat qirg‘oqlari qamish, qo‘g‘a bilan qoplangan Asosan Ctenopharingodon idella (oq amur), Hypophthalmichthys molitrix (oq do‘ngpeshona, tolstolobik), Aristhichthys nobilis (chipor do‘ngpeshona,pestriy tolstolobik), Cyprinus carpio L (sazan, zogara), Silurus glanis (laqqa), Abramis brama orientalis (sharq oqchasi) baliqlar boqiladi 2.2-rasm. “Xo‘jayli baliqchilik xo‘jaligi” hovuzi Galofillarga: Gloeocapsa minima (Keissl) Hollerb, Oscillatoriya limosa Ag.( ko‘k-yashil), Cryptomonas erosa Ehr., Glenodinium quadridens (Stem.) Schiller,( dinofit), Fragilaria crotonensis Kutz, Diatoma elongatum (Lyngb) Ag. (diatom), Pediastrum minimum Delf Oocystis lacustris Chod (yashil); mezogaloblarga : Surirella dydima Kutz Amphora coffeaformis Ag (diatom), oligogaloblarga: Scenedesmus quadricauda ( Turp) Breb, Chlamydomonas reinhardii,(yashil), Gomphonema lanceolatum Skv,(diatom) Peridinium aciculiferum Lemm , Cryptomonas reflexa (Marsson) Skuja (dinofit), Aphanizomenon gracile Lemm, Merismopedia minima G.Beck (yashil) misol qilib keltirish mumkin. Xulosa. Xujayli tumaninda joylashgan baliqchilik xo‘jaliklari o‘zlarining joylashisi va hovuzlarinda algoflora soninig ko‘pligi bilan asosiy o‘rinni egalaydi.
271 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Алимжанова Х.А. Закономерности распределение водорослей водоемов реки Чирчик и их значение в определении эколого-санитарного состояния водоемов: Автореф. дис. … докт. биол. наук. – Ташкент. 2005. – С. 49 2. Исматова З.А. Зангзор дарёси алъгофлораси: Автореф. дис. ...биол.фан.фалсафа. доктори. Самарқанд, 2018. – 42 б 3. Тошпулатов Й.Ш., Қобулова Б. Зарафшон дарёси ўрта оқими сувўтлари ва уларнинг экологик хусусиятлари // «Suv va yerdan foydalanishning ekologik jihatlari» Respublika imliytexnik anjumani - Buxora, 2015.26-29 b. 4. Тошпулатов Й.Ш. Сезонная флора водорослей среднего течения реки Зарафшан // Ботанические чтения-2013: Материалы международной научно-практической конференции. – Ишим. 2013. С-113-114. anjumani – Buxora, 2015. 26-29 b. 144. 5. Эшмуродова Н.Ш. Альгофлора реки Ахангаран: Дис. …канд. биол. наук. – Ташкент, 2010. – С. 140-167. 150.