KUZGI YUUMSHOQ BUGʻDOY KOLLEKSIYA NAMUNALARIDA SUV ALMASHINUV KOʻRSATKICHLARI WATER EXCHANGE INDICATORS IN WINTER SOFT WHEAT COLLECTION SAMPLES
Full text
275 KUZGI YUUMSHOQ BUGʻDOY KOLLEKSIYA NAMUNALARIDA SUV ALMASHINUV KOʻRSATKICHLARI WATER EXCHANGE INDICATORS IN WINTER SOFT WHEAT COLLECTION SAMPLES b.f.n. dots. Alloberganova Z.B., Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat Universiteti Sultonov M.F. Xorazm Ma’mun Akademiyasi. DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17752047 Annotatsiya: Ushbu maqolada Xorazm viloyati sharoitida oʻstirilayotgan Markaziy Osiyo va Qirgʻiziston yumshoq bugʻdoy germplazmasidan olingan Durdona, Vostorg, Starshina, Kamol, Sila, Ayvina, Nikifor//Kroshka, Kasiet, Adyr, Vlada navlarining don toʻlishish davrida bayroq bargda suv almashinuvi jarayonining asosiy koʻrsatkichlaridan umumiy suv miqdori, transpiratsiya jadalligi, suv saqlash kabi xususiyatlari aniqlanib, ularning oʻzaro nisbati hamda oʻsimlikning ekologik moslashuvchanligi bilan bogʻliqligi tahlili berilgan. Kalit soʻzlar: mezofil, transpiratsiya, don hosildorligi, suv balansi, bayroq barg, fotosintez jarayoni, stress, mineral modda, qurgʻoqchil sharoit. Abstract: This article describes the main indicators of water exchange in the flag leaf during the grain filling period of the varieties Durdona, Vostorg, Starshina, Kamol, Sila, Ayvina, Nikifor//Kroshka, Kasiet, Adyr, Vlada, obtained from Central Asian and Kyrgyz soft wheat germplasm grown in the Khorezm region, such as total water content, transpiration rate, and water retention, and analyzes their relationship with the ecological adaptability of the plant. Key words: mesophyll, transpiration, grain yield, water balance, flag leaf, photosynthesis, stress, mineral matter, arid conditions. Kirish. Suv oʻsimlik toʻqimalarining 80-85 % ni tashkil etib, ildiz xujayralaridan tortib barg mezofil xujayralarigacha suv bilan ta’minlaydi. Oʻsimlikning moddalar almashinuvida va xujayraning turgor holatini yaxshilash uchun suvning yuqori darajada toʻyinganligini talab etadi [11]. Oʻsimlik toʻqimalarida suv miqdorining oʻzgarishi odatda barglarning holati bilan kuzatiladi [5]. Transpiratsiya - oʻsimlikning yer ustki organlari orqali suvni bugʻlatishi boʻlib, uning belgilovchi omillardan biri bargdagi ogʻizchalar soni, harorat, oʻsimlik turi va yashash sharoitlariga va boshqa omillarga bogʻliq [3]. Odatda, qishloq xoʻjaligi soxasida “suvdan foydalanish samaradorligi” atamasi don hosildorligi va suvni oʻzlashtirish jarayonida olingan suv miqdori oʻrtasidagi nisbat sifatida aniqlanadi [6,10], ya’ni evapotranspiratsiya, bu ekin transpiratsiyasi va bugʻlanish natijasida yoʻqotiladigan suvdan iborat. Ushbu ta’rif shuni koʻrsatadiki, ekish muddatini oʻzgartirish, begona oʻtlarga qarshi kurashish va koʻchat qalinligini optimallashtirish kabi samarali qishloq xoʻjaligi amaliyoti [8] orqali suvdan samarali foydalanishni takomillashtirish mumkin. Ushbu “suvdan foydalanish samaradorligi” atamasi
276 koʻpincha transpiratsiya darajasidagi suv unumdorligini tavsiflash uchun ishlatiladi. Oʻrta gʻarbda Slattery va boshqa olimlar hosildorlikni pasayish sabablarini oʻrganish jarayonida aynan changlanish va don toʻlishish davrida yuqori harorat va suv tanqisligi stressi birgalikda kelib hosilni yildan yilga pasayishiga ta’sir etish sababani tushuntirib berishgan. Ushbu stresslarga javob beradigan barg tarkibidagi murakkab fermentlar rubisko, rubisko aktivaza (Rca) va fosforibulokinaza faolligi yorugʻlikni oʻzgarishiga javoban oʻzgarganligi kuzatilgan [7]. Suv balansi oʻsimlikning qurgʻoqchilikka chidamliligini va umumiy hosildorlik salohiyatini belgilovchi muhim fiziologik omildir. Tadqiqot obyekti va uslublari. Tadqiqotlar Xorazm viloyati Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm tajriba stansiyasining dalasida olib borildi. Tadqiqot obyekti sifatida yumshoq bugʻdoy (Triticum aestivum L) ning turli genetik kelib chiqishga ega boʻlgan kolleksiya namunalari olindi. Tadqiqotda jami 10 ta yumshoq bugʻdoy namunalaridan foydalanildi. Ushbu namunalar Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Meksika, Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston seleksiyasiga mansub bugʻdoy navlaridan foydalanildi. Ushbu kolleksiya namunalari turli tuproq-iqlim sharoitlariga moslashgan boʻlib, ularning genetik xilma-xilligi tadqiqotda genotip muhit oʻzaro ta’sirini oʻrganish va mahalliy sharoitga mos, istiqbolli genotiplarni ajratib olish uchun keng imkoniyat yaratadi. Bargning umumiy suv miqdori (BUSM) barg namunasini termostatda +100 OC haroratda doimiy ogʻirlikkacha quritish yoʻli bilan aniqlandi [9]. Transpiratsiya jadalligi aniqlash L. A Ivanov uslubi yordamida (H2O/ 1 g nam barg x 1 soat) 1m2 barg sathidan 1 soat davomida bugʻlangan suv miqdori hisoblab topildi [1]. Bargning suv ushlash xususiyati aniqlash A. A. Nichiporovich uslubi boʻyicha boshlangʻich barg ogʻirligi bilan 2 soatdan keyin qolgan suv miqdoriga nisbati boʻyicha hisoblab topildi [3]. Natijalar va muhokama. Tadqiqotlarimizda suv balansi koʻrsatkichlarini don toʻlishish davrida bayroq bargdan tahlillar olib tadqiqot oʻtkazildi. Buning sababi bayroq barg hosildorlik uchun asosiy morfofiziologik koʻrsatkich boʻlib, don toʻlishishida muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga fotosintez natijasida donda toʻplanadigan organik moddalar asosan birinchi bayroq barg, yuqoridan ikkinchi va uchinchi barglarda sintez boʻladi. Tahlillarga koʻra, bugʻdoy navlarining bargdagi umumiy suv miqdori oʻrtacha 72,4±4,3 % ni tashkil etgan. Navlarning suv balansi boʻyicha farqlari sezilarli boʻlib, bu ularning suv rejimiga moslashuvidagi genetik xilma-xillikdan dalolat beradi.
277 Navlar oʻrtasida eng yuqori koʻrsatkich Adyr navida 77,9±4,49 % va Sila 77,6±2,42 % navlari tashkil etdi. Shunga mos ravishda Kamol 76,6±4,43 %, Durdona 75,5±6,10 % va Nikifor//Kroshka 75,8±4,15 % navlari ham bargdagi yuqori suv miqdoriga ega boʻlganligi aniqlandi. Bu yuqori koʻrsatkichlar navlarning normal sharoitda suvni samarali oʻzlashtira olishini koʻrsatadi. Eng past koʻrsatkich Vlada navida 44,9±5,47 % qayd etilgan. Oʻrganilayotgan navlarning transpiratsiya jadalligi boʻyicha olingan ma’lumotlar shuni koʻrsatdiki, navlar oʻrtasida bu koʻrsatkich boʻyicha sezilarli farqlar mavjud. Transpiratsiya jadalligi oʻsimlikning suvdan foydalanish samaradorligini va issiqlikka chidamliligini aks ettiradi. Ya’ni oʻsimlik, harorat yuqori boʻlganda ildiz orqali suvni oʻzlashtirib toʻqimalarni sovutib turish xususiyatini ham boshqaradi. Transpiratsiya jaldigi boʻyicha navlarning oʻrtacha koʻrsatkichi 216±20,7 mg/g boʻlib. Oʻrtachadan yuqori koʻrsatkich Vostorg (280±25,3) va Durdona (258±31,24) navlarida qayd etildi. Bu navlarning suvni faol bugʻlatishi ularning fotosintez jarayoni yuqori ekanligini yoki stress sharoitiga moslashuv mexanizmining bir qismi ekanligini bildirishi mumkin. Kamol 242±27,89 va Sila 240±23,42 navlari esa oʻrtacha natija kuzatildi. Bu koʻrsatkichlar oʻrtacha qiymat (216±20,7) ga yaqin boʻlib, ushbu navlarning suv iste’moli oʻrtacha darajada ekanligini koʻrsatadi. Past transpiratsiya jadalligi Ayvina (160±12,31), Adyr (160±19,25) va Vlada (160±8,90) navlarida kuzatildi. 1-jadval Navlarning suv balansi koʻrsatchkichlari T/r Navlar Bargning umumiy suv miqdori, % Transpiratsiya jadalligi, mg H2O/ 1 g nam barg x 1 soat Bayroq bargning suv tutish xususiyati, % Hosildorlik, m2/g Xlorofill mg/g 1 Durdona 75,5±6,10 258±31,24 55,3±0,05 389,5±5,5 54,7±0,35 2 Vostorg 73,8±4,99 280±25,3 48,5±0,11 441,0±8,0 56,5±0,32 3 Starshina 74,4±0,94 260±21,14 22,7±0,09 265,0±4,0 53,9±0,30 4 Kamol 76,6±4,43 242±27,89 52,2±0,23 420,0±2,0 57,8±0,95 5 Sila 77,6±2,42 240±23,42 65,4±0,08 572,5±5,5 58,5±0,92 6 Ayvina 74,2±7,95 160±12,31 44,7±0,07 370,0±4,0 54,2±0,23 7 Nikifor//Kroshka 75,8±4,15 220±29,65 60,3±0,08 543,0±6,0 59,9±1,13 8 Kasiet 74,2±2,10 180±7,94 38,9±0,02 349,0±2,0 55,2±0,26 9 Adyr 77,9±4,49 160±19,25 59,2±0,07 421,0±3,0 55,5±0,26 10 Vlada 44,9±5,47 160±8,90 38,7±0,06 335,0±6,0 56,1±0,44 11 Oʻrtacha qiymat 72,4±4,3 216±20,7 48,5±0,08 410,5±3,4 56,2±0,51
278 Bayroq bargning suv tutish xususiyati boʻyicha navlarning oʻrtacha koʻrsatkichi 48,5±0,08 % ni tashkil etdi. Oʻrtachadan yuqori natija koʻrsatgan Sila navi eng yaxshi suv tutish qobiliyatini namoyish etdi (65,4±0,08 %). Nikifor//Kroshka (60,3±0,08 %) va Adyr (59,2±0,07 %) navlari ham yuqori natijalarga erishdi. Oʻrtacha suv tutish qobiliyati Durdona navida 55,3±0,05% ni tashkil etdi, bu oʻrtacha qiymat (48,5±0,08 %) dan yuqori. Kamol navining koʻrsatkichi esa 52,2±0,23 % ga teng boʻldi. Eng past suv tutish qobiliyati Starshina (22,7±0,09 %), Vlada (38,7±0,06 %) va Kasiet (38,9±0,02 %) navlarida suv tutish qobiliyati eng past darajada qayd etildi. Bu ularning suv stressiga nisbatan sezuvchanroq ekanligini koʻrsatishi mumkin. Suv balansi boʻyicha belgilar oʻrtasida Sila navi yuqori umumiy suv miqdori (77,6 %) va yuqori suv tutish xususiyati (65,4 %) bilan ajralib turadi. Transpiratsiya jadalligi (240 mg/g) ham nisbatan yuqori boʻlib, suv rejimini juda yaxshi boshqara olishini va suv stressiga chidamliligi yuqori ekanligini koʻrsatadi. Keyingi natija Adyr navi eng yuqori umumiy suv miqdoriga (77,9 %) ega boʻlgan holda, suv tutish xususiyati (59,2 %) ham nisbatan yuqori. Ammo transpiratsiya tezligi past (160 mg/g) boʻlganligi aniqlandi. Bu uning suvni tejamkorlik bilan ishlatishini va qurgʻoqchil sharoitlarga moslashganligini koʻrsatadi. Ammo tuproqdagi mineral moddalar asosan suv bilan oʻsimlik tanasi orqali koʻtarilib, organik moddalar hosil boʻlishida oʻsimlik uchun zarur hisoblanadi. Transpiratsiya jadaligini pastligi nisbatan hosildorlikka ham ta’sir etganligi qayd etildi. Eng past natija Vlada navida kuzatilib, umumiy suv miqdoriga (44,9 %), transpiratsiya tezligi pastligi (160 mg/g) hosildorlikga ham ta’sir etganligi qayd etildi. Vostorg va Durdona navlari yuqori transpiratsiya tezligi kuzatilgan. Bu ularning suvni faol bugʻlatib, fotosintez uchun sharoit yaratishini koʻrsatadi, lekin suv cheklangan holatlarda hosildorlik keskin tushib ketishi mumkin. Foydalangan adabiyotlar roʻyxati. 1. Иванов Л. А, О методе быстрого взвешивания для определения транспирации в естественных условиях / Иванов Л, А,, Силина А, А,, Ю, Л, Цельникер // Ботанический журнал, - 1950, - Т, 35, - № 2, - С, 171-185. 2. Kirkegaard J. A, Hunt JR. Increasing productivity by matching farming system management and genotype in water-limited environments. J Exp Bot. 2010;61(15):4129-43. 3. Ничипорович, А. А, О потере воды срезанными растениями в процессе завядания, // Журн, опытной агрономии ЮгоВостока, - 1926 - Т, 3, Вып, 1, - С,76-78. 4. Moritz A, Eckert A, Vukasovic S, Snowdon R, Stahl A. Physiological phenotyping of transpiration response to vapour pressure deficit in wheat. BMC plant biology. 2024 Oct 30;24(1):1032. 5. Sinclair TR, Devi J, Shekoofa A, Choudhary S, Sadok W, Vadez V, et al. Limitedtranspiration response to high vapor pressure deficit in crop species. Plant Sci. 2017;260:10918.
279 6. Sinclair TR. Effective water use required for improving crop growth rather than transpiration efficiency. Front Plant Sci. 2018;9:1442. 7. Slattery R. A., Walker B. J., Weber A. P. The impacts of fluctuating light on crop performance. //Plant Physiol. 2018. V. 176 № 2, - P. 990-1003. 8. Calvo-Polanco M, Ribeyre Z, Dauzat M, Reyt G, Hidalgo-Shrestha C, Diehl P, et al. Physiological roles of Casparian strips and suberin in the transport of water and solutes. New Phytol. 2021;232(6):2295-307. 9. Третьяков Н. Н., Карнаухова Т. В., Паничкин Л. А, Практикум по физиологии растений, - Москва: Колосc, 2005, - 400 с. 10. Vadez V, Kholova J, Medina S, Kakkera A, Anderberg H. Transpiration efficiency: new insights into an old story. J Exp Bot. 2014;65(21):6141-53. 11. Witcombe J. R, Hollington P. A, Howard C. J, Reader K. A. Breeding for abiotic stresses for sustainable agriculture // Philos Trans R Soc Lonf B Biol SCi. 2008. V. 363, - P. 703-716.