XORAZM VILOYATI CHOʻL OʻSIMLIKLAR HALOXYLON VA TAMARIX ZARARKUNANDALARINING TROFIK XUSUSIYATLARI
Full text
280 XORAZM VILOYATI CHOʻL OʻSIMLIKLAR HALOXYLON VA TAMARIX ZARARKUNANDALARINING TROFIK XUSUSIYATLARI Aminov M.R. Хорезмская Академия Маъмуна, Хива Sultanbaeva J.A. Каракалпакский институт сельского хозяйства и агротехнологии, Нукус DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17752075 Annotatsiya. Ushbu maqolada Qoraqum cho'llarida saksovul entomofaunasining 7 turkum 55 oila 232 avlodga mansub 408 turi hamda Tamarix oʻsimliklarida aniqlangan 181 turdagi zararkunandalar oʻsimlikning turli a’zolariga zarar keltirishi to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan. Kalit so’zlar: bioekologik, qoraqum, entomofauna, ekotizim, Tamarix, Haloxylon. Annotation. This article presents information on the damage caused to various plant organs by 408 species of saxaul entomofauna belonging to 7 orders, 55 families, and 232 genera, as well as 181 species of pests identified in Tamarix plants in the Karakum desert. Keywords. bioecological, karaqum, entomofauna, ecosystem, Tamarix, Haloxylon. Bugungi kunda dunyoda global iqlim oʻzgarishi, inson omillarining atrofmuhitga salbiy ta’siri, choʻllanishning ortishi va tuproq degradatsiyasi hayvonlar, jumladan, hasharot turlari xilma-xilligiga salbiy ta’sir koʻrsatmoqda. Bu holat, ayniqsa soʻngi yillarda tabbiy va suniy ekotizimlardagi yovvoyi va madaniy oʻsimliklar holatiga jiddiy zarar yetkazuvchi zararkunanda hasharotlar sonining va miqdorining keskin oshishiga olib kelmoqda. Shu bois, tabiiy va kuchli oʻzlashtirilgan hududlardagi hasharotlarni inventarizatsiyalash, faunasining shakillanishini aniqlash, zararli turlarining oʻzgargan suniy ekotizimlarga moslashuvchanligini baholash dolzarb ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi [4, 5] Respublikamizda keyingi yillarda Orol boʻyi hududida dengizning qurigan tubida hayotni qayta tiklash, yashil makon barpo etish, bioxilmaxillikni bosqichma bosqich qayta tiklash, hasharotlarning tur tarkibini aniqlash, zararkunanda fitofaglarni biologik va ekologik xususiyatlarini oʻrganishga alohida e’tibor qaratildi [1,2]. Bu borada, jumladan, qurgʻochilik iqlim sharoitida respublikamizning Orolboʻyi hududi entomofaunasi aniqlandi, kam sonli turlari muhofazaga olindi, zararli turlariga qarshi ekologik bezarar kurash choralari takomillashtirildi. Mazkur vazifalarni amalga oshirishda, jumladan Janubiy Orolboʻyi hududlaridagi tuproq usti va osti hasharotlarining zamonaviy holatini aniqlash, turli biotoplardagi tarqalishini va ekologik xususiyatlarini ochib berish, ekologik-trofik aloqalari va bioekologik xususiyatlarini oʻrganish, aniqlangan turlarining iqtisodiy va ekologik ahamiyatini hisobga olgan holda qiyosiy tahlil qilish bugungi kunning dolzarb vazifalardan
281 hisoblanadi. Qoraqum choʻlining oʻsimlik qoplami 900 ga yaqin yuksak oʻsimliklardan iborat. Bulardan asosan saksovul keng tarqalgan. Qoraqum choʻlidagi eng katta maydonlarni buta va yarim buta oʻsimliklari va egallaydi. Qoraqum iqlimi odatda choʻl iqlimi boʻlib, namlik kam uchraydi, bugʻlanish yogʻingarchilikdan sezilarli darajada oshadi. Hayvonlardan psammofil turlari ustunlik qiladi [1, 2, 3]. Soʻnggi yarim asrda Orol dengizining qurib ketishi bilan butun Orolboʻyining tabiiy muhitida sezilarli ta’sir koʻrsatdi. Choʻllanishining kuchayishi, Orol dengizining qisqarishi, ekologik vaziyatning izdan chiqarishiga sabab boʻldi. Bu esa oʻz navbatida ushbu mintaqada fauna va flora tur tarkibini oʻrganish, zararli fitofaglarni aniqlash olimlar oldiga yanada ma’suliyatli vazifani qoʻymoqda. Tadqiqotlarimiz choʻllanish jarayonida mintaqa entomofaunasi hayotida sodir boʻlgan oʻzgarishlarni oʻrganib, hozirgi tarqalishi, turlar soni, koʻpayishi va yangi turlarini baholashga qaratilgan. Saksovul entomofaunasi tur tarkibi, bioekologik xususiyatlari, mavsumiy soni dinamikasini oʻrganish ishlari boʻyicha tadqiqotlarimiz 2022-2025 yillari Xorazm viloyatining Qoraqum cho’lida statsionar va marshrut tadqiqotlar asosida amalga oshirildi. Tadqiqotlarimiz natijasida: 7 turkum 55 oila 232 avlodga mansub 408 tur: Blattodea turkumi – 4, Coleoptera turkumi – 195, Diptera turkumi – 54, Hemiptera turkumi – 48, Lepidoptera turkumi – 61, Orthoptera – 45, Thysanoptera – 1 tur roʻyxatga olindi. Hasharotlarning oʻsimliklar bilan trofik aloqasini oʻrganishda ular ommaviy turlar, tasodifiy turlar, ikkinch darajali turlar va uchinchi darajali turlar aniqlanib, 69 tur hasharot tasodifiy turlar, 65 tur ikkinch darajali turlar va 240 tur uchinchi darajali va 33 tur ommaviy turlar sifatida tasniflangan. Olib borilgan tadqiqotlarimiziga koʻra, Saksovul (Haloxylon) oʻsimliklarida aniqlangan 407 turdagi zararkunandalar oʻsimlikning turli a’zolariga zarar keltirishi aniqlandi, bunda 10 tur zararkunanda (2,5%) novdalarda, 50 ta turi ildizda (12,3%), 12 ta turi shoxalarda (2,9%), 70 ta turi kurtakda (17,2%), 108 ta turi bargda (26,5%) va qolgan 157 (38,6%) turi aralash holda oʻsimlik a’zolarida oziqlanib zarar yetkazishi qayd etildi (1-rasm).
282 1-rasm. Qoraqum sharoitida Saksovul (Haloxylon) zararkunandalari trofik munosabati Shuningdek biz tadqiqotlarimizda Tamarix entomofaunasi tur tarkibi, bioekologik xususiyatlari, mavsumiy soni dinamikasini oʻrganish ishlari boʻyicha tadqiqotlarimiz 2022-2025 yillari Xorazm viloyatining Qoraqum cho’lida statsionar va marshrut tadqiqotlar asosida amalga oshirildi (8-Ilovaga qarang). Olib borilgan tadqiqotlarimiziga koʻra, Yulgʻun (Tamarix) oʻsimliklarida aniqlangan 181 turdagi zararkunandalar oʻsimlikning turli a’zolariga zarar keltirishi aniqlandi, bunda 36 tur zararkunanda (19,8%) novdalarda, 11 ta turi ildizda (6,1%), 6 ta turi shoxalarda (3,3%), 1 ta turi poyada (0,6%), 50 ta turi bargda (27,6%), 4 tur zararkunanda (2,2%) kurtaklarda, 3 tur zararkunanda (1,7%) mevalarda, 4 tur zararkunanda (2,2%) gullarda va qolgan 66 (36,5%) turi aralash holda oʻzimlik a’zolarida oziqlanib zarar yetkazishi qayd etildi (2-rasm).
283 2-rasm. Qoraqolpogʻiston sharoitida Yulgʻun (Tamarix) zararkunandalari trofik munosabati Choʻl ekotizimidagi hasharotlarning saksovul (Haloxylon) ga boʻlgan trofik aloqasi oʻrganilganda, saksovulning yer ustki qismlari bilan oziqlanadigan turlar soni 340 ta (83,5%), yer ostki qismi ildiz bilan oziqlanadigan turlar soni 67 ta (16,5%) tur ekanligi aniqlangan. Shulardan 10 tur zararkunanda sifatida (2,5%) novdalarda, 50 ta turi ildizda (12,3%), 12 ta turi shoxalarda (2,9%), 70 ta turi kurtakda (17,2%), 108 ta turi bargda (26,5%) va qolgan 157 (38,6%) turi aralash holda oʻsimlik a’zolarida oziqlanib zarar yetkazishi belgilab berildi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Кулумбетова Т.Т. Насекомые Южного Приаралья (часть 4) // Вестник ККО АНРУз.-1999.- №1.-С. 62-69. 2. Реймов Р., Алейникова Э., Мамбетуллаева С. Некоторые аспекты развития экологических исследований в Южном Приаралье // Журнал. Вестник ККО АН Руз. – Нукус, 1998. -№6. – С. -13. 3. Столяров М.В. Видовой состав прямокрылых (Orthoptera) Каракалпакии и некоторые особенности из экологического распределения // Зоологический журнал.-1966.-Т.-45.-№7. С. 1017-1022. 4. Торениязова Л.Е. Влияние элементов биотических и абиотических факторов на развитие насекомых в агробиоценозе Каракалпакстана. // Вестник Каракалпакского отделения Академии наук Республики Узбекистан. –Нукус, 2019. -№2. –С. 21-23. 5. Туремуратов У.Т. Растительный покров северо-западных Кызылкумов. Издательство «ФАН», 1978, 276 с