scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QISHLOQ AHOLI PUNKTLARINING BOSH REJALARINI (YER TUZISH LOYIHALARINI) ISHLAB CHIQISH

Eshnazarov Doniyor Baxromaliyevich; Qosimov Bobomurod Begmat o'g'li

Full text

321 QISHLOQ AHOLI PUNKTLARINING BOSH REJALARINI (YER TUZISH LOYIHALARINI) ISHLAB CHIQISH Eshnazarov Doniyor Baxromaliyevich “O‘zdavyerloyiha” DILI t.f.f.d.(PHD) K. i.x Qosimov Bobomurod Begmat o‘g‘li “O‘zdavyerloyiha” DILI Mustaqil izlanuvchi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17752340 Annotatsiya: Ushbu maqolada qishloq aholi punktlarining bosh rejalarini (yer tuzish loyihasi) ishlab chiqish jarayoni tahlil qilinadi. Mavjud holat, muammolar va ularni hal etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Bosh reja (yer tuzish loyihasi) ishlab chiqishning ilmiy-uslubiy asoslari, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlari va bu orqali qishloq hududlarining barqaror rivojlanishini ta’minlash yo‘llari bayon etiladi. Kalit so‘zlar: bosh reja, yer tuzish loyiha, qishloq aholi punktlari, hududiy rejalashtirish, barqaror rivojlanish, yer resurslari. Annotation: This article analyzes the process of developing master plans (land management projects) for rural settlements. The current situation, existing problems, and possible solutions are examined. The scientific and methodological foundations of master plan (land management project) development, opportunities for applying modern technologies, and ways to ensure the sustainable development of rural areas through these approaches are described. Keywords: master plan, land management project, rural settlements, territorial planning, sustainable development, land resources. Kirish: Bugungi kunda jahonda qishloq aholi punktlarining fazoviy tuzilmalarini optimallashtirish qishloq yerlaridan foydalanishning tarkibiy muammolarini hal qilish va qishloq rivojlanishining turli elementlarini birlashtirishga samarali yondashuvlar optimallashtirish strategiyalari aholi punktlarining joylashuvi, tabiiy geografik muhit va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish alohida e’tibo qaratilmoqda. Bu borada, O‘zbekiston Respublikasida ham qishloq hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, qishloq aholi punktlarining zamonaviy talablarga javob beruvchi bosh rejalar (yer tuzish loyihasi) asosida rivojlantirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bosh reja yoki yer tuzish loyihasi - bu hududiy rejalashtirishning asosiy hujjati bo‘lib, qishloq infratuzilmasini tashkil etish, yer resurslaridan oqilona foydalanish, aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Tadqiqot ishlarini Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida agrar salohiyati yuqori bo‘lgan hududlaridan biri sifatida qishloq aholi punktlarining rejalashtirilishida alohida e’tiborni talab qiladi. Shu sababli, mazkur maqolada ushbu tuman misolida bosh reja ishlab chiqish usullarini takomillashtirish zarurati borligini ko‘rsatdi. 322 Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Mavzu yuzasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2022-yil 10-iyundagi “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-277-son qarori [1], O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-fevraldagi “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda ularning natijalarini chop etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 50-son qaroridan [2], O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-martdagi “Qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi tumanlarning 2025-2030 yillarga mo‘ljallangan yer tuzish chizmalarini ishlab chiqish to‘g‘risida”gi 111-son qarori [3] hamda internet manbalaridan foydalanildi. Qishloq aholi punktlarining bosh rejasi, mohiyati va ahamiyati. Yer-qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, iqtisodiyotni rivojlantirish tabiiy va iqtisodiy omillarining asosiy qismi hisoblanadi. Yerdan oqilona va samarali foydalanishning ahamiyati hozirgi yerlarni isloh qilish, yerlarni bozor aktiviga aylantirish jarayonlarida o‘lchab bo‘lmaydigan darajada oshdi, bu esa aholining ishlab chiqarish sohasini, uning ko‘lami va sur’atini kengaytirish asosida moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Shu sababli, Yergamamlakatning milliy boyligiga ehtiyotkorona va oqilona munosabatda bo‘lish masalalari doimo xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari mutaxassislarining diqqat markazida bo‘lishi kerak. Bugungi kunda yerlardan, ayniqsa, sug‘oriladigan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish muammosi ko‘p qirrali masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ushbu muammolarni amaliy hal qilish, eng avvalo, majmuali yondashuvni talab qiladi [4]. Qashqadaryo viloyatida 900 dan ortiq qishloq aholi punktlari mavjud bo‘lib, shundan Kasbi tumanida 46 ta qishloq aholi punktlari mavjud. Ularning aksariyati sobiq sovet davrida shakllangan rejalar asosida rivojlangan. Bugungi kundagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar esa yangi yondashuvlarni talab qilmoqda [5]. 323 1-jadval O‘zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga o‘tishi xalq xo‘jaligida iqtisodiy islohatlarni amalga oshirilayotganligi, o‘z navbatida, uning asosiy milliy boyligi hisoblangan yer resurslaridan oqilona hamda samarali foydalanish 324 zaruriyatini tug‘diradi. Bu esa, o‘z navbatida, yer tuzish ishlarining asosiy turlaridan hisoblangan istiqbolga mo‘ljallangan tuman yer tuzish chizmalarini ishlab chiqish vazifalarini qo‘yadi. Strategik jihatdan olib qaraganda, mazkur chora-tadbirlar milliy isqtisodiyotning “yashil o‘sish”, “oziq-ovqat xavfsizligi” va “regional rivojlanish muvozanati” tamoyillariga mos ravishda amalga oshirilmoqda. Bu esa Kasbi tumanini nafaqat Qashqadaryo viloyatini, balki mamlakat miqyosida ham ilg‘or agrar-industrial markaz sifatida shakllantirishiga xizmat qiladi [5]. Mavjud muammolar. Kasbi tumanida qishloq aholi punktlarining bosh rejalarini ishlab chiqishda quyidagi muammolar kuzatiladi: Qishloq aholi punkt yerlarida bosh reja (yer tuzish loyihasi) mavjud emasligi sababli yerlardan aholi tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari ko‘pligi; − Hududiy rivojlanish prognozlarining yetarlicha inobatga olinmasligi; − Geografik, iqlimiy va geologik omillar yetarlicha tahlil qilinmasligi; − Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yetarli qo‘llanilmasligi; − Aholining fikri va ishtirokining past darajada bo‘lishi. Shuningdek, yer resurslaridan noto‘g‘ri foydalanish, suv ta’minoti, yo‘l va transport tizimlarining zaifligi kabi muammolar ham bosh reja (yer tuzish loyihasi) ishlab chiqish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Takomillashtirish yo‘llari. Qishloq aholi punktlarining bosh rejalarini(yer tuzish loyihalarini) takomillashtirish uchun quyidagi yondashuvlar zarur: Geoinformatsion tizimlardan (GIS) foydalanish: GIS texnologiyalari yordamida yer tuzilmasi, infratuzilma va tabiiy resurslar haqida aniqlik kiritilgan ma’lumotlar olish mumkin. Modellashtirish va ssenariy tahlillari: Hududiy rivojlanishning turli variantlari oldindan tahlil qilinib, eng maqbul variant tanlanadi. Jamoatchilik ishtirokini ta’minlash: Qishloq aholisi, mahalla faollari va mutaxassislarning fikrlari hisobga olinib, reja yanada aniq va hayotga yaqin bo‘ladi. Ekologik yondashuv: Rejalashtirishda ekologik xavfsizlik, yashil zonalarni ko‘paytirish va suv resurslarini muhofaza qilishga e’tibor qaratilishi kerak. Transport va kommunikatsiya tizimini optimallashtirish: Har bir bosh reja yoki yer tuzish loyihasi doirasida aholi harakati, xizmatlar bilan qamrab olinishi va transport tarmog‘ining holati chuqur o‘rganilishi zarur. 325 Taklif va tavsiyalar. Tumanda mavjud sharoitlarni inobatga olib, quyidagi takliflar ilgari suriladi: Har bir tumandagi yirik qishloq aholi punktlari uchun individual yondashuv asosida zamonaviy bosh rejalar yoki yer tuzish loyihasi ishlab chiqish; Suv tanqisligi muammosini hisobga olgan holda irrigatsion tizimlarni ham bosh rejaga kiritish; Yangi uy-joylar qurishda seysmik xavfsizlik, energiya tejamkorlik tamoyillariga amal qilish; Aholining bandligini oshirish uchun sanoat va servis zonalarini rejalashtirish; Ta’lim, sog‘liqni saqlash, savdo xizmatlari infratuzilmasini rejalashtirishda aholi soni va demografik prognozlarni hisobga olish. Xulosa. Kasbi tumanida qishloq aholi punktlarining bosh rejalarini, yer tuzish loyihalarini ishlab chiqish jarayonida zamonaviy yondashuvlar va texnologiyalarni qo‘llash orqali rejalashtirish sifati va samaradorligini oshirish mumkin. GIS texnologiyalari, modellashtirish usullari, ekologik tahlil va jamoatchilik ishtiroki asosida ishlab chiqilgan bosh rejalar nafaqat hududning joriy holatini inobatga oladi, balki uning uzoq muddatli rivojlanishini ta’minlaydi. Qishloq joylardagi barqaror rivojlanish bosh rejaning puxta va asosli tuzilishiga bog‘liq. Shu sababli, davlat va mahalliy boshqaruv organlari ushbu jarayonga jiddiy e’tibor qaratishi, mutaxassislarni tayyorlash va texnologik salohiyatni oshirish borasida zarur choralarni ko‘rishlari lozim. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2022-yil 10-iyundagi “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-277-son qarori. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-fevraldagi “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda ularning natijalarini chop etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 50-son qarori. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-martdagi “Qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi tumanlarning 2025-2030 yillarga mo‘ljallangan yer tuzish chizmalarini ishlab chiqish to‘g‘risida”gi 111-son qarori. 4. Mirzaabdullayeva M. R. Muqumov A. M. Hamidov F. R. Uzakova G. Sh. Yer huquqi darslik Toshkent-2020. 5. “O‘zdavyerloyiha” DILI “Qashvilyerloyiha” bo‘linmasi ma’lumotlari.