scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TERMITLARNING BOSHQA ORGANIZMLAR BILAN SIMBIOTIK MUNOSABATLARI

Haytboyeva S.O.

Full text

336 TERMITLARNING BOSHQA ORGANIZMLAR BILAN SIMBIOTIK MUNOSABATLARI Haytboyeva S.O. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus, O’zbekiston. DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17752395 Аnnotatsiya: Maqolada termitlarning hayot tarzi, jamoa tuuzilishi, tarkibi oziqlanishi va boshqa organizmlar bilan simbioz munosabatlari haqida ma’lumotlar berilgan. Termitlar tabiatda organik moddalarni parchalaydiganva tuproq unumdorligini oshiradigan muhim organizmlar hisoblanadiva boshqa organizmlar zambrug’lar, azotabakter bakteriyalar, bazilari inlarida akaralar va qo’ng’iz lichinkalari bilan simbioz yashaydi. Bunday simbiozning termitlar uchun ahamiyati katta. Kalit so’zlar: Termitlar, hasharot, jamoa, yog’och, mikroorganizm, simbioz, parazitizm, kommensalizm, Treponema, Azotobacter. Abstract: The article provides information about the lifestyle of termites, the structure and composition of their colonies, their nutrition, and their symbiotic relationships with other organisms. Termites are important organisms in nature that decompose organic matter and increase soil fertility. They also live in symbiosis with various organisms such as fungi, Azotobacter bacteria, as well as mites and beetle larvae that inhabit their nests. Such symbiosis is highly significant for termites. Keywords: Termites, insect, community, wood, microorganism, symbiosis, parasitism, commensalism, Treponema, Azotobacter. Termitlar (Isoptera turkumi) - ijtimoiy hasharotlar bo‘lib, asosan yog‘och va o‘simlik qoldiqlari bilan oziqlanadi. Ular tabiatda organik moddalarni parchalaydigan va tuproq unumdorligini oshiradigan muhim organizmlar hisoblanadi. Termitlarning yashash jarayoni turli mikroorganizmlar va zamburug‘lar bilan yaqin simbiotik aloqalar asosida kechadi. Ushbu aloqalar termitlar hayotining ajralmas qismi bo‘lib, ularning oziqlanishi, rivojlanishi va ekologik roli bilan bevosita bog‘liqdir. Termitlar (Isoptera) turkumi vakillari tropik iqlimda tarqalgan, jamoa bo'lib yashovchi hasharotlar. Termitlar oilasi murakkab polimorf bo'lib, bir necha xil individlari, ya'ni ishchilari, navkarlari,erkaklari va urg'ochisi bor. Ona termit juda yirik boʻlib, ko'payish vazifasini bajaradi. Erkagi ishchilariga o'xshash, lekin mustaqil oziqlana olmaydi. Oilada juda ko'p (ba'zan bir necha million) ishchilar, bir necha erkagi, ko'plab navkarlari va bitta ona termit bo'ladi. Urg'ochi-ona termit qanotini tashlab yuborgan erkak individlarga o'xshaydi, faqat qorin qismi kengroq tuzilgan. Ishchi termitlar tanasi oq-sariq va yaltiroq, boshi nisbatan yirik, cho'ziq, kulrang-sarg'ish, jag'lari to'q sariq, mo'ylovlari ingichka och-jigarrang, 23-25 bo'g'imli. Oldingi ko'kragi boshidan ko'ra ensiz. O'rta ko'krak qismi va tananing boshqa qismlari oq. Qorin qismi oval shaklda. Kattaligi 10-12 mm. Ishchi termitlar jinsiy voyaga 337 yetmaganurg'ochi yoki erkak individlardan iborat. Ishchi termitlar oilada erkak,navkarlar va urg'ochi,lichinkalarni boqish, in qurish vazifasini bajaradi. Navkarlarining boshi juda yirik,ustki jag'lari kuchli rivojlangan va o'tkir bo'ladi. Rangi to'q yoki och-qizil rangda boʻladi. Navkarlar o'zlari ovqatlana olmaydi, ularni ishchilari oziqlantiradi. Turkiston termiti sharoitga qarab inidan mayning birinchi yarmida uchib chiqadi. Urg'ochisi uchish vaqtida urug'lanadi, so'ngra yana urchish davom etadi. Bular ham yog'och, o't va turli-tuman mahsulot qoldiqlari bilan oziqlanib, qurilishlarga va mahsulotlarga zarar keltiradi. Ularning ichagida o'simlik kletchatkasini o'zlashtirishga yordam beradigan bir hujayrali xivchinlilar simbioz yashaydi. Termitlarning urg'ochisi bir kecha kunduzda 1500-3000 tagacha tuxum qo'yadi. Agar urg'ochisi o'lsa, maxsus tarbiyalangan lichinkalardan yetishgan yosh urg'ochi uning o'rnini egallaydi. Ishchi termitlar jinsiy jihatdan yetilmagan va nasl bermaydigan erkak va urgochilaridir. Vaqti-vaqti bilan katta koloniyadan qanotli erkak va urg'ochilarajralib, yangi-yosh koloniya hosil qiladi. Termitlardan Anacanthotermes avlodiga mansub A.turkestanicus, A.angerianus turlari Oʻrta Osiyoning dasht va sahrolarida, qisman aholi yashaydigan yerlarda tarqalgan. Jumladan, Qoraqalpog’istonning, Qos-ko’l, Samanbay, Sarancha, Qizketgan elati va O’raq balg’a, Kerpich zavod poselkalari va boshqa joylarda uchraydi [1,2]. Biotsenozda hashoratlar orasidagi va boshqa hayvonlar bilan o'zaro munosabatlarini quyidagicha turlarga bo'lish mumkin. Simbioz - o'zaro birgalikta foyda keltirish bilan yashashiga aytiladi. Simbiozning har bitta a'zosiga simbiont deyiladi. Hashoratlarning o'zaro munosabatlarining simbiotik shakllaridan foreziya, mutualizm, kommensalizm, sinoykiya, ijtimoiy simbioz, parazitizm, yirtqichlik kabi ko’rinishi bor [3]. Termitlarning boshqa organizmlar bila simbiozlik aloqalarining bir nechta turlari bor: 1. Ichakdagi mikroorganizmlar bilan simbioz Termitlar yog‘och tarkibidagi sellyuloza bilan oziqlanadi, ammo ularning organizmida sellyulozani parchalovchi fermentlar yo‘q. Shu sababli termitlar ichagida yashovchi flagellatli protozoalar, bakteriyalar va ba’zan zamburug‘lar bilan o‘zaro foydali aloqalar hosil qilgan. Bu mikroorganizmlar sellyulozani parchalaydi va uni termit organizmi oson o‘zlashtira oladigan shaklga aylantiradi. Natijada termitlar yog‘ochdan oziq moddalarni oladi, mikroorganizmlar esa himoyalangan muhitda yashaydi. Bu holat mutualistik simbiozning klassik namunasidir. 2. Zamburug‘lar bilan simbioz 338 Ba’zi yuqori darajadagi termitlar (masalan, Macrotermes, Odontotermes) o‘z inlarida Termitomyces zamburug‘lari bilan simbiozda yashaydi. Termitlar chaynagan, ammo to‘liq hazm qilinmagan o‘simlik qoldiqlarini 'zamburug‘ bog‘lari' deb ataladigan joyga joylashtiradi. Bu joyda zamburug‘lar o‘simlik tolalarini parchalab, oziq moddalarga boy mikoza hosil qiladi. Termitlar keyinchalik shu mikozani iste’mol qiladi. Bunday hamkorlik zamburug‘lar uchun ozuqa va muhit beradi, termitlar uchun esa oson hazm bo‘ladigan oziq manbai yaratadi [4]. 3. Azot fiksatsiyasi bilan bog‘liq simbioz Termitlar asosan uglevodlarga boy, ammo azotga kambag‘al yog‘och bilan oziqlanadi. Shu sababli ularning ichagida azotni fiksatsiya qiluvchi bakteriyalar (masalan, Treponema, Azotobacter turlari) yashaydi. Ular atmosferadagi azotni ammiak va aminokislotalarga aylantirib, termit organizmini azot bilan ta’minlaydi. Bu jarayon termitlarning oziqlanish muvozanatini saqlashda katta ahamiyatga ega. 4. Parazitizm va kommensalizm Termit uyalarida ba’zan boshqa organizmlar - akaralar, qo‘ng‘iz lichinkalari, nematodalar va boshqa hasharotlar yashaydi. Ularning ayrimlari termitlardan oziqlanib, parazit sifatida yashaydi; boshqalari esa termitlar bilan bir muhitda yashab, oziq yoki himoyadan foydalanadi, ammo termitlarga zarar yetkazmaydi (bu kommensalizm hisoblanadi). Bu holatlar termit uyasining murakkab ekologik tizimga ega ekanini ko‘rsatadi. Termitlar va ularning mikroorganizmlar, zamburug‘lar hamda bakteriyalar bilan simbiotik munosabatlari tabiatda moddalar aylanishida muhim o‘rin tutadi. Bu aloqalar natijasida sellyuloza parchalanadi va ekotizimga qayta kiradi, azot aylanishi amalga oshadi, termitlar esa o‘z hayotini davom ettirish uchun zarur oziq moddalarga ega bo‘ladi. Shunday qilib, termitlarning simbiotik tizimi ularning ekologik muvaffaqiyatining asosi hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Khaytboyeva S.O., Abdalyazov N.A., Nurjanov F.A., Nurjanov A.A. Etology of winged forms of the large caspian termite (Anacanthotermes ahngerianus Jacobs.) // Scence and education in Karakalpakstan. – Nukus, 2025. - №1/1(46). - P.44 - 47. 2. Haytboyeva S.O., Abdalyazov N.A., Nurjanov A.A., Begzhanov M.K. Regarding the large caspian termite (Anacanthotermes ahngerianus Aacobs) biological effectiveness of microbiological preparation «OKS» K.S. // Scence and education in Karakalpakstan. – Nukus, 2024. - №4/2(45). - P. 50-55. 3. Dadayev S., Saparov K., Jumanov M. Entomologiya. Qaraqalpog’iston. 2018. - 138-139 b. 4. Cleveland L.R. Symbiosis between termites and their intestinal protozoa. Proceedings of the National Academy of Sciences, 1923. - 9(12). - P. 424-428.