QORAQALPOG'ISTON SHAROITIDA SIGIRQUYRUQ (VERBASCUM THAPSUS) O'SIMLIGINING BIOEKOLOGIYASI, YETISHTIRISH USULLARI
Full text
356 QORAQALPOG'ISTON SHAROITIDA SIGIRQUYRUQ (VERBASCUM THAPSUS) O’SIMLIGINING BIOEKOLOGIYASI, YETISHTIRISH USULLARI Jangabaeva A.S., Jumabaeva A.M. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17752480 Annotatsiya: Sigirquyruq (Verbascum thapsus) o’simligining bioekologiyasi, yetishtirish usullariga oid ma’lumotlar tahlil qilinadi. Sigirquyruq (Verbascum thapsus) — Sigirquyruqdoshlar (Scrophulariaceae) oilasiga mansub ikki urug'pallali o'simlik. Ko'pchiligi o't va yarimbuta, ayrimlari buta va daraxt (daraxtsimon turlari tropik va subtropik mintaqalarda uchraydi). Kalit so’zlar: Sigirquyruq, Verbascum thapsus, bioekologiyasi, yetishtirish usullari, do’rivorlik xususiyatlari, xalq tabobati. Abstract: Information on the bioecology, methods of cultivation of the cowberry (Verbascum thapsus) plant is analyzed. Sigirquyrug (Verbascum thapsus) is a dioecious plant in the family Sigirquyruq (Scrophulariaceae). Most are grass and hemispheres, with a few shrubs and trees (species of trees are found in tropical and subtropical regions). Key words: Cowtail, Verbascum thapsus, bioecology, cultivation methods, medicinal properties, folk medicine. Sigirquyruq (Verbascum L.) — Sigirquyruqdoshlar (Scrophulariaceae) oilasiga mansub ikki yoki ko‘p yillik o‘simlik turidir. Tabiatda 250 dan ortiq turi mavjud bo‘lib, O‘zbekiston florasida ularning 30 ga yaqin turi uchraydi. Eng ko‘p tarqalgan turlari: oddiy sigirquyruq (Verbascum thapsus L.), katta gulli sigirquyruq (V. densiflorum Bertol.) va kulrang sigirquyruq (V. phlomoides L.) [1]. Sigirquyruq — yorug‘sevar, qurg‘oqchilikka chidamli, sovuqqa bardoshli o‘simlikdir. U asosan tog‘ etaklari, quruq dashtlar, yo‘l chetlari, toshloq joylarda o‘sadi. Iqlim talabi: issiq iqlimni yoqtiradi, -25 °C gacha sovuqqa chidaydi [2]. Namlik:qurg‘oqchilikka yaxshi moslashgan, ammo urug‘ unib chiqishida yetarli namlik talab etadi.Biologik davri: birinchi yili barglar rozetasi hosil qiladi, ikkinchi yili poyasi o‘sib, gullaydi va urug‘ beradi [3]. Shu bois u nafaqat ekologik muhitda tuproqni mustahkamlovchi omil, balki dorivor xususiyatlarga boy muhim o‘simlik hisoblanadi [4]. Mazkur tadqiqotda Sigirquyruq (Verbascum L.) o‘simligining bioekologiyasi yetishtirish usullari ilmiy manbalar asosida o‘rganildi. Avolla, Google, Chrome, YouTube kabi xalqora electron bazalarda Verbascum thapsus kabi kalit so`zlardan foydalanilgan holda chop etilgan maqolalar tahlil qilindi. Shuningdek, sigirquyruq o`simligi O’zbekiston sharoitida o`sib, xalq tabobatida ahamiyati o`rni sezilarli darajada muhimdir.
357 Izlanish natiyjalari shuni ko`rsatadiki, Sigirquyruq (Verbascum L.) o`simligi turli xil sharoyitta, yo`llar boylab, daryo qirg`oqlari boylab, toshli erlarda, Orta Osiyo tog`larining shag`al-toshli qiyaliklarida 2600 m balandlikgacha kutariladi. Balandligi 40-150sm, gultojbarglari sariq, barglari deyarli o`troq yoki qisqa bandli, yoki chozinchoq-lansetsimon, asosida ponasimon toraygan, uzunligi 10-40 sm va 3-11sm. Mevasi kosak, tuximsimon-ellipissimon, tumtoq, bezchali tuklangan. Topguli 20-40 sm uzunlikda, piramidal ro`vak. Natiyjalarga ko`ra sigirquyruq do`rivor maqsadlarda gullashning boshlanishida yig`ilgan gullar ishlatiladi, barglarigullash paytida, ildizlarikuzda bir yoshli o`simliklardan yig`iladi. Tayor xom ashyo yashil kosachabarglarsiz changchili yorqin sariq rangli gultojbarglardan iborat. Hidi kuchsiz, tami shirin. Yig`ilgan xom ashyolarni quritish umumiy qabul qilingan usullar boyicha amalga oshiriladi. Tibiyotda sidik haydovchi, yumshatuvchi, tutqanoqlarga qarshi, terlatuvchi, og`riq qoldiruvchi, yalig`lanishga qarshi, qon qo`xtatuvchi va biriktiruvchi ta`sirga ega. Ushbu tadqiqot natijalariga ko`ra Sigirquyruq (Verbascum L.) turli xil sharoyitda, yo`llar boylab, daryo qirg`oqlari boylab, toshli erlarda o`suvchi o`simliklar sirasiga kirib, ekologik jihatdan moslasuvchi, suvsizlikga shidamli va do`rivor xususiyatga ega o`simlik hisoblanadi. Sigirquyruq do`rivor o`simlik sifatida yetishtiriladi. Uning gullari do`rivor xomashyo hisoblanadi. Urug‘ tayyorlash va ekish: Urug‘lar kuzda yoki erta bahorda ekiladi. Ekish normasi: 4–5 kg/ga. Ekish chuqurligi: 0,5–1,0 sm.Qator orasi: 45–60 sm.Urug‘lar 12–15 °C haroratda 15–20 kunda unib chiqadi.Parvarish ishlari:Nihollar chiqqandan so‘ng siyraklashtiriladi (20–25 sm oraliqda qoldiriladi). Begona o‘tlar muntazam ravishda yo‘qotiladi. Sug‘orish gullash davrigacha 2–3 marta amalga oshiriladi. Fosfor va kaliyli o‘g‘itlar o‘sish davrida beriladi. Hosil do'rivor xomashyo sifatida gullari yig‘iladi. Gullar ertalab, havo quruq paytda qo‘lda uzib olinadi. 40 °C dan oshmagan haroratda, soyada yoki maxsus quritgichlarda quritiladi. Sigirquyruq (Verbascum L.) o’simligi bioekologik va yetishtirish usullariga ko’ra, moslashuvchan, do’rivor xususiyatlari mavjudligi sababli ham agrotexnologiyamizda foydalanib ko’paytirishga zaruriyat talab etadi. Bizning ekologiyalik iqlimimizga mos o`simlik, chuning uchun yetishtirish osan va tabobatda keng qo`llanilib kelyotgan do`rivor o`simliklardan biri bo`lib hisoblanadi. Natijalar shuni ko`rsatadiki, Sigirquyruq gu`llari tarkibida saponinlar, flavonoidlar, efir moylari, shilliq modda va C vitamini mavjud.U do`rivor vosita sifatida yo‘talga qarshi, yallig‘lanishga qarshi, tinchlantiruvchi va balg‘am
358 ko‘chiruvchi xususiyatlari bilan mashhur. Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, Sigirquyruq o‘simligi — qurg‘oqchilik va sovuqqa chidamli, ekologik sharoitga tez moslasha oladigan do`rivor o‘simlikdir. Uning yetishtirish texnologiyasiga rioya qilinsa, yuqori sifatli do`rivor xomashyo va urug‘ olish mumkin. Do`rivor o`simliklar du`konlarida xom ashyo sifatida keng foydalanilib kelinmoqda. O‘zbekiston sharoitida uni tog‘ oldi hududlari va sug‘oriladigan yerlarda muvaffaqiyatli ekish mumkin. Shu bois kelgusida sigirquyruq o`simligining unumdorligini ko`paytirish, iqlim sharoyitiga mos turlarini ekish, dala yerlarda uchraydigan turlarning yetishtirish usullarini amaliyotga tatbiq etish bo`yicha ilmiy izlanishlar do`lzarb ahamiyat kasb etadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: 1. Karimov, A. A. Dorivor o‘simliklar biologiyasi va kimyoviy tarkibi. – Toshkent: “Fan”, 2018. – 210 b. 2. To‘xtasinov, M., & Jo‘rayev, B. O‘simlikshunoslik asoslari. – Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”, 2015. – 320 b. 3. Rasulova, D. “O‘zbekiston florasida uchraydigan Verbascum turkumiga mansub turlar tarqalishi va ekologiyasi” // Biologiya va tibbiyot jurnali. – 2020. – №2. – B. 45–52. 4. Qosimov, S., & Abduvaliyeva, M. Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2021. – 185 b. 5. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi. O‘zbekiston florasi. – Toshkent: “Fan”, 1982. – T. VII. – 270 b. 6. Google, Chrome, YouTube kabi xalqora electron bazalar