TABIIY RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISH VA IXTIOFAUNA BIOXILMA-XILLIGINI SAQLASH RATIONAL USE OF NATURAL RESOURCES AND PRESERVATION OF THE BIODIVERSITY OF THE ICHTHIOFAUNA
Full text
368 TABIIY RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISH VA IXTIOFAUNA BIOXILMA-XILLIGINI SAQLASH RATIONAL USE OF NATURAL RESOURCES AND PRESERVATION OF THE BIODIVERSITY OF THE ICHTHIOFAUNA Jumabayev B.YE. Navoiy davlat universiteti Burieva N.J. Navoiy davlat universiteti Bugenbayeva A.J Navoiy davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17752532 Annotatsiya: Maqolada respublikamizda olib borilgan iqlimlashtirish (baliqlar) ishlari to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Iqlimlashgan va kelgindi turlarning (invaziv) suv havzalarimiz ixtiofaunasiga, baliqchilik xo`jaliklarining samaradorligiga ko‘rsatib kelayotgan ijobiy va salbiy ta’sirlariga oid fikrlar yuritilgan. Kalit suzlar: Iqlimlashtirish, ixtiofauna, invaziv, bioxilma-xillik, o‘simlikxo‘r baliqlar. Abstract: This article provides information on the acclimatization (fish) work carried out in our republic. Opinions are presented on the positive and negative impacts of acclimatized and invasive species on the ichthyofauna of our water bodies and the efficiency of fish farms. Keywords: acclimatization, ichthyofauna, invasive, biodiversity, herbivorous fish. Insonlar uchun modiy va ma’naviy ozuqa beruvchi va shunday ozuqalarni berishga mo‘ljallangan barcha manbalar resurslar hisoblanadi. Tabiiy resurslar biosferadagi muhitni, ekologik muvozanatni ta’minlab beruvchi va tashkil etuvchi muhim komponentlar majmuasidir. Baliqlar ham tabiiy resurslar tarkibiga kiradi, lekin ulardan modiy manba sifatida ho‘jalik maqsadlarida foydalanish yaramaydi, baliqlarga biologik tur deb qarash kerak. Muhofaza qilish chora tadbirlari yetarli darajada olib borilmasa baliq turlarining (endemik) soni kamayib, yuqolish havfi tug‘ilishi mumkin, natijada amaliy hamda nazariy jihatdan boshqa resurs, biologik tur o‘rnini bosa olmaydi yoki almashtirib bo‘lmaydi. Quyida biz baliq resurslaridan oqilona foydalanib, iqlimlashtirish orqali respublikamiz bioxilma-xilligini boyitishga qaratilgan ijobiy va salbiy ishlar to‘g‘risida fikr yuritmoqchimiz. Muhim ovlanish ahamiyatiga ega bo`lgan baliqlarni iqlimlashtirish (akklimitizatsiya) jahon baliqchilida samarali usul deb topilgan.
369 Baliqlarni iqlimlashtirish bubaliqlarning boshqa yashash sharoitlari (iqlim, oziqlanish sharoitlari va boshqalar) bilan farq qiladigan yangi hududlarda yashab, nasl qoldirishga moslashtirish jarayonidir. Iqlimlashtirish ishlari suv havzalari ixtiofaunasining tur tarkibini (muhim ovlanish ahamiyatiga ega bo‘lgan baliqlar) yaxshilash maqsadida o‘tkaziladi, chunki eng yuqori mahsuldorlik suv havzasining turli ekologik zonalarini egallagan har hil turdagi qimmatli baliqlar tomonidan to‘liq foydalanilganda amalga oshadi. O‘rta Osiyo respublikalari suv havzalarida o‘simlikxo‘r baliqlarni iqlimlashtirish ishlari bilan dastlab, qo‘shni Turkmaniston (Aliev, 1961), Qozog‘iston (Goryunova, 1950; Kulenov, 1963) va O‘zbekiston respublikalari (Stepanova, 1955; Komilov, 1960; Ledyaeva, 1966; Komilov va Borisova, 1966; Pavlova, 1968; Nuriev, 1967; Nuriev, Kamilov, Godin, 1969) olimlari ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan [4]. O‘simlikxo‘r baliqlar – oq amur, oq va chipor do‘ngpeshonalarning iqlimlashtirilishi Respublikamizda hovuz baliqchiligining rivojlanishiga katta hissa qo‘shib kelmoqda. Qisqa vaqt ichida bu ikki tur baliq yovvoyi shakldan madaniy shaklga aylandi va ularni sanoat usulida ko‘paytirib, baliqchilik ho‘jaliklarini qimmatli baliq chavoqlari bilan ta’minlashga erishildi. Iqlimlashtirilgan qimmatli baliq turlari O’zbekistonning tabiiy va sun'iy suv havzalariga juda yaxshi moslashib ketib, respublikamiz ixtiofaunasi bioxilmaxilligini ancha boyitdi. Hozirgi vaqtda bu baliqlar daryo, ko’l va suv omborlarimizda ko’plab uchrashi bilan birga baliqchilik ho’jaliklari iqtisodiy samaradorligining oshishiga ham olib keldi. Respublikamiz suv havzalariga muhim ovlanish ahamiyatiga ega bo`lgan baliq chovoqlarini iqlimlashtirish jarayonida, ovlanish ahamiyatiga ega bo`lmagan baliq chovoqlari ham tasodifan kelib qolgan. Bugungi kunda, bu kelgindi turlar (invaziv) suv havzalarimiz ixtiofaunasiga, baliqchilik xo`jaliklarining samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. M.A. Yuldashov va B.G. Kamilovlar [6] ma’lumotlariga ko‘ra, XX asrda respublikzaim suv havzalariga Kaspiy, Qora va Boltiq dengizlari, Kavkaz, Rossiyaning Yevropa qismi, Qirg‘iziston ko‘llari, Qozog‘iston baliq xo‘jaligi va Uzoq Sharq daryolaridan 47 turdagi baliqlar olib kelingan. Shundan 23 tur baliq maqsadli iqlimlashtirilgan bo‘lsa, 24 tur baliq tasodifan kelib qolgan. Uzoq Sharq faunistik kompleksi vakillari yangi suv havzalarida (baliqchilik hovuzlari, yangi suv omborlari, drenaj suvlarini to‘plovchi ko‘llar) yaxshi moslashib,
370 keng tarqaldi va aborigenlarga qaraganda qandaydir ustunlikka ega bo‘lib, bir qator mahalliy mayda baliq turlarini siqib chiqargan [6]. Respublikamiz ixtiofaunasi bioxilma – xilligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelayotgan, tasodifan kelib qolgan baliq turlaridan biri-qirraqorin (Hemiculter leucisculus (Basilewsky, 1855) balig‘idir. Qirraqorin balig‘i 1961 yilda o`txo`r Uzoq Sharq baliqlarini iqlimlashtirish vaqtida tasodifan kelib qolgan. Bu baliq bizning suv havzalarimiz sharoitiga yaxshi moslashib, yildan-yilga ko`payib bordi va hozirgi kunda respublikamiz biologik xilma-xilligiga hamda suv havzalarimiz ixtiofaunasiga katta darajada zarar keltirmoqda [5]. Qirraqorin balig‘i tanasining uzunligi 29 sm, o‘rtacha uzunligi 16,9 sm. Orqasi yashil-kulrang, qorin qismi oq. Orqa suzgich qanotida o‘tkir tikani bor, tomog‘idan anal teshigigacha tangachalar bilan qoplanmagan kil cho‘zilgan. Suvning pH 7,0 va harorati 18 dan 22 °C gacha bo‘lgan chuchuk va sho‘rroq suvlarda yashaydi. Baliqlar oziqa ratsionining asosiy qismini zooplankton, hasharotlar, qisqichbaqasimonlar, suv o‘tlari va detrit tashkil etadi [7]. Bu baliqning tabiiy areali Xitoy, Shimoliy va Janubiy Koreya, Gonkong, Yaponiya, Amur daryosi havzasi va Mongoliya hisoblanadi [8]. Gala bo‘lib yashaydigan bu baliq, suv havzalari ozuqa resurslari kamayishiga sababchi bo‘lib, mahalliy ixtiofaunaga zarar keltirmoqda. Oqsla (Sander lucioperca Linnaeus, 1758) balig`i 1963 yili Ural daryosidan respublikamizdagi Degrez suv omboriga baliqchilik xo`jaliklari uchun kam qimmatli, ovlanish ahamiyatiga ega bo`lmagan baliqlar sonini kamaytirishni nazarda tutgan holda iqlimlashtirilgan [1]. Hozirgi vaqtda respublikamizning barcha suv havzalarida uchraydi va asosiy ovlaniladigan baliq turlarining biri hisoblanadi. 19812023 yillari Aydar-Arnasay ko`llar tizimida ovlangan baliq miqdorining 10,6 foizini [5] tashkil qilgan. Lekin suv havzalarida bu yirtqich baliq soni haddan tashqari ko`payib ketsa, muhim ovlanish ahamiyatiga ega bo`lgan baliq va ularning chovoqlari bilan oziqlanib, baliqchilik xo`jaligiga salbiy ta’sir ko`rsatadi. Shuning uchun suv havzalaridaga oqsla balig`i sonini idora qilib turish lozim. Amur soxta qumbalig‘i (Pseudogogobio rivularis) va amur chebakchasi (Pseudorasbora parva) O‘zbekistonning hamma tekislik suv havzalarida uchraydi [3]. Suv umurtqasizlari va suv o‘simliklari bilan oziqlanadi. Bu baliq ko‘pgina suv havzalaridan turkiston qumbalig‘ini siqib chiqarmoqda. Gambuziya (Gambusia affinis holbrookii (Baird et Girard, 1853)) balig`i vatani Shimoliy Amerika hisoblanadi. O`zbekistonga 1929 yili bezgak kasalligiga
371 qarshi kurashish maqsadida iqlimlashtirilgan edi [2]. Hozirgi vaqtda respublikamizning barcha kichik suv havzalarida, ko`lmak va suvi sekin oqadigan suv havzalarida keng tarqalgan. Yillar davomida gambuziyaning soni va areali kengayb borishi sababli respublikamiz suv havzalaridagi muhim ovlanish ahamiyatiga ega bo`lgan baliqlar chovoqlari bilan oziqlanib, baliqchilik xo`jaliklariga salbiy ta’sir ko`rsatib kelmoqda. Xulosa sifatida shuni ta'kidlab o’tish lozimki, maqsadli ravishda olib borilgan iqlimlashtirish ishlari respublikamiz hududida baliqchilik xo’jaliklarining rivojlanishiga, xalqimizni baliq mahsulotlari bilan ta'minlash masalasini hal qilishda benihoya katta ahamiyatga ega bo’ldi. Lekin, suv havzalarimizga iqlimlashtirish uchun olib kelinayotgan baliq turlari va chavoqlari qattiq nazorat qilinmaganligi tufayli ovlanish ahamiyatiga ega bo’lmagan baliq turlarining kelib qolishiga sabab bo’lgan. Hozirgi vaqtda bunday kelgindi turlar respublikamiz biologik xilmaxilligiga, hamda suv havzalarimiz ixtiofaunasiga salbiy ta'sir ko’rsatib kelmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Аманов А.А., Холматов Н.М., Сибирцева Л.К. Акклиматизированные рыбы водоемов Узбекистана. -Ташкент: Фан, 1990. 2. Богданов О.П. Ўзбекистон ҳайвонлари. -Тошкент: Ўқитувчи, 1983. 3. Мирабдуллаев И.М ва бошқалар. Ўзбекстон ва қўшни худудлар балиқлари аниқлагичи.– Тошкент: “Сано-стандарт” 2011. 108 бет. 4. Нуриев X. Н. Акклиматизированные рыбы водоемов бассейна р. Зеравшана. -Ташкент: Фан, 1985, -104 с. 5. Хуршут Э.Е. Анализ и прогноз уловов рыбы в Айдаро-Арнасайской системе озер // Сборник статей по проблемам рыбного хозяйства Узбекистана. – Ташкент: KARRLO, 2006. С. 54-59. 6. Юлдашов М.А., Камилов Б.Г. Результаты интродукций чужеродных видов рыб в водоемы Узбекистана. Научные труды Дальрыбетуза. 2018, -№ 1 (т. 44) -C. 40-48. 7. Elektron resurslar: 8. https://www.fishbase.se/summary/Hemiculter-leucisculus. 9. https://old.bigenc.ru/biology/text/1930804 .