scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"OROL HUDUDLARI SHAROITIDA TUPROQ MAKROFAUNASINIG BIOEKOLOGIK STRUKTURASI (AQPETKEY ARXIPELAGI MISOLIDA)"

Jumanov M.A; IlyasovaG.J; Jumabayeva E.S.; Isayev R.T.

Full text

376 “OROL HUDUDLARI SHAROITIDA TUPROQ MAKROFAUNASINIG BIOEKOLOGIK STRUKTURASI (AQPETKEY ARXIPELAGI MISOLIDA)” Jumanov M.A., Isayev R.T.,IlyasovaG.J., Jumabayeva E.S., Isayev R.T., Qoraqalpoq davlat universiteti raxmanberg[email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17752580 Annotation: Today, more than 833 million hectares of irrigated land in the world are already saline, according to the global saline soil map. They help to improve the physical, chemical and biological properties of the soil. Semi-hydromorphic salt marshes in the Amudarya delta in the dry part of the Aral Sea occupy a little more area, and their width is 15-20 km. In general, many studies are currently being conducted in our country to prevent the problem of soil degradation and eliminate its negative consequences. It is necessary to carry out such researches: measures to protect against erosion, prevention of salinity and planting of salt-resistant crops, planting saxowuli around the Aral Sea, using biomethods to increase the amount of humus in the soil, carrying out agromelioration measures against desertification and drought and soil compaction. Key words: In general, the salinity of sandy soils is higher than that of aphtomorphic soils, but the amount of salts in the upper horizon of these soils rarely exceeds 3%. For anions, the type of salinity is sulfate-chlorine, and for cations, in most cases, it is calcium-sodium. As a result of the blowing of the sand by the wind, the salt in turn rises to the sky. That is why Barkham sands contain 60-70% less salts than normal sedimentary sands. Aqpetekey arxepelagi tuproq makrofaunasining bioekologik strukturasini o'rganish ekologiya va biogeografiya sohalarida muhim muammo ega.Tuproqning mexanikaviy tarkibidagi mayda mineral zarrachalarning turli faktorlar ta’sirida, ayniqsa chirindi va kalsiy karbonat birikmasi ta’sirida bir-biriga yopishib, donador holatga o’tishi natijasida struktura elementi yoki agregati deyiladigan donachalar paydo bo’ladi. Tuproqdagi katta organizmlar, masalan, hasharotlar, qurtlar va boshqa omonatli hayvonlar. Aqpetekey arxepelagi tuproqdagi agregatlarning kattakichikligiga ko’ra strukturali tuproqlar makrostrukturali va mikrostrukturali guruhga bo’linadi. Tuproq makrofaunasi — odatda hajmi va organizm o‘lchami jihatdan tuproqda mavjud bo‘lgan, qo‘l bilan ko‘zga ko‘rinadigan (odatda >2 mm) hayvonlar guruhidir: misol uchun, zamburug‘larsiz yer qurtlari (annelidlar), hasharotlar (insecta), mil-piya (myriapoda), qobiqli tuproq zichligi hayvonlari va boshqalar. “Bio-ekologik struktura” deganda odatda quyidagilar tushuniladi: Taxonomik tarkib — qaysi guruhlar, oilalar, turlar mavjud. Fonksiyonel guruhlar — parchalovchilar, ekosistem muhandislari (engineers), predatörlar va boshqalar. Guruhlarning joylashuvi va zichligi — tuproq qatlamlari bo‘yicha, har xil biomlar, mikro stansiyalar bo‘yicha. Tarkib va faoliyatga ta’sir qiluvchi omillar — misol uchun tuproq namligi, tuzliligi, organik modda miqdori, antropogen ta’sirlar. Masalan, Food 377 and Agriculture Organization (FAO)ning “Soil Macrofauna Field Manual”ida makrofaunaning monitoringi va ekologik baholash metodlari tushuntirilgan. [1]. Bugungi kunda dunyoda 833 millon gektardan ortiq sug’oriladigan yer maydonlari allaqachon sho’rlanganligi global sho’rlangan tuproqlar xaritasida qayd etilgan. Aqpetkey arxepelegi tuproq makrofaunasining klassifikatsiyasi, tuproq ekosistemalarida muhim rol o'ynaydi. Makrofauna tuproqda yashovchi, ko'zga ko'rinadigan va odatda 0.5 mm dan katta o'lchamdagi organizmlarni o'z ichiga oladi. Ular tuproqning fizikaviy, kimyoviy va biologik xususiyatlarini yaxshilashda yordam beradi. Orol dengizining qurigan qismidagi Amudaryo del’tasidagi yarim gidromorfli sho’rxoklar bir oz ko’p maydonni egallab, ularning kengligi 15-20 km.ni quraydi. Hozirda mavjud bo’lgan Orol dengizi bo’yi atroflarida (0-5 km kenglikda) dengiz bo’yi sho’rxoklari mavjud bulib, grunt suvlar yaqin bo’lganligi uchun bu sho’rxoklarda qatqaloq qatlam hosil bo’lmaydi. Tuproqlarning ustki qismida tuzlarning miqdori 3-10 % atrofida, sho’rlanish tipi sul’fat-xloridli bulib keladi. Qumli tuproqlar dengiz ostidan bo’shagan qumli plyajlardan va qirg’oq yonbag’irlarida hosil bo’ladi va dengiz tomon 50 km uzunlikda cho’zilgan. Jiltirbas ko’li atroflarida esa gidromorflidan tashkil topgan. Dengiz ostidan eng avvalo xalos bo’lgan quruqliklarda va qirg’oq yonbag’irlarida qumli tuproqlar tarqalgan bo’lib, do’ng-barxan shaklidagi eol qumlari oq saksovul va tamariks changalzorlari bilan qoplangan. Bu tuproqlarning yuqori gorizantalarida tuzlarning miqdori 0,2-0,4% bo’ladi. Ba’zi xollarda bu tuproqlarda uchiraydigan qumloqli qatlamda tuzlarning miqdori 1-2% gacha bo’ladi. Yuqori gorizontlarning sho’rlanish tipi anionlar bo’yicha xlorid-sul’fatli va sul’fatlidir. Razrezning o’rta qismi xloridli, pastga tomon esa sul’fat-xloridli bo’ladi. Kationlar bo’yicha natriy ustunlik qiladi. Xlorning pastga tomon siljishi sho’rsizlanish jarayonining ketishidan darak beradi [2]. Barxan massivlaridagi razerzlarning yuqori qismi (0,6-0,8 m) deyarli tuzsizlantirilgan va tuzlarning miqdori 0,1-0,3% bo’ladi. Pastga tomon tuzlarning miqdori o’sadi va 0,6-0,2% gacha boradi Shularning tipi xlorid-sul’fatli natriylikal’tsiylidir, kamdan-kam xlorid natriydir. Bu xududda deflyatsiya jarayoni avj olgan bo’lib, barxanlararo pastliklar qurigan qamishlar bilan band bo’lgan holda ular o’z navbatida yalang’och ko’chib yuradigan barxan uyumlari bilan birgalashib ketadi. Gidromorf tipidagi bu tuproqlarda mayda zarrashali qumloqli qatlamlari juda kam uchraydi. Umuman olganda qumli tuproqlarning sho’rlanishi aftomorf tuproqlarga nisbatan yuqoridir ammo bu tuproqlarning yuqori gorizontida tuzlarning miqdori kamdan-kam hollarda 3% dan oshadi. Anionlar bo’yicha sho’rlanish tipi sul’fat-xlori, 378 kationlar bo’yicha esa ko’p hollarda kalsi –natridi hisoblanadi. Qumlarning shamol yordamida uchirilishi natijasida tuzlar o’z navbatida osmonga ko’tariladi. Shuning uchun ham barxam qumlari odatdagi o’troq qumlarga nisbatan 60-70 % kam tuzlarni o’zida saqlaydi. Bundan keyin ro’y beradigan qumlarning uchurilishi ularning deyarli sho’rlanishga olib keladi. Bu tuproqlar ro’y bergan jarayonlar natijasida avtomorf tuproq hosil bo’lish bosqichiga o’tdi va ular qoldiq o’tloq taqirli va qumli tuproqlarga aylandi. Bu tuproqlarning gorizontida qumlar, alevrit, qumloq va qumlar ketma ket almashinib joylashgan bo’ladi. Qoldiq o’tloqi tuproqlarning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1).Yuqori gorizontlarida boshqa tuproqlarga nisbatan gumus miqdori ko’p bo’ladi; 2).Yuqori gorizontlarida o’simlikning ildizlari yaxshi rivojlangan bo’ladi; 3).Tuproqlardagi gurunt suvlarning miqdori borgan sari pasayib bormoqda. Orol dengizi sathining pasayishi, undan so’ng gurunt suvlari chuqurligining pasayishi natijasida bu mintaqada o’ziga xos tuproq hosil bo’lishi jarayonlarining yuz berishiga sabab bo’ladi [3]. Gidromorf tuproqlar tez kunlarda avtomorf tuproqlar hosil bo’lishi jarayoniga o’tmoqda. Tuproq hosil bo’lishining dastlabki davrlarida gidromorf rejimida suvlarning bug’lanishi natijasida tuzlar yuqori qatlamlarga ko’tarilmoqda va buning natijasida xilma xil sho’rxoklar hosil bo’lmoqda. So’ng gurunt suvlar sathining pasayishi natijasida tuzlarning yuqori qatlamlarga ko’tarilishi to’xtaydi. Tuproqlarning umumiy namligi kamaygandan so’ng shamol eroziyasi boshlanadi, bu jarayonlar esa o’z navbatida tuzlarning kuchli uchishiga ham sababchi bo’ladi.Tuproqda uchraydigan xilma-xil ma’um sharoita va tuproq markofaunasi klassifikasiya ta’sirida paydo bo’ladi. Umuman olganda hozirgi kunda yurtimizda ham tuproqlar degradatsiyasi muammosini oldini olish va uni salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar olib borilmoqda. Bunday tadqiqotlarga: eroziyadan himoyalovchi tadbirlar, sho‘rlanishning oldini olish va sho‘rga chidamli ekinlarni ekish, Orol dengizi atrofida saksovullarni ekish, tuproq tarkibidagi gumus moddalari miqdorini oshirish bo‘yicha biousullarni qo‘llash, cho‘llanish va qurg‘oqchilikka hamda tuproqlar zichlanishiga qarshi agromeliorativ tadbirlar o’tkazish zarur hisoblanadi. Orol dengizining qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik inqiroz mintaqaning tabiiy landshaftlarini tubdan o‘zgartirib yubordi. Suv sathining pasayishi bilan paydo bo‘lgan Aqpetkey arxipelagi (orolchalar majmuasi) hududida yangi, o‘ziga xos ekotizimlar shakllanmoqda. Bu hududlarda tuproq shakllanish jarayonlari, biotsenozlar, ayniqsa tuproq makrofaunasi tarkibi, soni va ekologik roli keskin o‘zgarishga uchragan Shu sababdan, Orolbo’yi mintaqasida ekologik muvozanatni 379 yaxshilash, iqlimni yumshatish va dengiz atrofinda qolgan ksilofag-hasharotlar dengiz yon atrofida borligi kuzatildi. Faqat dengiz atrofida o’rmonlar dengiz atrofidagi bioekologik xususiyatlar buzilib kelmoqda. Shu bilan bir qatorda, dengiz tubida cho’l buta o’simliklaridan himoya ormonzorlarini barpo etish bo’yicha 12 dan ortiq ilmiy ishlar ishlab chiqilmoqda.[4]. Foydanilgan adabiyotlar: 1. Турсунов Л. Абдуллаев С. Почвенно-физическая характеристика низовий Амударьи. Ташкент, науч. 1987 г. 2. Turapov I., Kamilov B.S., Qodirova D.A.,Tuproq fizikası.Toshkent, “Turon zamin ziyo”, 2015. 3. M.Bahodirov, A.Rasulov Tuproqchunoslik Toshkent-1975 4. Abdullaev S., Namozov X. Tuproq melioraciyasi. Toshkent-2011 yil 5. Уваров Б.П. Саранчовые Средней Азии. //Узб.опытной станции защиты раст., Ташкент 1927. 6. OdilovA. A. Eroziyaga uchragan lalmi to’q tusli bo’z tuproqlarning fizikaviy xususiyatlari. Orol dengizi havzasining sahrolanish jarayonida tuproq unumdorligini tiklash, oshirish va ular meliorastiyasining dolzarb muammolari: Toshkent,2002.