DUKKAKLI O`SIMLIKLAR TUPROQLARIDA SOVUTLI KANALARINING TARQALISH XUSUSIYATLARI
Full text
409 DUKKAKLI O`SIMLIKLAR TUPROQLARIDA SOVUTLI KANALARINING TARQALISH XUSUSIYATLARI D.Z.Majidova, F.I.Mustafayeva, M.M.Otajonova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17752672 Annotatsiya: Ushbu ish Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani dukkakli o‘simliklar tuproqlarida yashovchi sovutli kanalarning tarqalish xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot natijalari sovutli kanalarning oziqlanish odatlari, populyatsiya o‘zgarishi va tuproq qatlamlariga bog‘liqligi haqida ma’lumot aniqlandi. Kalit so‘zlar: Sovutli kana, dukkakli o‘simliklar, tuproq, mikrofauna,kutikula. Abstract: This work is devoted to the study of the distribution characteristics of scale mites living in the soil of leguminous plants in the Yukorichirchik district of Tashkent region. The results of the study revealed information about the feeding habits of scale mites, population changes, and their dependence on soil layers. Keywords: Scale mite, legumes, soil, microfauna, cuticle. Dunyoda sovutli kanalar redutsent sifatida organik moddalarning parchalanishida va kimyoviy elementlarning aylanishida ishtirok etib, atrof muhitning organik moddalarni almashinuvida shuningdek tuproqlarning barqarorligi va unumdorligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi [1]. Sovutli kanalar yoki oribatidlar tuproqlarning qiyosiy ekologik tahlili uchun eng istiqbolli model guruhlaridan biridir. Ularning ko‘pchiligi, keng tarqalishi va atrof-muhit o‘zgarishlariga sezgirligi tufayli, ular eng ko‘p o‘rganiladigan pedobiont taksonlardan biridir [2]. Sovutli kanalar yoki oribatid kanalar katta oilasi (Oribatidae) turkumiga kiradi. Ularning barcha vakillari oyoqdumlilar va imillab yuruvchilar bilan birga tuproq mikrofaunasini tashkil etadi. Oribatid kanalar tuproqdagi yoriqlar va boshqa tuproq hayvonlari ochgan yoʻllar orqali harakat kiladi. Oribatid kanalar miqdori 1m2 tuproq qatlamida 1 mln. dan ortiqdir. Ularning oʻlchami 0,3 mm dan 1 mm gacha, ba'zan 3 mm gacha boʻladi. Lekin shunga qaramasdan ular tuproqda gumus miqdorini oshirishda juda faol ishtirok etadi. Undan tashqari oribatid kanalar boshqa mikroorganizmlar singari antropogen hududlarda ekologik buzilishni aniqlashda indikatorlik vazifasini bajaradi. Shuning uchun ham ularni oʻrganish muhim dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Sovutli kanalar atrof muhitga juda moslashgan, qadimgi organizmlar hisoblanadi. Koʻpchilik sovutli kanalar gelmintlarni oraliq xoʻjayinidir [3]. Kanalar quruqlikda yashashga oʻtgan eng qadimgi boʻgʻimoyoqli hayvonlar. Ularning tanasi qattiq xitinli kutikula bilan qoplangan. Kutikulaning sirtidagi suv bugʻlantirmaydigan epikutikula tanasini qurib
410 qolishdan himoya qiladi. Ular noqulay sharoit ta'siriga juda chidamli boʻlgani tufayli juda keng tarqalgan va xilma-xil boʻladi. Kanalar orasida sovutlilar (Oribatidae) oilasi vakillarini turli iqlim sharoitidagi xar xil tuproqlarda uchratish mumkin. Tropik iqlimda uchraydigan turlari +40o gacha boʻlgan issiqlikka chidamli. Ular ayniqsa sernam oʻrmon tuproqlarida koʻp uchraydi. Toʻshalmadagi umurtqasiz hayvonlar biomassasiiing 10-15% ni tashkil etadi. Bir yil davomida kanalarning 2-3 boʻgʻini rivojlanadi, urgʻochilari 400 tagacha tuxum qoʻyadi. [ 3]. Tuproq kesmasi boʻylab tarqalish xususiyatiga koʻra kanalar toʻshalmada, toʻshalma-tuproq va tuproqda yashovchi guruhlarga boʻlinadi. Toʻshalmada yashovchi turlarnig tanasi qoramtir rangda boʻlib, qalin poʻst bilan qoplangan. Bu guruhga mansub kanalar, asosan saprofag sovutli kanalardan iborat. Tuproqda yashovchi turlarining tanasi oqish, tana qoplagʻichi ancha yupqa boʻlganidan ular tuproqning namligiga juda sezgir boʻladi. Toʻshalma-tuproq turlari esa bu ikkala guruh oʻrtasida oraliq forma hisoblanadi. Kanalar oziqa xiliga ham juda talabchan boʻladi. Ularni haqiqiy oʻsimlikxoʻrlari, zamburugʻ giflari, achitqilar, sporalar, gul changi, lishayniklar, suv oʻtlari yoki yirtqichlik bilan oziqlanadigan guruhlarga boʻlish mumkin. Yirtqich kanalar boshqa tuproq mikrofaunasi vakillari — kanalar, oyoqdumlilar, nematodalar va boshqalar bilan oziqlanib, ular sonini boshqarishda katta rol oʻynaydi. Lekin oribatid kanalarni asosiy qismi saprofag hisoblanadi. [ 4]. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani dukkakli o‘simliklar tuproqlarida 0–10 sm, 10–20 sm va 20–30 sm qatlamlarda sovutli kanalar soni farq qiladi: ustki qatlamda biroz kam, pastki qatlamlarda esa sezilarli darajada ko‘p uchraydi. Ular tuproqning ustki qatlamida, chirindi qoldiqlari orasida, ba’zan esa o‘simliklarda, moxlar va lishayniklarda uchraydi. Shu bilan birga, sovutli kanalar tuproqdagi mikroartropodlar populyatsiyasining 50 foizidan ortig‘ini tashkil qiladi va atrof-muhit holatini monitoring qilishda indikator sifatida ishlatiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati 1. Рахимов М.Ш., Элмуратова З.У., Мажидова Д.З. Совутли каналарнинг агроценозлардаги жамоалар структураси ва мавсумий динамикаси.// Ўзбекистон Миллий университети хабарлари. ISSN 2181-7324. 3\1.2022. 223-226 б.(03.00.06, № 9.) 2. Raximov M.Sh., Majidova D.Z. Fauna And Ecology Of Shell Mites Of Cenoses Of Southern Uzbekistan. // Test Engineering & Management. July-August 2020 ISSN:0193-4120 Page No. 3852 – 3856. 3. Элмуратова З.У., Мажидова Д.З. Жанубий Ўзбекистон ҳудудлари тупроқ микроартроподаларининг мавсумий динамикаси // Наманган Давлат университети илмий ахборотномаси. – Наманган 2019. -№7. 128-132. -б. (03.00.00, №14) 4. Rakhimov M.Sh., Majidova D.Z., Mardonov Sh.U. “Moss Mites on soil layers in cenoses of southeast Uzbekistan //“Materials of the XVII international scientific and practical conference”. Cutting-edge science-2020 Vol. 14.