EKMA ZA'FARON O'SIMLIGI NEMATODALAR FAUNASINING EKOLOGIK TAHLILI
Full text
434 EKMA ZA’FARON O‘SIMLIGI NEMATODALAR FAUNASINING EKOLOGIK TAHLILI Narzullayeva Gulchehra Qudratovna, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz filiali, Tibbiy biologiya va gistologiya kafedrasi assistenti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17752808 Annotatsiya. Maqolada Surxondaryo viloyatida iqlimlashtirilgan ekma za’faron - (crocus sativus) o‘simligida aniqlangan nematodalar faunasining turlar tarkibi turkumlar va ekologik guruhlar bo‘yicha tahlil qilingan. Natijada ekma za’faron o‘simligining Enoplida turkumi 1 ta, Mononchida 2 ta, Dorylaimida 5 ta, Areolaimida 2 ta, Rhabditida 18 ta, Tylenchida 33 ta tur uchraganligi, shuningdek, aniqlangan nematoda turlari orasida: politroflar – 4 tur, yirtqichlar – 2 tur, tipik saprobiontlar – 4 tur, bakteriofaglar – 17 tur, mikofaglar – 7 tur, potensial fitogelmintlar – 15 tur va haqiqiy parazitlar – 12 tur ekologik guruhiga kirishi qayd etilgan. Kalit so‘zlar: ekologik guruhlar, crocus sativus, nematodalar, rizosfera, politroflar. Abstract. The article analyzes the species composition of the nematode fauna identified in the acclimatized field crocus (crocus sativus) plant in Surkhandarya region by taxa and ecological groups. As a result, it was noted that the field crocus plant contains 1 species of the order Enoplida, 2 species of Mononchida, 5 species of Dorylaimida, 2 species of Areolaimida, 18 species of Rhabdita, and 33 species of Tylenchida. It is also noted that among the identified nematode species: polytrophs - 4 species, predators - 2 species, typical saprobionts - 4 species, bacteriophages - 17 species, mycophages - 7 species, potential phytohelminths - 15 species, and true parasites - 12 species. Keywords: ecological groups, crocus sativus, nematodes, rhizosphere, polytrophs. Kirish. Jahonda dorivor o‘simliklarni iqlimlashtirish va plantatsiyalarini kеngaytirish, aholini tabobat yo‘nalishi mahsulotlaridan foydalanishga adaptatsiya qilish bilan bir qatorda, ularning zararkunandalarini tadqiq еtishga talab kuchayib bormoqda. Bu borada dorivor o‘simliklarning biozararlanishini, kеltirib chiqarayotgan va xo‘jalikka zarar yеtkazayotgan nematodalarning tur tarkibi va bioеkologiyasini o‘rganishga alohida е’tibor qaratilmoqda. Tadqiqot materiali va metodlari. Dorivor o‘simliklar namunalari 2020-2024 yillar davomida Surxondaryo viloyatining 4 ta hududlaridan: Termiz shahri, Termiz tumani, Sho‘rchi tumani va Uzun tumanlariga qarashli ekin maydonlaridan iqlimlashtirilgan ekma za’faron o‘simligidan 168 ta namunalari yig‘ildi. Namunalar yig‘ishda marshrut metodidan foydalanildi [2]. Yig‘ilgan namunalar, Termiz davlat universiteti Zoologiya kafedrasiga tegishli bo‘lgan “Gelmintologiya ilmiy laboratoriyasi”da tahlil qilindi. Nematodalarni o‘simlik ildizi va rizosferasidan ajratib olishda Bermanning “Voronkali” usulidan foydalanildi[5]. Doimiy preparat tayyorlash uchun Saynxorst metodidan foydalanildi[8]. Fitonematodalarning turlarini, jinsini aniqlashda N-300M Trinokulyar mikroskopidan, shuningdek, nematodalar
435 aniqlagichlari va atlaslardan foydalanildi. Preparatlardagi nematodalarning o’lchamini o’chashda ko’pchilik tadqiqotchilar tomonidan qabul qilingan, Mikoletskiy tomonidan qayta ishlangan de Mann [6;7] formulasidan foydalanildi. Fitonematodalarni sistemaga solishda Chen va Hoddalar tomonidan ishlab chiqilgan nematodalar sistemasidan foydalanildi[1;3;4]. Shuningdek, Nematodalarni ekologik guruhlashda L.I.Gruzdeva, Y.Kozlovskayalarning ekologik klassifikatsiyasidan foydalanildi[9;10]. Tahlil va natijalar. Ekma za’faron o‘simligi va rizosferasidan topilgan 61 turga mansub nematodalar turkumlar bo‘yicha sifatiy (turlar soni) ko‘rsatkichi tahlil qilindi, bunda, Enoplida turkumi 1 tur (aniqlangan turlarning 1,64 %) ni, Mononchida turkumi 2 tur (3,28 %) ni, Dorylaimida turkumi 5 tur (8,19 %) ni, Areolaimida turkumi 2 tur (3,28 %) ni, Rhabditida turkumi 18 tur (29,51 %) ni, Tylenchida turkumi 33 tur (54,10 %) ni o‘z ichiga oldi(1-jadval). 1-jadval Ekma za’faron o‘simligi nematoda turlarining turkumlar bo‘yicha sifatiy va miqdoriy ko‘rsatkichlar nisbati № Turkum nomlari Turlar soni % Individlar soni % 1 Enoplida 1 1,64 5 0,15 2 Mononchida 2 3,28 29 0,90 3 Dorylaimida 5 8,19 64 1,99 4 Areolaimida 2 3,28 25 0,78 5 Rhabditida 18 29,51 1775 55,18 6 Tylenchida 33 54,10 1319 41,00 Jami 61 100 3217 100 Ekma za’faron o‘simligi va rizosferasida topilgan jami 3217 ta individ turkumlar bo‘yicha miqdoriy (individlar soni) ko‘rsatkichi tahlil qilindi, bunda, Monhysterida va Diplogastrida turkumlariga mansub individlar umuman qayd etilmadi, Enoplida turkumi 5 ta individ (aniqlangan individlarning 0,15 %) ni, Mononchida turkumi 29 ta individ (0,90 %) ni, Dorylaimida turkumi 64 ta individ (1,99 %) ni, Areolaimida turkumi 25 ta individ (0,78 %) ni, Rhabditida turkumi 1775 ta individ (55,18 %) ni, Tylenchida turkumi 1319 ta individ (41,00 %) ni o‘z ichiga oldi. Ekma za’faron o‘simligi va rizosferasida aniqlangan fitonematoda turlari L.I.Gruzdeva, Y.Kozlovskaya (1989) larning ekologik klassifikatsiyasiga ko‘ra, quyidagicha taqsimlandi: politroflar – 4 tur (6,56 %) ni, yirtqichlar – 2 tur (3,28 %) ni, tipik saprobiontlar – 4 tur (6,56 %) ni, bakteriofaglar – 17 tur (27,87 %) ni,
436 mikofaglar – 7 tur (11,47 %) ni, potensial fitogelmintlar – 15 tur (24,59 %) ni va haqiqiy parazitlar – 12 tur (19,67 %) ni tashkil etdi (2 – jadval). 2-jadval Ekma za’faron o‘simligi va rizosferasida aniqlangan fitonematodalarning ekologik guruhlar bo‘yicha tur va individ sonining taqsimlanishi № Ekologik guruh nomlari Turlar soni % Individlar soni % 1 Politroflar 4 6,56 38 1,18 2 Yirtqichlar 2 3,28 29 0,90 3 Tipik Saprobiontlar 4 6,56 313 9,73 4 Bakteriofaglar 17 27,87 1492 46,38 5 Mikofaglar 7 11,47 566 17,60 6 Potensial fitogelmintlar 15 24,59 269 8,36 7 Haqiqiy parazitlar 12 19,67 510 15,85 Jami 61 100 3217 100 Shuningdek, ekma za’faron o‘simligi va rizosferasida aniqlangan fitonematodalar individlar soni bo‘yicha ekologik guruhlarga quyidagicha taqsimlandi: politroflar – 38 ta individ (1,18 %) ni, yirtqichlar – 29 ta individ (0,90 %) ni, tipik saprobiontlar – 313 ta individ (9,73 %) ni, bakteriofaglar – 1492 ta individ (46,38 %) ni, mikofaglar – 566 ta individ (17,60 %) ni, potensial fitogelmintlar – 269 ta individ (8,36 %) ni va haqiqiy parazitlar – 510 ta individ (15,85 %) ni tashkil etdi. Xulosa. Surxondaryo viloyatida iqlimlashtirilgan ekma za’faron - (crocus sativus) o‘simligida turlar bo‘yicha eng kam uchragan turkum Enoplida turkumi (1 tur), eng ko‘p uchragan turkum Tylenchida turkumi (33 tur), shuningdek, ekologik guruhlar ichida esa eng kam tur yirtqichlar (2 tur), eng ko‘p uchragan tur bakteriofaglar (17 tur) ekologik guruhida ekanligi qayd etildi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Chen, Z.X., Chen, S.Y. et al. A Century of Plant Nematology // J. Nematology Advances and Perspectives, Vol 1. Tsinghua University Press, Beijing, China. 2004. – P. 1-42. 2. Choriyev S, Khurramov A, Khurramov Sh, Mardonayeva D. Ecological analysis of peanut nematodes in Surkhondaryo region. BIO Web Conf., 2024. 100.04006. 3. Hodda, M. Phylum Nematoda Cobb 1932. Zootaxa. 2011. -№ 3148 (1). Pp. 63-95. https://doi.org/10.11646/zootaxa.3148.1.11 4. Hodda M. Phylum Nematoda: a classification, catalogue and index of valid genera, with a census of valid species. Zootaxa., 2022. № 5114 (1): рр. 1-289. https://doi.org/10.11646/zootaxa.5114.1.1 5. Khuramov A., Bobokeldieva L., Choriyev S., Rakhmatullaev B., Khimmatov N., Raimov S., & Karshieva M. A Comprehensive study of phytonematodes of grape plants in the conditions of
437 the Surkhandarya valley, Uzbekistan. Biodiversitas Journal Of Biological Diversity, 2024. 25(11). 6. Khurramov A, Mukhiddinova M, Karshieva M, Temirova M, Narzullaeva G. 2024. On the study of the wheat nematode Anguina tritici chitwood, 1935 and their importance in wheat cultivation in Uzbekistan conditions BIO Web Conf., 100. 04023. DOI: https://doi.org/10.1051/bioconf/202410004023 7. Ryss A.Y. A Simple Express Technique to Process Nematodes for Collection Slide Mounts. J Nematol, 2017.49(1): 27–32. doi: 10.21307/jofnem-2017-043 8. Груздева Л.Л. Структура сообществ нематод торфяных почв при внесении минеральных удобрений. // Влияние минеральных удобрений на сообщества почвенных нематод., Петрозаводск, 1989.- С. 82-97. 9. Замотайлов А.С. Фитогельминтология // Кубанского государственного аграрного университет // - Краснодар, - 2015. – 31 с.