QARIQIZ(ARCTIUM LAPPA L.) O'SIMLIGINING LABORATORIYA SHAROITIDA UNUVCHANLIGI
Full text
484 QARIQIZ(ARCTIUM LAPPA L.) O'SIMLIGINING LABORATORIYA SHAROITIDA UNUVCHANLIGI Sultanova O.Z Qoraqalpoq davlat universiteti 2-kurs magistrant [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17753265 Annotaciya: Bul teziste Qariqiz – Arctium lappa L. ósimliginiń tuqımlarınıń laboratoriya shárayatında kógeriwi úyrenildi. Tájiriybeler Qaraqalpaq mamleketlik universitetiniń biologiya fakulteti laboratoriyasında alıp barıldı. Tájiriybede tuqımlardıń kógeriwiniń páyzli dárejesi, kógeriw tezligi hám olardıń ig'alliq penen temperaturag'a bolǵan reakciyasi aniqlandi Аннотация: В этой тезисе Arctium lappa L.растение изучено в лабораторных условиях Исследования проводились в лаборатории биологического факультета Каракалпакского государственного университета В эксперименте были проанализированы уровень прорастания семян, скорость прорастания и реакция семян на влажность и температуру. Abstract: In this thesis Arctium lappa L. plant studied in laboratory conditions.The research was conducted in the laboratory of the biology faculty of Karakalpak State University The experiment analysed the germination rate of the seeds, the germination rate and the reaction of the seeds to humidity and temperature. Dorivor o‘simliklar inson salomatligini saqlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ulardan turli farmatsevtik preparatlar tayyorlanadi. Shulardan biri — Qariqiz (Arctium lappa L.) bo‘lib, u xalq tabobatida qadimdan qo‘llaniladi. Ushbu o‘simlik urug‘larining unuvchanligini o‘rganish dorivor xom ashyoni yetishtirishda muhim bosqich hisoblanadi. Qariqiz (Arctium lappa L.) o‘simligi urug‘larining laboratoriya sharoitida unuvchanligini aniqlash, optimal unish sharoitlarini belgilash va unuvchanlikka ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish. Qariqiz (Arctium lappa L.) urug‘larining laboratoriya sharoitida unuvchanligini aniqlash maqsadida tajriba ikki yil davomida, ikki xil usulda stratifikatsiya qilingan urug'larda o'tkazildi. Birinchi tajribam 2024-yil mart oyining birinchi oʻn kunligida, harorat +10 +15 C° gradusda urugʻlar kul solingan suvli eritmada 1 sutka davomida stratifikatsiya qilindi va 4 ta petri idishlariga 100 ta dan ekib chiqildi. Urugʻlar har ikki kundan namlab turildi, unuvchanlik 5-6 kunda kuzatildi.
485 1-jadval Qariqiz – Arctium lappa L urugʻlarining laboratoriya sharoitida unuvchanligi (2024yilgi tajriba) Ikkinchi tajribam: 2025-yil aprel oyining birinchi oʻn kunligida laboratoriya sharoitida oʻtkazildi. Tajribada urugʻlar ekishdan oldin 20 daqida davomida vodorod peroksidida (H2O2) ishlov berildi. So‘ngra urug‘lar iliq suvda chayib olindi va 4 ta petri idishiga 100 ta dan ekildi. Urugʻlar harorat +18 +22 C° boʻlganida 34 kunda unib chiqa boshladi. 2-jadval QariqizArctium lappa L urugʻlarining laboratoriya sharoitida unuvchanligi (2025yilgi urugʻlar) Petri idishlari va urugʻlar soni Urugʻlarning ekilgan kunlari va kuzatish kunlari Unib chiqqan urugʻlar soni % 05.04. 2025 08.04. 2025 10.04. 2025 13.04. 2025 16.04. 2025 18.04. 2025 22.04. 2025 24.04. 2025 I. Petri idish (100 dona) 12 9 30 18 5 3 5 5 87 II. Petri idish (100 dona) 10 15 29 9 13 9 6 4 95 III Petri idish (100 dona) 10 14 25 15 7 6 8 5 90 Petri idishlari va urugʻlar soni Urugʻlarning ekilgan kunlari va kuzatish kunlari Unib chiqqan urugʻlar soni % 03.03. 2024 07.03. 2024 13.03. 2024 18.03. 2024 23.03. 2024 27.03. 2024 30.03. 2024 31.03. 2024 I. Petri idish(100 dona) - 9 7 6 20 16 8 6 72 II. Petri idish (100 dona) - 7 10 14 13 20 10 8 82 III Petri idish(100 dona) - 6 6 10 19 11 8 5 65 IV Petri idish (100 dona) - 3 5 9 10 13 5 3 48 Oʻrtacha unuvchanlik 66,75 %
486 IV Petri idish(100 dona) 13 17 25 10 6 6 2 5 84 Oʻrtacha unuvchanlik 89 % Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, har bir reproduksiya bo‘yicha o‘rnatilgan to‘rt variantda unuvchanlik miqdori va tezligi turlicha bo‘lib, o‘rtacha unuvchanlik ko‘rsatkichi: 2024-yilda olingan urugʻlarda 66,75% ni, 2025-yilda olingan urug‘larda esa 89% ni tashkil etdi (1-2-jadvallar). Bunga asosiy sabab urugʻlarning ekilish vaqtidagi xona xarorati boʻlib hisoblanadi. Qariqiz–Arctium lappa urug‘larining unuvchanligi mart oyining birinchi oʻn kunligida harorat 10–15 C° ni tashkil qilganda unuvchanlik 66,75% ni tashkil qildi. Qariqiz urugʻlarining eng yuqori unuvchanligi 18–22°C haroratda, namlik va quyosh nurlari yetarli boʻlgan vaqtida unuvchanlik 89% ni tashkil etdi. Unuvchanlikka urug‘larning saqlanish muddati va harorat, namlik darajasi sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Yangi yig‘ilgan urug‘larning unish ko‘rsatkichi eski urug‘larnikiga qaraganda 20–25% yuqori bo‘ldi. Xulosa:Tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, Qariqiz o‘simligi urug‘larining laboratoriya sharoitida eng yaxshi unuvchanlik ko‘rsatkichi 18–22 °C haroratda, namlik va yorug‘lik yetarli sharoitida kuzatiladi. Ushbu ma’lumotlar o‘simlikni agrotexnik jihatdan ko‘paytirish hamda dorivor xom ashyo yetishtirish texnologiyasini takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Xolmatov H.X., Qosimov A.I. Dorivor o’simliklar. –T: Ibn Sino, 1994.-368 b. 2. [Sulaymonov I.J. Ergashev D.T. Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish texnologiyasi. Oʻquvuslubiy qoʻllanma.–N: 2020.-B. 66-105.